Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi instituti hayot xavfsizligi


Siz ko‘chada bo‘lsangiz binodan uzoqroqda bo‘lish va ariq


Download 337.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana08.06.2018
Hajmi337.17 Kb.
1   2   3   4   5

Siz ko‘chada bo‘lsangiz binodan uzoqroqda bo‘lish va ariq 

ichiga yerga yopishib yotib olish zarur

35

shamol yana qaytarilishi mumkin. Dovul to‘xtaganiga ishonch 

hosil qilinganidan so‘nggina osilib turgan narsalar, bino qismlari, 

uzilgan elektr simlari yo‘qligini tekshirib ko‘rish, shundan keyin 

uydan chiqish mumkin. Gaz hidi kelmayotganini ham tekshiring. 

Liftdan foydalanmang.

Quyun yaqinlashib kelayotganida eng yaxshi qutqaruv vosita-

si – panajoylarda jon saqlashdir. 

Agar mutaxassislar oldindan ogohlantirgan bo‘lsalar, favqu-

lodda vaziyatlar boshqarmasi (bo‘limlari) xodimlari mahalliy 

televideniya va radiotarmoqlari orqali aholiga xabar beradilar. 

Axborotda sizning qanday harakat qilishingiz lozimligi aytiladi.

Quyun vaqtida binoning ichida emas, balki faqat yerto‘lalarda 

yashirinish mumkinligini esdan chiqarmang. Agar ochiq yerda 

quyunga duch kelsangiz, u holda yo‘l chetida, jarlik, chuqurliklar-

da berkinish va yerga mahkam yopishib yotish kerak. Transport 

vositasi ichida bo‘lsangiz, tezlikda uni tark etib, yaqin oradagi 

bino yerto‘lasiga kirish zarur. 



Savol va topshiriqlar:

1. 

Dovul, bo‘ron va quyunning bir-biridan farqini tushuntiring.



2. 

Biror marta quyunni ko‘rganmisiz? Ko‘rgan bo‘lsangiz, taas-

surotlaringizni gapirib bering.

3. 

Maktabingizda shamoldan saqlanish joyi bormi?



4. 

«Zumrad shahar sehrgari» ertagidan shamol qizcha Ellini 

qanday qilib ertaklar mamlakatiga olib borib tashlaganligi 

haqidagi lavhani topib o‘qing.



36

Sel


«…Yomg‘irli tun qorong‘uligi quloqni qomatga keltiruvchi 

ovozdan titrab ketdi. Sarosima boshlandi. Ayrim odamlar, bo-

lalarini qo‘llariga olgancha tezroq qochib qolishga, boshqalari 

qimmatbaho buyumlari va mol-hollarini olib ketishga urinishar-

di. Uchinchilari, gumburlash ovozidan uyg‘onib ketib, o‘zi nima 

bo‘layotganini anglay olmay hayron edi. To‘rtinchilari esa, zilzila 

bo‘layotibdi, degan fikrda uylarida qolishga qaror qilishdi. Ular-

ning o‘z uylari mustahkamligiga ishonchlari katta, ammo tungi 

sarosimadan va yer osti ofati yerda hosil qilishi mumkin bo‘lgan 

yoriqlardangina xavotirlari kuchli edi. Ko‘pgina shaharliklar 

uchun bu kechikish hayot bilan vidolashishga teng bo‘ldi. Kuchli 

loy oqimi shunday quyuq ediki, soatiga bor-yo‘g‘i 15 km tezlikda 

«o‘rmalayotgan» edi. Sel uchun aslida bu unchalik katta tezlik 

emas, ammo qochishga ulgurmay qolganlarga yetib olish uchun 

yetarli edi.

Balandligi ikki qavatli uyga va kengligi bir necha metrga teng 

loy oqimi birinchi kvartallarni bosib-yanchib, shaharning u boshi-

dan bu boshiga qarab ketarkan, yo‘lida uchragan tosh jinslarini 

o‘ziga qo‘shib olardi. Bo‘laklardan ayrimlarining og‘irligi 20 ton-

nagacha yetardi. Daraxt tanalari, uylarning yog‘och devorlari va 

derazalari bahaybat yirtqich og‘zidagi payraha misol maydalanib 

ketardi. Ayrim uylar poydevoridan uzib olingan va sel oqimida 

chayqalib borardi. Ularning derazalaridan sarosima ichra u yoq-

dan bu yoqqa yugurayotgan odamlar ko‘zga tashlanib qolardi. 

Yordamga chaqirgan ovozlarni shovqin bosib tashlagan, bunday 

shovqinda hatto quloqqa yaqin kelib baqirilgan tovushni ham 

eshitishning imkoni yo‘q edi…

Bu 1921-yil 8 iyunda Olmaota shahrida ro‘y bergan sel hodi-

sasi edi».


37

Sel – tog‘ daryolari o‘zanlarida to‘satdan shakllanuvchi, tarkibi-

da katta hajmdagi tosh, qum va boshqa qattiq jinslar bo‘lgan loy-

qa yoki loy-toshli oqim. Kuchli va uzluksiz davom etgan yog‘in, 

qor va muzliklarning tez erishi sel yuzaga kelish uchun sababchi 

bo‘ladi. Odatdagi oqimlardan farqli o‘laroq sel uzluksiz oqim sifa-

tida emas, balki alohida to‘lqinlar tarzida harakat qiladi. Shu bilan 

birga o‘zi bilan yuzlab, ayrim hollarda millionlab tonna yopishqoq 

massani olib keladi. Ayrim tosh bo‘laklarning o‘lchami ko‘ndalan-

giga 3-4 metrga yetadi. Sel to‘siqqa uchragandan so‘ng, ularni 

oshib o‘tadi va yanada kuchli bo‘la boradi. 

O‘zbekistonning deyarli barcha tog‘li hududlari seldan xavfli 

hisoblanadi. Sel oqimlari Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Samar-

qand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Farg‘ona vodiysida 

ayniqsa ko‘p yuzaga keladi. Respublikamizda shakllanadigan 

sel oqimlariga 85 foiz holda yomg‘ir va jala sabab bo‘ladi. Sel 

oqimlari odatda aprel-may oylarida shakllanadi. Loyli, suv-toshli 

va loy-toshli sel oqimlari ajratiladi. 

Katta kuchga va yuqori tezlikka ega bo‘lgan sellar o‘z yo‘llari-

dagi binolar, yo‘llar, gidrotexnika va boshqa inshootlarni vayron 

qiladi, aloqa, elektr uzatish tarmoqlarini ishdan chiqaradi, bog‘lar, 

ekinzorlarni payhon qiladi, inson va jonzotlarning nobud bo‘lishi-

ga sababchi bo‘ladi.

Qadimda selni “tog‘ ajdari” deb atashgan. Sel 10 m/soniya 

va undan katta tezlikda harakat qiladi. Sel oqimining kengligi 3 

metrdan 100 metrgacha, oqim balandligi 1,5-2 metrdan 10-15 

metrgacha yetishi mumkin. Ayrim hollarda sel o‘zanining uzun-

ligi bir necha o‘n kilometrga cho‘ziladi.

Aholini muhofaza qilishni o‘z vaqtida tashkil etishda xabar 

berish va aloqa tizimi birinchi o‘rinda turadi. Ammo shuni ham 

nazarda tutish lozimki, bunday hollarda vaqt juda oz bo‘ladi va 

aholi xavf to‘g‘risida ayrim hollarda bir necha o‘n daqiqa (ayrimda 

2 va undan ortiq soat) oldingina ogohlantirilishi mumkin.

Inson qadim zamonlardan beri seldan muhofazalanish 

yo‘llari ni axtarib kelgan. Shunday yo‘llardan biri uning yo‘lini 



38

to‘sishdan iboratdir. Selga qarshi kurashish uchun yer yuzasi da-

raxt o‘tkazish yo‘li bilan mustahkamlanadi, tog‘ yonbag‘irlaridagi 

o‘simlik qoplami maydonlari kengaytiriladi, vaqti-vaqti bilan tog‘ 

havzalari dagi suv oqizib turiladi, selga qarshi to‘g‘onlar, dambalar 

va boshqa muhofaza inshootlari quriladi. Samarali usullardan 

biri sel oqimlarini maxsus qurilgan muhandislik inshootlari - sel-

xonalarda ushlab qolishdir.

Sel oqimlari yuzaga kelishi xavfi mavjud hududlarda 

«O‘zgidromet» markazining joylardagi xizmatlari tomonidan 

fav qulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida bashoratlash 

ishlari olib boriladi.



Sel xavfi tug‘ilganida aholining harakati. 

Seldan xavfli hududlarda yashovchi aholi sel kelishi ehtimoli 

bo‘lgan yo‘nalishlarni va ushbu xavfli hodisaning belgilarini bili-

shi zarur. 

Sel xavfi belgilari (gumburlash, suv loyqalanishi) paydo bo‘li-

shi bilan darhol eng zarur buyumlarni olib, oldindan belgilab 

qo‘yilgan yo‘nalishda xavfsiz joylarga ko‘chib o‘tish lozim. Bun-

da yo‘l sel o‘zanlari tubidan o‘tmasligiga e’tibor berish lozim. 

Uydan chiqishdan avval selning shikastlovchi omillari ta’sirini 

pasaytiruvchi tadbirlar ko‘rilishi zarur. Buning uchun hovlilardagi 

anjomlarni xavfsiz joyga olib qo‘yish, olib ketish iloji bo‘lmagan 

qimmatbaho buyumlarni nam yetmaydigan yerlarga joylashtirish 

lozim.

Xavfsiz joyga ko‘chishning iloji bo‘lmay qolganida esa katta, 



baland tosh yoki daraxt ustiga chiqib olish va oqim o‘tib ketishini 

kutish zarur. Odatda sel oqimi 3-5 soatda to‘xtaydi. Xavfsiz joyga 

chiqish yo‘lining dara, pastqamliklardan o‘tmasligiga ishonch 

hosil qilish lozim.

Sel oqimi o‘tgandan so‘ng ham sel o‘zaniga tushib bo‘lmaydi 

- uning ketidan ikkinchisi kelishi mumkin. Albatta turar joy binosi-

ning holatini tekshirib ko‘rish, elektr, gaz, ichimlik suvi tarmoq-

laridagi nosozliklarni aniqlash zarur. Shundan so‘nggina bino 



39

ichiga kirsa bo‘ladi. Agar uy o‘pirilgan qirg‘oq yaqinida bo‘lsa 

yoki uning poydevori qisman yuvilib ketgan bo‘lsa bunday joyda 

qolish xavfli hisoblanadi. 



Savol va topshiriqlar: 

1. Sel oqimi tushunchasi qaysi joyda to‘g‘ri ifoda etilgan?

A) og‘irlik kuchi ta’sirida tog‘ yonbag‘irlaridan pastga surilayot-

gan tuproq massasi

B) qor massasining tog‘ yonbag‘irlari bo‘ylab pastga tushishi

C) tog‘ daryolari o‘zanlarida to‘satdan yuzaga keluvchi, katta 

hajmdagi qum, tosh va tog‘ jinslari bo‘laklari aralashmasidan 

iborat loyqa yoki loy-toshli oqim

2. Sel oqimi hosil bo‘lishi sabablaridan birini ayting:

A) gidrotexnika inshootidagi avariya

B) uzoq muddat yomg‘ir yog‘ishi, qor va muzlarning jadal eriy 

boshlashi



Evakuatsiya 

yo‘nalishlari

Evakuatsiya 

yo‘nalishlari

Sel har

akati

Xаvfsiz jоygа ko‘chirish yo‘nalishlari

40

C) tog‘ yonbag‘irlarida o‘simliklar o‘smasligi

3. Seldan xavfli hududda sel kelishi to‘g‘risidagi xabarni radi-

odan eshitib qoldingiz. Qanday harakat qilasiz?

A) Tog‘ yonbag‘rining seldan xavfsiz tomonidagi baland joyga 

chiqasiz


B) Qimmatbaho buyumlaringizni yig‘ishtirib, yerto‘laga 

yashirasiz

V) Hech qanday harakat zarur emas. qutqaruvchilarning 

o‘zlari qutqarib olishadi.

4.Badiiy adabiyotlarda sel oqimlari to‘g‘risida keltirilgan hi-

koya, maqol, she’rlarni topib o‘qing.



41

Ekologik xavf



Atrof muhit – o‘z ichiga tabiiy va ijtimoiy, maishiy va ishlab 

chiqarish, koinot va yerning ustki qismini oluvchi murakkab 

muhitdir.

Inson o‘z talablarini qondirish uchun tabiatning asl holatini 

o‘zgartirishni zo‘r berib davom ettirmoqda: o‘rmonlarni kesmoq-

da, daryolar o‘zanlarini o‘zgartirmoqda, foydali qazilmalarni sarf 

qilmoqda. Kimyoviy o‘g‘itlarning ishlatilishidan, ishlab chiqarish, 

transport va maishiy chiqindining ko‘plab ajralib chiqishidan suv, 

havo, tuproqning, va tabiiyki inson iste’mol qilayotgan oziq-ovqat-

ning kimyoviy tarkibi o‘zgarib bormoqda. Atrof muhit inson orga-

nizmi yangi muhitga o‘rganib olmasdan avval o‘zgarib ketmoqda. 

Bu holning esa insonlar salomatligiga tahdid solmay iloji yo‘q va 

insonning biologik tur sifatida tirik qolish muammosini o‘rtaga 

tashlamoqda.

Olimlar olib borgan tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, in-

sonning favqulodda iqlimiy-geografik va noxush ijtimoiy sharoit-

larda yashashi yurak-qon tomir, nafas, ovqat hazm qilish tizim-

lari, shuningdek jigar, buyrak va boshqa organlar kasalliklarining 

hali yoshlik davridanoq surunkali tus olishiga olib kelmoqda. 

Masalan, vaqtidan avval qarish, mehnat qobiliyatini erta yo‘qo-

tish, o‘rtacha umr ko‘rish muddatining qisqarishi va h.k.

Yirik ishlab chiqarish markazlarining muhim ekologik muam-

molaridan biri – ichimlik suvi muammosidir. Ifloslangan suv in-

son sog‘lig‘iga ikkita yo‘l bilan ta’sir qiladi. Birinchidan, suv orqali 

inson mikroblar, viruslar yoki parazit kasallik tarqatuvchilar bi-

lan zararlanadi. Ikkinchidan, ichimlik suv manbalarining oqova 

suvlari bilan ifloslanishidan, shuningdek avariyali holatlar yuz 

berganida inson organizmiga kimyoviy va radioaktiv moddalar 

tushadi. Shu sababli suvni tozalashning turli usullaridan foyda-

lanish zarurdir.



42

Yaqin vaqtlargacha atrof muhitni ifloslantiruvchilar chang, is 

gazi, azot birikmalari, zaharli kimyoviy moddalar deb hisobla-

nardi. 


Hozirgi kunda metallar ifloslantiruvchi moddalar orasida ik-

kinchi o‘rinda turadi. Inson salomatligi uchun alohida xavfni ra-

diatsiya tug‘diradi.

Oxirgi yillarda ko‘p mamlakatlarda antropogen omillar tufay-

li ekologik vaziyat yomonlashdi. Natijada tuproq, atmosfera, 

gidrosfera holati o‘zgardi, ya’ni ekologik xususiyatli favqulodda 

vaziyatlar yuzaga kela boshladi. 

Savol va topshiriqlar:

1. 

Atrof muhit deb nimaga aytiladi?



2. 

Insonning atrof muhitga ko‘rsatayotgan ta’sirini tushuntirib 

bering.

3. 

Ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar necha turga 

bo‘linadi va qanday nomlanadi?

4. 

O‘qituvchingiz tomonidan ko‘rsatilgan rasmlar asosida 

quyidagi jadvalni to‘ldiring.

Joy turi

Afzalliklari

Salbiy jihatlari

Qishloq joy

Shahar joy

Tabiat


43

Tabiat va xavf-xatar

Inson har doim ham o‘qish, ish bilan band bo‘lavermaydi. U 

dam olish uchun oromgohlarga borishi, tabiat qo‘yniga chiqishi, 

turli joylarga sayohat qilishi, tog‘ cho‘qqilarini zabt etish uchun 

yo‘lga otlanishi mumkin.

Yoki orzuingiz tabiatshunos yoki geolog bo‘lishingiz mumkin. 

Demak, ish jarayonida tog‘lik joylarda, cho‘llarda, o‘rmonlarda 

bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Hayot har doim ham bir tekis davom et-

maganidek, yo‘lingizda turli xavf-xatarlarga duch kelish, biror 

hodisa oqibatida shikastlanish, yo‘ldan adashish mumkin. Bun-

day hollarda o‘zini muhofaza qilishni bilgan inson vaziyatdan 

osongina chiqib keta oladi.

Tabiatda inson ta’sir etuvchi va favqulodda vaziyatlarning yu-

zaga kelishiga ko‘maklashuvchi bir qator omillar mavjud. Ular 

sirasiga insonning tabiatda yolg‘iz qolishi, iqlimiy mintaqalarning 

o‘zgarishi, soat mintaqalarining o‘zgarishi, rel’yef va joy o‘zgari-

shi, tabiiy ofatlar, ekologik holatning buzilishini kiritish mumkin.

Barcha xavflarni yuzaga kelish manbaiga qarab tabiiy va ant-

ropogen turlarga bo‘lish qabul qilingan.

Tabiiy xavf biosferadagi tabiiy jarayonlar, masalan, zilzila, suv 

toshqini, dovul, qor ko‘chkisi vaqtida yuzaga keladi. Tabiiy xavf-

ning kutilmaganda yuzaga kelishi, garchi ularning ayrimlarini, 

masalan, dovul, siklonlarni inson oldindan aytib berishni o‘rganib 

olgan bo‘lsa-da, ularga xos xususiyat hisoblanadi.

Antropogen xavflarning yuzaga kelishi, avvalo, insonning 

faoliyati bilan bog‘liqdir. Insonlar, shuningdek, texnik vositalar, 

bino, inshootlar, transport yo‘llari, inson tomonidan yaratilgan 

narsalarning barchasi antropogen xavf manbai hisoblanadi.

Noxush ta’sirning o‘sishi, odatda, texnologik tavsiyalar, 

mehnat intizomi va eng asosiysi, xavfning yuzaga kelishi va 

oqibatlari haqidagi zarur bilimlarning yo‘qligi yoki yetishmasligi 



44

bilan asoslanadi.

Inson bir soat mintaqasidan boshqasiga yoki birdaniga bir 

necha soat mintaqasidan o‘tganida murakkab vaziyatga tushib 

qolishi mumkin. Masalan, Uzoq Sharq bilan Toshkent shahri 

o‘rtasidagi farq 9 soatga teng. Ertalab soat 9.00 da uchib ket-

gan yo‘lovchi Toshkent shahriga 10 soatdan so‘ng yetib keladi, 

deylik. Bu vaqtda Uzoq Sharq vaqti bilan soat 19.00, Toshkent 

vaqti bilan esa 10.00 bo‘ladi. Inson hayotidan shakllanib bo‘lgan 

ritmdagidan 10 soatga bo‘lgan farq keskin seziladi. Bu holat, 

ayniqsa g‘arbdan sharqqa tomon harakatlanganda seziladi.

Inson tabiiy muhit berayotgan barcha in’omlardan foydalana 

olsagina eng og‘ir tabiiy sharoitlarda ham hayoti va sog‘lig‘ini 

saqlay oladi. Keling, shunday vaziyatlardan chiqib ketish yo‘lla-

rini o‘rganishga kirishaylik. 

Odamlarga turli sabablarga ko‘ra ayrim vaqtlarda iqlim sha-

roitini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. O‘zlari uchun begona sharoit-

da odamlar o‘zlarini turlicha tutishadi. Albatta, inson organizmi 

ushbu notanish sharoitga moslashishga harakat qiladi.

Qattiq sovuq va shamolda qon bosimining pasayishi va nafas 

olishning qiyinlashishi kuzatiladi. Salbiy omillar havo harorati-

ning pastligi (qishda -60ºC gacha), yorug‘lik rejimining buzilishi 

(qutb tuni va kuni), ultrabinafsha nurlarning tanqisligidir. 

Issiq iqlimda inson organizmiga ta’sir qiluvchi asosiy omil-

lar – havo haroratining yuqoriligi, bir kecha-kunduz davomida 

haroratning keskin o‘zgarishi hisoblanadi. Odamlarning iqlimga 

moslashuv jarayoni ishtaha yo‘qolishi, ichak faoliyati va uyqu-

ning buzilishi, yuqumli kasalliklarga nisbatan chidamlilikning 

pasayishi bilan kechishi mumkin. Bu funksional o‘zgarishlar suv-

tuz almashinuvining buzilishi oqibatida sodir bo‘ladi. Muskullar 

bo‘shashadi, odam ko‘p terlaydi, peshob miqdori kamayadi, na-

fas olish va tomir urishi tezlashadi.

Shu sababli yangi iqlimiy sharoitga o‘tgandan so‘ng dastlab-

ki kunda o‘zingizni ish bilan toliqtirmang. Organizmingizni isib 

ketish, sovuq qotish va ortiqcha yuklamalardan saqlang.


45

Har tomonlama qulay, avval kiyib, sinab ko‘rgan poyafzal va 

kiyim-kechaklaringizni oling. Iloji boricha tabiiy tolali matolardan 

tayyorlangan kiyimlarni kiying. Bosh kiyimi esdan chiqmasin, u 

sizni oftob urishi va sovuq qotishdan saqlaydi.

Savol va topshiriqlar:

1. 

Iqlim o‘zgarganda insonga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?



2. 

Yangi iqlimiy sharoitga moslashish uchun nimalarga rioya 

qilish lozim?

3. 

O‘zingiz yashayotgan iqlim sharoitini tushuntirib berishga 

tayyorgarlik ko‘ring.


46

Uy-ro‘zg‘оr ishlаri vа 

xаvfsizlik

Uy-ro‘zg‘оr ishlаrini bаjаrish chоg‘idа ko‘plаb kеsuvchi, sаn-

chiluvchi, o‘tkir tig‘li аsbоb-аnjоmlаrdаn, jumlаdаn, bоltа, tеshа, 

kеtmоn, pichоq, аrrа vа hаkоzоlаrdаn fоydаlаnishgа to‘g‘ri kеlа-

di. Ish jаrаyonidа yaqin yordаmchimiz hisоblаnmish ushbu аs-

bоb-аnjоmlаr, ulаrdаn nоto‘g‘ri fоydаlаnаdigаn bo‘lsаk, xаvf mаn-

bаigа аylаnishi mumkin. Оqibаtdа turli jаrоhаtlаr оlish ehtimоli 

yuzаgа kеlаdi.



Bundаy hоlаtlаrning оldini оlish uchun bа’zi ehtiyot chоrаlаri-

ni ko‘rib qo‘ying:

• 

Ignа, to‘g‘nоg‘ichlаrni yostiqchаlаrgа to‘g‘nаb qo‘ying, 

qаychini esа mаxsus idish ichidа sаqlаng;

• 

Tikish ishlаrini bаjаrаyotgаn dаmdа bаrmоqqа аngishvоnа 

tаqib оling;

• 

Tikuv mаshinаsi plаtfоrmаsi ustidа bеgоnа prеdmеtlаr 

bo‘lmаsligigа e’tibоr bеring;

• 

Аsbоbuskunаlаrni mаxsus аjrаtilgan joyda saqlang, ulаr 

yosh bоlаlаr qo‘li yеtmаydigаn jоydа sаqlаnsа, yanаdа sоz 

bo‘lаdi; 



• 

Asbob uskunalar bilan ishlashdan oldin kattalar bilan 

maslaxatlashing yoki ular borligida ishlang;

• 

Kеsuvchi vа sаnchiluvchi аsbоblаr bilаn ishlаgаndа, 

ulаrning tig‘lаri vа uchlаri sizdаn qаrаmаqаrshi tоmоndа 

bo‘lishigа e’tibоr qаrаting; 



• 

Ish jоyingizdа аsbоb-uskunаlаrning bеtаrtib yotishigа yo‘l 

qo‘ymаng. Ulаrgа qоqilib turtinib kеtishingiz yoki kiyimingiz 

ilinib qоlishi mumkin;



• 

Rаndаlаsh, аrrаlаsh, mеtаll bilаn ishlаsh jаrаyonidа 

ko‘zоynаk tаqib оlishni оdаt qiling;

• 

Bоlg‘а bilаn ishlаyotgаndа ehtiyot bo‘lmаsаngiz, qo‘lingizgа 

tеgib kеtishi ehtimоli bоr. 


47

O‘tilgаn mаvzuni mustаhkаmlаsh uchun Sаvоl vа tоpshiriqlаr:

1. 

Uy-ro‘zg‘оr ishlаrini bаjаrishdа qаndаy аsbоb-аnjоmlаrdаn 

fоydаlаnishgа to‘g‘ri kеlаdi?

2. 

Ehtiyotsizlikkа yo‘l qo‘yish qаndаy оqibаtlаrgа оlib kеlishi 

mumkin?

3. 

Xоnаdоningizdа mаvjud kеsuvchi, sаnchiluvchi vа h.k. 

аsbоb-аnjоmlаr ro‘yxаtini tuzing.

Аsbоb-аnjоm 

nоmi

Turi

Ulаrdаn 

kutilаdigаn xаvf

Bеrilаdigаn 

yordаm

Sanchiladigan o‘tkir tig‘li buyumlar –bolalar uchun o‘yin emas

Uyda yoki ustaxonada siz har xil asbob anjomlardan foydala-

nasiz. Ayrim paytlarda bexosdan ulardan jarohatlanishi mumkin.

Bа’zilаrdа  ish  bаjаrаyotgаn  dаmdа  kichkinа  mix,  ignа, 

to‘g‘nоg‘ichlаrni оg‘zilаrigа sоlib оlish оdаti bоr. Kishi qаlqib 

kеtgаndа, chаlg‘igаndа, аksirgаndа, yo‘tаlgаndа bu buyumlаr 

ichgа kеtib, tiqilib qоlishi mumkin. Bundаy hоllаrdа kеchiktirmаy, 

dаrhоl shifokorgа murоjааt qilish zаrur.

Yog‘оchgа ishlоv bеrish (аrrаlаsh, rаndаlаsh) yoki mеtаll bilаn 

ishlаsh jаrаyonidа qipiq, mеtаll pаrchаlаri ko‘zgа tushishi mum-

kin. Ushbu yot jinslаr kichik bo‘lsа yoki tеzlik kаm bo‘lsа ko‘z 

sоqqаsi sirtidа to‘xtаb qоlаdi. Bundаy vаqtdа ulаr ko‘zdаn оqqаn 

yosh bilаn yuvilib chiqib kеtаdi. 

Аgаrdа yot jinslаr ko‘zning ichkаrisigа kirib qоlsа, оg‘riq pаy-

dо bo‘lib, yorug‘likkа qаrаb bo‘lmаy qоlаdi, ko‘zdаn yosh оqаdi. 

Kаttа tеzlikdа uchib kеlgаn yog‘оch zаrrаsi, mеtаll, shishа, tоsh 

аyniqsа xаvfli. Bundаy vаqtdа ko‘zni tоzа bint bilаn bоg‘lаb, zud-

lik bilаn shifokorgа murоjааt qilish lоzim. O‘zbilаrmоnchilik qilish 

mumkin emаs. 


48

O‘tkir prеdmеt, mаsаlаn, pichоq tеrini tеshsа yoki bоshqа 

оrgаnlаrgа jаrоhаt yеtkаzsа, qоn оqishigа оlib kеlishi mum-

kin. Qоn kеtishini to‘xtаtishdа jаrоhаtgа mikrоb tushish xаvfini 

kаmаytirish uchun jаrоhаtgа оchiq qo‘l bilаn tеgmаslik kеrаk. 

Jаrоhаt ustigа dоkа sаlfеtkа yoki bоshqа birоr tоzа vа quruq 

mаtо qo‘ying. 

Tеrining ustki qаtlаmi jаrоhаtlаngаndа оrgаnizmgа mikrоb 

tushishining оldini оlish uchun shikаstlаngаn jоyni yuvish eng 

yaxshi dаstlаbki chоrаdir. Аgаr оzginа qоn kеtаyotgаn bo‘lsа, 

jаrоhаtni suv bilаn sоvunlаb yuving. Sоvun ko‘p hоllаrdа kаsаl-

likni kеltirib chiqаruvchi bаktеriyalаrni bаrtаrаf etаdi.



49

Bir оz kеsib оlgаndа оzginа qоn оqishi, qоnning ivishigа 

qаrаb, 10 dаqiqа ichidа o‘z-o‘zidаn to‘xtаydi. 

Yer chоpаyotgаndа kеtmоnni bоsib оlsаngiz, o‘tin yorаyot-

gаndа ehtiyotsizlik qilsаngiz, uning bo‘lаgi burungа tеgib qоn 

оqishigа оlib kеlаdi. Qоn burun kаtаklаridаn оqsа-dа, lеkin nаfаs 

оlgаndа nаfаs yo‘ligа tushib, bo‘g‘ilishgа yoki qаyt qilishgа оlib 

kеlishi mumkin. 




Download 337.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling