Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 369.65 Kb. Pdf ko'rish
|
matematika talimini insonparvarlashtirish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI “5110100-MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI” TA’LIM YO’NALISHI K U R S I SH I Mavzu: Matematika ta‘limini insonparvarlashtirish . BAJARDI: MO‘M 304- guruh talabasi Pardayeva Maftuna ILMIY RAXBAR: MO‘M kafedrasi professor v.b. Yunusova D 2
1.1 Tarixiy malu‘motlar asosida ta‘limni insonparvarlashtirish………....8 1.2 Innovatsion metodlar asosida ta‘lim jarayonini insonparvarlashtirish………………………………………………………...12 II bob. Tarixiy ma’lumotlar asosida uzluksiz matematika ta’limini insonparvarlashtirish. 2.1 Umumiy o`rta ta`lim maktablari matematika fanlarini o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari………………………….15 2.2 O`rta maxsus, kasb-hunar talimida matematika fanlarini o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari…………………………..17
shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari…………………………………..19 3.2 O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi matematika fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari…………………………………..21 Xulosa……………..;………………………………………………….........23 Lug’at……………………………………………………………………….24 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………27 3
KIRISH
milliy demokratik nuqtai nazardan yondashib quyidagicha ta‘rif bergan edi: ―Ta‘lim O‘zbekiston xalqi ma‘naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodlarning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi‖. Islom Karimov (O‘zbekistonning o‘z istiqlol va tarraqiyot yo‘li.—T, ‖O‘zbekison‖, 1994 yil, 78 bet). Ta‘kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta‘limning yangi-yangi modellari yaratilmoqda. Uning nazariy asoslari ilmiy-amaliy ko‘rsatib berilmoqda. Ilmiy-amaliy ko‘rsatish o‘quv jarayonlarini texnologiyalashtirish bilan chambarchas bog‘langardir. Hammamizga ayonki, ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa turli sohalar bilan bir qatorda, madaniyat sohasiga, ijtimoiy-gumanitar bilimlar sohasiga ham yangi-yangi texnologiyalarni joriy etishni taqazo etmoqda. Mustaqillik yillarida Respublikamiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-madaniy hayotida ulkan o‘zgarishlar yuz berdi, samarali yutuqlarga erishildi. Eng muhimi kishilar ongi tafakkuri o‘zgardi. Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida odamlarimizning shaxsiy va umummilliy maqsad mushtarakligi, g‘oyaviy birlikka intilish hisssi kuchaydi. Xalqimiz o‘z taqdirining chinakam egasiga aylandi. O‘ziga xos milly, ma‘naviy ruhiyat va madaniyatning sohibiga aylandi. 4 Respublikamizda taraqqiyotning bosh mezoni sifatida barkamol avlod tarbiyasiga alohida e‘tibor berildi. ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonunning takomillashgan, jahon andozalariga mos keladigan varianti yaratildi. ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ ishlab chiqildi va ular boshqichma- bosqich turmushga tadbiq etila boshlandi. Asosiy e‘tibor yuqori darajadagi umumiy-kasbiy madaniyatga, ijtimoiy faollikka, mustaqil fikirlashga turli vazifalarni qiyinchiliksiz yecha olish qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tarbiyalashga qaratildi. ―Kadrlar tayyorlash milly dasturi‖ni amalgam oshirishning aniq vazifalaridan biri – ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta‘minlash qat‘iy rejalashtirildi. Shu munosabat bilan universitetlar, institutlar, yangi tipdagi ta‘lim- tarbiya muassasalari – kollej, litseylarda tahsil olayotgan bo‘lajak mutaxassislarni ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularning nazariy, amaliy asoslari bilan tanishtirish ehtiyoji mavjud bo‘lgan hozirgi kunda o‘zbek tilidagi darslik, qo‘llanma va uslubiy ishlanmalar yaratildi. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ruyobga chiqarishni har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta`lim va kasb- hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini xis etadigan fuqarolarni nazarda tutadi. Shaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyotining, ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Fuqarolari komil insonlar bo`lgan mamlakat istiqboli parloq bo`ladi.
5 Shaxs davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega. Shu bois har qanday davlat o‘z fuqarolarining yashash, mehnat qilish, shuningdek, iqtidorli va salohiyatini ruyobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko`ra ijodiy xarakterga ega. Ma`lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug`iladi.O‘qituvchilik faoliyati ana shunday xususiyatga ega. Pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan bog`liq. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyoqarashi, e`tiqodi, ongi, xulq- atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni yechish jarayonidir. O`qituvchi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni yechish usullarida, ularni hal qila olish yo`llarini qidirib topa bilishlarida ifodalanadi. Pedagogik ijodkorlik manbai — bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba- muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilg`or pedagogik tajriba deganda biz o`qituvchining o‘z pedagogik vazifasiga ijodiy yondoshishini, o`quvchilarning ta`lim-tarbiyasida yangi, samarali yo`l va vositalarni qidirib topishini tushunamiz. Ilg`or pedagogik tajriba o`qituvchi tomonidan qo`llaniladigan ish shakli va usullari, uslub va vositalaridir. Ular vositasida o`quv-tarbiyaviy ishlarda eng yuqori natijalarga erishiladi. Ilg`or pedagogik tajribani o`rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o`quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o‘zgarishlar kiritadi, o`quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish,yangi ko`rinishdagi o`quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo`ladi. Ijodiy ishlaydigan o`qituvchi faqatgina muvaffaqiyatli o`qitish va tarbiyalash, ilg`or o`qituvchilar ish tajribalarini o`rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ham ega bo`lishi zarur. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o`qituvchining ijodkor bo`lishini, fanning muhim
6 muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini o`quvchilarga yetkaza olishi va nihoyat o`quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o`rgata olishini talab qiladi. Kurs ishining maqsadi: Talabalarda matematika ta‘limini insonparvarlashtirishni o‘ziga xos xususiyatlarini shakillantirish. Kurs ishining predmeti: O‘quvchilarda matematika ta‘limini o‘ziga xos xususiyatlarini insonparvarlashtirish. Kurs ishining obyekti: Umumiy o‘rta ta‘lim va O‘rta maxsus ta‘lim tizimi jarayoni. Kurs ishining vazifasi: 1. Mavzuga doir maba toppish, rejani shakllantirish; 2. Tarixiy malu‘motlar asosida ta‘limni insonparvarlashtirishni o‘rganish; 3. Innovatsion metodlar asosida ta‘lim jarayonini insonparvarlashtirishni tahliliy o‘rganish; 4. Umumiy o`rta ta`lim maktablari matematika fanlarini o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari. 5. O`rta maxsus, kasb-hunar talimida matematika fanlarini o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari. 6. Umumiy o`rta ta`lim maktablari matematika fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari. 7. O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi matematika fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari.
7 8. O‘rganilgan mavzu bo‘yicha xulosa chiqarish; 9. Kurs ishini jihozlash, himoyaga tayyorlash. Kurs ishining tuzilishi: kirish, 3 bob, 6- paragraf, хulosа va foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаtidаn iborаt bo‘lib jаmi 30 bеtni tаshkil qilаdi.
8
muammolari 1.1 Tarixiy malu’motlar asosida ta’limni insonparvarlashtirish Matematika ta‘limini insonparvarlikka yo‗naltirish - bu zamonaviy ta‘lim tizimining voqeligidir. Matematika ta‘limini insonparvarlikka yo‗naltirish, ta‘limning bu sohasini isloh qilishning asosiy tamoyillardan biri bo‗lib, matematika o‗qitish nazariyasi va metodikasida dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Matematikadan ta‘lim jarayoniga insonparvarlik nuqtai nazaridan yondoshish doimo shaxs istiqbolini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu sohada gumanitar fanlarning imkoniyatlari cheksiz, chunki o‗quv predmetlarining mazmuni insonparvarlik g‗oyalari bilan sug‗orilgan. Gumanitar fanlarda «ixtisoslashtirish-insonparvarlik-madaniylashtirish» tizimi vujudga kelgan. Bu tizimni mazmunida ta‘limning asosiy e‘tibori kasbiy-ixtisoslik jihatlariga qaratilgan. Matematika fanini rivojlanishini asoslari, boshqa fanlarini rivojlanishi kabi, insoniyat faoliyatining amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Fanning rivojlanishi bu ishlab chiqarishning shakllanishi bilan asoslanadi. ‖Matematika, boshqa fanlar kabi, odamlarning amaliy ehtiyojlari natijasida vujudga keldi, bular: yer maydonining yuzalarini o‘lchash, idishlarning sig‗imini o‘lchash, vaqtni o‘lchash va mexanikaning elementlaridir‖. F.Engels, Andi Dyuring haqiqatdan ham matematikaning turli bo‘limlari real dunyoning fazoviy formalarini va miqdoriy munosabatlarini o‘rganishda o‘zining metodlarining turli tumanligi bilan ajralib tursada, yagonaligi va umumiyligi bilan yaxlit birlashtirib turadi. Matematika fanining mazmuni quyidagicha: 1) uning rivojlanish jarayonida yig‗iladigan - faktlar; 9 2) faktlar asosida ilmiy tasavvurning shakllanishi-gipoteza. O‘z o‘rnida bu tajriba orqali tekshiriladi; 3) faktlar va tajribalar natijalarini umumlashtirish hamda ularni nazariya va qonunlar ko‘rinishiga keltirish; 4) nazariya va qonunlarni o‘rganish, matematikani o‘rganishni xarakterlaydigan umumiy yo‘nalishlarni ifodalovchi metodologiyani yaratish. Bu elementlar doimo o‘zaro aloqadorlikda va rivojlanishdadir.Ana shu aloqadorlikni va rivojlanishni o‘rganish bizlar qanday tarixiy davrga olib borishni aniqlash ro‘yobga kelish sabablarini aniqlash - aynan mana shu matematika tarixining predmetini ifodalaydi. Shuning uchun matematika tarixi matematikaning rivojlanishining qonunlarini o‘rganuvchi fandir. Yo‘qoridagi aytilganlarga asosan matematika tarixi quyidagi masalalarni hal qilishi kerak:
Birinchidan matematikani fan sifatida rivojlanishining haqiqiy mazmuni yoritilishini .Bularda matematikaning metodlari, tushunchalari va fikrlari qanday paydo bo‘lganligi, ayrim matematik nazariyalar tarixan qanday dunyoga kelgani yoritilishini, xalqlarda ma‘lum tarixiy davrlarda matematikani rivojlanishini xarakteri va xususiyatlarini aniqlashni barcha zamondagi ulug‗ olimlarning qo‘shgan hissalarini yoritishni hal qilish.
Ikkinchidan matematika tarixi matematikani turli-tuman aloqalarini ochishi, jumladan: matematikani odamlarning amaliy ehtiyojlari va faoliyatlari bilan aloqasini, boshqa fanlar rivojlanishi bilan aloqasini ochish, jamiyatning sotsial va iqtisodiy strukturasiga va sinfiy kurashlarga ta‘sirini ochish, xalqlarning olim individining, olimlar kollektivining rolini ochishdan iborat.
10
Uchinchidan matematika tarixini o‘rganish hozirgi zamon matematikasini mantiqiy mazmunini, rivojlanish dialektikasini va kelajagini to‘g‗ri tushunishga yordam berishi kerak.
Matematika juda qadimgi fanlardan biri bo‘lib dastlabki bosqichlarda o‘zaro muomala va mehnat faoliyatlari asosida shakllana boshladi. Matematika mustaqil fan sifatida vujudga kela boshlaganda uning bundan keyingi rivojlanishiga matematik bilimlarning o‘zi ham ta‘sir e‘ta boshladi.
Shulardan ba‘zilarini qayd etib ketaylik. 1) N‘yutonning (differensial va integral xisobining ilk qadamlari) funksiyalarni hisoblash usuli darhol mexanikani masalalarini hal qilishni umumiy metodi darajasigacha ko‘tarildi.
2) Lagranj algebraik tenglamalarni radikallarda hal qilish muamosini izlaganda tenglama ildizlarini ―gruppalash masalalarini‖ qaragan edi. Keyinroq esa E.Galua gruppalar nazariyasini rivojlantirib, yuqoridagi muamosini hal etdi. So‘ng XIX asrda A.Keli gruppaga ta‘rif berdi. S.Li esa uzluksiz gruppalar nazariyasini yaratdi.1890 yilda E.S.Fedorov gruppalar nazariyasi kristollografiyaga tatbiq etdi. Hozirda esa gruppalar nazariyasi kvant fizikasining ilmiy quroliga aylangan. Bulardan ko‘rinadiki matematika nafaqat o‘z-o‘zini rivojlantiradi, balki boshqa fanlarning rivojlanishiga va aksincha boshqa fan yutuqlari asosida o‘zi ham rivojlanadi. Matematika metodlarini tabiiy fanlarga tatbiqi;
1) U yoki bu hodisani mazmuniga mos keluvchi matematik masalani bayon etish, ya‘ni matematik modelini vujudga keltirish va uni yechishning metodini topish; 11
2) Matematik modelni yechish va uning forma va metodlarini takomillashtirish va mantiqiy kamolotga intilish;
So‘ngi yillarda fan va texnikaning jadal rivojlanishi (kibernetika, hisoblash tehnikasi) ekonomika, boshqarish sistemasi, psixologiya, meditsina va boshqa sohalarda matematikaning roli yanada kuchayib ketdi. Matematika tarixi matematikaning rivojlanish jarayonida ko‘pdan – ko‘p yorqin dalillar bilan bir qatorda qorong‗u zulmat davrlarini boshidan kechirganligidan dalolat beradi. Faqat ayrim olimlarning katta jasoratigina fanni ilgari siljishi uchun imkoniyatlar yaratib bergan. Jumladan: Kopernik va Galiley, Ulug‗bek qismatlari yoki XVII asrda Leybnits va Nyuton asarlarida cheksiz kichiklar haqida ma‘lumotlar paydo bo‘lishi bilan Episkok Berklining qattiq tanqidiga uchradi. Yoki limitlar nazariyalar XIX asr oxiriga qadar qattiq tortishuvlarga sabab bo‘lib keldi. Hatto Koshining ishlari ham bunga barham bera olmagan edi. Yoki N.I.Lobachevskiy ishlari o‘limidan so‘ng XIX asr oxirida tan olindi. Matematikani sotsial-iqtisodiy sohalarga ta‘sirini chuqurroq ko‘ra-bilish uchun uning tarixini turli ijtimoiy formatsiyalar bilan birgalikda qarash kerak. 12
1.2 Innovatsion metodlar asosida ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish. Davlat ta‘lim standartlarida uzluksiz ta‘lim tizimining xar bir mustaqil ta‘lim turi boshqa ta‘lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizlik va uzviylik tamoyilligi asoson bog‘lanishi ko‘zda tutilgan. Shu o‘rinda har bir ta‘lim turi va bosqichi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, oldingisidan keyingisiga o‘tishda ta‘lim jarayoni samarali kechishi uchun o‘qituvchi va o‘quvchidan alohida tayyorgarliklarni talab etishi aniq. Bunday muammolar asosan o‘rta maxsus, kasb-xunar va oliy ta‘lim muassasalari o‘rtasidagi ta‘lim mazmuni va jarayonini tashkil etishdagi uzluksizlik va uzviylik masalasini hal etishda mavjuddir. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi uzluksiz ta‘lim tizimida va shaxsning shakllanishida muhim o‘rin tutib, o‘quvchilarni ijtimoiy hayot hamda mehnat faoliyatiga tayyorlaydi, shuningdek, navbatdagi ta‘lim bosqichida bilim olishini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirishni ta‘minlaydi. Ma‘lumki, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi o‘quvchilar tomonidan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar bilan bir qatorda umumta‘lim fanlari asoslarini o‘zlashtirishni ham nazarda tutadi. Bilimlarni puxta o‘zlashtirish uchun o‘quvchilarda tanqidiy tafakkur, mantiqiy xotira va ijodiy tasavvurni muntazam rivojlantirib borish lozim. Bu borada matematika fani katta imkoniyatlarga ega. Shunday ekan, matematika fanini izchil, bosqichma- bosqich va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o‘rganish o‘quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. Respublikada matematika fani asoslari turli bosqichlarda faoliyat yuritayotgan ta‘lim muassasalarining ta‘lim mazmuniga mos ravishda
13
o‘quvchilarning psixologik va pedagogik xususiyatlariga muvofiq muayyan kurslarlar doirasida o‘rgatiladi. Ta‘lim turlari orasida o‘zaro aloqadorlik, bog‘liklik va izchillikni o‘rnatish fanlar (predmetlar), boblar, mavzular, o‘quv materiallari orasida uzviylikni ta‘minlash asosida amalga oshiriladi. Binobarin, matematika fani asoslarini yorituvchi kurslar o‘rtasida uzviylikni ta‘minlash, o‘quv materiallarini turli bosqich ta‘lim muassasalari o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos holda tanlash, ularning muayyan mantiqiy ketma-ketlik, fanlararo uzviylik hamda izchillik asosida joylashtirish, o‘quv jarayonida uzviylik tamoyilining yetakchi o‘rin tutishiga erishish va bu holatni pedagogik jihatdan asoslash muammosini yuzaga keltiradi. Shuni aytish kerakki matematika ta‘limning insonparvarlashuvida, shaxs ehtiyojini qondirilishi, savodxonligini oshirish, is‘tedodini to‗la namoyon qilishi, ma‘naviy-madaniy fazilatlarini shakllantirish uzviyligi ta‘minlanadi. Bunda quyidagi shartlarni amalgam oshirish maqsadga muvofiqdir: 1. Matematika ta‘limi jarayonida va darsdan tashqari mashg‗ulotlarda ta‘lim oluvchilarda insonparvarlikni shakllantirish omillarini takomillashtirish; 2. Maktabda matematika ta‘limining insonparvarlashuvi natijasi–o‗quvchi egallagan bilimlarning sifati va DTS talablari asosida o‗zlashtirganlik darajasini aniqlash, o‗quvchining intellektual faoliyatini rivojlantirish. Ushbu sohadagi yo‗nalishlar psixologiya-pedagogika fanlari mazmun mohiyati bilan bir qatorda matematika ta‘limining ilmiy, tarixiy, ma‘naviy- madaniy, estetik mazmun bilan to‗ldirilishini taqozo etadi. Bunday to‗ldirish, birinchidan, matematika ta‘limining zamonaviy ijtimoiy-madaniy, ilmiy va tarixiy taraqqiyot muammolari bilan bog‗lanishini; 14
ikkinchidan, matematika ta‘limi jarayonida o‗quvchilarning matematik tafakkuri shakllanishini nazarda tutadi. Bu o‗z navbatida matematika fani o‗quv kurslari yo‗nalishi va mazmunini ma‘lum darajada isloh qilishni talab etadi;
uchinchidan, o‗quvchilarning ilmiy, madaniy, ma‘naviy, tarixiy, milliy qadriyatlarini egallab olishlariga doir ta‘lim va tarbiyadan tashqari faoliyatini uzluksiz va uzviy holatda uyg‗unlashtirish, o‗quvchilarning insonrarvarlik tayyorgarligi markazi sifatida amalga oshiruvchi aniq yo‗llar va vositalarning zamon talablari asosida ilmiy metodik jihatdan takomillashtirishni taqozo etadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da: «Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‗zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy , ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiriluvchi ustivor sohadir»- deb e‘tirof etilib ta‘lim muassalarida o‗qituvchi va o‗quvchi faoliyati alohida- alohida ko‗rsatilgan.
15
II bob. Tarixiy ma’lumotlar asosida uzluksiz matematika ta’limini insonparvarlashtirish. 2.1 Umumiy o`rta ta`lim maktablari matematika fanlarini o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari. Xalq ta‘limi rivojlanishidagi hozirgi davr – muhim davrlardan bo‗lib bu ―ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, vazirlar maxkamasining 1998 yil 13 may ―Umumiy o‗rta ta‘limni tashkil etish to‗g‗risida‖gi 203-qarorini hayotga tadbiq etish va singdirishdan iboratdir. Ma‘lumki, matematika moddiy dunyoning ob‘ektlarini o‗rganadi, lekin boshqa fanlardan farqli o‗laroq, uning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllari asosiy ob‘ekt sifatida qaraladi. Mamlakatimizning maktabgachata‘lim, umumiyta‘lim, maktabdan tashqari ta‘lim muassasalarida bilim va ko‗nikmalar barobarida yosh avlod qalbida tariximizga, qadriyat va an‘analarimizga hurmat, milliy istiqlol g‗oyalariga sadoqat tuyg‗ularini shakllantirish, farzandlarimizni fidoyilik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e‘tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonda majburiy, bepul, muddati 9 yildan iborat bo‘lgan umumiy o‘rta ta`lim mavjud bo‘lib, u boshlang‘ich (1-4- maktab sinflari) va o‘rta (5-9- maktab sinflari) ta`limga bo‘lingan. 16
Boshlang‘ich ta`lim umumiy o‘rta ta`lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim va malakaning, savodxonlik asoslarining shakllantirilishiga yo‘naltirilgan. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta`lim O‘zbekistonda majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga yetgan barcha bolalar umumiy yoki maxsus (nogiron bolalar va rivojlanishdan orqada qolgan bolalar) boshlang‘ich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlang‘ich ta`limga jalb qilish mos keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil qiladi. Bola boshlang‘ich maktabni tugatar ekan, u o‘qish, yozish va hisoblash mahoratiga ega bo‘lishi kerak. O‘quvchiga nazariy fikrlash elementlari, o‘rgatilgan harakatlarni boshqarish mahorati singdiribboriladi. Umumiy o‘rta ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba 17
poydevorini qo‘yib, boshlang‘ich professional yo‘nalishni va ta`limning keyingi pog‘onasini tanlashda ko‘maklashdi. 2.2 O`rta maxsus, kasb-hunar talimida matematika fanlarini o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari. Matematika ta‘limi jarayonida o‗quvchilarda insonparvarlikning shakllanganligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ustivorligini anglab, matematika fani taraqqiyotida inson tafakkuri munosabatlari uyg‗unlashuvidagi ijodiy bilimlardan o‗z o‗rnida samarali foydalanish bilan belgilanadi. Matematika darslarini «insonparvarligi» tamoiyli bilan o‗quvchi va o‗qituvchi shaxsiga yo‗naltirilgan ta‘lim jarayonini tashkil etish sohasidagi o‗z ilmiy-metodik qarashlarimizni bayon qilishga xarakat qildik. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta‘limni insonparvarlashuvi- inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta‘limga nisbatan bo‗lgan turli-tuman ehtiyojlarini qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustivorligining ta‘minlanishi, inson, jamiyat va atrof muhit o‗zaro munosabatlarining uyg‗unlashuvi – deb ta‘kidlangan. Bugungi kunda maktabda ta‘lim olayotgan yosh avlod zimmasiga buyuk davlat, ozod va obod, farovon jamiyat qurish ma‘suliyati yuklatiladi. Mana shunday ma‘suliyatni bajarishga tayyor bo‗lgan barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirish uchun maktablarda matematika ta‘limini insonparvarlashuvi bir qator tamoyillar asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida matematika ta‘limi jarayonida o‗quvchilarda insonparvarlikni shakllantirish tamoyillari: -matematika ta‘limi jarayonida o‗quvchining ko‗p qirrali faoliyat ko‗rsatishi, individual qobiliyatlarini namoyon qila olishiga imkoniyat yaratish;
18
-ta‘lim jarayonida klassik va hozirgi zamon matematikasining ilmiy, falsafiy mohiyatini, rivojlanish dinamikasini o‗qituvchi puxta bilishi va o‗quvchilarga etkaza olishi; -matematikadan ta‘lim jarayoniga DTS talablari asosida mantiqiylik bilan tarixiylik birligini amalga oshirishgan holda tarixiy materiallarni tanlash mezonlari ishlab chiqish va qo‗llash; -matematikadan o‗quv dasturlarini yagona va darsliklarning muqobil bo‗lishi, darslikdagi materiallari o‗quvchilarning ijodiy faoliyat ko‗rsatishiga, mustaqil fikrlash ko‗nikmalarini shakllantirishga yo‗naltirilganligini ta‘minlash; -matematikadan ta‘lim jarayonini insonparvarlashuvi o‗quvchining individual va tabaqalashtirilgan ta‘lim olish yo‗lini tanlashga imkoniyat yaratilishiga yordam berishi lozim. Noan‘anaviy darslarda mavzuga taalluqli bo‘lgan barcha tushunchalar, bog‘lanishlar ko‘rsatiladi. Ayniqsa, matematikadan umumlashtiruvchi va takrorlovchi darslarda katta imkoniyatlar mavjudigini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa, o‘quvchining ushbu mavzuni to‘liq, bir butun, yaxlit, tizimli o‘zlashtirishiga yordam beradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan o‘qitishning samarali usullarni tanlash, ularni didaktik loyihalash mashg‘ulotlar samaradorligini ta‘minlabgina qolmasdan, ta‘lim mazmunida uzviylikni yuzaga keltiradi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limida esa, qayd etilgan omillar sirasiga ta‘lim muassasaning qanday ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashi qo‘shiladi. Aynan shu sababli, matematika fanining boshqa fanlar bilan mazmunan uyg‘un bo‘lishiga erishish zaruriyati yuzaga keladi. 19
III bob. Innoovatsion metodlar asosida uzluksiz matematika ta’limi jarayonini insonpaevarlashtirish 3.1 Umumiy o`rta ta`lim maktablari matematika fanlarini o’qitishda shaxsga yo’naltirilgan o’qitish metodlari Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismi «shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalgam oshiruvchi»si ekanligi ko'rsatilgan. Bu esa ta'lim tizimini isloh qilishni, doimo takomillashtirishning istiqbolli yo'nalishidir. Uzoq vaqt hukum surgan «ta'lim-ta'lim uchun» tamoyili ta'lim-tarbiyaning ming-ming yillik predmeti yoshlarni hayotga tayyorlash, yashashga tayyorlash, o'zligini anglashdan chalg'itdi. Ta'lim- tarbiyani byurakroitlashuvi, maktabni jamiyatdan, o'quvchini maktabdan o'qituvchidan begonalashuviga olib keldi. Natijada, yoshlarni manqurtlashtirish, buyuk imkoniyatlarga ega bo'lgan mamlakatni iqtisodiy nochorlik, yoshlarni sarson-sargardonligi holati yuzaga keldi. Inchunun, ta'lim nazariyasi ham «kimga, nimani qanday o'qitish» didaktik prinstipiga asoslangan edi. Bugungi kunda kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Kimni, nima uchun qanday o'qitish» ni tashkil etish pedagogik texnologiya yaratish talabini qo'yadi. Jahon tajribasida zamonaviy pedagogik texnologiya va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim metodologiyasi biri-birini to'ldiradi. Ta'lim- tarbiyaning shaxsni rivojlantiruvchi vazifasi har tomonlama yanada dolzarb muammoga aylandi. Islom Karimov o'zining «Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch» asarida ta'lim- tarbiyaning uyg'unligi, ta'lim-tarbiyani shaxsga yo'naltirish metodologik asosini belgilab berdi. Har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga ega
20
bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta'lim- tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim. Bu esa talim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishni talab etadi. Demak, shaxsga yo'naltirilgan ta'limning asosiy tamoyillaridan biri ta'lim-tarbiyaning uzviy bog'liqligi, ta'limning tarbiyaviy imkoniyatlarini oshirishdir. Ya'ni, o'quvchi shaxsini fikriy modellashtirish, uni shakllantirishda ta'lim mazmunining imkoniyatlarini aniqlash, tarbiyaviy vazifani belgilash va samarali metodik tizimini yaratishdir. Ma'lumki, yoshlarni shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishida o'quv biluv jarayoni alohida o'rin tutadi. Ta'lim- tarbiyaning davr talabiga mavjud shart-sharoitiga mosligi qonuniyati o'quvchi shaxsining modelidan, kelib chiqadi. Har bir fanni o'qitishda, sinfdan tashqari ta'lim- tarbiya ishlari maqsadi o'quvchi shaxsini rivojlantirishga qaratiladi. Ta'lim-tarbiya mazmuni, metodlari, vositalari ham to'la ma'noda o'quvchi shaxsi imkoniyatlariga asosan belgilanadi. Bunda ta'lim-tarbiya maqsad, mazmun, metod va vositalari o'zaro bog'liqligi qonuniyatiga asoslanadi. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiya nazariy asosi Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida o'z ifodasini, hayotda o'z isbotini topgani fikrimiz dalilidir. Ta'lim-tarbiyaning uzviy bog'liqligi Islom Karimov ta'kidlaganidek, «Sharqona hayot falsafasi» ekanligi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishning metodologik asosidir. O'quvchi yoshlar o'z «men»ini bilish darajasi shaxsga yo'nalitirilgan ta'limning asosiy tamoyilidir. Abu Nasr Farobiy «Ixsa al ulum» asarida ta'lim-tarbiya avvalo, inson o'zligini bilishiga qaratilishini tavsiya etadi.Har-bir shaxsning bioquvvatlar tizimni, fanlar tasnifini ilmiy asoslaydi, ta'lim-tarbiya yoshlarni hayotga tayyorlash yo'nalishini ko'rsatadi. Abu Ali ibn Sinoning didaktik ta'limotida shaxsni har tomonlama kamolotida ta'lim-tarbiyaning imkoniyati, shaxsga yo'naltirilgan
21
ta'lim prinstplarining tarixiy ahamiyatini ko'ramiz. Demak, ta'lim-tarbiyaning milliy asosida shaxs o'zligini bilishi ustivorligi tarixiy taraqiyot o'z isbotini topgan. Ventsel fikriga ko‘ra shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim asosini tushuntirishdan anglashga, monologdan dialogga, ijtimoiy nazoratdan rivojlanishga, boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tish tashkil qiladi. O‘qituvchi fanni o‘quvchilar bilishga emas, ularning hamkorlik qilishiga ijodkorlik hususiyatlarini namoyon qilishiga erishishi kerak. Har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, maetmatika fan sifatida shakllanib, o‘zining predmetiga ega. Boshqa fanlar kabi matematika ham fan sifatida paydo bo‘lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Shu sababli tarbiya jarayonini matematikani ham ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qarash, Mustаqillik kishilаr milliy g‘ururini оshirib, uni хаlq, Vаtаn, аjdоdlаr хоtirаsi оldidаgi mаs‘uliyatni his qilishdеk mаzmun bilаn bоyitmоqdа. Bundаy shаrоitdа o‘zbеk хаlqining mustаqilligidаn fахrlаnish, jаmiyatdа оzоd, fаrоvоn vа erkin hаyotni yarаtish yo‘lidа mеhnаt qilish, fаоllik ko‘rsаtish, jаhоn hаmjаmiyati tоmоnidаn ilm-fаn, tехnikа yutuqlаri, ilg‘оr tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnish fidоiylikni shаkllаntirаdigаn, rivоjlаntirаdigаn оmillаrdir. 3.2 O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida matematika fanlarini o’qitishda shaxsga yo’naltirilgan o’qitish metodlari.
Pedogogik-psixologik hamda fanlarni o‘qitish metodikalariga bag‘ishlangan ko‘plab adabiyotlarda o‘quvchining individual xususiyatlarini ochib berishga uning qiziqishlarini etiborga olgan holda shaxs sifatida shakllanish ishiga yordam beruvchi yakka tatibda olib boriladigan ta‘lim shaklini shaxsga yo‘naltirilgan
22
ta‘lim deb qaraladi. Ta‘lim tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan barcha usullar shaxsga qaratilganini etirof etgan holda alohida olingan o‘quvchiga ta‘limiy- tarbiya tasir etish usulini ham shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim usuli deb qaraymiz. Shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim asosini tushuntirishni tashkil etib bu tushunchalar farqini B.S.Bibler quyidagicha sharxlaydi: tushuntirish-bitta subekt, monolog; anglash-ikkita subekt bir birini tushunishi, hamkorlik, diolog. O‖rta maxsus ta‘lim bosqichiga akademik litsiylardan tashqari kasb hunar kollejlari ham kiradi. Bu o‘quv yurtlari matematika ta‘limi o‘rta maxsus matematik ta‘lim strukturasini saqlagan holda asosan ikki maqsadga birinchidan o‘quvchilarni fundamental matematik bilimlar bilan qulargaqurollantirish va ikkinchidan ularga matematik bilimlar berish jarayonida kasbiy bilmlarni har tomonlama hamda chuqur o‘zlashtirishlarini taminlashga qaratilgan.
23
Xulosa Matematika ta‘limi jarayonida o‗quvchilarda insonparvarlikning shakllanganligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ustivorligini anglab, matematika fani taraqqiyotida inson tafakkuri munosabatlari uyg‗unlashuvidagi ijodiy bilimlardan o‗z o‗rnida samarali foydalanish bilan belgilanadi. Matematika ta‘limini insonparvarlikka yo‗naltirish - bu zamonaviy ta‘lim tizimining voqeligidir. Matematika ta‘limini insonparvarlikka yo‗naltirish, ta‘limning bu sohasini isloh qilishning asosiy tamoyillardan biri bo‗lib, matematika o‗qitish nazariyasi va metodikasida dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Matematikadan ta‘lim jarayoniga insonparvarlik nuqtai nazaridan yondoshish doimo shaxs istiqbolini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bu sohada gumanitar fanlarning imkoniyatlari cheksiz, chunki o‗quv predmetlarining mazmuni insonparvarlik g‗oyalari bilan sug‗orilgan. Gumanitar fanlarda «ixtisoslashtirish- insonparvarlik-madaniylashtirish» tizimi vujudga kelgan. Bu tizimni mazmunida ta‘limning asosiy e‘tibori kasbiy-ixtisoslik jihatlariga qaratilgan.
Mazkurs kurs ishida tarixiy malu‘motlar asosida ta‘limni insonparvarlashtirish, innovatsion metodlar asosida ta‘lim jarayonini insonparvarlashtirish, umumiy o`rta ta`lim maktablari matematika fanlarini o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari, o`rta maxsus, kasb-hunar talimida matematika fanlarini o`qitishda tarixiy materiallardan foydalanish imkoniyatlari, umumiy o`rta ta`lim maktablari matematika fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlar, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi matematika fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari tahliliy o‘rganib chiqildi. 24
Izohli lug’at.
Ko’nikmа – u yoki bu ishni bаjаrishning аvtоmаtlаshgаn usuli bo‘lib, оngli ishning bаjаrilishini nаzоrаt qilishdаn оzоd qilаdi vа uni ishdаn kutilgаn mаqsаdgа qаrаtаdi.
аvtоmаtlаshgаn shаklidir. O’qituvchi- bu yosh аvlоdni (o‘quvchini) hаyotgа, оngli mеhnаtgа tаyyorlаsh uchun хаlq оldidа dаvlаt оldidа, jаmiyat оldidа jаvоb bеrаdigаn, yoshlаrgа tа‘lim-tаrbiya bеrish uchun mахsus tаyyorgаrlikkа egа bo‘lgаn vа pеdаgоgik fаоliyat bilаn kаsbiy jihаtdаn shug‘ullаnаyotgаn insоndir.
mustаhkаmlаsh, qo‘shimchа mа‘lumоt yoki mаtеriаlni mustаqil o‘rgаnish mаqsаdidаgi o‘quv shаkli. Оb’еkt – tаdqiqоt etilishi lоzim bo‘lgаn nаrsа (prеdmеt) vа hоdisаlаr (jаrаyonlаr)dаn ibоrаt bo‘lib, ulаr o‘zigа o‘хshаsh nаrsа vа hоdisаlаrdаn аlоhidаligi bilаn fаrq qilаdi. dаrаjаsini yangi rеyting tizimi аsоsidа bаhоlаsh (tеst, imtihоn, sаvоl-jаvоb, yozmа ishlаr vа bоshqаlаr). 25
Sinf - turli fе‘l-аtvоrli vа хаrаktеrli, lеkin bаrchаsining yoshi bir хil bo‘lgаn o‘g‘il vа qizlаrning o‘qituvchilаrdаn tа‘lim оlishi vа shu jаmоаning bоshqаruvchisi, yordаmchisi vа а‘lоchi o‘quvchilаr jаmоаsidir.
Tаjribа kеng mа‘nоdа o‘quv, mаlаkа vа bilimlаrning birligidаn ibоrаt. SHungdеk, fаlsаfаdа bilishning empеrik usullаridаn biri – ekspеrеmеnt usuli hаm tаjribа dеb аtаlаdi. Innоvаsiоn tа’lim – bo‘lаjаk mutахаssislаrni yangichа jоylаrdа ishlаshgа tаyyorlоvchi jаrаyon bo‘lib, u аvvаl оlgаn bilimlаr аsоsidа tа‘limni tаkоmillаshtirish vа sаmаrаli yangichа yondаshuv qilishdаn ibоrаt. Kuzаtish – bu ilmiy bilimgа tеgishli ijоdiy fаоliyat bo‘lib, u ilmiy bilishdаgi аmаliy mеtоdlаrdаn biridir. Uning аsоsiy vаzifаsi nаzаriy tаdqiqоtlаrdаn оlingаn nаtijаlаrni аmаliy jihаtdаn аsоslаb bеrishdаn ibоrаt. Mеtоd (yunоnchа metodos – bilish yoki tаdqiqоt yo‘li, nаzаriya, tа‘limоt) – vоqеlikni аmаliy vа nаzаriy egаllаsh, o‘zlаshtirish, o‘rgаnish, bilish uchun yo‘l-yo‘riqlаr, usullаr mаjmuаsi, fаlsаfiy bilimlаrni yarаtish vа аsоslаsh usuli.
хаrаktеrgа), tizimgа, ilgаridаn o‘rnаtilgаn rеjа (qоidа), tizimgа аniq riоya qilish.
26
Qiziqish Интернационалистическ ий CURIOSITY Matematika Математика Mathematics Dars
Урок lesson
O‘qituvchi Учитель
teacher Bilim
Знание Knowledge Ko‘nikma Навьiк
Skill, practice Malaka
Навьiк Experience Pedagogik texnologiya педагогический технология Pedagogical technology Darslik Учебник
Textbook
Mavzu Тема Theme
Mashq Упражнение Exerice Talim
Обучение Education Ta‘lim metodlari Обученние метод Educational method Pedagogik innovatsiya педагогический инноватция Pedagogical innovation Pedagogik maxorat педагогический вьiсокое мастерство Pedagogical expertise Obyekt
Обьект Obyekt
Innavatsion ta‘lim Инноватционная обучение Innavation education Faoliyat
Activity Faol ta‘lim Активньiй обучение Active education Mustaqil ta`lim Сомастоятельное обучение Independent education O‘quv yili Учебньiе год School year
27
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
nashriyoti-1997 yil.
I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” T.: “Ma’naviyat” nashriyoti 2008 y.
I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” T.: “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati- 1998 y. 4. I.A.Karimov “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”. T.: “Ma’naviyat” nash. 1998 y. 5. O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. T.: “ Sharq” nashriyot -1997 y. 6. M.X.To’xtaxo’jayeva “Umumiy pedagogika” T.: “Fan” nashriyoti-2006 yil. 7. J.Xasanboyev, H.Sariboyev “Pedagogika” o’quv qo’llanma T.: “Fan” nashriyot-2006 yil. 8. A.Akmalov “Matematika o’qitishda tarixiy ma’lumotlardan foydalanish” T.: 2005 9. “O’zbek tilining izohli lug’ati” T.: “ O’zb. Res. Milliy ensklo” (3,4,5 qismlar). 28
10. M.A.Danilov Yesipov “Didaktika”. Moskva izd-vo APN RS FSR- 1957y. 11. D.I.yunusova “Matematikani o’qitishning zamonaviy texnologiyalari” T.: “Fan” nash.-2010 yil. 12. S.A.Gasteva, S.E. Lyapin “Matematika o’qitish metodikasi”. T.: “O’rta va Oliy maktab” nashriyoti-1960 yil. 13. www.ziyonet.uz 14. www.edu.uz 15. www.tdpu.uz 16. www.fikr.uz 17. www.pedagog.uz Download 369.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling