6- amaliy mashg‘ulot. Struktura sxemalari va ularni o‘zgartirish. Zvenolarni ulash
Download 66.45 Kb.
|
ABN amaliyot-6
6- amaliy mashg‘ulot. Struktura sxemalari va ularni o‘zgartirish. Zvenolarni ulash Avtomatik boshqarish sistemasining struktura sxemasi uni qanday elementar zvenolardan (bo‘g‘inlardan) iboratligi va ular bir–biri bilan qay tariqa o‘zaro ulanganini ko‘rsatadi. Elementar dinamik zvenolar o‘zaro 3 xil usul bilan ulanishi mumkin: ketma – ket, mos ravishda parallel va teskari ravishda parallel. 6.1- rasmda ketma – ket ulanish usuli ko‘rsatilgan. 6.1-rasm
Zvenolar o‘zaro ketma – ket ulangan holda, sistemaning umumiy uzatish funksiyasi zvenolar uzatish funksiyalarining o‘zaro ko‘paytmasiga teng.
6.2 - rasmda mos ravishda parallel ulanish usuli ko‘rsatilgan. 6.2–rasm Zvenolari mos ravishda parallel ulangan sistemaning uzatish funksiyasi alohida olingan zvenolar uzatish funksiyalarining yig‘indisiga teng bo‘ladi (6.2) 6.3 - rasmda teskari ravishda parallel ulash usuli ko‘rsatilgan. 6.3-rasm
Zvenolari teskari ravishda parallel ulangan sistemaning uzatish funksiyasi quyidagicha aniqlanadi: (6.3) bu erda, «+» ishorasi summatorning manfiy ishorali ulanishiga, «–» ishorasi esa musbat ishorali ulanishga to‘g‘ri keladi. Download 66.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling