7. Математика олимпиада низоми

Sana01.01.1970
Hajmi
#250905
Bog'liq
7. Математика олимпиада низоми


7. MATEMATIKA

Matematika fanidan uchinchi (viloyat), to‘rtinchi (Respublika) bosqichlari 2 turda (yozma ish, test) o‘tkaziladi.


Yozma ish

Fan olimpiadasining 1-turi yozma ish topshiriqlarida 5 ta masala beriladi. Jami


50 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechishga 180 daqiqa vaqt ajratiladi.
Har bir masala murakkabligiga bog‘liq ravishda 5 balldan 20 ballgacha baholanadi.


Yozma ish quyidagi mezonlar asosida baholanadi





Baholash mezoni

Ballar

1.

Masala xatosiz va kamchiliklarsiz yechilgan bo‘lsa;

10

2.

Masala to‘liq yechilgan, ammo yechimga ta’sir ko‘rsatmaydigan 1 ta mayda kamchilikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;

9

3.

Masala to‘liq yechilgan, ammo yechimga ta’sir ko‘rsatmaydigan 2-3 ta mayda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;

8

4.

Masala to‘g‘ri yechilgan, ammo fikrlash mantig‘iga ta’sir ko‘rsatmayotgan hollar qaralmagan bo‘lsa;

7

5.

Agar masala yechimi ikki-uchta qadamdan iborat bo‘lsa, shulardan murakkabroq bo‘lgan qadamlar to‘g‘ri qaralgan bo‘lsa;

6

6.

Agar masala yechimi ikki-uchta qadamdan iborat bo‘lsa, shulardan osonroq bo‘lgan qadamlar to‘g‘ri qaralgan bo‘lsa;

5

7.

Masala g‘oyasi to‘g‘ri keltirilgan, ammo yechim qadamlarida muhim xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;

4

8.

Masala yechilmagan, ammo uning yechimiga olib kelishi mumkin bo‘lgan foydali tasdiqlar isbotlangan bo‘lsa;

3

9.

Masala yechilmagan, ammo uning yechimiga olib kelishi mumkin bo‘lgan foydali tasdiqlar isbotlanmasdan keltirilgan bo‘lsa;

2

10.

Masala yechimi noto‘g‘ri, ammo ayrim hollarni qarashga harakat qilinganligi yoki haqiqatga yaqin chizma keltirilgan bo‘lsa;

1

11.

Masala umuman yechilmagan yoki yechim birorta ham foydali tasdiqlarga ega bo‘lmagan bo‘lsa;

0



Izoh: Mazkur namunaviy baholash mezonlari asosida har bir masalaning yechimi mazmuniga qarab hususiy baholash mezoni tuzilishi tavsiya etiladi. 10 balldan boshqa ball qo‘yilganda yuqoridagiga nisbatan olinadi.



Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling