1. Globallashuv tushunchasining falsafiy tahlili. Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi
Download 36 Kb.
|
10-mavzu topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafa va hozirgi zamon.
- Globallashuv hodisasi
- Global muammolarni yechishda falsafaning roli
- Global muammolarning mohiyati
- Asosiy global muammolar tizimi
- Ta’lim muammosi.
- Urush va tinchlik muammosi
1. Globallashuv tushunchasining falsafiy tahlili. 2. Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi. 3. Bashoratning turlari va metodlari. 4. Korrupsiya shakllanishining tarixi. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati. 5. Texnogen sivilizatsiyada til va kommunikatsiya dialektikasi.
Globallashuv hodisasi. Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko’rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo’lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi vaqtda dunyo so’nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o’zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o’laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o’z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo’ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o’zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo’ldi. Global muammolarni yechishda falsafaning roli. Og’ir va murakkab vazifalarni yechishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo’lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo’lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o’ziyoq odamlarni fanga o’z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni yechish yo’llarini izlashga majbur qildi. Yuzaga kelgan vaziyatning o’ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o’rganish mumkin bo’lsa, inson, rakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o’z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. Shu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni yechishidan qat’iy nazar, ular bilan bog’liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi. Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o’z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab yetishga u yoki bu darajada muhtoj bo’ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas. Global muammolarning mohiyati. «Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam o’rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo’llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish mumkin. Falsafada bu vazifani yechish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo’lib, ularga muvofiq u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday xususiyatga ega bo’lmagan boshqa ko’p sonli muammolardan farqlanadi. Asosiy global muammolar tizimi. Hozirgi davrning global muammolari o’z holatini vaqtda tinimsiz o’zgartiradigan yagona, faol va ochiq tizim hisoblanadi, chunki unga umuminsoniy ahamiyatga molik bo’lgan yangi muammolar kirishi, avvalgi muammolar esa, ularning yechilishiga qarab, yo’qolishi mumkin. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti A.Pechchei bu holatga e’tiborni qaratib, insoniyat qarshisida ko’ndalang bo’lgan aksariyat muammolar «bir-biri bilan mahkam chirmashib oldi, ulkan sprut changali yanglig’ butun sayyorani o’z iskanjasiga olmoqda... yechilmagan muammolar soni o’sib bormoqda, ular yanada murakkabroq tus olmoqda, ularning chirmashuvi yanada chigallashmoqda, ularning «iskanjasi» esa sayyoramizni o’z changalida tobora qattiqroq siqmoqda», deb yozgan edi1. Ammo global ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal bo’lmasin, uni fan va falsafa yordamida yechish, ya’ni sababni oqibatdan, muhim tafsilotlarni ikkinchi darajali tafsilotlardan, ob’ektivni sub’ektivdan farqlash uchun nazariy jihatdan anglab yetish lozim. Dunyo miqyosidagi jarayonlarga ta’sir ko’rsatish uchun odamlarning imkoniyatlari va resurslari cheklanganini hisobga olib, muammolarning qaysi biri darhol yechishni talab qilishi va qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyat kasb etishini ham farqlash muhimdir. Ta’lim muammosi. Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy bog’liq. So’nggi vaqt ichida jahonda savodsizlar soni foiz hisobida kamaygan bo’lsa, mutlaq hisobda o’sishda davom etmoqda. Bunda ma’lumotsiz odamlarning hayoti amalda ko’p bolalikni xurofiy aqidalar bilan oqlaydigan arxaik oilaviy an’analarga bo’ysunadi. Pirovardida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlaq raqamlarda o’sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni o’qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni ham o’sib bormoqda (Hindiston aholisining 70%, Pokiston aholisining 60%, Afrika mamlakatlari aholisining 80% savodsiz). Shu bilan bir qatorda aksariyat odamlarning ma’lumot darajasi yangi texnologiyalar va kompyuter texnikasidan keng foydalanuvchi hozirgi jamiyatda to’laqonli yashash va mehnat qilish imkonini bermasligi bilan bog’liq funksional savodsizlik ham o’sib bormoqda. Urush va tinchlik muammosi. Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi hisoblanadi. Ayni shu sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va yerda mustahkam tinchlikni ta’minlash butun dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi deb e’tirof etiladi. Uning keskinligi barcha zamonlarda hech qachon pasaymagan bo’lsa-da, XX asrda u nafaqat ayrim kishilar, xalqlar, balki butun insoniyat oldiga «o’lish yo qolish?» degan mudhish savolni qo’yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi. Bu hol ilgari mavjud bo’lmagan imkoniyat – yerdagi hayotni yo’q qilish imkoniyatini yaratgan yadro quroli paydo bo’lishi bilan izohlanadi. Yadro quroli 1945 yil avgustda (Xirosima va Nagasaki) ilk bor qo’llanilgan paytdan e’tiboran mutlaqo yangi davr – inson hayotining barcha jabhalari: siyosat, iqtisod, tafakkurda, jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub o’zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi. Ammo muhimi shundaki, mazkur davrdan e’tiboran nafaqat ayrim inson, balki butun insoniyat o’lishi mumkin bo’lib qoldi. Teyyar de Sharden yangi vaziyatga baho berar ekan, shunday deydi: «Bir individ o’lsa, uning o’rnini doim boshqa bir individ egallaydi. Individning o’limi hayotning davom etishiga to’siq bo’la olmaydi. Ammo butun insoniyat o’lsa-chi?..»1. Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling