Mavzu: O‘qituvchining pedagogik qobiliyati. Reja
Download 260.51 Kb. Pdf ko'rish
|
oqituvchining pedagogik qobiliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Foydalanilgan adabiyotlar
- Qobiliyatning pedagogik va psixologik xarakteristikasi.
- Pedagogik bilishga o‘qituvchining
- Pedagog qobiliyati
- 5. Suggestiv
- Tushuntira olish qobiliyati
- Tashkilotchilik qobiliyati
- To‘g‘ri muomala qila bilish qobiliyati
- Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati
- E’tiqod, odob, fuqarolik burchini anglash
- Nazokat bu tarbiyachining bir joyga to‘plagan aqli, tuyg‘usi va umumiy madaniyati.
MAVZU: O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK QOBILIYATI. REJA: 1. Kasbiy qobiliyatning pedagogik xarakteristikasi 2. Pedagogik qobiliyatning turlari 3. O’qituvchining irodasi sabr-toqat ibrat namuna bo’la olish qobiliyati 4. Pedagogik mahorat – pedagogik kategoriya sifatida 5. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari va shakllanish bosqichlari 6. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar. 7. Xulosa. 8. Foydalanilgan adabiyotlar Qobiliyatning pedagogik va psixologik xarakteristikasi. Pedagogik qobiliyat tarixidan ma‟lumki, pedagogik qobiliyat adabiyotda birinchi bo„lib, 19-asr o„rtalarida paydo bo„lgan. pedagogika nazariyasida o„qituvchilar tayyorlash va pedagogik perseptiv qobiliyatga A.Disterverg diqqat-e‟tibor berdi. SHunday qilib, A.Disterverg pedagogik qobiliyatning kuchiga, pedagogik taktga va qat‟iy erkinlikka ahamiyat berdi. U o„qituvchining bilim orttirishlik qobiliyatini ilgari surdi. So„ngra 19- asrning ikkinchi yarmida P.G.Redkin “Axloqiy qobiliyat” tushunchasini ilgari surdi. A.Disterverg, P.G.Redkin fikrlarini K.D.Ushinskiy davom ettirdi. K.D.Ushinskiy “Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo„li ishontirish, odam e‟tiqodiga esa faqat ishiontirish bilan ta‟sir qilish mumkin” – deydi. A.S.Makarenko fikricha, tasodifiy ravishda o„qituvchi bo„lib qolgan, lekin u bu ishga qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko„p o„qigan M.Gorkiyni o„zining ustozi deb uni asarlarini o„rganishga kirishgan. A.S.Makarenko o„z tajribasiga asoslanib, agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u o„ziga nisbatan talabchan bo„lsa, u yaxshi pedagog bo„lishi mumkin – deydi. Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo„lib, bir tekisda bo„lmay biri yuqori, biri o„rta va biri quyi darajada bo„ladi. Faqat aqli zaif insonda qobiliyatni uchrata olmaymiz. Maktab o„qituvchisining faoliyati inson shakllanishiga qaratilgan. Muvafaqqiyatli ishlash uchun har bir o„qituvchi pedagogik mahoratga ega bo„lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat qilib katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo„ladi, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa layoqat, zehn, iste‟dod inson asab tizimida anatomik – fiziologik xususiyat bo„lishi zarur. O„qituvchining ba‟zi psixik jarayonlari unda shaxsga xos sifatlarni shunday tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin. Bu qobiliyatni ayrim psixik xususiyatlardan iborat qilib qo„yish mumkin emas. Ta‟lim ishlarining muvafaqqiyatli bo„lishini pedagog shaxsiga xos bo„lgan bir qancha sifatlar, jumladan, uning irodasi, hissiyotlari, Xarakteriga xos bo„lgan bir qancha
xususiyatlarni ham ta‟minlab beradi. K.D.Ushinskiy “Faqat shaxs rivojlanishiga va tarkib topishiga ta‟sir qilishi mumkin, Xarakter ta‟siri bilan Xarakterni vujudga keltirish mumkin” – deb yozgan edi. Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyati yuzasidan layoqati va uning kasbini muvafaqqiyatli bajarishdagi sub‟ektiv shart – sharoitni ifodalovchi individual psixik xususiyatlari. Falsafa tarixida qobiliyat uzoq davrgacha “O„zgarmas irsiyat” nasldan – nasga o„tuvchi alohida kuch sifatida talqin etilgan. Bunday qarashlar dastlab fransuz filosofi J.Lokk va boshqa fransuz olimlari tomonidan tashkil qilingan. Qobiliyatni rivojlantiruvchi anatomik – fiziologik xususiyatlar tug„ma bo„ladi. Empatiya boshqa odamlarning psixik holtlarni tushunishni va ularga hamdardlik qilish qobiliyati (birgalikda dardlashmoq). Perseptiv qobiliyat – idrok jarayonining asosiy tuzilishi bo„lib, idrok ob‟ektlarini bilib olish va uning hotira obrazlari bilan solishtirishdan iborat.YA‟ni idrok etish bog„chadagi bolaning oldiga kubiklar qo„yilgan rasmlar qo„yib chiqadi. Odamlarni solishtirish obrazi. Didaktik qobiliyat – o„quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogika qonuniyati va uslublarini o„rganadi. Konstruktiv - o„qituvchining o„z ishini rejalashtira olish qobiliyati. Kommunikativ qobiliyat - boshqa odamlar bilan bo„ladigan muloqotni yaxshilaydigan va birgalikdagi faoliyatda psixologik qovushuvni ta‟minlaydigan qobiliyat. O„quvchi bilan o„zaro muloqotda bo„lish. Ba‟zan falon domla biz bilan yomon munosabatda bo„ladi yoki bo„lmaydi. Bilish qobiliyati – bilimni egallash va uni o„zlashtirishni ta‟minlaydi. Anglash (tushunish) qobiliyati – ayrim harakatlarni odam qiladi. O„zi anglab etib, ongli harakat qiladi. Ko„p sonli o„qituvchi, tarbiyachi, maktab direktori, o„quv ishlari bo„yicha direktor o„rinbosari va internat xodimlaridan qobiliyat haqida:
“SHaxsning qaysi sifatlarini Siz pedagogik qobiliyat deb hisoblaysiz?” – deb berilgan savolga 82 ta yozma javob olingan. Sifatlarni quyida keltiramiz: O„z ishiga muhabbat bilan ishlashga qiziqish. YUqori madaniyatli auditoriyani ishlata olish. O„tiladigan darsga qobiliyat, uni yaxshi bilishi, unga qiziqish. Pedagogik takt (go„zallik) ga ega bo„lish. Mehnatga qobiliyatli, mehnatsevarlik. Bolalar jamoasiga kirishib ketish qobiliyati. Bolalarga muxabbat. Mehanatga ijodiy yondashish. Javobgarlikni his qilish. Harakatchan (energiyalik). Tashkilotchilik qobiliyatlari. Tarbiyaga oid bilimlar yaxlitligi. O„qituvchi faoliyati yo„nalishlari quyidagi sohalarda aks etadi: G‘oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e‟tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish; ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash; ijtimoiy – siyosiy faollik.
qiziqish, pedagogik ishni sevish; ruhiy – pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik takt, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik; dilkashlik; talabchanlik; qat‟iyatlilik; maqsadga intilish; vazminlik; o„zini tuta bilish; kasbiy layoqatlilik.
intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish; pedagogik ma‟lumotlarni oshirishga intilish. O„zbekiston mustaqilligi e‟lon qilingan sana 1991 yil 31 avgust xalqimiz hayotida ulug„ voqealardan hisoblanadi. Endi xalqimiz o„zining boy tarixi, madaniyati, urf – odatlarini o„rganish, targ„ib qilish, o„zligini anglash imkoniyatiga ega bo„ldi. Bu voqeadan so„ng ko„p sonli o„qituvchilar jamoalari oldiga Vatan ravnaqi uchun hormay – tolmay xizmat qila oladigan, buyuk Vatan yo„lida o„z jonini ham ayamaydigan yoshlarni tarbiyalash vazifasi ko„ndalang qo„yildi. Bu vazifa oliy ta‟lim konsepsiyasida alohida ta‟kidlanadi. Bunda o„qituvchi – mutaxassis oldida turgan vazifalar quyidagicha belgilanadi: Pedagogik bilishga o‘qituvchining barcha harakatlar majmuiga qarab, ular uning pedagogik faoliyatiga bog„liq bo„lgan, xususiyatlardan va uning kasbiy fanlardan bilimdonligidan kelib chiqadi. Pedagogik bilish
O„qituvchiga xos bo„lgan bilimlarni o„qitish va tarbiya uslublarini yangi pedagogik sharoitda ham o„tkaza olish. Har bir pedagogik holat uchun yangi echimlarni topa bilish. Aniq pedagogik vaziyatlarda yangi pedagogik echimlarni va ideallarni taklif eta olish hamda yangisini echish uslublarini topa olish. O„qituvchining bilish qobiliyatini Markova g„oyasiga ko„ra 7 guruhga bo„lish mumkin: 1-guruh: pedagogik vaziyatdagi muammoni ko„ra bilish va uni pedagogik masalaga aylantira bilish. Bu holda masalani o„quvchiga moslay olish; pedagogik holatning o„zgarishiga qarab, maqsadni zudlik bilan vaziyatga tomon yo„naltira bilish; turli xil og„ir vaziyatlardan ham mohirona chiqib keta bilish. 2-guruh: a) nimani o„rgatish; b) kimni o„qitish; v) qanday o„qitish. a) o„quv fanining tayanch ideallarini fikr nuqtalariga ajrata olish, yangi sharoitlarni zamonaviy terminlar – atamalar, tushunchalardan foydalanib, o„quv fanini yangilash hamda turli-tuman axborotlarni (gazeta va jurnallar, radio va boshqalardan olingan ma‟lumotlarni) tahlil qila bilish, o„z fanini boshqa fanlar bilan bog„lay olish. b) kimni o„qitish, o„quvchilarning alohida ruhiy xolatlarini, bilimdonligini va ularning real imkoniyatlarini aniqlab, so„ng o„qitishga
o„tish; o„quv jarayonini tashkil qilishdan oldin o„quvchilarning talab va istaklarini hisobga olish. v) qanday o„qitish uchun har bir vaziyatni yaxshi anglab, har hil usullardan foydalanib o„qitish va hokazo. 3-guruh: pedagogik bilimdonlikning talabalar pedagogik, psixologik bilimlarini, yangi pedagogik tajribalarni bilish – bilmasligini bilgan holda, tinglovchilar va o„z mehnatini, o„zining tajribalarini baholab dars o„tish. 4-guruh: yuqori darajadagi muloqot uslublaridan foydalanish. Unga boshqaning dunyoqarashini bilish, uning shaxsiga to„g„ri munosabatda bo„lish va boshqalar kiradi. 5-guruh: bu asosan pedagogning o„z o„rnini bilgan xolda o„zining kasbiy o„rnini saqlay bilish, o„zining pedagogik qobiliyatini ishga solishi va o„stirish, o„zining emotsional holatlirini saqlay bilishi va hokazo. 6-guruh: o„z kasbi rivojlanish holatini bila olish, o„z individual stilini yaratish. 7-guruh: o„z o„quvchisining yil boshida va yil oxiridagi bilimlarini aniqlay olish, o„qitilganlikning alohida ko„rsatkichlarini topa bilish; o„qitilganlik va o„qitishning barcha tashkil etuvchilarini o„z vaqtida ishlab chiqa bilish. “Har kishida muloyimlik, xushmuamolalik bor bo„lsa, fayz, kamol topishidan o„zga ehtimol yo„q. Har kishi badf‟el bo„lsa, beobro„ bo„lishdan boshqa chora yo„qdir. Xushfe‟llik, muloyimlik hamma ne‟matlarning yaxshirog„idir” (Voiz al - Koshifiy) “Mutahassis malakasi – chuqur umumiy bilim, keng dunyoqarash va kasb tayyorgarligi, kompyuter bo„yicha savodxonligi, o„z bilimini tezlik bilan yangilash va to„ldira olish qobiliyati singari omillardan tashkil topadi... SHular qatorida uning intizomi, mas‟uliyat, ziyolilik va o„z bilimini o„z ishiga, mamlakati mustaqilligiga, Vatan va jahon taraqqiyoti yo„lida ezgulik va adolatga sadoqat tuyg„ularini ham tarbiyalash zarur.” Bu vazifa va talablar ayniqsa boshlang„ich sinf o„qituvchilarida to„la mujassamlangan bo„lishi lozim. Zero, maktabga ilk bor qadam qo„ygan bola hayot qonun-qoidalarini, sir asrorlarini o„qituvchidan o„rganadi. Agar bolani chuqur bilimli, e‟tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo„lsak, shu fazilatlar o„qituvchida mujassam bo„lmog„i zarur. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo„lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma‟lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo„lishi zarur. O„qituvchining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalari. Xolis hakamlar – tarbiyalanuvchilar. Manfaatdor ota-onalar, keng ommasining ko„z oldida bo„lishi lozimligi o„qituvchi shaxsiga uning ma‟naviy qiyofasiga yuksak talablarni taqdim qiladi. Eng avvalo, pedagog amaliy faoliyatining faqat yarmigina ratsional texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarmi bu - san‟at. SHu tufayli professional pedagogga taqdim qilinadigan dastlabki talab – unda pedagogik qobiliyatlar mavjudligi. Pedagog qobiliyati - bu bolalar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo„lgan muloqotdan mamnun bo„lish bilan ifoda bo„ladigan shaxs sifatlari. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo„ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o„qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste‟dod layoqat va zexn, ya‟ni inson asab tizimida anatomik – fiziologik xususiyat bo„lishi zarur.
o„qituvchining o„quvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish, vazifalar bo„lib berish, ishni rejalash, qilingan ishlarni jamlash, mahoratida namoyon bo„ladi. 2. Didaktikaga oid - o„quv material, ko„rgazmali qurollar, vositalarni yig„ib tayyorlab qo„yish, o„quv materialini aniq, ifodali va izchil bayon qilish, o„rganishga bo„lgan qiziqish va ma‟naviy, hissiy istaklarni rag„batlantirish, o„quv bilimini orttirish, faollashtirish mahoratida namoyon bo„ladi. 3. Perseptiv - tarbiyalanuvchilarning ma‟naviy dunyosiga singib, ularning emotsional holatini baholash, ruhiy xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon bo„ladi. 4. Kommunikativ – o„qituvchining o„quvchilar, ularning ota-onalari, hamkasblari, ta‟lim muassasalari rahbarlari bilan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq munosabatlar qurish mahoratida namoyon bo„ladi. 5. Suggestiv – o„quvchilarga emotsional ta‟sir ko„rsatishda namoyon bo„ladi. 6. Tadqiqiy - pedagogik vaziyat va jarayonlarni o„rganish va ob‟ektiv baholash mahoratida namoyon bo„ladi. 7. Ilmiy - o„rganish qobiliyatlari – tanlangan sohada ilmiy bilimlarni o„zlashtirish qobiliyatidan iborat. Pedagogik faoliyatning samarali bo„lishi uchun o„qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo„lmog„i va tarbiyalab etishtirilmog„i lozim:
Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatlar. Bunday qobiliyatga ega bo„lgan o„qituvchi fanni o„quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi. O„z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi. Tushuntira olish qobiliyati – o„quv materialini o„quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o„quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg„otish qobiliyati.
dunyosiga kira bilish qobiliyati, o„quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy xolatini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog„liq bo„lgan psixologik ko„zatuvchanlikdir. Nutq qobiliyati – nutq yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o„z fikr va tuyg„ularini aniq ifodalash qobiliyati. Bu o„qituvchilik kasbi uchun juda muhim.
uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o„z ishini to„g„ri uyushtirishni nazarda tutadi.
irodaviy ta‟sir ko„rsatish va shu asosda obro„ qozona olish. Obro„ faqat shu asosdagina emas, balki o„qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va hokazo. To‘g‘ri muomala qila bilish qobiliyati - bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazaridan juda samarali o„zaro munosabatlar o„rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
bilishda, o„quvchining kelgusida qanday odam bo„lishini tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchilarda qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan ayta olish. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – o„qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari – hajmi, kuchi, ko„chuvchanligi, idora qilina olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. Pedagogining amaliy faoliyatida barcha qobiliyatlar bir xil muhimlikka egamikan? Ma‟lum bo„lishicha, unday emas. So„nggi yillarda o„tkazilgan tadqiqotlar “etakchi” va “yordamchi” qobiliyatlarni ma‟lum qiladi. Etakchi qobiliyatlar – pedagoglar orasida o„tkazilgan ko„p sonli so„roqlarga ko„ra, pedagogik ziyraklik (kuzatuvchanlik), didaktik, tashkiliy, ekspressiv qobiliyatlardan iborat. Qolgan qobiliyatlar yordamchi qobiliyatlar qatoriga kiradi. O„qituvchi yuqorida ko„rsatilgan qobiliyatlardan tashqari, bir qancha kasbiy sifatlarga – aniq maqsadni ko„zlash, qat‟iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi sifatlarga ega bo„lishi kerak. Bunday xususiyatlar bo„lmasa, o„rta pedagogik darajasidan yuqoriga ko„tarila olmaydi. E’tiqod, odob, fuqarolik burchini anglash – o„qituvchining asosiy sifatlaridan birir. O„quvchilarga mehr – muhabbat o„qituvchining eng muhim fazilati. Bu o„quvchilarning hamma qilmishlarini kechirish, ularga hushomadgo„ylik qilish emas, balki talabchanlik va qattiqqo„llik, adolatlilik bilan qo„shilgan mehr – muhabbat bo„lib, ana shu sifatga ega bo„lgan shaxs o„zining ko„p vaqtini va kuchini o„quvchilar tarbiyasiga bag„ishlaydi. Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini anglash o„qituvchi shaxsiga xos sifat. Zero haqiqiy pedagog to„la ma‟nodagi jamoatchi bo„lib, bolalarga hayotda ijtimoiy faol xolatda turishning amaliy namunasini ko„rsatadi. O„qituvchining muhim fazilati – kishilar bilan tez kirisha olish, ko„pchilikka aralasha bilish, ulfatijonlik, dilkashli bo„lib, bu unda muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. CHunki o„qituvchiga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga ular bilan ishlashga to„g„ri keladi. Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda, o„quv – tarbiya jarayonida qulay munosabatlar yuritish uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli asoslar bo„luvchi pedagogning insoniy xislatlari muhim ahamiyatga ega bo„lmoqda. O„qituvchi uchun muhim hislat – insonparvarlik, ya‟ni o„sayotgan insonga oliy qadriyat kabi munosabatda bo„lish lozim. Insoniy munosabatlar o„qituvchining shaxsiga qiziqish, o„quvchiga nisbatan xayrixohlik, unga yordam berish, ularning gapiga quloq solmoq, uning o„quvchilik faoliyatiga yuksak talabchanlik, o„quvchi shaxsi rivojlanishiga tashvish qilishdan iborat. O„qituvchi doim faol, ijodkor shaxs. U o„quvchilarning kundalik hayotini uyushtiruvchi odam. O„quvchilarning qiziqishini uyg„otish, ularni o„zi bilan etaklab yurish faqat yuksak irodali kishi qo„lidan keladi. Sinf, auditoriya, o„quvchilar jamoasi kabi murakkab organlarga pedagogik rahbarlik qilish tarbiyachidan topqir, zehni o„tkir, savodli, har qanday vaziyatlarni mustaqil echishga doim tayyor bo„lishligini talab qiladi. Pedagog – o„quvchilarga o„rnak, o„z orqasidan yurishga unday oladigan odam. O„qituvchiga kasbiy jihatdan kerakli xislatlardan biri bu sabr-toqat va dadillik. O„qituvchining har qanday sarosimaga tushganini, nochorligini o„quvchilar sezishi va ko„rishi zarur emas. Bu borada A.S.Makarenko – “tormozsiz o„qituvchi – bu buzuq, haydab bo„lmaydigan mashina” – deb qayd qilgan. Buni hamisha esda tutish kerak, o„z harakati va axloqini nazorat qilishi
lozim. O„quvchilar tubanlashmasligi, arzimagan narsalarga asabiylashmasligik kerak. O„qituvchi Xarakterida qalbdan mehribonlik – o„quvchilar ruhiy holatini, ularning kayfiyatini sezishga imkoniyat beradigan va vaqtida yordamga kelish imkoniyatini beradigan o„ziga xos barometr. O„z tarbiyalanuvchilarining bugungi kun kelajaklari uchun xavotirlik – bu pedagogning tabiiy o„zining shaxsiy mas‟uliyatini anglash. O„qituvchi – talabchan bo„lishi shart. Bu uning muvafaqqiyatli ishlashining birinchi sharti. Dastlabki eng yuksak talablarni o„qituvchi o„ziga taqdim qilishi kerak, chunki o„zingda yo„q narsani birovlardan talab qila olmaysan. Pedagog talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham bo„lishi lozim. Pedagogik jarayonlarda bo„lib turadigan keskinliklarni xolis qilish uchun tarbiyachiga xazil mutoyiba tuyg„usi yordam beradi. “Quvnoq pedagog xo„mrayganidan ko„ra‚ yaxshiroq o„qitadi” deb‚ bekorga aytilmagan. Uning ko„lamida tayyor hazil, maqol, yaxshi, do„stona piching – ijobiy emotsional xolat yaratishga yordam beradi va o„quvchilarni o„zga vaziyatga kulgili tomondan qarashga imkoniyat beradi. Alohida pedagogning kasbiy nazokati haqida aytib o„tish joiz. Pedagogik nazokat - bu o„quvchilar bilan bo„lgan muloqotda me‟yorni (chegarani) bilish. Nazokat bu tarbiyachining bir joyga to‘plagan aqli, tuyg‘usi va umumiy madaniyati. Pedagog nazokatining mag„zi bu tarbiyalanuvchilarning shaxsiga bo„lgan hurmat. Tarbiyalanuvchilarni tushunish – o„qituvchilarni nazokatsiz muomalalardan saqlab qoladi va unga aniq vaziyatlarda ta‟sir etadi, tadbirlar tanlashda yordam beradi. Pedagogik etikada yaxshilik tushunchasi o„qituvchilik faoliyati bilan bog„liq holda aniqlashtiriladi. Unda o„qituvchi va o„quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, o„qituvchi va o„quvchi maqsadining birligi, ta‟lim – tarbiya samarasi uchun kurashining birligi aks etadi. SHaxs axloqini Xarakterlaydigan belgilardan biri – mas’uliyat. O„qituvchi mas‟uliyati –mas‟uliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagani holda‚ o„qituvchining faoliyati va ta‟lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini o„z ichiga oladi. O„qituvchi shaxs zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish mas‟uliyati yuklanadi. O„qituvchi – o„quvchiga chuqur nazariy bilim berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. SHu bilan birga u o„quvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni payqab, individual munosabatda bo„lishi, unda mavjud bo„lgan ijobiy-axloqiy sifatlarni avaylab o„stirishi darkor. SHunday qilib, pedagogik odobga ega bo„lgan o„qituvchi o„quvchilar orasida obro„ qozonadi. O„qituvchi qanchalik ko„proq obro„ qozonsa, ta‟lim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvafaqqiyatliroq bo„ladi. Aksincha, o„qituvchi obro„yi qanchalik past bo„lsa, uning bolalarga ta‟siri shuncha bo„sh va o„quvchilarni voyaga etkazish jarayoni ham shuncha zaif bo„ladi. Ijodiy ishlaydigan o„qituvchi faqatgina bolalarni muvafaqqiyatli o„qitish va tarbiyalash, ilg„or o„qituvchilar ish tajribalarini o„rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko„nikma va malakalariga ham ega bo„lishi zarur. Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti o„qituvchining ijodkor bo„lishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini o„quvchilarga etkaza olishi, nihoyat o„quvchilarni ham ijodiy fikrlashga tadqiqot ishlariga o„rgata olishni talab qiladi. SHuning uchun o„qituvchi‚ eng avvalo‚ tadqiqotchilik malakalarini egallashi zarur. O„qituvchi ilmiy tadqiqot ishlari olib borish davomida omillarni to„playdi, tahlil qiladi, ular asosida xulosalar chiqaradi. U fan xulosalaridan o„zining amaliy faoliyatida foydalanish jarayonida hozirgi zamon o„qituvchisi uchun zarur bo„lgan juda muhim fazilatlarni egallaydi. O„qituvchi qobiliyatida pedagogik qobiliyat o„rni va ahamiyatini umumiylashgan holda‚ o„qituvchilar shaxsiga qo„yiladigan asosiy talablar asosida tushunib olish mumkin. Ular kasbiy bilimdonlik, intelegentlik, ma‟naviy barkamollik. Hozirgi davrda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish keskin kuchaygani uchun ham o„qituvchiga va o„quvchiga turli-tuman axborot texnologiyalari bilan ishlashga to„g„ri kelganligidan ularning asosiylarini yuqori bilim va aql-idrok bilan ajratib olish zarur. SHuning uchun o„qituvchilar mehnati va bilimini tashkil qilish uchun quyidagilar zarur. Pedagogning birgina axborot texnologiyalari muhitida ishlashga tayyorgarligini tashkil etish. Bu muammoni axborot texnologiyalarini bilish va ulardan o„quv jarayonida foydalanish ma‟nosida qarash mumkin. Pedagogning fikrini jamlash, vaqtini tejash hamda o„qitish metodikasini tashkil etishga imkon beruvchi yagona axborot tizimiga yaqinlashtirish. Axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta‟lim berishga tayyorlanish va o„tish. Bunday o„tish o„quv kurslarini axborotli telekompyuterli holatga o„tkazishni ko„zda tutadi. Birlashgan axborot hajmidagi o„quv jarayonining dasturiy–uslubiy ta‟minlashini tayyorlash. SHunday qilib, universitetning bo„lajak pedagoglari aniq fanlarni o„qitishda kompyuterdan foydalanish malakalarini oshirishi va bilishi zarur. Ta‟limdagi xalqaro tendensiyalarning, xususan‚ kasbiy pedagogikadagi tahlili o„qituvchining ham kasbga oid va ham shaxsiy sifatiga nisbatan talablarning keskin ortishiga olib kelmoqda: A) ta‟lim sifatining o„qituvchi kasbiy bilimdonligi yuqorilashib borishi zarurligini ko„rsatadi; B) o„qituvchilarga ko„plab ilmiy va ijodiy masalalarni qo„yish va echishlarga to„g„ri kelmoqda, bu esa o„qituvchi ilmiy va ijodiy xususiyatlarining ortib borishiga olib keladi. SHunday qilib, kelajak o„qituvchining uzluksiz ijodiy shaxsga aylanishi zarurligini ko„rsatadi; V) murakkablashib borayotgan tarbiya o„qituvchidan yuqori darajadagi intelegentlikni va ruhiy – ma‟naviy xulqning ortib borishiga talabqilmoqda. G) XXI asr o„qituvchidan o„qitish va tarbiyaning ilg„or texnologiyalaridan va ajdodlarimiz bitiklaridan doimo foydalana borishini talab qilmoqda.
Download 260.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling