Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining
– MAVZU. DEMOKRATIK JAMIYaT QURILISHIDA KUCHLI IJTIMOIY
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQILLIK DAVRIDA ADOLAT TUSHUNCHASINING YANGICHA MAZMUNI.
- 2. Mustaqillik davrida adolat tushunchasining yangicha mazmuni
- Ijtimoiy adolatning mohiyati
- Demokratik jamiyat qurishda ijtimoiy himoya, muhofaza va adolat tushunchalari (SHarq mutafakkirlarining ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoya haqidagi g’oyalari).
- 2. Ijtimoiy adolat masalasi.
- 3. Ijtimoiy kafolat masalasi
- 2007 yil 23 yanvarda Prezident Islom Karimovning “Ijtimoiy himoya yili” Davvlat dasturi to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.
- 3. Ijtimoiy himoya tizimining jahon tajribasi Albatta, muammolar ham mavjud. Jahon tajribasi bilan qiyoslaganda
- 2000 yil – “Sog’lom avlod yili” 2005 yil – “Siҳat salomatlik yili” 2001 yil – “Onalar va bolalar yili”
- Birinchisi, Yevropa va Amerika davlatlari tajribasida ko’rilgan “falaj qilib
11 – MAVZU. DEMOKRATIK JAMIYaT QURILISHIDA KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA VA ADOLAT TAMOYILLARI REJA: 1. O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY HIMOYA SIYOSATI. SHARQ MUTAFAKKIRLARI IJTIMOIY ADOLAT TO’G’RISIDA. 2. MUSTAQILLIK DAVRIDA ADOLAT TUSHUNCHASINING YANGICHA MAZMUNI. 3. IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING JAHON TAJRIBASI. 1. O’zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati. SHarq mutafakkirlari ijtimoiy adolat to’g’risida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo etishdagi o’rnini va ahamiyatining ortib borishi bilan belgilanmoqda. “Bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo’l qo’ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy muhofazasini tahminlagan holda O’zbekistonda ijtimoiy- siyosiy barqarorlikni va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldik.” 33 Adolat tushunchasining kelib chiqishi (sotsiogenezi) to’g’risidagi tahlimotni buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy yaratishga uringan. Buyuk mutafakkir adolat g’oyasini jamiyatning asosiy davrlariga tadbiqan qarab chiqqan. Bunda u insoniyat jamiyatining kelib chiqishida tabiiy ehtiyojlar yotishini, bu ehtiyojlarni uyg’unlashtirish esa adolat tuyg’usini shakllantirishini ta’kidlagan edi. SHarq mutafakkiri Konfutsiyning g’oyalarini davom etirgan holda Forobiy adolatning yuksak tushunchasi insoniyatning mahrifiy davriga to’g’ri kelganligini ta’kidlaydi. Bu davrda xususiy mulk o’rnatiladi va u kishilarning o’zaro tengsizligini keltirib chiqaradi. SHunisi muhimki, teng taqsimlashni ifodalagan adolat tushunchasi endi mulk tahsirida tengsizlikni ifoda eta boshlaydi. Bu tushunchaning o’zi xususiy mulkni o’rnatishda ishtirok etadi. Demak, adolat to’g’risidagi tasavvurlar insoniyatning oddiy egalitarizm, ya’ni barcha
baravar bo’lgan holdagi darajasidan yuqori ko’tarila borishi natijasida yanada to’laroq shakllana borgan. Tenglashtiruvchi qoida bo’lgan, zo’rlikni aks zo’rlik bilan muvofiqlashtiruvchi vosita sifatida dahvolar tengligini o’rnatib kelgan adolat tushunchasi xususiy mulkka asoslangan jamiyatda yangicha mazmun kasb eta boshlagan. Endi jamiyat ijtimoiy munosabotlarni muvozanatga keltirishning yangi tizimiga muhtojlik seza boshladi. Yuz bergan ulkan ijtimoiy o’zgarishlar kishilar ongida, dunyoqarashida, siyosiy-huquqiy fikrda, axloqiy normalarda ijtimoiy adolat g’oyasining uzil-kesil shakllanishiga olib kelgan. Bu haqda SHarqning boshqa bir mutafakkiri – Abu Ali ibn Sino qiziqarli fikrlarni bayon qilgan. Uning fikricha, o’zaro bog’liqlik va almashuv jarayonida insonlar bir-birlarini qandaydir muhtojlikdan holi etadilar. Buning uchun insonlar o’rtasida o’zaro kelishuv zarur bo’lib, bu kelishuv tufayli adolat qoidalari va qonunlari o’rnatiladi. Ijtimoiy hayotda adolatparvarlikni qathiy turib himoya qilgan tahlimotlardan biri tasavvuf falsafasidir. Tasavvuf namoyondalari boshqa sharq mutafakkirlari singari o’z
umidlarini mahrifatli va odil shohga bog’laydilar, u orqali barcha ijtimoiy illatlarni bartaraf etish mumkin, deb hisoblaydilar. Tasavvuf namoyondalari hokim va xalq, shoh va saltanat munosabatlarida donolik bilan adolatli ish tutish, davlatni adolatli qonunlar orqali boshqarish, qabul qilinayotgan tadbirlarning 33 Қarang: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasidagi (2002 yil 29-30avgust) mahruzasida bayon etilgan asosiy vazifalar va qoidalarni keng yoritish bo’yicha tashkiliy-mahrifiy tadbirlar Dasturi. –T.: O’zbekiston, 2002. B.10. 68 xalq tomonidan qo’llanishi kabi ijtimoiy muammolarni ko’taradilarki, bu xalqparvar tuzum ideallarini ulug’lashtirdi. Tasavvufning ko’pgina namoyondalari shohlar, hokimlar, amaldorlardan adolatni kutib o’tirmay, o’z amaliy faoliyatlarida unga amal qilish bilan o’rnak bo’lganlar. Hasan Bariy, Abdulla Ansoriy, Abdulhasan Haraqoniy, Bahouddin Naqshband, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xo’ja Ahror Valiy, Mahdumi Ahzam Kosoniy ko’pincha shoh va hokimlar adolatsizliklariga qarshi chiqib, mazlumlarni dadil himoya qilganlar, haqiqat uchun kurashganlar. SHarq mutafakkirlari adolatni asoslashda lirik-ruhiy, ma’naviy-axloqiy jihatdan yondashganlar. Zero, sharqona jamiyatlarda azaldan adolat tushunchasiga hamohang tarzda «haq», «mehyor», «haqiqat», «burch» tushunchalari qadrlanib kelingan. SHuningdek, jamoa manfaati, oiladagi tartib-intizom, ehtiqod va ma’naviylik yuqori baholangan. G’arb mutafakkirlari esa ko’proq huquqiy, amaliy, kundalik hayot muammolari nuqtai nazaridan fikr yuritganlar. SHuning uchun ham sharqdagidan ancha farqli tarzda «erkinlik», «teng huquqlilik», «erk» tushunchalariga ko’proq darajada ahamiyat berilgan. SHu bilan birga individualizm, individning tartib-intizomi, huquq adolatga olib boruvchi vositalar sifatida qadrlanadi, ma’naviylikdan ham ko’ra ratsionalizm mustahkam o’ringa ega bo’lgan. Darhaqiqat, O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etishda adolat omili muhim o’rin tutadi. SHu mahnoda adolat
tushunchasi, uning erkinlik, demokratiya va barqaror taraqqiyot g’oyalari bilan mushtarak jihatlari bugungi kunda ham zamonaviy mazmun kasb etmoqda. Lekin tarixan oladigan bo’lsak, ijtimoiy adolat g’oyasi insoniyatning butun tarixi orqali o’tib kelgan. SHu bilan birga jamiyatni adolatli tashkil etish orzusi va uning hayotdagi haqqoniy mavjudligi o’rtasida doimo ziddiyat bo’lib kelgan. SHunga qaramay uni «naqd qilib qo’yishga» urinish to’xtamagan. SHu nuqtai nazardan insoniyat tsivilizatsiyasining butun tarixi ijtimoiy adolatni kengaytirish tarixi hamdir. Albatta, sharq va g’arb jamiyatlaridagi bu kabi qadriyatlar bir-biriga zid emas, ular o’zaro uyg’unlikda umuminsoniy qadriyat darajasida jamiyat hayotida ijtimoiy adolat qoidalarining barqaror bo’lishiga xizmat qiladi. SHarq va g’arb anhanalarida asrlar davomida shakllanib kelgan bu kabi tushunchalar hamda qadriyatlar mustaqillik davrida jamiyatimizda umuminsoniy g’oyalar sifatida qayta shakllanishi shu jihatdan katta
ahamiyatga ega. Zero, bu jamiyatimizda insonparvarlik, birdamlik, inson erki va mashuliyatini, manfaatlar uyg’unligi, qonun ruhi va demokratiya qadriyatlari asosida amalga oshirishga va shu tariqa ijtimoiy adolatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Umuman,
mustaqillik davrida
odamlarimiz ongida
ijtimoiy adolatning yangicha
tushunchasining shakllanishi mamlakatimiz kelajagi va islohotlar muvaffaqiyati garoviga aylanmoqda. Adolatli
jamiyat qurish haqidagi umuminsoniy orzular va qarashlarni yangi jamiyat barpo etish manfaatlariga bo’ysundirish muhim amaliy masala bo’lib turibdi. Biz barpo etayotgan jamiyat insonparvar bo’lmog’i zarur. Bunda demokratik modellarni ko’r-ko’rona ko’chirib olmasdan, balki ilg’or demokratik jamiyatlar tajribasini tanqidiy o’rganish asosida fuqarolik jamiyatini qurish ehtiyojlariga xizmat qildirish talab etiladi. Ijtimoiy adolatning mohiyati har bir shaxs o’z qobiliyat va imkoniyatlarini namoyon qila olishi uchun to’liq imkoniyatlar yaratish, bunda ularning farovon turmush kechirishlariga erishish jarayonida to’liq namoyon bo’ladi. Kishilarning jamiyatdan olayotgan ulushlari (ish haqi, daromadlari, mukofotlari, unvonu mansablari) ularning jamiyat rivojiga qo’shayotgan hissalariga (mehnati, qobiliyati, zakovati, alohida xizmatlari, sarmoyasi va h.k.) mos kelishi shu mahnoda inson rivoji imkoniyatlariga bog’liq. Albatta, inson faqat non bilan tirik emas. Inson taraqqiyotini hayot darajasigina emas, hayot sifati ham belgilaydi. Hayot sifati esa inson yashaydigan, mehnat qiladigan va bo’sh vaqtini o’tkazadigan sohalarda shakllanadi Ijtimoiy infrastruktura inson hayotida kuchli tahsirga ega. Sog’liqni saqlash shunday sohalardan biridir. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab 69 Prezidentimiz tashabbusi bilan «Sog’lom avlod uchun» umumxalq harakati boshlangan edi. Sog’lom va barkamol avlod uchun kurash mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi va o’zining natijalarini bera boshladi. Demokratik jamiyat qurishda ijtimoiy himoya, muhofaza va adolat tushunchalari (SHarq mutafakkirlarining ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoya haqidagi g’oyalari). Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini ko’rish davrida o’tish jarayonini oqilona tashkil qilish inson manfaati asosiy o’rinda turadi. O’tish davrida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar ijtimoiy himoya tizimini va ijtimoiy adolat tamoyillarini yuzaga chiqarish, uni jamiyat hayotida barqaror qilish maqsadlarini ham nazarda tutadi.
yo’naltiriladigan davlat tadbirlari yig’indisi. Ijtimoiy himoya iborasi keng mahnoda va tor mahnoda qo’llaniladi. Keng mahnoda mamlakat aholisi ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini tahminlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Tor ma’noda esa, davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli tahminlanmagani tufayli yordamga, ko’makka muhtoj fuqarolar to’g’risidagi g’amxo’rligidir. Masalan, konpensatsiya, turli yangilliklar. O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi mavjud iqtisodni, ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqqan holda aholining moddiy va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan qismini himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy, huquqiy,
ijtimoiy chora-tadbirlar majmuini qamrab
oladi. Kuchli
ijtimoiy siyosat
O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lining yetakchi tamoyillaridan biridir. Ijtimoiy yordam – qariligi, sog’ligi, ijtimoiy axvoli, tirikchilik uchun yetarli vositaar bilan tahminlanmagani tufayli yordamga muhtoj fuqarolar to’g’risida davlat va jamiyatning g’amxo’rliligiga ijtimoiy yordam deyiladi. Bu yordam pensiyalar, nafaqalar to’lash, kam tahminlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatish, 16 yoshgacha farzandi bo’lgan, kam tahminlangan oilalarga oylik nafaqa to’lash, bemorlar va keksalarga xizmat ko’rsatish, bolalarga g’amxo’rlik qilish ko’rinishida amalga oshiriladi. Mehnatga layoqatsizlarni moddiy ta’minlashning qathiy kafolatli tizimi ijtimoiy sug’urta deyiladi. Bu tizim davlat tomonidan joriy etiladigan, nazorat qilinadigan va kafolatlanadigan keksalar, mehnatga layoqatsizlarni ta’minlash, yordam ko’rsatish tizimidir. Ijtimoiy tahminot – keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo’lgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi bo’lib, ijtimoiy himoyaning muhim tarmog’i hisoblanadi. Ijtimoiy tahminot to’g’ridan- to’g’ri davlat byudjetidan ajratilgan mablag’lar, homiylarning mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar to’lovlari ijtimoiy tahminotning eng muhim turlari hisoblanadi 34 .
jamg’armasi, 3) korxona va jamoat tashkilotlari mablag’laridan tashkil topadi. 4) Aholini ijtimoiy himoya qilish masalalarini hal etish bo’yicha xayriya jamg’armalari ishtiroki ham mavjud. O’z.Resining 2010 yilgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Unda respublikada mavjud bo’lgan ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam tizimi, pensiya tahminoti, bolalarga nafaqa, yolg’iz kishilarga xizmat ko’rsatish va boshqalar amalga oshirilishi belgilangan. Ijtimoiy
himoya ob’ektiga: nogironlar, nafaqaxo’rlar, yosh bolalar, boquvchisini yo’qotgan oilalar, vaqtincha mehnat kobiliyatini yo’qotganlar, o’qituvchilar, talabalar va h.k.tashkil etadi. SHu boisdan ham 2007 yil “ijtimoiy himoya yili” deb belgilanishida katta mahno mavjud. 2. Ijtimoiy adolat masalasi. Ijtimoiy adolat – jamiyatning demokratik rivojlanish darajasini, inson xuquq va erkinliklariga rioya qilish normalarini, millat hayot tarzining axloqiy timsolini belgilovchi davlat siyosati, aholining ijtimoiy jihatdan kam tahminlangan tabaqalari manfaatini ko’zlab milliy boyliklarni taqsimlash tartibidir. Prezidentimiz iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida ichki siyosatdagi 5 tamoyilning biri, uchinchi tamoyil jamiyat 34 Jumaev SH., SHodiev Ғ. Ijtimoiy ҳimoya – adolat mezoni // Mahrifat, 2007 yil 17 yanvar. 70 hayotida qonun ustuvorligi haqida to’xtalgan edi. Ijtimoiy yo’naltirilgan madaniy-mahrifiy bozor xo’jaligini tegishli xuquqiy jihatdan tahminlamasdan turib bunday xo’jalikni shakllantirish mumkin emas. Avvalo huquqiy davlatning elementlari: 1) qonun ustuvorligi; 2) qonun oldida Hammaning tengligi; 3) Hamma o’z ish faoliyatini qonun doirasida bajarishi; 4) hokimiyat organlarining bo’linishi tamoyiliga amal qiladi. Ijtimoiy adolatning I) vazifasi ijtimoiy munosabatlarning insonparvarligini ta’minlash; 2) guruh tabaqalarning manfaatini himoya qilish. SHarq mutafakkiri Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning 3 ta asosiy talabini bayon etib: 1) aholi turli tabaqalarining o’zaro uyg’un bo’lishini ta’minlash; 2) teng tahminlangan fuqaro salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish lozim; 3) har bir inson himoya qilinib, o’z ulushiga ega bo’lishi kerak, degan edi. Prizident Islom Karimov. Adolat talablari: I) aholining, qashshoqlanishiga yo’l qo’ymaslik; 2) halol mehnat qilishi uchun imkoniyat yaratib berish, 3) raxbar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish kerak. 3. Ijtimoiy kafolat masalasi - frantsuzcha tahminot mahnosini bildiradi, kafolat - insonning, jamiyatning demokratiya va hukuqiy davlat tomon rivojlanish jarayonida qo’lga kiritilgan yutuqlardan biri. Bu albatta aholini ish bilan tahmin etish, yangi yangi korxonalarni ishga tushirib, mamlakatda ishsizlikning oldini olish, ish bilan tahminlanib ijtimoiy larzalarning oldini olishda asosiy vositadir, buning uchun mamlakatda demogratik siyosat o’tkazish lozim bo’ladi.
O’zbekistonda pensionerlar soni 2 746 707 kishi, shu jumladan, 1 973 636 kishi yoshga doir, 546 706 kishi nogironlik, 226 365 kishi boquvchisini yo’qotganlar 35 .
manfaatlarini ro’yobga chiqarishga qaratilgan siyosat yuritilib kelinmoqda. Anu shu siyosatdan kelib chiqqan holda 1997 yildan boshlab har yil mamlakatimizda ma’lum bir nom bilan atalib, kuchli ijtimoiy siyosat olib borilmoqda. 35 Xalq so’zi, 2007 yil 9 iyun. 71 1-Slayd
2007 yil 23 yanvarda Prezident Islom Karimovning “Ijtimoiy himoya yili” Davvlat dasturi to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. 2007 yil martida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axolini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbilar to’g’risida”gi farmoni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlash va ular uchun munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mantiqiy davomidir. 2007 yilda O’zbekistonda ijtimoiy maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’larning umumiy hajmi barcha byudjet harajatlarining 55 foizini tashkil etadi, bevosita kam tahminlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish uchun esa byudjetning 9 foiziga yaqin qismi (460 milliard so’m) sarflanadi (Jamiyat. 23 mart, 2007, №12.). Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida shaxsga qo’yiladigan talab ortib borganligi sababli, kishilar ilm o’rganadilar‚ kasb egallaydilar‚ zamonaviy texnika‚ texnologiyani o’zlashtiradilar‚ kompg’yuter yoki tilni o’rganish choralarini ko’radilar. Bular shunchaki oddiy bir istak bo’lmasdan, bugungi zamon talabi darajasidagi imkoniyatlar ochadi‚ erkin faoliyatni tahminlaydi. SHu talablarga javob bera oladigan insonlar hayotda o’z o’rinlarini topib oladilar. 3. Ijtimoiy himoya tizimining jahon tajribasi Albatta, muammolar ham mavjud. Jahon tajribasi bilan qiyoslaganda, avvalo, mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiladigan nodavlat tashkilotlar faoliyatini qayta ko’rib 1997 yil –“ Inson manfaatlari yili” 1998 yil - “Oila yili” 1999 yil – “Ayollar yili” 2002 yil – “Qariyalarni qadrlash yili” 2003 yil – “Obod maҳalla yili” 2004 yil – “Meҳr va muruvvat yili” Kirib
kelayotgan ҳar qaysi yilga biz qanday ezgu- maqsadlar yo’lida yangi nomlar bilan kirib kelmoqdamiz? 2000 yil – “Sog’lom avlod yili” 2005 yil – “Siҳat salomatlik yili” 2001 yil – “Onalar va bolalar yili” 2006 yil – “Xomiylar va shifokorlar yili” 2007 yil – “Ijtimoiy ҳimoya yili” 2008 yil – “Yoshlar yili” 72 chiqish lozim. Xususan, kasaba uyushmalari rivojlangan mamlakatlarda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish uchun korxona egalariga, ish beruvchilarga doimo tahsir o’tkazib keladilar. Bizda esa hali bunday tajriba mavjud emas. Birinchi navbatda jamoat tashkilotlari‚ xususan kasaba uyushmalari faoliyatini tubdan yaxshilash‚ ularni mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiluvchi kuchga aylantirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Birinchisi, Yevropa va Amerika davlatlari tajribasida ko’rilgan “falaj qilib davolash” yo’li
ýäè. Ko’pgina mamlakatlar ushbu «tezkor» yo’lni tanladiëàð. Bu mamlakatlarda mustahkam qonunlar majmui
ishlab chiqilmasdanoq, jamiyatni êåñêèí òàðçäà demokratlashtirishga o’tildi. Oqibatda bu o’z navbatida ko’plab murakkab muammolarni keltirib chiqardi. QISQACHA XULOSA Xullas, mustaqillik yillarida O’zbekistonäà ijtimoiy himoya tizimining o’ziga xos tajribasi va anhanalari to’plangan. Bunda «inson – jamiyat - davlat” munosabatlari, inson omili þêñàê ìàâqåäà turadi. SHu mahnoda O’zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini zamon talablariga mos tarzda takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud va ular mamlakatda demokratik jamiyatning qurishda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Muxokama uchun savollar. 1. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishida “Adolat”, “tenglik” tushunchalarini yangicha idrok etish nima uchun zarurq 2. Demokratik jamiyatda adolat va ijtimoiy himoyaning mushtarakligi mavjudmiq. 3. O’zbekistonda kuchli ijtimoiy himoya siyosatining mazmun va mohiyatini gapirib beringq 4. Prezident Islom Karimov asarlarida, mahruza va nutqlarida ijtimoiy adolat, ijtimoiy himoya va ijtimoiy kafolat masalalari qanday ifoda qilib berilganq 5. Ijtimoiy adolat printsiplarini bayon etingq 6. Ijtimoiy kafolat nima 7. Ijtimoiy himoya tushunchasiga bo’lgan qanday turlicha munosabatlar mavjudq ADABIYOTLAR: 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. — T.: «O’zbekiston», 2007. –10–12, 28–29- b. 2. O’zbekiston Respublikasining «Fukarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi (yangi tahriri) Qonuni, 1999 yil 14 aprel. 3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiping «Respublika «Mahalla» xayriya jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, 1993 yil 1 dekabr. 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshkarish organlarini qo’llab-kuvvatlash to’g’risida»gi Farmoni, 1998 yil 23 aprelg’. 5. Karimov I.A. O’zbekiston— bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yuli. T.1. — T.: «O’zbekiston», 1996. 290-295-b. 6. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid: barkarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. — T.: «O’zbekiston», 1997. –163-174, 182-186-b. 7. Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chukurlashtirish va fukarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1X sessiyasidagi mahruzasi. «Xalq so’zi», 2002 yil 30 avgust. 8. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va havfsizligi uz kuch-kudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bogliq. — T.: «O’zbekiston», 2004. 73 9. Karimov I.A. El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish - har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. T.12. – T.: O’zbekiston, 2004. – 285–312-b. 10. Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo’lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlangan nutq. T.12. – T.: O’zbekiston, 2004. –313–337-b. 11. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. T.13. – T.: O’zbekiston, 2005. –156–223-b. 12. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. – T.14. – T.: O’zbekiston, 2006. – 61–97, 139–153, 248–265-b. 13. Karimov I.A. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo’lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun faravon turmush sharoitini yaratish – asosiy vazifamizdir. – T.: O’zbekiston, 2007. – 11-b. 14. Karimov I.A. Inson manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifamizdir. – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 48 b. 15. Karimov I.A. Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati asoslarini qurish – farovon hayot garovidir. – T.: “O’zbekiston” NMIU, 2007. – 64 b. 16. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. – T.15. – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 3-11, 154-211-241-251-b. 17. Karimov I.A. O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 48 b.
18. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. Toshkent. ‘Ma’navieat’ nashriyoti. 2008. 19. Karimov I.A. “O’zbekiston – mustaqillikkaerishish ostonasida”. Toshkent. ‘O’zbekiston’ nashriyoti. 2011 yil. 20. Karimov I.A. “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oily saodatdir” Toshkent. ‘O’zbekiston’ nashriyoti. 2015 yil. 21. Karimov I.A. “Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh qilish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko’tarishdan iborat.” O’zbekiston RespublikasiKo’nstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2015 yil 6 dekabr soni. 22. Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan isloqotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznеs va tadbirkorlikka yanada kеng yo’l ochib bеrish hisobidan oldinga yurishdir”. 2016 yil 15 yanvarda bo’lib o’tgan, Mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Maqkamasi majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2016 yil. 16 yanvar soni. 23. Yunuso’v K.A.(Hammualliflikda). O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. O’quv qo’llanmasi. Toshkent. “Navro’z” nashriyoti. 2014 yil. 400 bet. 24. Yunuso’v K.A. “Prеzidеnt Islom Karimovning O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi “Mamlakatimizni dеmokratik yangilash va modеrnizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo’limizni qat'iyat bilan davom ettirish — bosh maqsadimizdir” nomli ma'ruzasini ta'lim muassasalarida o’rganish bo’yicha tayyorlangan uslubiy qo’llanma”. Andijon. 2015 yil. 45 bеt. 25. Rahimov I., Zohidov A., Azizov SH., Ayupov A. va boshq. Mustaqillik mafkurasi va O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari. -T.: «Universitet», 2001. 232-bet. 26. Pugachev V.P., Solovg’ev A.I. Siyosatshunoslikka kirish. T.: «Yangi asr avlodi», 2004, 202- 255-betlar. 27. O’zbekiston: 13 yil mustaqil taraqqiyot yo’lida. T.: «O’qituvchi», 2004, 3-44-betlar. 74 Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi – bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor isloҳotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida
demokratik qadriyatlarni mustaҳkamlash yo’lidan og’ishmay, izchil va qat’iyat bilan borishdir. Islom Karimov 28. Do’stjonov T., Hasanov S. O’zbekiston demokratik taraqqiyot yo’lida. T.: Toshkent Moliya instituti, 2004, 3-180-betlar. 29. SHarifxo’jaev M. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati. – T.: SHarq, 2005. – 240 b. 30. Aliev B., Hoshimov T. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. – T.: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi «Adabiyot nashriyoti”, 2005. – 160 b. 31. Abdullaev M. va boshqalar. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug’at. – T.: “SHarq”, 2006. – 528 b. 32. Umarov B. Globallashuv ziddiyatlari: iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatlari. – T.: “Ma’naviyat”, 2006. – 160 b. 33. To’xliev N. va boshqalar. O’zbekiston iqtisodiyoti asoslari. – T.: “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” davlat ilmiy nashr., 2006. – 280 b. 34. Qirg’izboev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. – T.: Yangi asr avlodi, 2006. – 204 b.
Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling