Amaliyotchi talaba Eshonboboxonova Zaynabxon Sinf rahbari Eshonboboxonova Zaynabxon


Download 31.5 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi31.5 Kb.
#1443680
Bog'liq
tavsifnoma sinf 2023yil (2)


O’zbekiston tumani XTBga qarashli 6-umumiy o’rta ta’lim maktabning 2-“A” sinf o’quvchisi Otaxonov Ikromxonga pedagogik- psixologik
Otaxonov Ikromxon 2014-yil 21-sentabr kuni Kichik tagob MFYda tug’ilgan.Millati o’zbek.Ayni paytda Kichik tagob MFYda istiqomat qiladi.Oilada to’rtinchi farzand.Tabiatan chiroyli,sho’x,hamma narsaga qiziquvchan,ma’suliyatli bola.
2021-yilda birinchi sinfga qabul qilingan.Sinfda a’lochi o’quvchilardan biri.Barcha fanlarni o’zlashtiradi.Zehni o’tkir, boshqa o’quvchilardan ziyrakligi bilan ajralib turadi.Yozuvi juda chiroyli,o’zini tutishi, kiyinish madaniyati qoidalariga doim rioya qiladi.Jamoa bilan o’tkaziladigan o’yinlar tadbirlarda faol ishtirok etadi.Shuning uchun sinfdagi barcha bolalar bilan juda ahil.Shaxsga xos psixik xususiyatlari(aql,idrok,xotira,tafakkur)ga ega.Tendoshlari bilan normal rivojlanmoqda.Diqqati,kuch ko’lami keng,irodasi kuchli.Bir ishni boshlasa albatta oxiriga yetkazmasdan qo’ymaydi.U sportning suzish turiga qiziqadi va qatnashadi.
Oilaviy muhitiga ko’ra tarbiyasi,ko’rinishi,o’qishi qattiq nazorat qilinadi.Otasi tadbirkor,onasi uy bekasi.O’g’liga otasi ham onasi ham birdek vaqt ajratadi,ular juda ham e’tiborli. Mahallasida ham boshqa tengdoshlaridan ajralib turadi.
Aniq fanlarga qiziqishi va qobilyati juda kuchli. Kelajakda otasidek tadbirkor bo’lmoqchi.Kelajakda undan yaxshi tadbirkor chiqishiga ishonaman.


Amaliyotchi talaba______________Eshonboboxonova Zaynabxon
Sinf rahbari___________________Eshonboboxonova Zaynabxon

O’zbekiston tumani XTBga qarashli 6-umumiy o’rta ta’lim maktabning 2-‘’A’’sinf o’quvchilariga


TAVSIFNOMA
2-‘’”A”’sinfda 26 nafar o’quvchi bo’lib, shulardan 15 nafari qiz bolalar, 11 nafari esa o’g’il bolalar tashkil etadi.Sinf o’quvchilarining barchasi tetik va sog’lom, uy ta’limida o’qiydigani yo’q.O’quvchilar bir -birlari bilan ahil va inoq. Tartib intizomlari yaxshi.Sinfda a’lo baholarga o’qiydigan o’quvchilar ko’pchilikni tashkil etadi.Sinfimizda bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilar ham bor, ular bilan ishlashda sinf faollari yaqindan yordam beradi.
O’quvchilarning matematika faniga qiziqishini oshirish uchun sinfda “Qiziqarli matematika” to’garagi tashkil etilgan.Barcha o’quvchilar to’garakka a’zo bo’lishgan. Haftaning har seshanba va juma kuni 13:00da to’garak o’tiladi.
Sinf rahbari Eshonboboxonova Zaynabxonning matematika fanidan “Qiziqarli matematika” nomli to’garagi tashkil qilingan. Unda mantiqiy masalalar, geometlik figuralardan turli xil shakllar yasaydilar.
O’quvchilar maktabdan tashqari turli to’garaklarga ham a’zo bo’lganlar.Salimov Omadbek Jumanov Afzalxon sportning “takvando”turi bo’yicha shug'ullanishadi. Ilyosxonova Marjonaxon, Bahromxonova To’tiyobegim ”Mental arifmetika” bo'yicha turli musobaqalarda qatnashishgan.Bu to’garaklar o’quvchilarni har tomonlama yetuk bo’lib o’sishiga yordam beradi.
O’quvchilarning tartib intizomi,o’zlashtirishlari,toza ozodaliklari o’qituvchilar tomonidan nazorat qilib boriladi.
Men ishonamanki, 2-“A” sinf o’quvchilari maktab ma’muryati ishonchini oqlaydi.

Amaliyotchi talaba:______________Eshonboboxonova Zaynabxon


Sinf rahbari:__________________Eshonboboxonova Zaynabxon
Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling