Mavzu: Korxona daromadi va uning miqdoriga ta’sir etuvchi omillar
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Korxonalar va ularning turlari
Xarajatlar tushunchasi va uning tasniflanishi
Daromad va uning shakllanish manbalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakat hayotida ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini (FTT) jadallashti rish, aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar ro`y berdi va ro`y bermoqda. Bunga iqtisodiyotga kiritilgan yangi investitsiyalar va mavjud moddiy-texnika asosini modernizatsiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo`jalik faoliyati bilan bog’liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning i qtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanish va hokazolarning rivojlanishi ham keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Mustaqillik hamda barcha xo`jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o`tishi iqtisodiyotning asosiy bo`g’ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o`zgarishiga sabab bo`ldi. Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo`lgan paytlardagidan farqli o`laroq mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha faoliyatlarini direktiva ko`rsatkichlari asosida emas, balki O`zbekiston Respublikasi “Korxonalar to`g’risida”gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda. Ular o`zlariga kerak bo`lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari bilan shug’ullanmoqda, zamonaviy marketing va menedjmentni yo`lga qo`ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |