Yuridik xizmat faning ahamiyati va maqsadi
Download 206.95 Kb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston Respub,,,likasida yuridik xizmatlar faoliyatining asosiy yo’nalishlari
Reja 1 Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo’nalishlari va funkisiyalari . 2 Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo’nalishlarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasida yuridik xizmatlar faoliyatining asosiy yo’nalishlari Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlar faoliyatining asosiy yo’nalishlari etib belgilansin: Davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo’llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qununiylikni ta’minlashni tashkil etish; Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini ustidan nazoratni olib borish; Davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi faoliyatida ishtiroki etish qonunchilikni takomillashtirish yuzasida takliflarini tayyorlash masalalarida ularning tarkibiy tuzumlari ishini muvofiqlashtirish; Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish , ularga qabul qilinayotgan normativ–huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati,shu jumladan zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnalogiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish; Shartnomaviy – huquqiy va talabnoma – davo ishlarini yuritish , davlat organlari va tashkilotlarining mulkiy va boshqa manfaatlarni Ishonchli himoya qilinishini ta’minlash . Davlat organlari va tashkilotlarida , shu jumladan ularning hududiy tuzilmalarida ,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan eng kam me’yor va mezonlariga asosan,majburiy tartibda yuridik xizmatlar tashkil etiladi .Bunda yuridik xizmatining mavjud shtat birliklarini qisqartirishga yo’l qoyilmaydi. Yuridik xizmat faoliyatinig asosiy yonalishlarini bajarish uchun quydagi funkisiyalarni amalga oshiradi: davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo’llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish sohasida: Davlat organi va tashkilotida ,shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini ,ularning sabablari va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora –tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi; Jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan davlat organlari va tashkilotlarning qarorlari yuzasidan xulosa beradi; Davlat organi va tashkilotlari rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar ,farmoyishlar ,shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarni ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o’tkazadi hamda ular bo’yicha e’tiroz va takliflar bo’lmasa viza qoyadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotlarining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan)keyin viza qoyiladi. Mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining buyruqlari,farmoyishlari ,shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish ,ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ularni o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida takliflar tayyorlaydi; Davlat organi va tashkilotida ,shuningdek tegishli tuzilmalarida huquqni qo’llash amaliyotini o’rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi ,uni takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi ; Davlat organi va tashkilotining boshqa tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi ,tegishli tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslar faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko’rsatilgan arizalar ,takliflar va shikoyatlarini ko’rib chiqishda ishtirok etadi; Davlat organi va tashkilotida boshqaruv tizimini takomillashtirish ,davlat organi tizimiga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarning huquq va majburiyatlarini belgilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi; Davlat organi va tashkilotida mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda ,shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi ,jamoa shartnomasi , jamoa bitimi va boshqalarni )ishlab chiqishda ishtirok etadi ,ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi Davlat organ va tashkiloti rahbariyatiga davlat organ va tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi; Davlat organi va tashkiloti xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarni amalga oshirishda yuridik yordam ko’rsatadi ; Davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan)normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish ,shuningdek davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish ,qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish sohasida: Davlat organi va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarni ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida ,amalga oshirilish va bajarishini nazorat qilishda ishtirok etadi ; Davlat organi va tashkilot vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha normativ –huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi ; Davlat organi va tashkilotining idoraviy normativ –huquiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ularni ishlab chiqishda hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o’tkazish va davlat ro’yxatiga olish uchun yuborishda ishtirok etadi ; Ekspertizadan o’tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilagan normativ –huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o’tkazadi ,ularning qonunchilikka ,qonunchilik texnikasi qoidalariga ,havola qiluvchi normalar qo’llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi ,shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bo’ladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi ; Normativ –huquqiy hujjatlar loyihalari bo’yicha e’tiroz va takliflar bo’lmasa, ularga viza qo’yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotning boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlarga) keyin viza qo’yiladi; Tizimli ravishda davlat organi va tashkilotining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab bo’ladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni o’tkazadi; Davlat organi va tashkiloti faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi ; Download 206.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling