Ergasheva DilshodaHalimovna Navoiy shahar
Download 194.24 Kb.
|
Ergasheva DilshodaHalimovna-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ergasheva DilshodaHalimovna
- Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday
- 9-sinf o`quvchilari uchun ona tili fanidan ijodiy bayon va diktant yozishda belgilangan vaqt va so`zlar miqdori
- Ona tili faniga ixtisoslashtirilgan 9-sinf o`quvchilari uchun o`quv yili davomida ona tili fanidan olinadigan nazorat ishlar jadvali
- Chekishning zararli oqibati
- TOPSHIRIQLAR
- 2.Chekishdan voz kechish inson sog`ligining garovi.
- VATAN TUYG`USI
- 9-sinf ona tili 1-chorak 2-variant
- IJODIY BAYON
- TOPSHIRIQLAR: 1.Bayon matni asosida reja tuzing. 2.Matn mazmunini kengaytirib , hayotiy misollar, kuzatishlaringiz asosida bayon yozing.
- REJA
Ergasheva DilshodaHalimovna
Navoiy shahar 12-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
ning
ona tili faniga ixtisoslashtirilgan 9-sinf o`quvchilari uchun o`quv yili davomida olinadigan nazorat ishlari materiallari
9-sinflarda ona tili va adabiyot fani bo`yicha uzviylashtirilgan o`quv dastur asosida tuzilgan taqvim mavzu reja asosida o`quvchilarning har bir dars oxirida o`zlashtirishi zarur bo`lgan BKMlari o`tkaziladigan nazorat ishi turlari, test topshiriqlari namunaviy bo`lib, o`qituvchi unga ijodiy yondashgan holda tegishli o`zgartirishlar kiritishi yoki muqobil variantlarini ishlab chiqishi mumkin. Metodik tavsiyada keltirilgan namunaviy nazorat materiallaridan foydalanish mumkin.
Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo’lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega. Inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim tarbiyadan boshlanadi . • Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin,qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim –tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo’lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega. • Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa , eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir.
9-sinf ona tili fanidan DTS talablari BILIMLAR: Qo`shma gap turlari.Bog`langan qo`shma gapning tuzilishi va uni bog`lovchi vositalar: ohang va teng bog`lovchilar. Ergashgan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasidagi ma`noviymunosabat. Har xil birikkan gaplardan tuzilgan qo`shma gaplar . Maqola, ma`ruza, referat, ish qog`ozi. Bog`lanishli nutq, matn, mavzu,asosiy fikr, mazmun, muhokama- matnlar, batafsil bayon, epigraf. Sodda reja, murakkab reja .Nutq madaniyati , nutqiy muomala, inversiya: KO`NIKMALAR: O`rganilgan atamalarni eslay olish .Grammatik atamalarga asoslanib kerakli qoidani darslikdan topa bilish . Umumxalq so`zlari bilan qo`llanish doirasi cheklangan so`zlarni, so`zlashuv leksikasi bilan kitobiy leksikani,adabiy til me`yori bilan shevaga xos xususiyatlarini ajrata olish , lugatlarning turlarini farqlay bilish, so`zning lug`aviy va grammatik ma`nolarini, so`zning turlanishi bilan tuslanishini, tub so`zlar bilan yasama so`zlarni ; sodda, qo`shma va juft so`zlarni, so`z turkumlarini, mustaqil so`z bilan yordamchi so`zni, so`z birikmasi bilan gapni, gap bo`laklarini, gapning maqsadga ko`ra turlarini, sodda gaplarning turlarini farqlay olishlari, nutq uslublari me`yorlariga rioya qilish; MALAKALAR: Fikrni yozma shaklda bayon etish: Miqdoriy ko`rsatkich 25-30 gapdan iborat bo`lgan tugal matn(fikr ehtiyoji bilan bog`liq mavzu asosida)yaratish.Sifat ko`rsatkichlar—matndagi gaplarni mazmunan o`zaro bog`lash, fikr izchilligini ta`minlash,o`rganilgan ifoda vositalarini o`rinli qo`llash va ularning uslubiy imkoniyatlaridan foydalanish ish qog`ozlari(ariza,ma’lumotnoma, ishonch xati,ixcham hisobot, axborot, taqriz kabilar)ni yozish. Muhokama matn yaratish. Fonetik, lug`aviy,morfologik, sintaktik, uslubiy tahlil qilish. Bayon, insho yozish, yozma ish uchun material to`plash, to`plangan materialni tizimga solish, sodda va murakkab reja tuzish,yozma ishga epigraf va ma`lum asarlardan sitatalar tanlash, qiziqarli epizod qo`shish, xatboshilarni to`g`ri belgilash, dialoglarni to`g`ri ajratish, dialogning muallif so`zi qismida qahramonning ruhiyatini ochuvchi, uni tavsiflovchi so`zlarni berish,gaplarni va matn parchalarini o`zaro bog`lovchi leksik- grammatik vositalarni to`g`ri qo`llash.Matnni tahlil qilish.
9-sinf o`quvchilari uchun ona tili fanidan ijodiy bayon va diktant yozishda belgilangan vaqt va so`zlar miqdori 1
Nazorat turi Belgilangan vaqt So`zlar miqdori 2
Diktant 1 soat
170-200 ta so`z 3
Ijodiy bayon 2 soat
350-400 ta so`z
Ona tili faniga ixtisoslashtirilgan 9-sinf o`quvchilari uchun o`quv yili davomida ona tili fanidan olinadigan nazorat ishlar jadvali t/r I chorak II chorak III chorak IV chorak
1 1-NI: Ijodiy bayon 4-NI:
Insho
7-NI: Nazorat diktanti 10-NI:
Ijodiy bayon
2
Insho 5-NI:
Ijodiy bayon 8-NI:
Ijodiy bayon 11-NI:
Insho
3 3-NI: Test sinovi 6-NI:
Test sinovi 9-NI:
Test sinovi 12-NI:
Test sinovi
1-nazorat ishi .Ijodiy bayon Chekishning zararli oqibati Tamakida nikotin degan zaharli modda bo`lib, ayniqsa, yosh o`smirlar uchun juda zararli hisoblanadi. Tajribadan ma`lumki, ikki tomchi nikotin itni shu ondayoq o`ldiradi. Akademik M.A.Belenkovning ta`kidlashicha, bir necha tomchi nikotin katta yoshdagi sog`lom odamni ham o`ldiradi. Tamakida nikotindan tashqari yana boshqa qator zaharli moddalar ham bor. Ular is kislotasi, sinil kislotasi, serovodorod, ammiak, limonli va efir moylaridir . Bular qonga, og`iz shilliq pardalariga, tomoq, o`pka, qon tomirlariga salbiy ta`sir qilib, turli –tuman kasalliklarni keltirib chiqaradi… Nikotin zahari dastlab bosh miya, markaziy nerv sistemasi, yurak, o`pka, buyrak, oshqozon-ichak, hazm organlariga ta`sir qilib, keyinchalik sil,zotiljam(o`pka kasali), bronxit,astma kasali(nafas siqish) yurak kasalliklari, oyoq og`rig`i,gastrit,oshqozon yarasi, rak va boshqa turli –tuman kasalliklarni vujudga keltiradi . Shunga ko`ra bu kasalliklarga kashandalar ko`proq uchraydi. Mashhur yozuvchi Gyote 50 yil tamaki chekib shu xulosaga keldi:”Tamaki aqlni kamaytiradi, tamaki faqat ishyoqmas,dangasalar uchun kerak “. Mashhur shaxmatchi Alyoxin shunday deydi:”Nikotinning miyaga ta`siri orqasida aql pasayadi, kishining mehnat qobiliyati yo`qoladi .Dunyo miqyosida bo`lgan shaxmat o`yinlarida birinchi bo`lib g`olib chiqishimning asosiy sababi chekishning tashlaganimning oqibatidir”. Besh marta jahon chempioni I.Y.Anikov shunday deydi:”Mening sog`lom bo`lishimning bosh sababi tamaki chekmaganligimda deb bilaman. Hamma sportchilarning chekishdan bosh tortishlarini tavsiya qilaman . O`n ming metr masofaga chopishda birinchilikni olgan V.Kuti chekishdan ongli ravishda bosh tortgan. Aks holda sportda muvaffaqiyat qozonmagan bo`lar edi”. TOPSHIRIQLAR: 1.Matn rejasini tuzing. 2.Chekishning zararli oqibatlariga oid bilganlaringizdan foydalanib, bayon
REJA: 1.Chekish –inson hayotining kushandasi. 2.Chekishdan voz kechish inson sog`ligining garovi. 3.Mashhurlar hayotiy tajribalaridan xulosa.
2-nazorat ishi insho INSHO MAVZUSI “VATAN TUYG`USI” MAQSAD:O`quvchilarning yozma nutqi, mustaqil va ijodiy fikrlash ko`nikma-malakalari, imlo va uslubiy savodxonliklarini aniqlash. METODIK TAVSIYA : O`quvchilar insho mavzusiga mos epigraf tanlay olishlari va reja tuza olishlari ;insho mavzusini reja asosida to`liq va izchil yoritishi;jumlalarni ifodalash usulida so`z boyligining rang–barangligi, so`zlarni to`g`ri tanlashi va o`z o`rnida qo`llashi, uslubiy izchillikka rioya qilishlari;insho mazmuniga badiiy vositalarni singdirilganligiga;inshoni mustaqil fikrlab, dalillar asosida,ravon va savodli, teran mushohada qilib, inshoni xulosalay olishga jiddiy e’tibor qaratishlari tavsiya qilinadi . VATAN TUYG`USI Reja: 1.Vatanda yashamoq-ulkan saodat. 2.Mustaqil yurtim jamoli . 3.O`zbekiston-- nomi dunyoda doston. 4.Vatanim bilan faxrlanaman. Ona xalqim, ona yurtim, jon-tansan, Istiqlol nuridan yorug` maskansan. Olam ichra o`xshash yo`q chamansan, O`zbekiston, mulki a’lo Vatansan! (B.Bobomurod)
Vatan-bu kindik qonimiz to`kilgan muqaddas zamin. Uning har burchagi bizga aziz, mo`tabar. Vatanda erkin, hur yashash baxti berilgan ekan, undan oqilona foydalanib shu aziz Vatanga munosib farzand bo`lmog`imiz lozim. O`zbekiston--ona yurtim. Vatanimning go`zal tabiati, mehmondo`st, mehnatsevar xalqi, buyuk ajdodlari, qadimiy va navqiron baland binolari butun jahon hamjamiyatida tanilgan desak, also mubolag`a bo`lmaydi. Vatanimiz 25 yildan buyon mustaqil davlat sifatida har sohada yutuqlarga erishib kelmoqda. Yurtboshimizning oqilona, to`g`ri siyosati tufayli Vatanimiz kundan kunga gullab yashnab bormoqda. Yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy turar joylar, ta`lim muassasalari,sport majmualari –barchasi xalqimizning kelajagi hamda farovon turmushi uchundir. O`zbekiston nomi bugungi kunda chet ellarda ham ma`lum-u mashhur bo`lib bormoqda.Sport sohasida iste’dodli yosh sportchilar erishyotgan yutuqlar,iqtidorli yoshlarning yaratgan ixtirolari yurtimiz nomini dunyo qadar tanilishiga sabab bo`lmoqda. O`zbekiston bilan hamkorlik qilayotgan mamlakatlar soni talaygina . Ularda ham o`zbek xalqining mahsulotlari kirib bormoqda. Biz hamishaVatanimiz bilan faxrlanamiz. Bunday bebaho yurtga hamisha sodiq bo`lishimiz lozim. Uning har bir giyohi ko`zimizga to`tiyo.Yurtimiz ravnaqiga hissa qo`shish uchun yaxshi kasb-hunarlarni egallab yetuk mutaxassis bo`lib yetishimiz lozim. Yurtimiz go`zalligi shoirlar madhida doimo doston bo`lib kelgan. Vatanimiz go`zalligiga also ko`z tegmasin……...
3-nazorat ishi TEST SINOVI
9-SINF TEST 1-CHORAK 1-VARIANT 1. Umumlashtiruvchi so‘z qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishi mumkin? A .Ko‘makchi. B. Yuklama C. Olmosh. D. Bog‘lovchi. 2.Ajratilgan bo‘lak yozuvda qanday ajratiladi? A. Izohlanayotgan bo‘laklarning ma’nosini izohlaydi. B.Izohlanayotgan birikmali bo‘lak holida keladi. C. Izohlanayotgan bo‘lakdan oldin keladi. D. Izohlanayotgan bo‘lakdan keyin kelib, vergul, tire va qavs qo‘yiladi. 3.Ajratilgan izohlovchilar ko‘proq qaysi boiakka ta`luqli bo‘ladi? A. Kesim. B. Ega C. Aniqlovchi. D. Hol. 4.Ajratilgan izohlovchi ishtirok yetgan gapni aniqlang. A. Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish motam! B.Bir vaqtlar siz ham, Temur Akbarovich, xato qilishdan qo‘rqmasdik, deb dadil gapirar edingiz. C. Orqada tikka turgan yoshgina yigit, Mamadali, o‘zini odamlarning orasiga oldi. D. Dadam shu atrofdan-qishloqning o‘rtasidan do‘kon qidirdi.
5.Kiritmalarga xos bo‘lmagan fikr qaysi javobda berilgan? A. Matnning umumiy mazmuniga aloqador bo‘ladi. B. Gapdagi biror bo‘lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirmaydi. C. So‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikriga munosabatini ifodalaydi. D. Gaplarda ajratib ko‘rsatilmaydi. 6.Kiritma gaplar qaysi sohada ko‘p qollaniladi? A. Og‘zaki nutq B. Yozma nutq C. Dramatik nutq D. She’riy nutq 7.Qaysi gapda ajratilgan bo‘laklar mavjud? A. Odamlarsiz yashama, odamlar orasida bo‘l. B. Muloyimlik — rizq sari yetaklovchi kalit. C. Nabiram- Sayyora shu yerda tarbiyalanyapti. D. Belbog‘lariga mehr-muhabbat baytlarini yozganlar. 8.Kirish so‘zlar ishtirok etgan gaplarni aniqlang. A. Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk. B. Xullas, qars ikki qo‘ldan chiqadi. C. Muammoni hal qilish kerak. D. Hamma ham do‘stlari ko‘p bo‘lishini istaydi. 9.Sodda gap qaysi qatorda berilgan? A. Men istardimki, do‘stim hamisha yonimda bo‘lsa. B. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. C. Tiling bilan dilingni bir tut. D. Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. 10.Mavhum ot ishtirok etgan javob qaysi javobda berilgan? A.Bir kishining bir necha o‘g‘illari bor edi. B. Farzandlarimizga til, kasb o‘rgatishning payida bo‘laylik. C. Do‘stlik qanchalar xilma-xil imkoniyatlarni o‘zida jamlagan. D. Men do‘stim kelganini eshitdim. 11.Bitishuv munosabatli so‘z birikmasi qaysi qatorda berilgan? A. Kasb-hunar egallamoq. B. Bilimsiz kishi. C. Kishining ko‘ngli. D. Ibodatdan afzal. 12.Hokim so‘z tobe so‘zga moslashuv munosabati bilan bog‘langan so‘z birikmasini toping. A. O‘zaro nizo qilmoq. B. O‘g‘illariga bermoq. C. Sizning ahvolingiz. D. Cho‘plarni sindirmoq. 13.Odamlar aybini ko‘rma, o‘z aybingni ko‘r. Aniqlovchi vazifasidagi so‘zni aniqlang. A. Aybini. B. Odamlar, o‘z. C. Ko‘rma D. O‘z aybingni. 14.Har bir odam do‘stlaridan shuni, burchlarini ado etishni talab qiladi. -Gapdagi ajratilgan bo‘lakni toping. A. Ega B. To‘ldiruvchi C. Aniqlovchi D. Hol 15.So‘z birikmasini aniqlang. A. Tez-tez. B. Sindira olmadilar. C. Hech kim. D. Ittifoqda bo‘lmoq. 16.Ega ishtirok etgan gap qaysi javobda berilgan? A. Bir kuni yozuvchilar do‘konida Abdulla Qahhorni uchratdim. B. - Zarifaxon, asal bermoqdalar, lekin menga kerak emas C. - Menga tegishli asalni siz oling. D. Oybekni astoydil hurmat qilar edi. 17.Berilgan gaplar orasidan qaysi biri bosh gap hisoblanadi? A. Agar fikr tiniq bo‘lsa B. Chunki men oilamizning kenjatoyiman. C. Shu sababli mo‘l hosil oldik. D. Kimki taqdirga tan bersa, 18.Qaysi ergashgan gapda bosh gap ergash gapdan avval kelgan? A.Giyohvandlik —insoniyat kushandasi, shu tufayli unga qarshi dunyo ahli ommaviy kurash olib bormoqda. B.Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. C. Kim harakat qilsa, u baraka topadi. D. Bir narsa aniqki, ahvol yomon. 19.Berilgan gaplar orasidan sodda gapni aniqlang. A.Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug‘roq ne’mat yo‘q. B.Kimki qanoat qilsa, uning yaxshi-yomon bilan ishi bo‘lmaydi. C. Saxiylikni odat qilgan kishining qo‘lidan davlat hech qachon ketmaydi. D. Kim ko‘p bilsa, u kamgap bo‘ladi. 20.Ko‘rsatish olmoshli ergashgan qo‘shma gap bosh gapga qaysi vosita yordamida bog‘lanadi? A. -deb so‘zi. B. shuning uchun ko‘makchili qurilm C. -ki bog‘lovchisi. D. agar, chunki bog‘lovchisi 21.Hol ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang. A.O‘simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha mo‘l hosil olasan. B.Kim izlansa, u, albatta, maqsadiga erishadi. C. Qizig‘i shundaki, shu ko‘rinishiga ovozi muloyim edi. D. Shunga ishonch hosil qildimki, ko‘p uxlagan oz yashaydi. 22.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘ladigan voqea — hodisalarni ifodalansa, qanday tinish belgi qo‘yiladi? A. Ikki nuqta B. Vergul C. Tire D. Nuqtali veigul. 23.Qaysi qo‘yilgan tinish belgilari noto‘g‘ri? A.Yurgan daryo-o‘tirgan bo‘yra B. Istiqlol davri bolalari g‘ayratli, shijoatli,ko‘zida chaqini, ko‘ksida yolqini bor. C. Oyim endi o‘rnidan turayotgan edi:eshik shahd bilan ochildi. D. Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz 24.Sodda gaplarning orasiga bog‘lovchi vositalaridan qaysi birini qo‘ysa, qo‘shma gapga aylanadi A. Va B. Chunki C. Bo‘lsa D. –Yu,va . 25..Biriktiruv bog‘lovchisi qo‘shma gapning qanday munosabatlarida bo‘lgan qismlarini bog‘lab keladi? A. Zidlik B. Ketma-ketlik C. Qiyoslash D. payt ,sabab-natija
1 2 3 4 5 6 7 8 9 1 0 1 1 1 2
1 3
1 4 1 5 1 6 1 7 1 8 1 9 2 0 2 1 2 2 2 3 2 4 2 5 S D S S S B S B S S B S B B D S S D S B A B S D D
9-sinf ona tili 1-chorak 2-variant 1.Berilgan bog‘langan qo‘shma gaplardan qaysi birida qiyoslash va zidlash munosabati mavjud? A.Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi. B) Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. C) Anor so‘zlar va Zaynab qalbi tol barg‘iday dir-dir qaltirardi. D) Dono aybni o‘zidan axtaradi, axmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. 2.Berilgan gaplar orasidan qaysi biri bosh gap hisoblanadi? A) Agar fikr tiniq bo‘lsa B) Chunki men oilamizning kenjatoyiman. C) Shu sababli mo‘l hosil oldik. D) Kimki taqdirga tan bersa, 3.Qaysi ergashgan gapda bosh gap ergash gapdan avval kelgan? A)Giyohvandlik —insoniyat kushandasi, shu tufayli unga qarshi dunyo ahli ommaviy kurash olib bormoqda. B)Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. C) Kim harakat qilsa, u baraka topadi. D) Bir narsa aniqki, ahvol yomon. 4. Hozirgi kunda yer yuzida necha xil til mayjud? A) 2600 dan ortiq. B) 5000 dan ortiq. C) 2700dan ortiq. D) 2000 dan ortiq. 5.O‘zbek tili qaysi tillar oilasiga mansub? A Hind-evropa B) Turkiy C) Xom-som. D) Oltoy. 6.Bitishuv munosabatli so‘z birikmasi qaysi qatorda berilgan? A) Kasb-hunar egallamoq. B) Bilimsiz kishi. C) Kishining ko‘ngli. D) Ibodatdan afzal. 7.Hokim so‘z tobe so‘zga moslashuv munosabati bilan bog‘langan so‘z birikmasini toping. A) O‘zaro nizo qilmoq. B) O‘g‘illariga bermoq. C) Sizning ahvolingiz. D) Cho‘plarni sindirmoq. 8.Odamlar aybini ko‘rma, o‘z aybingni ko‘r. Aniqlovchi vazifasidagi so‘zni aniqlang. A) Aybini. B) Odamlar, o‘z. C) Ko‘rma D) O‘z aybingni. 9.Har bir odam do‘stlaridan shuni, burchlarini ado etishni talab qiladi. -Gapdagi ajratilgan bo‘lakni toping. A) Ega B) To‘ldiruvchi C) Aniqlovchi D) Hol 10.So‘z birikmasini aniqlang. A) Tez-tez. B) Sindira olmadilar.
C) Hech kim. D) Ittifoqda bo‘lmoq. 11.Qaysi gapda sifatlovchi-aniqlovchi ishtirok etgan? A) Yuzida bilinar-bilinmas chechak o‘rni qolgan ayol sekin o‘rnidan tuidi. B ) Ko‘rganni yeshitgan yengibdi. C) Birni birov beradi, ko‘pni mehnatD) Jismoniy tarbiya darsi maktab hovlisida o‘tkazildi. 12.So‘zlarning teng boglanishi nimani hosil qiladi? A Tobe bog‘lanish. B) So‘z qo‘shilmasi. C) So‘z birikmasi. D) To’liq bog‘lanish. 13.Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari qaysi uslubda yoziladi? A) Badiiy uslub B) llmiy uslub C) Rasmiy uslub D) Publitsistik uslub 14.Faqat ot so‘z turkumiga oid so‘zlar qatorini aniqlang. A) Kuz, biz, ertalab B) O‘tir, o‘ntacha, buyuk. C) Borma, sakkizinchi, hech kim. D) Havo, uyqu, chiroy. 15.Olmoshning boshqa turkumlardan ajralib turadigan xususiyati qaysi javobda berilgan? A Gap bo‘lagi bo‘lib keladi.B) Ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘ladi.C) Yasalish xususiyatiga ega emas.D) Ma’no jihatdan turlarga bo‘linadi. 16.Modal so‘zlar qatorini aniqlang. A) Ehtimol, eh, g‘ir-g’ir B) Ofarin, shekilli, evoh C) Yalt-yult, afsuski, ham D) Albatta, shubhasiz, demak 17.Qaysi olmoshga jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilsa tovush ortadi? A) Men. B) Sen C) Biz D) U 18.Har so‘zi o‘rniga hech so‘zi qo‘yilsa, olmoshning qaysi turi hosil bo‘ladi? A) Gumon. B) O‘zlik. C) So‘roq. D) Bo‘lishsizlik. 19.O‘timli fe’lni aniqlang. A) Esdi. B) Supurdi. C) Sovimadi. D)Shoshilmadi 20.Ajratilgan hol berilgan gapni toping. A) Onam hovlidan- ishkom tagidan- yo‘qolgan uzukni izladi. B) Maktubni faqat menga keltirib bering. C) Bizning, olimlarning , o‘zimizga loyiq nufuzimiz bo‘lishi kerak. D) Xonaga shoshilib, Dilbar opa, tarbiyachimiz kirib keldi. 21.Tufayli ko‘makchisi qanday hol tarkibida bo‘ladi? A) Sabab holi. B) Ravish holi. C) Maqsad holi D) Miqdor —daraja holi. 22.Rejasiz ish - qolipsiz g‘isht. -Mazkur gap qanday gap bo‘laklaridan tuzilgan? A) Ega, to‘ldiruvchi, kesim B) Ega, kesim. C) Ega, aniqlovchi, kesim D) Aniqlovchi, ega, aniqlovchi. 23.Halol odamni badnom qilib bo‘lmaydi. -Bu gap qanday gap hisoblanadi? A Atov gap. B) So‘z gap. C) Shaxsi yashiringan gap. D) Shaxsi topilmas gap. 24.Salom, xayr, xo‘p, uzr so‘zlari bilan ifodalangan gaplar qanday nomlanadi? A) To‘liqsiz gap. B) So‘z gap. C) Atov gap. D) To‘liq gap. 25.Berilgan gaplar orasidan sodda gapni aniqlang. A)Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug‘roq ne’mat yo‘q. B)Kimki qanoat qilsa, uning yaxshi-yomon bilan ishi bo‘lmaydi. C) Saxiylikni odat qilgan kishining qo‘lidan davlat hech qachon ketmaydi. D) Kim ko‘p bilsa, u kamgap bo‘ladi. 1 2 3 4 5 6 7 8 9 1 0
1 1 1 2 1 3 1 4 1 5 1 6 1 7 1 8 1 9 2 0 2 1 2 2 2 3 2 4 2 5 A S D B B B S B B D A B S D S D D D B A A A D B S
4-NAZORAT ISHI INSHO
KONSTITUTSIYA -BAXTIMIZ QOMUSI REJA: 1.Bosh qomusimiz ahamiyati. 2.Konstitutsiya-jamiyat tayanchi. 3.Adolatparvarlik-vijdon amri. 4.Qomusimiz-inson huquqlari aks etgan xalq tafakkuri mahsuli .
Konstitutsiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab beradi. Ana shu qonunlar majmuyi orqali jahon davlatni davlat millatni esa millat sifatida tan oladi… (Islom Karimov)
MAQSAD:O`quvchilarning yozma nutqi , mustaqil va ijodiy fikrlash ko`nikma- malakalar, imlo va uslubiy savodxonliklarini aniqlash. METODIK TAVSIYA : O`quvchilar insho mavzusiga mos epigraf tanlay olishlari va reja tuza olishlari ;insho mavzusini reja asosida to`liq va izchil yoritishi ;jumlalarni ifodalash usulida so`z boyligining rang –barangligi, so`zlarni to`g`ri tanlashi va o`z o`rnida qo`llashi , uslubiy izchillikka rioya qilishlari;insho mazmuniga badiiy vositalar ni singdirilganligiga;inshoni mustaqil fikrlab , dalillar asosida ,ravon va savodli , teran mushohada qilib, inshoni xulosalay olishga jiddiy e`tibor qaratishlari tavsiya qilinadi .
O`quvchilar Konstitutsiyaning inson hayotidagi muhim ahamiyatini, undagi modda, boblarning mazmun –mohiyatini hamda konstitutsiyaning farovon hayotimiz yuksalishidagi muhim o`rni insonlarning mehnat qilish , dam olish, ta’lim-tarbiya olish , ota-onalar, farzandlar burch-majburiyatlari, sog`liqni saqlash haqidagi huquqlarimiz haqida ham ijodiy yondashib insho yozishlari mumkin.Inshoda Konstitutsiya farovon hayotimiz poydevori ekanligini to`la-to`kis namoyon etishlari tavsiya qilinadi.
5-NAZORAT ISHI IJODIY BAYON MEHMON IZZATI
Agar sizni hurmat qilib to`y, ziyofat, ma’rakaga chaqirsalar qabul qiling. Biror zarur ishga band bo`lib borishingiz mumkin bo`lmasa, uzr so`rab, hurmat qilib aytgani uchun tashakkuringizni bildiring . Taklif qilinmagan biror kishini o`zingiz bilan to`y, ziyofatga birga olib bormang.. To`y, ziyofatga bormasdan ilgari ozgina ovqatlanib oling, u yerda ochko`zlik qilib, taomni hadeb tushira berish ayb sanaladi. Mezbon qanday ovqat qo`ysa,yeng, e’tiroz bildirmang. Dasturxonga qo`yilgan noz-u ne’matlarning bir qismini mezbonning ruxsatisiz olib ketmang, uyatli ish qilgan bo`lasiz. Mehmonlarning qolgan ovqatlarini zo`rlab yoki tabarruk deb bir-birlariga yedirishlari yaramaydi, bunday ishdan saqlanish kerak. Ziyofat tamom bo`lgandan keyin ko`p ezmalik qilib so`zlashib o`tirmang, mezmonga tashakkur aytish va ketmoqqa ijozat so`rash lozim.
(“Oz-oz o`rganib dono bo`lur”kitobidan) TOPSHIRIQLAR: 1.Bayon matni asosida reja tuzing. 2.Matn mazmunini kengaytirib , hayotiy misollar, kuzatishlaringiz asosida bayon yozing. REJA: 1.Mehmonga borish qoidalari. 2. Dasturxon odobi. 3.O`zbek xalqining mehmondo`stligi.
6--NAZORAT ISHI TEST SINOVI
9-SINF ONA TILI 2-CHORAK 1-VARIANT 1.Qanday holda ega ergashgan gap bosh gapdan keyin keladi? A) Gap qismlari nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langanda B) Gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanganda
C) Bosh gapning egasi vazifasida ko‘rsatish olmoshi qo‘llanganda D) Gap qismlari —ki yordamida bog‘langanda 2.Kim yalqov bo‘lsa, uning qo‘lidagi obod yer ham xarob bo‘ladi. - Mazkur gap ergashgan qo‘shma gapning qaysi turiga mansub? A) To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. B) Hol ergash gapli qo‘shma gap. C) Ega ergash gapli qo‘shma gap. D) Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. 3.Qalbingiz nimani buyurgan bo‘lsa, siz menga shuni buyuring. - Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshining qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan? A) Aniqlovchi. B) Ega C) To‘ldiruvchi. D) Hol. 4.To‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga qanday vositalar yordamida bog‘lanadi? A) Bog‘lovchi, debso‘zi. B) Nisbiy so‘zlar,-ki yuklamasi. C) Ko‘makchili qurilmalar D) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar. 5.Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltlraverar edi. -Mazkur gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?A) Ega B) Aniqlovchi. C) Hol. D) To‘ldiruvchi. 6.Qaysi qatorda qo‘shma gap berilgan? A) Kishilar mehnatni qadrlaydilar, ulug‘laydilar. B) Dasturxon yozib, nonlarni ushatdi. C) Tabobot olami bo‘lmasa, hayotning o‘zi bo‘lmaydi. D) Hamma stollarning usti turli-tuman qog‘ozlar, loyihalar, qo‘llanmalar bilan to‘lib ketgan. Download 194.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling