9- may Xotira va qadrlash


Download 11.68 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi11.68 Kb.
#1547363
Bog'liq
9-may


“ 9- May Xotira va qadrlash” kuniga bag’ishlangantadbir ssenariysi.
1 – boshlovchi: Assalomu alaykum , mehribon ustozlar va bilimga chanqoq o’quvchilar. Bugungi 9 – may – Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab o’tkazilayotgan “Xotira abadiy – xotira mangu” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz.
2- boshlovchi: Xotira o’zlikni anglash o’tmishni doimo yodda tutishga da’vat etib turadigan muqaddas tuyg’udir, u orqali inson o’ziga yaxshi xislatlarni qaror toptirib boradi.
1 – boshlovchi: Boshing egib ta’zim ayla shukrona ayt.
Seni guldek erkalagan chaman uchun
Osmonlarda yurgan bo’lsang tuproqa qayt,
Aytgil do’stim nima qildik Vatan uchun.
2 – boshlovchi: Shu soylarda suvlarga urgil yuzingni sen,
Bir bor nazar solgil bosgan izingga sen,
Shu savolni berib ko’rgil o’zingga sen,
Aytgil do’stim nima qildik Vatan uchun.
1 – boshlovchi : Muqaddas tushunchalarnin g barchasi xotira bilan tirik. Xotira nafaqat o’tmishni unnutmaslik, bugungi kunni to’g’ri tasavvur etish hamdir. Xotira insonni kelajakka ochiq ko’z bilan qarashga o’rgatadi.
2 – boshlovchi: Inson xotirasi azizdir. Xalqimiz qadimdan o’tgan avlodlarni munosib xotirlab , qadrlab kelgan. Xotirs millat tarixi, uning qadriyatlarini madaniyat va ma’naviyatini, bir so’z bilan aytganda mujassam etadigan buyuk qadriyatdir.
1 – boshlovchi: Bizning tinch va baxtiyor yashashimiz hamda yurtimiz mustaqilligini uchun kurashgan va bu yo’lda jonini fido qilgan insonlar hurmati , faxriylar xotirasi uchun bir lahza sukut saqlaymiz.
2- boshlovchi : Do’stim bir lahza sukut saqlaylik
Baxtimiz qurboni bo’lganlar haqqi
Nomlarin yod etib bir – bir yo’qlaylik,
Xalqim deb, yurtim deb o’tganlar haqqi.
1-2- boshlovchilar birgalikda: Kel do’stim bir lahza sukut saqlaylik.
1 – boshlovchi: Endi navbatni 1- sinf o’quvchilariga beramiz marhamat.
2- boshlovchi: Endi navbatni 2 – sinf o’quvchilariga beramiz marhamat.
1 – boshlovchi: 41 – yil iyun ayni sahar chog’ida
Tun uyqusi kezardi, o’lkaning har yog’ida
Shunda fashist quzg’ular hujum boshladi birdan
Olov, bomba yog’ildi, yurtga ko’kdan va yerdan
Endi navbatni 3 – sinf o’quvchilariga beramiz marhamat.
2- boshlovchi: Urush hech bir xonadonni chetlab o’tmadi. Kimningdir sevikli yori, kimning dir singlisi, kimningdir otasi akasi halok bo’lgan.
Endi navbatni 4 – sinf o’quvchilariga beramiz marhamat.
1 – boshlovchi: Tinchlik – muborak so’z, muqaddas kalom. Keksalarimiz duosida , ezgu niyatlarida ushbu so’zni takror va takror eshitamiz.
Endi navbatni 5 – sinf o’quvchilariga beramiz marhamat.
2 – boshlovchi: Ne baxtki muqaddas zaminimiz – mustaqil o’zbekistonimizda osoyishta hayot hukmron. Osuda turmush biz baxtiyor avlodlarga nasib etgan.
Endi navbatni 6 – sinf o’quvchilariga beramiz marhamat.
1 – boshlovchi: Endi navbatni 7 – sinf o’quvchilariga beramiz marhamat
2 – boshlovchi: : Endi navbatni 8 – sinf o’quvchilariga beramiz marhamat .
1 – boshlovchi: Endi navbatni 9 – sinf o’quvchilariga beramiz marhamat
2 – boshlovchi: : Endi navbatni 10 – sinf o’quvchilariga beramiz marhamat .
1 – boshlovchi: Endi navbatni 11 – sinf o’quvchilariga beramiz marhamat.
2- boshlovchi: Yillar umringizga qilarmu shafqat
Biror ish bormikan aylagali yor
Qayta tiklash mumkin barchasin faqat
Qayta tiklanmagan o’sha xotirot
1- Boshlovchi : Shuning bilan “ Xotira abadiy , xotira – mangu ” deb nomlangan adabiy – badiiy k3chamiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat.

Qo’shiq : “Sizni unutmoq osonmas”


2 – Boshlovchi : Istardikki, xotira va qadr tuyg’usi hecg birimizdan yiroqlashmasin, hamisha qalbimizda aks- sado berib tursin.

Download 11.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling