Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid testlar
Download 19.21 Kb.
|
amir temur test 10-11
Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid testlar (10-11-sinflar uchun) 1 “Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang , bizning imoratlarimizga boq. “ Quyidagi so‘zlar Amir Temur qurdirgan qaysi inshoat peshtoqiga yozib qo‘yilgan? A Ko‘ksaroy B. Oqsaroy C Bo‘stonsaroy D. Ulugbek madrasasiga. 2. Prezident I. A. Karimov farmoni bilan nechanchi yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi? A. 1997 B. 1995 C. 1996. D. 1998. 3. Amir Temur Sulton Boyazid bilan bo‘ladigan bo‘lajak to‘qnashuvda qanday maqsadni ko‘zlab Genuya va Venetsiyaga sovg‘a salomlar hamda maktublar bilan elchilar yuboradi? A. Genuya va Venetsiyadan yordam so‘rash maqsadida . B. Venetsiya harbiy askarlaridan bo‘lajak to‘qnashuvda foydalanish maqsadida C. Sulton Boyazid bilan to‘qnashuvda Terapezunt va Kanstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanish maqsadida D B. J. T. 4. YUNESKO qarori bilan 1996-yil aprel oyida qaysi shaharda A. Temur tavalludining 660-yilligi keng nishonlandi? A. Bonn B. Glazgo. C. Istambul. D. Parij. 5. A. Temurning qaysi hukmdor ustidan qozonilgan g‘alabasi faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki Sharqiy Yevropa shuningdek Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan? A. A. Husayn B. Sulton Boyazid. C. Ilyosxo‘ja D. To‘xtamishxon. 6. A. Temurning yetti yillik harbiy yurishlari davrini ko‘rsating. A. 1392-1399 B. 1386-1393 C. 1388- 1395 D. 1399-1404. 7. 1996-yilda O‘zbekistonning qaysi shaharlariga A. Temur ordeni topshirildi. A. Samarqand va Shahrisabz. C. Shahrisabz va Buxaro. B. Samarqand va Termiz D. Samarqand va Xiva. 8. 1370-yil 10-aprelda… A. Balx shahri A. Temurga taslim bo‘ldi. va A. Husayn asr olinib qatl etildi. B. Chig‘atoy ulusining bek va amirlari viloyat va tumanlarning dorug‘alari, A. Temur piri Sayid Baraka ishtirokida qurultoy o‘tkazildi. C.A. Temur hukmronligi rasman tan olinib u Movaraunnahr hukmdori deb e’lon qilindi. 9. O‘zaro yordam masalasida A. Temur qaysi davlat noibi bilan yozishmalar olib boradi? A. Fransiya qiroli Karl VI bilan. B. Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamara. C. Buyuk Britaniya qiroli Genrix IV. D. T. J. Yo‘q. 10 A. Temur qaysi shaharda otasi va o‘g‘li Jahongirning qabri ustiga maqbara qurdirgan? A. Samarqand B. Shahrisabz. S. Buxoro D. Xiva. 11. A. Temur qaysi shahar tevaragini Oxanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh , So‘zangaron va Feruza kabi nom bilan yuritiluvchi olti darvozali mustahkam yangi qa’la devor bilan o‘rab chiqadi? A. Buxoro B. Shahrisabz. S. Samarqand. D.Toshkent. 12. A. Temurning qarorgohi bo‘lmish Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroylar qaysi shahar arkida barpo etilgan? A. Buxoro B. Shahrisabz. S. Samarqand. D.Toshkent. 13.Ispaniya elchisi Klavixo nechanchi yillarda Samarqandda bolgan? A. 1403-1405 B.1403-1407 S. 1405-1406 D. 1403-1404 14. 1402-yilning bahorida Ispaniya elchilari dastlab A. Temurning qaysi qarorgohiga yuboriladi? A Samarqanddagi Koksaroyga B. Shahrisabzdagi Oqsaroyga C. Mo‘g‘ulistondagi Qoraqurumga D. Kichik Osiyodagi qarorgohiga. 15 Ispaniya elchisi Klavixoning Samarqanddagi taassurotlari qanday nomlar ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi? A. “ Buyuk Temur tarixi “, “Temur qarorgohi”, “Samarqanddagi sayohat kundaligi”. B. . “ Buyuk Temur tarixi “, “Temur qarorgohi”, “Temurning harbiy yurushlari.” C. “ Zafarnoma”, “ Temur tuzuklari”. D.” Samarqanddagi sayohat kundaligi”, “ Samonli yo‘l “. Download 19.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling