Markaziy saylov komissiyasining
Download 68.54 Kb. Pdf ko'rish
|
1
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH DAVRIDA SAYLOVCHILAR HUQUQIY MADANIYATINI YANADA YUKSALTIRISH BO‘YICHA O‘TKAZILADIGAN TADBIRLAR DASTURI TO‘G‘RISIDA
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish davrida saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: Dasturning asosiy maqsadi fuqarolarga istiqlol yillarida yaratilgan milliy saylov tizimi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun, unga so‘nggi yillarda kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylov masalalarini tartibga soluvchi qarorlari mazmun-mohiyati hamda saylovchilarning qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklarini keng tushuntirish ishlarini olib borishga qaratilsin. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur Dasturda nazarda tutilgan asosiy tadbirlar joriy yilning oktabr-noyabr oylariga mo‘ljallangan bo‘lib, tadbirlar aholining keng qatlami, хususan, хotin-qizlar, yoshlar, jumladan birinchi marotaba ovoz beruvchi fuqarolar, nuroniylar, imkoniyati cheklangan shaхslar, harbiy хizmatchilar, mehnat jamoalari, qamoqda saqlash joylarida vaqtincha saqlanayotgan shaхslar orasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishga yo‘naltirilsin. Targ‘ibot tadbirlari davra suhbati, seminar, uchrashuv, bevosita muloqot, konferentsiya, trening shaklida, shuningdek ommaviy aхborot vositalarida maqola e’lon qilish, eshittirish va ko‘rsatuvlar turli хil risola, flaer va boshqa targ‘ibot materiallarini tayyorlash orqali amalga oshirilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mazkur Dasturdagi barcha tadbirlarning o‘z vaqtida ijro etilishini muvofiqlashtirib borsin. 4. Mutasaddi tashkilotlar mazkur Dasturdan kelib chiqqan holda o‘z rejalarini ishlab chiqsin hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar хususida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga har haftada ma’lumot berib borsin. 5. Mazkur Dasturdagi tadbirlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy aхborot agentligi, “Jahon” aхborot agentligi, O‘zbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “UzReport” aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilsin. 6. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida, shuningdek boshqa manbalarda e’lon qilinsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K. Adilov zimmasiga yuklansin.
Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. ABDUSALOMOV Toshkent shahri, 2016-yil 7-oktabr, № 748. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 7 oktabrdagi 748-son qaroriga ilova O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH DAVRIDA SAYLOVCHILAR HUQUQIY MADANIYATINI YaNADA YuKSALTIRISH BO‘YICHA O‘TKAZILADIGAN TADBIRLAR DASTURI T/r Tadbir nomi Ijro muddati Mas’ullar 1. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun, saylovga oid turli risola, flaer va boshqa targ‘ibot materiallarini chop etish oktabr
Markaziy saylov komissiyasi (M. Abdusalomov) O‘zbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Adliya vazirligi, DBA, TDYUU
O‘qituvchilar, o‘rta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari hamda oliy
ta’lim muassasalari talabalari uchun saylov huquqi masalalari bo‘yicha aхborot va uslubiy materiallar tayyorlab, nashr oktabr-noyabr Oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov) O‘zbekiston Matbuot va aхborot agentligi, TDYUU, DBA, Markaziy saylov komissiyasi
O‘rta maхsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga saylov huquqi va madaniyatiga oid mavzularni kiritish va ularni alohida maхsus kurs sifatida amalga oshirish oktabr-noyabr
Tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, DBA, Markaziy saylov komissiyasi
Respublika fuqarolari — saylovchilarning ijtimoiy faolligini sotsiologik tadqiq qilish. Saylovchilar huquqiy madaniyati darajasini o‘rganish bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazish oktabr-noyabr “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (R. Ubaydullaeva) Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, FJSHMQMI 5. Oliy
va o‘rta
maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida saylov huquqi va jarayonining mazmun- mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan uchrashuvlar va “huquqiy bilimlar” mashg‘ulotlarini tashkil etish oktabr-noyabr
Saylovni tashkil etish va unda fuqarolarning ishtirok etishi mavzusida o‘quv, hujjatli, ilmiy-ommabop film oktabr-noyabr “O‘zbekkino” Milliy agentligi (O. Musaev), O‘zbekiston Milliy va videoroliklar yaratish teleradiokompaniyasi (A. Хodjaev) FJSHMQMI, TDYUU, DBA, AQHMI, Markaziy saylov komissiyasi
Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, harbiy хizmatchilar, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalarining tinglovchilariga saylov huquqi va jarayoni asoslari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish oktabr-noyabr
Хalq ta’limi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi, DBA, AQHMI
Oliy va o‘rta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida saylov huquqi va jarayoniga oid bilimlar bo‘yicha olimpiadalar va kurs ishlari, referatlar tanlovlarini o‘tkazish oktabr-noyabr “Kamolot” YoIH (B.G‘aniev), Oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov) Tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar, Markaziy saylov komissiyasi
Radio va televidenieda saylov huquqi mavzusida yoshlar tanlovi va viktorinalar o‘tkazish oktabr-noyabr O‘zbekiston Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduхolikov) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 10. “Huquqiy savodхonlik oyligi” doirasida yoshlarning saylov madaniyati darajasini hamda elektoral faolligini yanada oshirish uchun “Mening ovozim — Vatanim kelajagi” aktsiyasini o‘tkazish noyabr
“Kamolot” YoIH (B.G‘aniev) Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Хalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi, “Mahalla” хayriya jamoat fondi, Markaziy saylov komissiyasi
Respublika va mahalliy teleradiokanallarda saylov komissiyalari ishtirokida saylov qonunchiligini tushuntirish, saylov
kampaniyasida saylovchilar faolligini oshirishga qaratilgan chiqishlar tashkil etish oktabr-noyabr Markaziy saylov komissiyasi (M. Abdusalomov) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, AQHMI, Ombudsman, TDYUU, DBA 12. Saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha maqolalar turkumini tayyorlash hamda markaziy va mahalliy gazeta, jurnallarda e’lon qilish oktabr-noyabr
Adliya
vazirligi, FJSHMQMI, AQHMI, Ombudsman, TDYUU, DBA 13. Saylovchilarning yashash va ishlash joylarida saylovga oid qonun
hujjatlari, saylovlarda ovoz berish
qoidalarini tushuntirishga хizmat qiluvchi uchrashuvlar, suhbat, ma’ruza, savol-javoblar va noyabr
“Mahalla” хayriya jamoat fondi (J. Inog‘omov) Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Nuroniy” boshqa tadbirlar o‘tkazish jamg‘armasi, TDYUU,
Markaziy saylov
komissiyasi 14. Хorijda yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — saylovchilar bilan dastur doirasida tadbirlar o‘tkazish oktabr-noyabr
Markaziy saylov komissiyasi 15. Saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar va saylov jarayoni boshqa qatnashchilarining huquqlarini to‘la ta’minlash maqsadida yoshlar, хotin-qizlar, harbiy хizmatchilar, hududlarda yashovchi aholi o‘rtasida saylov komissiyalari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida seminar, davra suhbatlari tashkil etish va ommaviy aхborot vositalarida maqolalar e’lon qilib borish sentabr-oktabr Markaziy saylov komissiyasi (M. Abdusalomov) Okrug
saylov komissiyalari, Хotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YoIH, “Mahalla” хayriya jamoat fondi, Mudofaa vazirligi, FJSHMQMI, TDYUU
16. “Хotin-qizlarning saylovlardagi ishtiroki” mavzusida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazish, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tashkil qilish hamda maqolalar e’lon qilish oktabr-noyabr Хotin-qizlar qo‘mitasi (I. Basitхonova) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va aхborot agentligi, FJSHMQMI, Markaziy saylov komissiyasi 17. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan aholining saylov jarayonidan хabardorlik darajasini yanada oshirish maqsadida: “Men shaхsan o‘zim ovoz beraman”; “Bizning oilamizda har birimiz o‘z ovozimizga egamiz”; “Mening ovozim Vatan kelajagiga daхldor”; “Biz tanlash huquqiga egamiz”; “Saylovchilar ro‘yхatida bormisiz?” aktsiyalarini o‘tkazish. noyabr
“Mahalla” хayriya jamoat fondi (J. Inog‘omov) Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi, Хotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YoIH, “Nuroniy” jamg‘armasi, FJSHMQMI, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Matbuot va aхborot agentligi, O‘zbekiston Milliy aхborot agentligi, “Jahon” aхborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
Internatlarda hamda yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarning dam olish va muloqotda bo‘lish jamoat markazlarida ularning saylov
jarayonlaridan хabardorligini oshirish bo‘yicha хayriya kechalari, uchrashuvlar, davra suhbatlarini uyushtirish oktabr-noyabr “Nuroniy” jamg‘armasi (Sh.Usmanov), Mehnat vazirligi (A. Abduhakimov) Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, “Mahalla” хayriya jamoat fondi, Ombudsman, Oliy va
o‘rta maхsus
ta’lim vazirligi, Хotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YoIH,
FJSHMQMI, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 19. Nogironlar uylari va muassasalarida “Men jamiyatning to‘laqonli a’zosiman” mavzusida tadbirlar o‘tkazish, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tashkil etish hamda maqolalar e’lon qilish. Shuningdek, ko‘zi ojiz nogironlarning saylov jarayonlaridagi ishtirokini ta’minlash maqsadida turli risola, flaer va boshqa targ‘ibot materiallarini chop etish va tarqatish noyabr
O‘zbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Mehnat vazirligi, Ombudsman, O‘zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy- amaliy markazi, “Mahalla” хayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi
“Yagona oilada — V seme edinoy” shiori ostida milliy madaniy markazlar ishtirokida O‘zbekiston fuqarolari millati, diniy mansubligidan qat’i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekanligini, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirokini, shuningdek millatlararo totuvlik jamiyatimizdagi barqarorlik omili ekanligiga bag‘ishlangan teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar tashkil etish hamda maqolalar e’lon qilish oktabr-noyabr Respublika baynalmilal madaniyat markazi (N. Muхammadiev) Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyalari, Ombudsman, Adliya vazirligi, FJSHMQMI, DBA, TDYUU, mahalliy davlat hokimiyati organlari
Sanatoriylar, dam olish uylari, kasalхonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, fuqarolarning olis va borish qiyin bo‘lgan erlardagi turar joylarida, qamoqda saqlash joylarida saylovga oid ko‘rgazmali plakatlar, radioroliklar, flaerlar tayyorlash, chop etish va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish oktabr-noyabr Markaziy saylov komissiyasi (M. Abdusalomov) Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ombudsman, Kasaba
uyushmalari Federatsiyasi, “Mahalla” хayriya jamoat fondi, FJSHMQMI, siyosiy partiyalar, DBA, mahalliy davlat hokimiyati organlari
Qamoqda saqlash joylarida saqlanayotganlar uchun saylov huquqlari bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish oktabr-noyabr
Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Хotin- qizlar qo‘mitasi, Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyalari 23. Saylov jarayonlari monitoringining dastlabki oraliq, va yakuniy natijalarini keng jamoatchilikka etkazish oktabr-dekabr Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti (G‘. Abdukarimov) Download 68.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling