Mustaqil ish mavzu: “mikroiqtisodiyot” fanining dolzarbligi va o’qitish strukturasi
Download 32.78 Kb.
|
Mikroiqtisodiyot
MUSTAQIL ISH MAVZU: “MIKROIQTISODIYOT” FANINING DOLZARBLIGI VA O’QITISH STRUKTURASI Bajardi:
“MIKROIQTISODIYOT” FANINING DOLZARBLIGI VA O’QITISH STRUKTURASI Reja:
2. Fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari 3. Talab va taklif tahlili asoslari Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning xo’jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitdagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo’llarini va shu asosda samarali faoliyat yuritishlarini tadqiqi qilish fanninig dolzarbligini belgilaydi. Demak, yuqorida ta‘kidlangan masalalarni hal etishda hamda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko’lamini kengaytirish bilan bog‗liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o’rganishda ―Mikroiqtisodiyot‖ fanining ahamiyati beqiyosdir. Bu fan iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi bo’lib, u firmalar, uy xo’jaliklari va bozor iqtisodiyotining quyi qismida harakat qilayotgan barcha iqtisodiy sub‘ektlarning faoliyatini keng miqyosda tahlil etish asosida tegishli xulosalar chiqarib, asosli qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi. ―Mikroiqtisodiyot‖ ayrim firmalar va iste‘molchilar faoliyatini o’rgangan holda, sanoat tarmoqlari va bozorlar qanday faoliyat ko‗rsatishini, bularning faoliyatiga boshqa mamlakatlardagi iqtisodiy sharoit va xukumat siyosati qay yo’sinda ta‘sir etishini ochib beradi. Bozor iqtisodiyoti sub‘ektlari faoliyatini tahlil etishda ularning faoliyatiga bevosita ta‘sir etuvchi talab va taklif, foydalilik va iste‘molchilarning bozordagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona foydalanish yo’llari, umumiy muvozanat masalalarini o’rganishni istayotgan talabalar uchun ushbu fan juda ko‗l keladi. Biz bu qo’llanmani mikroiqtisodiyotning tobora yetakchi o’rin egallab borayotgan sohalariga talabalarda qiziqish uyg’otishga ishongan holda yozdik. Mikroiqtisodiyot rivojlanib boruvchi va o’rganishga arzigulik fan ekanligini talabalarga ko’rsata bilish zarur, zero talabalar mikroiqtisodiyot xulosalarini o’zlashtirib, ularni hayotga tadbiq etishni bilishlari lozim. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ―Tarmoqlar iqtisodi‖ kafedrasi professor-o’qituvchilari bu o’quv kursining nazariy va amaliy ahamiyatidan kelib chiqqan holda uning dasturini ishlab chiqdilar, ilmiy maqolalar va ilmiy ommabop asarlarni e‘lon qildilar. Shuning bilan bir qatorda, to’plangan tajribalarni umumlashtirib borish asosida dasturni mamlakatimiz taraqqiyoti va o’quv ishlarni rivojlantirib borish zaruriyatidan kelib chiqqan holda kuchaytirib borish, uni takomillashtirishga ehtiyoj ham ortib bormoqda. ―Ta‘lim to’grisida‖ va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ qonunlarini ta‘lim tizimlariga tola joriy etishni ta‘minlash, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashda ―Mikroiqtisodiyot‖ fanining ham fundamental fan sifatida o’rni benazirdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol amalga oshirilayotgan islohorlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma‘naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an‘analarimizning saqlanishi, madaniyat va san‘at, fan va ta‘lim rivoji bilan uzviy bog‗liqdir‖. Download 32.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling