O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
Download 1.46 Mb.
|
ЎҚУВ Дастури АЛОҚАЧИ 2021-22 06 09 311
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘QUV DASTURI
- Taktika, umumqo’shin tayyorgarligi va gumanitar fanlar kafedrasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTI “TASDIQLAYMAN” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTI BOSHLIG‘I podpolkovnik X. Muxitdinov 2021 y. “____” _____________
O‘QUV DASTURIT MUNDARIJA
I. FANLAR BO‘YICHA O‘QUV DASTURLARI 1.1. MAJBURIY FANLAR Taktika, umumqo’shin tayyorgarligi
|
Bilim sohasi: |
|
1000 000 - Xizmatlar |
Ta’lim sohasi: |
|
1030 000 - Havfsizlik xizmati |
Ta’lim yo’nalishlari: |
|
61030700 - Qo’shinlarni taktik qo’mondonlik muhandisligi (aloqa qo’shinlari) |
Fan/modul kodi TMI6 |
O‘quv yili 2021-2023 |
Semestr 8, 9, 10 |
Kreditlar 6 | ||
Fan/ modul turi Majburiy |
Ta’lim tili O‘zbek |
Haftadagi dars soatlari 2/2/2 | |||
1. |
Fanning nomi |
Auditoriya mashg’ulotlari (soat) |
Mustaqil ta’lim (soat) |
Jami yuklama (soat) | |
Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyati |
90 |
90 |
180 | ||
2. |
I. Fanning mazmuni Fanni o‘qitishdan maqsad: “Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyati” fani kursantlarga Qurolli Kuchlarimizda va bevosita mudofaa vazirligi qo’shinlarida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar tizimini, maqsad va vazifalarini o’rganish, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarning asosiy yo’nalishlari, shakl va usullarining mazmunini, tashkil etish uslubiyatini anglab yetishni, ofiser sifatida muhim ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi: kelajakdagi ofiserlik xizmat faoliyatida harbiy psixologiya va pedagogikaga oid bilimlarning ahamiyatini, uning ilmiy-nazariy asoslarini va amaliy jihatlarini tushuntirish; harbiy xizmatchini shaxs sifatida ruhiyatini, ichki dunyosini o‘rganish, unga ta'sir eta olish, tarbiyalash va boshqarishning shakl va uslublarini o‘rgatish; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganish; harbiy qism va muassasalarida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarning maqsad va vazifalarini, mazmuni, xususiyatlari va prinsiplarini o‘rganish. II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 4-kurs 8-semestr “Harbiy psixologiya va pedagogika” bo‘limi 1-mavzu. Harbiy psixologiya va pedagogika fan sifatida. Harbiy psixologiya va pedagogikaning umumiy asoslari, predmeti va vazifalari. Harbiy xizmatchining faoliyatida psixologik-pedagogik bilimlarning o‘rni. Harbiy psixologiya va pedagogikaning umumiy asoslari. Harbiy psixologiya umumiy psixologiyaning tarmog‘i va fan sifatida. Harbiy psixologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Harbiy psixologiyani boshqa ijtimoiy fanlar, harbiy fanlar bilan aloqasi. Ofitserning xizmat faoliyatida psixologik va pedagogik bilim va ko‘nikmalarning ahamiyati. Ofitserlarning psixologik va pedagogik bilim va tayyorgarligiga nisbatan rahbariy hujjatlarning talablari. Psixologik va pedagogik bilimlarni jangovar-xizmat faoliyatida qo‘llashning xususiyatlari va ahamiyati. 2-mavzu. Harbiy xizmatchi shaxsining individual-psixologik xususiyatlari va emotsional holatlari. Harbiy-kasbiy faoliyatning o‘ziga xosliklari. Inson faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar (ruhiy, fiziologik va ijtimoiy). Inson faoliyati va uni tuzilishi haqida umumiy tasavvurlar. “Adaptatsiya” (moslashuv) tushunchasi, harbiy-kasbiy faoliyatda adaptatsiyaning o‘rni. Ofitserning kasbiy faoliyatining o‘ziga xosliklari va yuzaga keladigan psixik holatlar. Shaxs tushunchasi, shaxsning psixologik xususiyatlari. Temperament va uning turlari. Xarakter va uning o‘ziga xosliklari. Harbiy faoliyatda individual xususiyatlar va emotsional holatlarning o‘rni va ahamiyati, ularni ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantirish. 3-mavzu. Harbiy jamoa psixologiyasi. Jamoa va harbiy jamoa haqida umumiy tushuncha. Guruh va jamoaning tasniflanishi. Shaxs va jamoa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarining xususiyatlari. Jamoa psixologiyasi va uni tarkibiy tuzilishi. Harbiy jamoadagi o‘zaro munosabatlarning xususiyatlari, harbiy jamoani shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar. Nizomga oid o‘zaro munosabatlar. Harbiy xizmatchi shaxsini shakllanishida jamoa fikrining roli. Jamoa kayfiyati va an'ana tushunchalari. Harbiy jamoani jipslashtirish va tarbiyalashda harbiy an'analarning o‘rni. Harbiy jamoadagi konfliktlar, ularni kelib chiqishining asosiy sabablari va profilaktikasi. Harbiy jamoani jipslashtirish (uyushtirish) yo‘llari. |
Download 1.46 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling