1-mavzu: O’zbekiston tarixi predmeti, uni o’rganishning metodologik tamoyillari, manbalari va ahamiyati Reja
O’bekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi
Download 5.05 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik to’g’risida referendum.
- 2.ISLOM KARIMOV – O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI
- Respublika davlat reja komiteti raisining birinchi o ‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
- 1986-1989-yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989
- 1991-yil 31-avgust kuni I. Karimov tarixiy voqea – O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.
- 1995-yil 26-martida bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra I. Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi.
- 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda uning prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi.
- KONSTITUTSIYASINING QABUL QILINISHI Davlat ramzlari.
- O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
- Taraqqiyotning “O’zbek modeli”.
O’bekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi. Viloyat Tashkil etilgan yili May doni Aholisi Qishloq tumanlari Shahar va shaharcha lari Ma’muriy markazi Qoraqalpog’iston Respublikasi 1990-y. 14-dekabr 166,6 1569,9 14 12, 17 Nukus Andijon 1941-y. 6-mart 4,2 2342,7 14 11, 5 Andijon Buxoro 1938-y. 15-aprel 40,3 1507,6 11 11, 3 Buxoro Jizzax 1973-y. 28-dekabr 21,2 1043,3 12 7, 8 Jizzax Navoiy 1982-y. 20-aprel 1988-y. 6-sentabrda tugatilgan 1992-y. 28-iyunda qayta tashkil etilgan 111 810,2 8 7, 8 Navoiy Namangan 1941-y. 11-mart 1960-y. 25-yanvarda tugatilgan 1967-y. 18-dekabrda qayta tashkil etilgan 7,4 2073,2 11 8, 12 Namangan Samarqand 1938-y. 15-yanvar 16,8 2867,1 14 11, 12 Samarqand Sirdaryo 1963-y. 16-fevral 4,3 672,2 8 5, 6 Guliston Surxondaryo 1941-y. 6-mart 20,1 1894,9 14 8, 7 Termiz Toshkent 1938-y. 15-yanvar 15,6 4520,4 15 16 Toshkent Farg’ona 1938-y. 15-yanvar 6,7 2840,9 15 9, 10 Farg’ona Xorazm 1938-y. 15-yanvar 6,1 1432,8 10 3, 7 Urganch Qashqadaryo 1943-y. 20-yanvar 28,6 2378,5 13 12, 4 Qarshi Toshkent shahri 2135,7 11 O’zbekiston 1925-y. 28-fevral 448,9 31 mln 159 120, 116 Toshkent O’zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 mln. kishini tashkil etardi. 2015-yilga kelib aholi soni 31 mln. dan ortdi. Mustaqillik to’g’risida referendum. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrida bo’lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo’yicha referendum o’tkazish xaqidagi masalani ko’rib chiqdi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida referendum hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritildi: «O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?». Shuningdek, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida» Qonun qabul qilindi. 1991-yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bo’lib o’tdi. Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro’yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi. O’zbekiston Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, uning butun tarixiy taraqqiyoti natajalaridan kelib chiqadigan ob’ektiv va qonuniy hodisadir. Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat’iyatliligi, uzoqni ko’ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi Tinch, demokratik, parlament yo’li bilan ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi. 2.ISLOM KARIMOV – O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI 1991-yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ham bo’lib o’tdi. Prezidentlikka nomzod Islom Abdug’aniyevich Karimov uchun 8.514136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlarini ko’rib chiqib, I.A.Karimovni 1991-yil 29- dekabrdan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga saylangan, deb xisoblashga qaror qildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil yanvarda bo’lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi: «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar ekanman, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman». Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimovning tarjimayi holi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov – 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati – o ‘zbek. Oliy ma’lumotli, O‘rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xojaligi mashinasozligi zavodida boshlagan. 1960-yildan 1966-yilgacha V.P. Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi. 1966-yilda O’zbekiston SSR davlat reja komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan Respublika davlat reja komiteti raisining birinchi o ‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1983-yilda I. Karimov O’zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari, Respublika davlat reja komitetining raisi etib tayinlanadi. 1986-1989-yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989- yilning iyunidan boshlab O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi. 1990-yil 24-mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I. Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. 1991-yil 31-avgust kuni I. Karimov tarixiy voqea – O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. 1991-yil 29-dekabridan muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martida bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra I. Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovda I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi. 2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda uning prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007-yil 23-dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. I. Karimov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1994-yil), o’ndan ortiq xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor va akademikligiga saylangan. I. Karimov ,,O’zbekiston Qahramoni“ unvoni va „Oltin Yulduz“ medali sohibi (1994), “Mustaqillik“ (1996), „ Amir Temur“ (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. I. Karimov xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tinchlikni mustahkamlash, ma’naviyatni tiklash, sportni rivojlantirish sohasidagi xizmatlari uchun bir qator xalqaro tashkilotlar va nufuzli xorijiy davlatlarning orden va medallari bilan mukofotlangan. U oilali, ikki nafar farzandi, uch nabirasi bor. Rafiqasi T.A. Karimova – iqtisodchi ilmiy xodim. 3. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAMZLARI VA KONSTITUTSIYASINING QABUL QILINISHI Davlat ramzlari. O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligini mustahkamlashga dadillik bilan kirishdi. Birinchi bo’lib, davlat ramzlari belgilab olindi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlandi. Davlat bayrog’i mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayrog’iga xos bo’lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo’lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy sohalardagi o’zligini ham aks ettiradi. O’zbekistonning Davlat gerbi, o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992-yil 2-iyulda qabul qilindi. Gerbning markazida qanotlarini keng yozib turgan Xumo qushi tasvirlangan. Bu baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Xumo qushi o’zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga yetaklovchi kuch ramzi sifatida e’zozlab kelingan. O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992-yil 10-dekabrda qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasi O’zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Mustaqillik qo’lga kiritilgach, milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqazo etardi. «Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilingan O’zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda bo’lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiya O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha komissiya tuziladi. Konstitutsiyaviy komissiya O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o’rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo’lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g’oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1991-yil 26-sentabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy daholigi va tafakkurining mahsuli bo’ldi. Oliy Kengashning 1992-yil dekabrda bo’lgan XI sessiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o’zgartirish, qo’shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992-yil 8-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun – 8-dekabr umumxalq bayrami – O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 128 moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O’zbekiston Respublikasining Davlat mutaqilligi asoslari to’g’risida» gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g’oyalarni o’zida to’la mujassamlashtirdi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ijodkor xalqimizning xohish, irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to’plangan eng ilg’or konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi konstitutsiyalar esa markaziy hokimiyat tomonidan tayyorlangan Ittifoq konstitutsiyasi nusxalaridan ko’chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi asosiy qonunimiz mustaqil O’zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o’rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy tamoyillarni bilib olishga ahamiyat berish zarur. > O’zbekiston Konstitutsiyasining muhim tamoyili davlat suverinitetidir. Davlatimizning «O’zbekiston Respublikasi» va «O’zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi. > Konstitutsiyamizning tamoyillaridan yana biri xalq hokimiyatchiligidir. > Yana bir konstitutsiyaviy tamoyil – davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo’linishidir. O’zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo’linishi qonunlashtirildi. > Asosiy Konstitutsiyaviy tamoyillardan biri demokratiyaga sodiqlikdir. Kontitutsiyada umuminsoniy demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi tan olingan. > O’zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi , or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo’yilgan. > Yana bir Konstitutsiyaviy tamoyil Konstitutsiya va qonunlarning ustivorligidir. Konstitutsiyaning 15-moddasida «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi», deb belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaning 21-moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatilgan. O’zbekiston Respublikasining millati, elatidan qat’iy nazar barcha fuqarolari O’zbekiston xalqini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy maqomi, O’zbekiston bilan o’zaro munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo’lib qoldi. Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq muhokamasi dan o’tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilinmoqda. Asosiy qonunga kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar 2003-yil 24-25-aprel kunlari bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n birinchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi Qonun loyihasi muhokama qilindi va mazkur Qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratiyalash, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. Asosiy Qonunimiz mazmun va mohiyati, maqsad va vazifalariga daxl qilmagan holda, avvalo Oliy Majlisning roli va ahamiyatini kuchaytirish, uning palatalari maqomi va vakolatlariga doir 76-88-moddalarga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari hamda vazifalariga doir 89,90,93,95,97-moddalarga ham o’zgartirishlar kiritildi. 89-moddaning «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi» deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi. Muxtasar qilib aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o’rtasidagi vakolatlar yanada demokratik ravishda qayta taqsimlanadi. Kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’uliyatini kuchaytirishga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qiladi. Milliy valyuta. O’zbekistonda milliy valyutani muomalaga kiritish uchun ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan O’zbekiston mustaqillikning dastlabki payti-1991- 1993-yillarda sobiq itttifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo’lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil may oyi boshlarida 800- 900 rublning qadri 1 AQSh dollori darajasiga tushib ketgan edi. O’zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 1993-yil 1- noyabrda O’zbekistonda so’m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo’lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati so’m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko’rdi. O’zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e’lon qilingan «O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq 1994-yil 1-iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – So’m muomalaga kiritildi. Taraqqiyotning “O’zbek modeli”. Mustaqillikning dastalbki kunlaridayoq O’zbekiston qanday taraqqiyot yo’lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo’ladi, degan savollar ko’ndalang turardi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo’lgan bir xil taraqqiyot yo’li, bir xil andoza bo’lishi mumkin emas. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o’ziga xos taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o’z andozasini ishlab chiqishga intiladi. O’zbekiston oldida ham nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan puxta asolangan o’ziga xos yo’lni ishlab chiqish zarur edi. O’zbekistonning taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyillar qaror topgan ilg’or davlatlar tajribasiga, respublikamiz iqtisodiyotining haqiqiy holati va imkoniyatlariga, xalqning mentaliteti va tarixiy an’analariga, aholining tub o’zgartirishlarga tayyorlik darajasiga tayangan holda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi. O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no-mazmuni bilan to’ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993-yilda nashr etilgan «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi. 1. Iqtisodiyotni mafkuradan to’la xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi. 2. Davlat – bosh islohotchi, iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori. 3. Qonun ustivorligi, islohotlarning mustahkam huquqiy asoslarga qurilishi, qonun oldida hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo’ysunishi. 4. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustivorligi. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o’tish, ya’ni islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish. Shunday qilib, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning «o’zbek modeli» bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo’l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «O’zbek modeli» deb qabul qilindi. 4. SIYOSIY ISLOHOTLAR. HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANTIRILISHI Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston o’z siyosiy mustaqilligini mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o’tkazish yo’lidan bormoqda. Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi: > Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi; > Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi; > Ko’p ming yillik o’zbek davlatchiligi tarixi va o’ziga xos ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga asoslandi; > Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo’lidan bordi; > Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik boshqaruv usulini yaratish yo’li tanlandi. O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990-yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi-Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994-yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi. Oliy Majlis. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993-yil 28-dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994-yil 22-sentabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi. 1994-yil 25-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi-marta erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o’tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi-marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995-yil 8 va 25- yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Oliy Majlis 1995-1999-yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999-yil dekabrda saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarda 7 ta subekt-beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan 48, "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 20, "Adolat" sotsial- demokratik partiyasidan 11, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi. O’zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004-yillarda bo’lib o’tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Bir palatali O’zbekiston Respublikasi parlamenti-Oliy Majlisi 1995-2004-yillarda o’z faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi: O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish; qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish; parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash; shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish; amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o’rgangan holda olib borish; joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish. Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004-yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va oshkorolik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi. Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi. Bir palatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o’rinni egalladi. Download 5.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling