Etika fani kategoriyalari reja: Kirish


Download 23.2 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi23.2 Kb.
#1776432
Bog'liq
Etika fani kategoriyalari reja Kirish-fayllar.org


Etika fani kategoriyalari reja: Kirish

Etika fani kategoriyalari

REJA:

    1. Kirish

  1. Etika nima


  2. Etika asosiy kategoriyalari.


  3. Etika fanida iymon va vijdon tushunchasi.


  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar .





  • Etika (yun. ἠθική [φιλοσοφία] - "axloq falsafasi", yun. ἤθος (ētos) - "odat") shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U "toʻgʻri"-"notoʻgʻri", "yaxshi"-"yomon" tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat.


  • Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi oʻrnini oʻrganuvchi falsafiy fan. E. axloqshunoslikning falsafiynazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi.
  • E.ning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi E. barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. E.ning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi.


  • Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda E. nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. E.ning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon boʻladi. Har bir dinning muqaddas kitobi xudoning bandalarini ham eʼtiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, E. bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi. E. huquqshunoslik bilan chambarchas bogʻliq; koʻp hollarda axloqiy va huquqiy meʼyorlar mohiyatan bir xil boʻladi, ular faqat yondashuvda — sanksiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga koʻra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. E.ning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. E. oʻzining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; taʼlim tizimidagi taʼlimtarbiya oʻzini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, E. psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega.


  • Har bir fan o’z kategoriyalar sistemasiga ega bo’lgani singari etika fanining ham maxsus kategoriyalar sistemasi mavjuddir.


  • Kategoriya (lot) – hukm ta’rif ma’nosini anglatadi. Etika kategoriyalari jumlasiga: yaxshilik va yomonlik, burch, adolat, vijdon, sha’n va or-nomus kabilar kiradi.


  • Etika kategoriyalarining o’ziga xosligi shundan iboratki ularda fan sifatida etikaning amaliy asosini tashkil etuvchi aniqlik eng muhim tomonlari va elementlari umumlashtirilgan holda o’z ifodasini topadi. Etika kategoriyalari axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini jamiyat axloqi hayotini hamma tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda kishilar xatti-harakatlari, qiliq va xulq atvorlari maqullanishi yoki qoralanishi o’z aksini topadi.


  • Axloq kategoriyalari o’z mazmuni jixatidan ob’ektivdir. Etika kategoriyalarining ko’pchiligi qutbiy, qarama-qarshi harakterga ega, chunonchi yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik kabi. Har bir kategoriyaning o’ziga xos xususiyatlari bor va uning bilan jamiyat o’rtasidagi aloqaning ma’lum tomonlarini aks ettiradi, ilmiy bilimning turli pogonalarini ifodalaydi. Ba’zi bir kategoriyalar axloq sohasini nisbatan juda keng kamrab oladi va o’z mazmuniga ko’ra bir muncha umumiy hisoblanadi, boshqalari esa nisbatan tor kategoriyalar bo’lib, axloqiy munosabatlarni shaxsning ichki dunyosi orqali bir muncha yakqol aks ettiradi.


  • Yaxshilik va yomonlik axloqiy ongning birmuncha umumiy tushunchalariga mansub bo’lib, axloqlik va axloqsizlikning ma’nosi, mazmuni shuningdek farqi hamda qarama-qarshiligini yaxlit bir shaklda ifoda etadi.


  • Insonlar bu kategoriyalar yordamida tevarak atrofimizda, kundalik hayotimizda ruy berayotgan hamma xodisalarni baholaydilar hamda ma’no mazmuniga yetadilar.


  • Yaxshilik va yomonlik o’zaro munosabatli, ayni vaqtda kutbiy va bir-birini inkor etuvchi kategoriyalaridir. Agar yaxshilik kategoriyasida birmuncha ijobiy ya’ni axloqiy idealiga mos keladigan narsalar haqida tasavvurlar jamlanib, yomonlik tushunchasida kishilarning idealiga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda insoniylik o’zaro hurmat-izzatga tuskinlik qiluvchi tushunchalar va tasavvurlarni ifodalaydi. Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo’ladilar: nafis tarbiya topib, yaxshilik qilishga odatlangan yaxshi xulqli va yomonlikka tavsif qilib yomon xulqli deb ataganlar.


  • Insoniyatning axloqiy taraqqiyoti qandaydir tugal bo’lishi mumkin emas. Yaxshilik hamisha konkretdir va o’zining ziddi yomonliksiz bo’lmaydi.


  • Yomonlik hamisha ham bizga ko’rinavermaydi, ba’zan xatto yaxshilik nikobi ostida ham ruy berishi mumkin.


  • Uni fosh etish va unga qarshi kurashish garchi kiyin bo’lsada sharafli vazifadir. Yaxshilik stixiyali ravishda tantana qilmaydi. Yomonlikni yo’qotish ko’p kuch va ko’rbonlar talab qiladi. Faqat yomonlikka qarshi aktiv kurash olib borishgina kishilarning axloqiy o’zaro munosabatlarida yanada insonparvarrok pog’onalarga kutarilishiga yordam beradi. Yaxshilik va yomonlikning individual rivojlanishi manfaatlariga mos keladigan birmuncha yuksakrok, oliyjanobrok nisbatning vujudga kelishiga sabab bo’ladi.


  • Xalqimizning axloq andisha, sharmu xayo, halollik va pokizalik, inson qardu-qimmati to'g'risidagi tasavvurlarga zid bo’lgan Yevropa xalqlarining kuchayib borishi milliy inqiroz alomatlarining kuchayishiga olib keladi.


  • Shu sababli ma’naviy tubanlikning chuqurlashishiga G’arb mamlakatlarida keng tarqalgan bag’ritoshlik, qotillik, maishiy buzuqlik kabilar aks etgan filmlar, jurnallar, adabiyotlar ta’siri ham juda katta bo’ldi.


  • Milliy mustaqillik tufayli jamiyat hayotining barcha sohalarida asta-sekin amalga oshirilayotgan harakatlar tobora oydinroq ko’zga tashlanmoqda.


  • Donolar yaxshilik to'g'risida quyidagi fikrlarni, yaxshi xikmatlarni aytadilar: Yaxshilik yo’lidan yurdingmi, bu yo’ldan chiqma. Yaxshilik – issik, yomonlik – sovuq.


  • Inson hayoti yaxshilik zaminida yaratilgan. Kim yaxshilikka boshlasa uni do’stim deb bilgin.


  • El-yurt uchun yaxshilik qilish yaxshiliklarning gultoji hisoblanadi.


  • Burch- axloqning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Burch har bir kishining o’z vazifalarini to’liq bajarishi, odamlarga to'g'ri munosabatda bo’lish kabi fazilatlarni ifodalaydi. Burch – shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi.


  • Aql-zakovat, tafakkur asosida ularga tayanib o’z burchini bajarish ma’naviyatining asosiy fazilatlaridan biridir.


  • Burch – shaxsning asosiy fazilatini ifodalovchi ma’suliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog’likdir. Burch muqaddas narsa. Burchga sodiklik Vatanga sodiqlikdir.


  • O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Sharof Rashidov tavalludining 75 yilligiga bagishlangan tantanali nutqida «SH.Rashidov o’z xalqi va Vatanga fidoyi farzand edi, u o’z xalqining ertasini va kelajagini hammadan ham ko’p o’ylardi» deb ta’kidlagan edi.


  • Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston fuqarolarining burchi chinakam insoniy jamiyat ko’rish va ijtimoiy insonni tarbiyalash bo’lmogi kerak.


  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaisida fuqarolarning burchlariga aloxida to’xtalib o’tilgan. Uning 11-bobida barcha fuqarolarning konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarini bajarishga, qonunlarga rioya qilishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari sha’ni va qard-qimmatni hurmat qilishga, O'zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy madaniy merosini avaylab asrashga, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga, qonun bilan belgilangan soliklar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburlar va O'zbekiston Respublikasini himoya qilish – O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.


  • Burch o’z-o’zidan shakllanmaydi, tarbiya jarayonida kamol topadi. Burchni tarbiyalash jarayonida o’z-o’ziga talabchanlik rivojlanadi. Xotin-qizlarga g’amxurlik qilish har bir erkak kishining burchidir.


  • Vijdon – imonning o’z xalqini muayyan axloq normalari nuqtai nazaridan turib axloqiy baholash va nazorat qilish, o’z xatti-harakatlariga bog’lik bo’lgan his-tuyg’ularini, kechinmalarini tahlil qilishdir.


  • Insoniy madaniyat usishi bilan vijdon tushunchasi rivojlanib, boyib boradi.


  • Vijdon kategoriyasi boshqa kategoriyalar singari o’zining rivojlanish tarixida umuminsoniy ma’no elementlari bilan boyib boradi.


  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaisida fuqarolarning burchlariga aloxida to’xtalib o’tilgan. Uning 11-bobida barcha fuqarolarning konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarini bajarishga, qonunlarga rioya qilishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari sha’ni va qard-qimmatni hurmat qilishga, O'zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy madaniy merosini avaylab asrashga, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga, qonun bilan belgilangan soliklar va mahalliy yig’imlarni to’lashga majburlar va O'zbekiston Respublikasini himoya qilish – O'zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.


  • Burch o’z-o’zidan shakllanmaydi, tarbiya jarayonida kamol topadi. Burchni tarbiyalash jarayonida o’z-o’ziga talabchanlik rivojlanadi. Xotin-qizlarga g’amxurlik qilish har bir erkak kishining burchidir.


  • Vijdon – imonning o’z xalqini muayyan axloq normalari nuqtai nazaridan turib axloqiy baholash va nazorat qilish, o’z xatti-harakatlariga bog’lik bo’lgan his-tuyg’ularini, kechinmalarini tahlil qilishdir.


  • Insoniy madaniyat usishi bilan vijdon tushunchasi rivojlanib, boyib boradi.


  • Vijdon kategoriyasi boshqa kategoriyalar singari o’zining rivojlanish tarixida umuminsoniy ma’no elementlari bilan boyib boradi.


  • Unda ko’p jixatdan axloq, adolat va odamgarchilikning oddiy normalari o’z aksini topadi.


  • Vijdon – bu kishining kundalik faoliyati, qilmishi, fe’l atvori uchun oila, jamiyat, jamoa, Vatan oldida ma’naviy mas’uliyat his qilishdir. Shu yuksak axloqiy tushuncha shaxsiy ijobiy xatti-harakatlarga undab va shunga moyil qilib, o’z faoliyatiga o’zi baho berishga olib keladi. Vijdonli kishi nohaq, adolatsiz ishlardan g’azabga keladi, o’z faoliyatining yaxshi tomonlaridan kanoatlanib, xursand bo’lsa, yomon tomonlaridan norozi bo’lib, ruxan eziladi. Vijdon tugma hislat deguvchilar ham bor. Vijdon kishilarning yashab turgan sharoitiga, olgan ta’lim-tarbiyasiga bog’lik deb hisoblovchilar ham mavjud.Vijdon ko’p yoki oz bilimlikka, boy yoki kambag’al bo’lishlikka bog’lik emas.


  • Iymon arabcha so’z bo’lib, lug’oviy ma’nosi ishonchdir. Shariyatda esa payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ollox taolo tomonidan keltirilgan barcha xabarlariga til bilan ikror etib, dil bilan tasdiqlashga iymon deyiladi, yani Qur’oni Karimda va Hadisi Shariflar orqali Allox to'g'risida, jannat va do’zax to'g'risida, qiyomat kabi g’aybiy narsalar to'g'risida berilgan xabarlarga ishonch iymondir.


  • Qalbida iymon bo’lmagan odam har qancha savodli ish qilsa ham unga savob yozilmaydi. Qisqacha qilib aytsak uch narsaning butunligidan iymon hosil bo’ladi.


Etika (qadimgi yunoncha: ἠθική [φιλοσοφία] — „axloq falsafasi“, ἤθος (ētos) — „odat“) shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U „toʻgʻri“-"notoʻgʻri", „yaxshi“-"yomon" tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat. Etika axloqshunoslikning falsafiy-nazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi.


Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi etika barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. Etikaning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda etika nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. Etikaning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon boʻladi. Har bir dinning muqaddas kitobi xudoning bandalarini ham eʼtiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, etika bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondashadi. Etika huquqshunoslik bilan chambarchas bogʻliq; koʻp hollarda axloqiy va huquqiy meʼyorlar mohiyatan bir xil boʻladi, ular faqat yondashuvda — sanksiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga koʻra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Etikaning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. Etika oʻzining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; taʼlim tizimidagi taʼlimtarbiya oʻzini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, etika psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega.


Etikaga doir dastlabki tushunchalar shumerliklarning „Me“ qonunlar majmuida uchraydi. Undagi „namlul“ tushunchasi insonparvarlik, ezgulik maʼnolarini anglatgan. Bobil podshosi Xammurapi qonunlarida, „Pxatoten oʻgitlari“, „Misr mayyitlar kitobi“, Avesto kabi qadimiy yodgorliklarda axloqiy tamoyillar va meʼyorlar qonunlar, eʼtiqodiy daʼvatlar shaklida berilgan; Hindistonning „Manuqonunlari“, „Dhammapada“, „Patanjali“ kabi yodgorliklarida esa pandnoma va hikmat usuli ustuvor. qadimiy Xitoy daochidonishmandlari insonni tabiatning bir qismi sifatida olib qaraydilar va uning vazifasi fazilat yoʻlidan borish ekanini, barcha yovuzliklar, baxtsizliklar insonning tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishi oqibati ekanini taʼkidlaydilar. Konfutsiy va uning izdoshlari fazilat egasi boʻlishni urf-odatlarga soʻzsiz boʻysunishda koʻradilar. qadimiy Sharqdagi, xususan, Misr va Hindistondagi axloqiy gʻoyalar, qarashlar antik davr estetikasiga ilmiynazariy asos boʻldi; yunon mutafakkirlari Sokrat va Platon qarashlarida ilohiylik axloqning asosi, insonga axloqiylik azaldan berilganligi taʼkidlansa, Aristotel inson kamolotga bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirsu ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, deydi. Sitseron, Seneka, Epiktet singari qadimiy Rim axloqshunoslarining qarashlarida esa qullik, erk, hayotning maʼnosi, baxt muammolari oʻrtaga tashlanadi. Oʻrta asrlar etikasida qadimgi Sharq mutafakkirlari (Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd) asarlari va fikhiy tasavvufiy yoʻnalishlarda Abu Lays Samarqandiy, Gʻazzoliy, Rumiy, Aziziddin Nasafiy, Navoiy, Koshifiy tomonidan yozilgan kitoblar etika taraqqiyotiga katta hissa boʻlib qoʻshildi; Uygʻonish davri faylasuflari oʻz axloqiy qarashlarida ulardan samarali foydalandilar (Valla, Monten). Bu taʼsirni yangi davr axloqshunosligida ham yaqqol sezish mumkin; Gobbs, Spinoza, Gelvetsiy, Golbax, Russo kabi maʼrifatchilar axloqning shaxs va jamiyat hayotidagi oʻrniga, demokratik oʻzgarishlarning axloqiy ildizlariga eʼtiborni qaratdilar. Bu davrda nemis mumtoz axloqshunosligi alohida ahamiyatga ega boʻddi; u bir tomondan ratsional nazariyalarni (Kant, Shiller, Fixte, Shelling, Gegel, Feyerbax), 2tomondan, noratsional qarashlarni (Kyerkegor, Shopengauer, Nitsshe) oʻrtaga tashladi; Kant burchga asoslangan imperativ (qatʼiy amr) gʻoyasini ilgari surdi, Gegel axloqning miqyosiyligini, huquqning asosi, jamiyatning qoni va joni ekanini, Feyerbax axloqiy xattiharakatlarda hissiyotning, ayniqsa, muhabbat hissining ahamiyatini taʼkidladilar. Noratsional yoʻnalish tarafdorlari insonni tushunchalar (aql) yordamida bilish mumkin emasligini, yovuzlikning ezgulikdan gʻolib kelayotganligi axloqsizlikni axloqiy niqob bilan berkitishga doimiy urinish bilan bogʻliqligiga, inson ixtiyor iskanjasida, manfaat va hukmronlik yoʻlida hech narsadan toymaydigan jonzotga aylanib borayotganiga diqqatni qaratdilar. 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi rus mumtoz axloqshunosligi axloqiylikni diniylik bilan yaxlitlikda olib qaradi (V.Solovyov, F.Dostoyevskiy, N.Berdyayev, B.Visheslavsev), ezgulik bilan yovuzlikning dialektik aloqadorligi masalasini oʻrtaga tashladi. Etik tafakkurlar tarixida axloq tabiati haqidagi turli taʼlimotlar vujudga kelgan (qarang gedonizm, evdemonizm, utilitarizm). Hozirgi paytda gʻayrizoʻravonlik axloqshunosligi (Gandi, King, Sharp, Guseynov) muhim ahamiyatga ega. U yovuzlikka qarshi zoʻravonlik ishlatmasdan kurashishni tavsiya etadi — terror qilish, qon toʻkish, isyon koʻtarish bilan emas, muhabbat, kechirimlilik, yuksak axloqiylik, ezgu ixtiyor va iroda vositasida ish tutish lozim. Shuningdek, bugungi kunda hayotga ehtirom yoki universal etika (A.Shveyser), yangi tasavvuf etikasi (M.Qutqu, M.Joʻshon) insoniyat oldiga dolzarb axlokiy vazifalarni qoʻymoqda. Hayotga ehtirom insondan mavjudlikdagi har bir jonzotga — oʻsimlikka ham, hayvonlarga ham oʻz hayoti kabi oliy qadriyat deb qarashni talab etsa, yangi tasavvuf axloqshunosligi industrial jamiyatda nafsga qarshi kurashishning muhimligini isbotlab beradi.
Endilikda etika oldida qator global muammolar turibdi; insoniyat hozir noosfera (texnikaviy muhit)da yashab, biosfera (biologik muhit)dan tobora uzoqlashib bormoqda, inson tafakkuri vujudga keltirgan fantexnika taraqqiyoti endilikda insonning oʻziga, uning mavjudligiga qarshi xavf sifatida ham maydonga chiqmoqda: atom, vodorod, neytron bombalarning, yadroviy kallakli ballistik raketalarning yaratilishi, olamiy okeanning, yer osti va yer usti suvlarining zaharlanishi kabi hodisalar ekologik tozalikdan ham koʻra axloqiy poklikni talab qilmoqda. Klonlashtirish, bir inson aʼzosini boshqa insonga koʻchirib oʻtkazish, evtanaziya (bemorning oʻz oʻlimini.tezlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosini qondirish) va boshqalar muammolar ham axloqiy aralashuvga muhtoj.

Xulosa
Xulosa qilib aytamanki oʻzbek milliy etikasi boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat — ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal yaxlitligidan iborat axloqiy gʻoya barcha davrlar oʻzbek etikasi uchun umumiy tadqiqiy asos boʻlib keldi. Tasavvufiy etikada mazkur yaxlitlik 4 fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal va maʼrifat) shaklida namoyon boʻldi (Aziziddin Nasafiy, Koshifiy). Naqshbandiya tariqati axloqshunosligida esa asosiy eʼtibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy xattiharakatning zamon ehtiyojlarini hisobga olishi, ilohiy va insoniy fazilatlarning uygʻunligi masalasiga qaratildi (Bahouddin Yaaqshband, Alisher Navoiy). Oʻrta asrlar oʻzbek etikasida nazariy fikrlar bilan pandnoma usulidagi hikoyatlar omuxtaligi koʻzga tashlanadi (Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Poshshoxoja). Bu jihatdan temuriylar davridagi pandnomalar, ayniqsa, Navoiyning „Mahbub ulqulub“ asari noyob hisoblanadi. Keyingi davrlardagi eng eʼtiborli pandnoma Gulxaniyshsht „Zarbulmasal“ asaridir. Jadidchilik harakati davrida axloqshunoslikka eʼtibor yanada kuchaydi; jadidlar milliy ozodlikka erishish yoʻlini xalq axloqiy darajasini va maʼrifatni yuksaltirishda koʻrdilar; Anbar Otinning „Qarolar falsafasi“, Avloniyshtg „Turkiy Guliston yoxud axloq“, Fitratnit „Najot yoʻli“, „Oila“ asarlarida shaxs axloqiy hayotining jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri, yangicha turmush tarzining axloqiylik bilan bogʻliqligi masalalari koʻtarildi. Axloqiylikni sinfiylik va partiyaviylik kabi tamoyillarga boʻysundirgan shoʻrolar davri etikasi soxta fan sifatida oʻz vazifasini oʻtay olmadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, kechmish axloqiy qadriyatlari, anʼanaviy urf-odatlar, milliy va axloqiy tamoyil hamda meʼyorlar jamiyatda oʻz oʻrnini egallagach, etika fani ham taraqqiyot yoʻliga kirdi, etika tarixi va nazariyasiga doir yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi (Y.Jumaboyev, E.Yusupov). Oʻzbekiston milliy untida etika va estetika kafedrasi mavjud; barcha oliy oʻquv yurtlarida etika fani oʻqitiladi. Hozirgi paytda olimlar (X.Shayxova, A.Sher, F.Zagritdinova, M.Mahmud va boshqalar) etika tarixi va nazariyasining dolzarb muammolariga doir yangi tadqiqotlar olib bormoqda.


http://fayllar.org
Download 23.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling