Aqliy hujum metodi


Download 219.06 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi219.06 Kb.
#1145126
Bog'liq
Aqliy hujum metodi

Aqliy hujum metodi

Bu metod biror mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llanadi. Mazkur metod o’quvchilarni muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritishga undaydi. «Aqliy hujum» metodi yordamida qo’yilgan muammo yuzasidan bir necha echimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:

Berilgan muammo yuzasidan o’quvchilarning atroflicha va chuqur mulohazalar yuritishga undash va shunga erishish.

O’quvchilarning fikrlari va g’oyalarini rag’batlantirib borish tanqid ostiga olinmaslik, ularning erkin fikrlashlariga sharoit yaratish.

Har bir o’quvchi fikrlariga va g’oyalariga asoslanishi mumkin, ularni o’zgartirishi mumkin.

O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar va g’oyalarni baholamaslik.

«Aqliy hujum» metodi asosida tashkil qilingan mashg’ulotlar quyidagi tartibda o’tkaziladi. Muammo aniqlanadi va o’quvchilarning muammo yuzasidan fikrlarini yozuv taxtasiga yoki varaqlarga yozib boriladi. Bildirilayotgan g’oyalarning mualliflari tomonidan asoslab berilishiga erishiladi. Ona tilidagi ko’plab mavzularni shu metod yordamida o’rganish mumkin, jumladan, ayrim matnlarni o’rgatishni shu metod asosida tashkil qilish mumkin.

Ona tili darsliklariga ko’plab ilmiy, ma’rifiy va ilmiy-ma’rifiy matnlar kiritilgan. Matnlar ustida ishlash o’qituvchidan katta mehnat va mahorat talab qiladi. VIII sinf darsligida ham ko’plab matnlar berilgan bo’lib, shulardan biri «Alisher Navoiy» matnidir. Matn badiiy va ilmiy uslubda berilgan. Mashq shartida matnlarni taqqoslab, ularning o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash topshirilgan. Mazkur matnni «Aqliy hujum» metodi yordamida o’rganish ko’zlangan maqsadga erishish imkoniyatini yaratadi. Bu metod asosida matn bilan ishlash bir necha bosqichda olib boriladi.

1-bosqich. O’quvchilarni mavzuni tushunishga tayyorlash. O’tgan mashg’ulotlarda berilgan nugq uslublariga oid ma’lumotlar esga olinadi va takrorlanadi, har bir nutq uslubining o’ziga xos xususiyatlari yodga olinadi. Chunki matnlarni taqqoslash uchun o’quvchilarda nutq uslublariga oid ma’lumotlar etarli bo’lishi kerak. Nutq uslublariga oid bitimlar yodga olingandan so’ng har ikki matn o’quqchilar tomonidan mustaqil o’qib chiqiladi. O’quvchilar matn mazmunini tushunishga harakat kiladilar

2-bosqich. Berilgan matnlarning o’xshash tomonilarini aniqlash. Buning uchun o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savolni beradi: Har ikki matn qaysi jihatdan bir-biriga o’xshaydi? O’quvchilar mazkur savolga shunday javob beradilar: - har ikki matn ham Alisher Navoiy haqida; - matnlarning mazmuni bir xil; - har ikki matnda ham Navoiy ijodi haqida fikr bildirilgan; - har ikkala matnda ham shoirning ustozlari nomlari keltirilgan; - Navoiyning turkiy tilda ijod qilganligi aytilgan; - Navoiyning jahonga tanilgan shoir ekanligi aytilgan; - forsiygo’y shoirlarning Navoiy ijodiga munosabati ifodalangan.

3-bosqich. Matnlarning farqli tomonlarini aniqlash. O’qituvchi quyidagi savolni o’rtaga tashlaydi: - Berilgan matnlar bir-biridan qaysi jihatlariga ko’ra farq qiladi? O’quvchilar berilgan savolga javob topishda turlicha fikrlar bildiradilar, bahs-munozaraga kirishadilar. Shu asosda quyidagicha javoblar beradilar. - birinchi matn epigraf bilan boshlangan, ikkinchi matnda esa epigraf yo’q; - birinchi matnda Navoiy asarlarining nomi berilgan, ikkinchi matnda esa ularning nomi berilmagan;

- birinchi matnda Navoiy ijodiga forsiygo’y shoirlarning munosabati umumiy ravishda berilgan, - ikkinchi matnda esa Jomiyning fikri aynan keltirilgan; - birinchi matnda Navoiyning ijodi xaqida umumiy fikrlar aytilgan, ikkinchi matnda esa Navoiynnng hayoti va ijodiga oid aniq dalillar keltirilgan; - birinchi matnda Navoiyning ijodi butun jaxonga mashhurligi aytilgan bo’lsa, ikkinchi matnda shoir asarlarining Evropa, Osiyo davlatlari tillariga tarjima qilinganligi ta’kidlangan; - birinchi matnda his-tuyg’u kuchli ifodalangan, ikkinchi matnda esa aniq fikrlarga asoslanilgan.


Download 219.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling