Farmoyish hujjatlari


Download 43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi43 Kb.
#1831963
  1   2   3   4
Bog'liq
farmoyish-hujjatlari



CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  
 
75 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
FARMOYISH HUJJATLARI 
Subhidam Jamshid qizi Sobirova
Shahnoza Allanazar qizi Abdurahimova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari
Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbarining buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari 
asosida yuzaga keladi.Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy 
va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Hujjat turlari, farmoish hujjatlari, ko’rsatma, qaror, buyruq, 
tashkilot rahbari, vazirlik.
ORDER DOCUMENTS 
Order documents are formed mainly on the basis of orders, instructions, orders of 
the head of the organization. This legal document is used to address the main and day-
to-day tasks of a particular institution.
Types of documents, orders, instructions, decisions, orders, the head of 
the organization, the ministry.
Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbarining buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari 
asosida yuzaga keladi. Farmoyish hujjatlarida vazirlik, idora, tashkilot faoliyatiga oid 
ma’muriy va tashkiliy masalalarning yechilishi belgilab beriladi. Bunday hujjatlar 
tashkilot faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi, boshqaruv organiga uning oldiga 
qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradi. Farmoyish hujjatlari 
boshqaruv tizimi bo‘yicha yuqoridan quyiga: boshqaruvchi organdan boshqariladigan 
organga, tashkilot rahbaridan tarkibiy tuzilmalar va xodimlarga yo‘llanadigan qarorlarni 
o‘z ichiga oladi. Buyruq – muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik 
vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadigan hujjat bo‘lib, muassasa rahbari yoki 
uning vazifasini bajaruvchi muovin tomonidan imzolanadi. Buyruqlarning ikki turi 
mavjud: asosiy faoliyatga oid va shaxsiy tarkibga oid buyruqlar. Asosiy faoliyatga oid 
buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga 
solishda qo‘llanadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar 
xodimlarga yetkaziladi, ularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi
mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi 
(kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling