Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi
Download 5.27 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «FSMU» usuli Darsning borishi: 1.
- M – mulohaza, mushohada, misol va dalillar; U – umumlashtiruvchi fikr.
- Izoh
- 1. Mavzu: «Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. R E J A
- 1. Markscha ta‟limot taraqqiyotning asosiy qonuniyatlarini to„g„ri tushuntirib beradigan yagona ta‟limotdir, degan aqida mutloqlashtirilgan;
- 3. Sobiq sho„ro davrida bu sohadagi mutaxassislarning ongi va dunyoqarashini
- Ushbu fan avvalo, milliy g„oyaning tarixiy manbalari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy va diniy
- Milliy g„oya faninng predmeti
- Ushbu fanning asosiy maqsad
- Milliy istiqlol mafkurasining tarixiy ildizlari
“Aqliy hujum” usuli Dars jarayonida ―aqliy hujum‖dan maqsadli foydalanish ijodiy, andozasiz tafakkurlashni rivojlantirish manbai hisoblanadi. ―Aqliy hujum‖ni uyushtirish sodda bo‗lib, undan ta‘lim mazmunini o‗zgartirish jarayonida, ishlab chiqarish muammolari echimini topishda ham foydalanish mumkin. Dastlab guruh yig‗ilib, ular oldiga muammo qo‗yiladi. Bu muammo echimi to‗g‗risida ishtirokchilar o‗z fikrlarini bildirishadi. Bu bosqichda hech kimning o‗zgalar g‗oyasiga ―hujum‖ qilishi yoki baholashiga haqqi yo‗q. Demak, ―aqliy hujum‖da qisqa vaqtda o‗nlab g‗oyalarning yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo‗ladi. Aslida, g‗oyalar soni maqsad emas, ular muammo echimi uchungina asos bo‗ladi. Bu metod shartlaridan biri qatnashuvchilarning har biri tashqi ta‘sirsiz faol ishtirokchi bo‗lishi kerak. Vazifasi . ―Aqliy hujum‖ qiyin vaziyatdan qutulish choralarini topishga, muammoni chegarasini kengaytirishga, fikrlar xilma-xilliga erishishga va tafakkur doirasini kengaytirishga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni echish jarayonida ijodiy hamkorlik kuchayib, guruh (auditoriya) yanada jipslashadi. Qo„llash usuli. ―Aqliy hujum‖ ishtirokchilari muammo bo‗yicha mulohaza – takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib olinadi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflanadi va ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. ―Aqliy hujum‖ tugagach, eng yaxshi takliflar birlashtirib, muammoni echish uchun zarurlari tanlanadi. Vaziyatli masala Toshkent shahridagi OTMdan birining auditoriyalaridan biriga dars jarayonidan tashqi ko‗rinishi shubhali bir yosh yigitning kirib qolgani kuzatilgan. Dars olib borayotgan o‗qituvchi uning darsda o‗tirishiga ruxsat bergan. Notanish yigit dars asnosida o‗qituvchiga diniy savollar bilan murojaat qilgan, ayrim savollarga o‗qituvchi javob olmasligi o‗zaro kelishmovchilikka sabab bo‗lgan. Mazkur yigitning vaziyati ekspertlar tomonidan prozelitizmning olib keluvchi holat deb baholangan. SAVOLLAR 1. Bu vaziyatda o‗qituvchining tutgan yo‗li to‗g‗rimi? 2. Prozelitizm haqida nimalarni bilasiz? 3. Bu o‗rinda notanish yigit tomonidan qaysi me‘yoriy-huquqiy xujjatlarning talablari buzilgan? 4. Agar siz ushbu ushbu vaziyatda bo‗lsangiz nima qilgan bo‗lar edingiz? «FSMU» usuli Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism: Har bir talabaga yoki kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‗ozlar tarqatiladi. 2. Asosiy qismda: Talabalar qog‗ozga bosqichma – bosqich quyidagilarni yozib beradilar: F – fikr bayon etiladi; S – fikr bayoniga sabab ko„rsatiladi; M – mulohaza, mushohada, misol va dalillar; U – umumlashtiruvchi fikr. Mashg‗ulot reglamentiga ko‗ra talabalar yoki kichik guruhlar yozib bo‗lgach, fikrlarini o‗qib himoya qiladilar. 1. YAkuniy qismda: O‗qituvchi tomonidan berilgan mavzu, muammo bo‗yicha fikrlar umumlashtiriladi. Talabalarga ball qo‗yiladi. Mashg„ulot reglamenti: 1. Tashkiliy qismga tahminan – 5 minut; 2. Talabalar yoki kichik guruhlarning o‗z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib berilgan qog‗ozda bayon etishlari uchun (5-10 minut); 3. Har bir talaba yoki kichik guruh o‗z fikrlarini bosqichma – bosqich yoritadilar, tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi misollar, dalillar keltiradilar (2-5 minut); 4. Bahs – munozara: talabalararo, guruhlararo (5-10 minut); Izoh: Mashg‗ulot reglamentini belgilashda guruhda talabalarning soni nechtaligini e‘tiborga olish shart. “Munozara” usuli Bu metod yordamida talabalarga ma‘lum mavzu bo‗yicha axborot etkaziladi, munozara uchun tanlangan mavzuni talabalar ―shturm‖ qiladilar, natijada, unga oid ma‘lumot atroflicha o‗rganiladi. Munozarani o‗tkazish metodikasi 1. Munozara olib boruvchi – o‗qituvchi mavzuni tanlab, talabalarga taklif etadi. 2. O‗qituvchi talabalarga ―aqliy hujum‖ topshirig‗i qoidalarini tushuntiradi: - ―hujum‖dan maqsad – muammo echimiga oid variantlarni ko‗proq taklif etish; - o‗z bilimingizni umumlashtirib, e‘tiborni muammo echimiga qaratib, fikrlar bildiring. Bildirilgan g‗oyalar umumiy fikrga zid bo‗lsa-da, hech biri rad etilmaydi; - boshqa talabalar g‗oyalarini ham qo‗llab-quvvatlang; - taklif etilganlarni baholash bilan keyinroq shug‗ullanasiz. 3. O‗qituvchi kotib tayinlaydi va u aytilgan barcha g‗oyalarni yozib boradi. Muhokama vaqtida so‗zga chiquvchilar aniqlanib, munozarada barcha talabalar qatnashadi, o‗z fikrlarini ifodalash imkoni beriladi. NAZARIY MATERIALLAR 1. Mavzu: «Milliy g„oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. R E J A: 1. «Milliy g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining yuzaga kelish shart-sharoitlari va zarurati. 2. «Milliy g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining predmeti va asosiy tushunchalari. 3. «Milliy g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» maqsad va vazifalari. 4. «Milliy g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining ijtimoiy-gumanitar va boshqa fanlar bilan bog‗liqligi. Tayanch tushunchalar: Ushbu fan «g‗oya», «mafkura», «mafkuraviy ta‘sir», «mafkuraviy tahdid», «mafkuraviy immunitet», «mafkuraviy tizim», «mafkuraviy poligon», «mafkuraviy xavfsizlik», «mafkuraviy bo‗shliq», «g‗oyaviy tarbiya», «milliy mafkura», «milliy g‗oya», «mafkuraviy profilaktika», «mafkuraviy globallashuv» va boshqalar kabi o‗z tushuncha va kategoriyalariga ega. Bizga ma‘lumki O‗zbekiston o‗z mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab jamiyatimizning barcha sohalari qatori ma‘naviy-mafkuraviy hayotimizda ham ulkan o‗zgarishlar ro‗y bermoqda. Har bir xalq o‗z tarixining burilish nuqtalarida, avvalo, mafkura masalasini, uning o‗zagini tashkil etadigan, o‗ziga xos o‗q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o‗taydigan ijtimoiy g‗oyani shakllantirish muammosini hal qiladi. Mamlakatimiz uchun milliy g‗oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o‗tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning shakllanishiga sharoit tug‗ilishi mumkin. SHunday ekan, millat, jamiyatni parokanda bo‗lib ketishiga yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi. Aks holda, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy islohotlar o‗z ahamiyatini yo‗qotadi, mustaqillik yo‗lida g‗ov paydo bo‗ladi. «Milliy g‗oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani asosan mustaqillik yillarida shakllangan o‗quv fanidir. Sobiq ittifoq davrida g‗oyalar dunyosi, uning o‗ziga xos xususiyatlari, ularning jamiyat va inson hayotidagi o‗rni va ahamiyatini o‗rganuvchi alohida fan yo‗q edi. Buning asosiy sabablarini quyidagicha izohlash mumkin: 1. Markscha ta‟limot taraqqiyotning asosiy qonuniyatlarini to„g„ri tushuntirib beradigan yagona ta‟limotdir, degan aqida mutloqlashtirilgan; 2. G„oya to„g„risidagi bilimlarni egallash bu sohaning o„z qonuniyatlari va amal qilish tamoyillari borligini yaqqol ko„rsatib qo„ygan bo„lur edi; 3. Sobiq sho„ro davrida bu sohadagi mutaxassislarning ongi va dunyoqarashini umuminsoniy tamoyillar, qonun va qoidalar bilan emas, balki totalitar mafkura va mustabid tuzum maqsadlari yo„lida shakllantirishga xizmat qiladigan ba‟zi fanlar ta‟lim tizimiga kiritildi. Mustaqillikdan keyin ahvol tubdan o‗zgardi. YAngi davlat va yangi jamiyat qurish yo‗lini tanlagan ekanmiz, bizga manashu yo‗lni oydinlashtiradigan, shu yo‗lda xalqimizga xizmat qiladigan, mamlakatimizni jahon taraqqiy etgan davlatlari qatoridan o‗rin olishiga imkon beradigan, jahon tajribasini o‗rganishda, uni qonuniyatlarini bilishda, dunyoning mafkuraviy manzarasini tushunishda, uneing mazmun-mohiyatini ochib berishda va o‗zligimizni anglashimizda bevosita ushbu fanga zarurat tug‗iladi. Bugun biz o‗rganishga kirishayotgan Milliy g‗oya fanining ham o‗z predmeti, qonun va kategoriyalari, shuningdek maqsad va vazifasi mavjud. CHunki, har qanday fanning muayyan bilimlar tizimi sifatida o‗ziga xos mavzulari, tushunchalari, qonun va kategoriyalari bo‗ladi. Ularning barchasi fan o‗rganadigan soha, ya‘ni predmetning o‗ziga xos xususiyatlari bilan bog‗liq. Ushbu fanning mazmun-mohiyati Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan g‗oya – yurtimizda ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan yaxlit va izchil ta‘limotni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish to‗g‗risidagi bilimlar tizimidan iborat. Ushbu fan avvalo, milliy g„oyaning tarixiy manbalari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy va diniy ildizlari, asosiy tamoyilari, nazariya sifatida namoyon bo„lishi, o„ziga xos shakllanish qonuniyatlari va xususiyatlarini bosqichma-bosqich o„rganishni nazarda tutadi. SHu nuqtai nazardan qaraganimizda, «g‗oya» va «Mafkura» tushunchalari, ularning xalqlar va davlatlar taqdiriga ta‘siri, hozirgi zamondagi mafkuraviy jarayonlar, MG‗ning mazmun-mohiyati, tushunchalari, shakllanish qonuniyatlari, namoyon bo‗lish shakllari, uni xalqimiz ongi va qalbiga singdirish yo‗llari va usullari ushbu fanning predmetini belgilaydi. Milliy g„oya faninng predmeti – yuqorida ta‘kidlaganimizdek, MG‗ning tarixiy asoslari, ilmiy falsafiy ildizlarini o‗rganish; MG‗ning yaxlit ta‘limot sifatidagi qonunlari, asosiy xususiyatlarini bilib olish; Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning strategik maqsadlarini va o‗ziga xos tamoyillarini o‗rganish; Milliy istiqlol g‗oyasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirish sohalari, vositalari, usul va yo‗llarini o‗rganish; Milliy istiqlol g‗oyasi o‗quv fanining maqsadi va vazifalari: Prezident I.Karimov Milliy istiqlol g‗oyasi va mafkurasining maqsadi haqida fikr yuritib, uni shunday ta‘riflagan: «Xalqni buyuk kelajak va ulug‗vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat‘iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas‘uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an‘analarimizga munosib bo‗lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da‘vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish Milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir» Masalaga oydinlik kiritadigan bo‗lsak, Ushbu fanning asosiy maqsad: Milliy istiqlol g‗oyasini yosh avlod qalbi va ongiga singdirish. YOshlarda milliy g‗oyaga ishonch va e‘tiqodni mustahkamlash. Milliy ma‘naviy meros va umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda milliy g‗urur, vatanparvarlik, millatparvarlik fazilatlarini shakllantirish. Ularni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishga yo‗naltirish. SHuningdek vazifalari: 1. YAngicha dunyoqarashni shakllantirish; 2. Tarixiy xotirani shakllantirish; 3. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish; 5. Komil insonni tarbiyalash; 6. YOsh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi oliyjanob g‗oyalar ruhida tarbiyalash; 7. MI/ning O‗zbekiston taraqqiyoti va mustaqillikni mustahkamlashning mafkuraviy tamoyillari to‗g‗risidagi yaxlit nazariya ekanligini tushuntirish; 8. YOshlarni ijtimoiy hakorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‗rikenglik g‗oyalari ruhida kamol toptirish; 9. YOshlarni yot va zararli g‗oyalarga qarshi kurashishga o‗rgatish, ularda ogohlik va hushyorlik ko‗nikmalarini hosil qilish Milliy istiqlol g‗oyasini o‗rganishning asosiy qonuniyatlari bevosita jamiyatning g‗oya va mafkuralar bilan bog‗liqligini o‗rganishda, inson va jamiyatning o‗z maqsadi va taraqqiyot yo‗lining mavjudligini bilishda, globallashuv jarayoning milliy g‗oyada aks etishini tushunishda, inson ongi va qalbi uchun kurash xususiyatlarini va jamiyatda g‗oyaviy bo‗shliq bo‗lmaslik, milliy g‗oya har bir xalqning o‗zligini saqlab qolishi va o‗ziga xos rivojlanish ehtiyoji va kafolati ekanligini bilishda yaqqol ko‗zga tashlanadi. Milliy g‗oya va milliy mafkuraning zaruriy ehtiyoj ekanligini quyidagilar orqali ham bilishimiz mumkin: Birinchidan, o‗zining kelajagini ko‗rmoqchi va qurmoqchi bo‗lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta o‗z milliy g‗oyasiga suyanishi va tayanishi zarur. Tabiiyki, davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat avvalo aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosiga qurilmog‗i lozim. YA‘ni, oldin davlat qurilishi va undan keyin mafkura paydo bo‗lishi o‗zi g‗ayritabiiy hol. Buni yaxshi anglab olishimiz lozim. YA‘ni, oldin g‗oya paydo bo‗ladi, undan keyin g‗oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bo‗ladi. O‗z milliy g‗oyasiga tayanmagan jamiyat inqrozga duchor bo‗lishi, o‗z yo‗lini yo‗qotib qo‗yishi muqarrar.Bu masalaning yana bir jihati shundaki, ongni, tafakkurni o‗zgartirmasdan turib, biz ko‗zlagan oliy maqsad –ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‗lmaydi. Ikkinchidan, bugun biz tarixiy o‗zgarishlar davrida-ya‘ni mustabid, totalitar bir tuzumdan erkin va ozod tuzumga o‗tish sharoitida yashamoqdamiz. Xalqimiz va jamiyatimizni mana shu davrda yangi ufqlar sari boshlash, da‘vat qilishda maqsadlarimiz aniq bo‗lishi kerak. Bunday maqsadlarga esa avvalo chuqur o‗ylangan va puxta ishlangan mafkura asosida etishish mumkin. Uchinchidan, endi voyaga etayotgan yoshlarimiz qanday g‗oya asosida, qanday g‗oya negizida tarbiya olishi, qanday ezgu maqsadlarga intilishi kerak? Qanday mafkura va tafakkur ular uchun qurol bo‗lib xizmat qilmog‗i lozim? To„rtinchidan, tarbiyaviy-axloqiy masalalarda, ma‘naviy hayotda, kerak bo‗lsa, milliy manfaatlarimizga mos keladigan siyosatni izchil olib borishda o‗z yo‗limizni yo‗qotmasligimiz uchun hech qanday g‗oyaviy bo‗shliqqa yo‗l qo‗ymasligimiz lozim. Beshinchidan, milliy g‗oya millatimizning, xalqimizning o‗zligini anglashiga, o‗zining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini yo‗qotmasdan, ularni tiklab, avaylab, e‘zozlab, yangi, o‗sib kelayotgan yosh avlodga etkazib berish uchun xizmat qilishi kerak. Oltinchidan, milliy g‗oya oldiga qo‗yiladigan asosiy talablar haqida gapirmoqchi bo‗lsak, avvalo uning ikki suyangan tog‗i-tayanchi haqida fikr yurtishimiz zarur. Birinchi navbatda, milliy mafkuramiz xalqimizning azaliy an‘analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga bir so‗z bilan aytganda , o‗z milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga , zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni o‗ziga qamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati, uning farovonligi yo‗lida xizmat qilmog‗i darkor. Ettinchidan, milliy mafkura hech qanday shaklda davlat mafkurasi maqomiga ko‗tarilmasligi, aylanmasligi kerak. U jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g‗oyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan munozara qilishiga, kurashishiga, bahslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning o‗z fikrini erkin ifoda etishi va uni himoya qilishiga ziyon yoki tazyiq ko‗rsatmasligi lozim. Milliy istiqlol g‗oyasi fani o‗z navbatida ijtimoiy hayot zarurati yuzasidan, ijtimoiy hodisa sifatida yuzaga kelgan ekan, birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bevosita bog‗liqdir. Ayniqsa ushbu fan falsafiy bilimlar tizimiga mansub bo‗lganligi sababli o‗ziga xos metodologik vazifani ham bajaradi. G‗oyalarning tarixiy ildizlari, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy yoki salbiy ta‘siri haqidagi falsafiy bilimlar bu fanning falsafa bilan bog‗lasi, davr nuqtai nazardan mantiqiy tahlil qilish o‗z navbatida tarix fani bilan munosabatga kirishiga olib keladi. SHu o‗rinda ta‘kidlash joizki, g‗oya va mafkuralarning shakllanishiga, odamlarning ongi va tafakkuriga singishida bevosita adabiyot, san‘at, xalq og‗zaki ijodi, musiqa kabi sohalar bilan chambarchas bog‗liqdir. YAna ta‘kidlash kerakki, g‗oya va mafkuralarni globallashishi, xalqlarning hayotiga tahdid solishi yoki ularni taraqqiyotga etaklashiga yo‗naltirilishida siyosiy fanlarning ham bog‗liqligini e‘tirof etish mumkin. SHuningdek, geografiya, demografiya, iqtisodiyot va hatto g‗oyani hayot bilan bog‗lashda va uni ezgulik sari yo‗naltirishda yoki aksincha xalqning fojiali ahvolga olib kelishida tabiiy, texnik, huquqiy va boshqa fanlarning ham ta‘siri bo‗ladi. SHunday ekan, aytish mumkinki, Milliy g‗oya fani barcha fanlar bilan uzviy bog‗liqdir. SHuning uchun ham bugun yurtimizda olib borilayotgan keng sohadagi islohotlarni fuqarolarimizning farovon hayotini, ularning tinchligi va barqarorligini, xavfsizligi, vatanimizning taraqqiyotini ta‘minlashga olib kelishi bevosita har bir fuqaroning qalbida va ongida milliy g‗oyamizning qanchalik o‗rin olishiga bevosita bog‗liqdir. Milliy istiqlol g‗oyasi-mazmun-mohiyati, maqsad va vaziflari I.Karimov asarlarida asoslangan ta‘limot. Uning mazmuni quyidagilardan iborat: - tarixiy xotirani uyg‗otish, o‗tmishdan saboq chiqarish va o‗zlikni anglash mezoni bo‗lish; - xalqimizni tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a‘zolarini birlashtiruvchi g‗oyaviy bayroq vazifasini o‗tash; - inson qalbi va ongiga ijrbiy ta‘sir etadigan tushuncha va tuyg‗ular, go‗zal va hayotiy g‗oyalar tizimini o‗zida mujassam etish; - har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro‗yobga chiqarishga imkon beradigan eng maqbul yo‗lni ko‗rsata olish. - O‗zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taaluqli bo‗lish; - Mamlakatimiz aholisi ongi va qalbida «O‗zbekiston-yagona Vatan» degan tuyg‗uni yuksak darajada shakllantirishga xizmat qilish; - turli millat, qatlam, din vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo‗lish; - biron-bir dunyoqarashni mutloqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo‗lida siyosiy qurolga aylantirmaslik; - har qanday ilg‗or g‗oyani o‗ziga singdirish va har qanday yovuz g‗oyaga qarshi javob bera olish; - sub‘ektivizm, volyuntarizm kabi illatlardan holi va jamoatchilikning xolis fikriga tayanuvchi ob‘ektiv mafkura bo‗lish; - so‗z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish; - davr o‗zgarishlariga qarab, o‗zi ifodalaydigan g‗oya, manfaat, maqsad-muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olish, ya‘ni yangicha vaziyatga tez moslashadigan hozirjavob va ijodiy bo‗lish. MIG‗ ana shu qayd etilgan sifatlarga ega bo‗lgan taqdirdagina jamiyat hayotida etakchi ma‘naviy- ma‘rifiy omilga aylanishi va kutilayotgan vazifalarni bajara olishi mumkin. Adabiyotlar 1. Karimov I.A.‖O‗zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖ T., «O‗zbekiston», 2011. 1. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin.«Tafakkur» jurnali, 1998.2-son. 2. Karimov IA Tarixiy xotirasiz kelajak yo‗q.-T., «SHarq», 1998,32-6. 3. Karimov I.A.Hushyorlikka da‘vat.T., «O‗zbekiston», 1999. 4. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‗z qo‗limiz bilan quramiz. T.,7 t., «O‗zbekiston», 1999. 5. Karimov I.A.O‗zbekiston XXI asrga intilmokda. T., «O‗zbekiston», 2000. 6. Karimov I.A. Milliy istiklol mafkurasi — xalq e‘tiqodi va buyuk kslajakka ishonchdir. «Fidokor» gazstasi, 2000 yil, 8 iyun. 7. Milliy istiklol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., «O‗zbekiston», 2000. 8. Falsafa: ma‘ruzalar matni. Toshkent, O‗zbekiston Rsspublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi, 2000 y. 2. Mavzu: “Milliy istiqlol g„oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining tarixiy ildizlari, shakllanish bosqichlari R E J A: 1.―Mafkuraviy ta‘sir‖, ―mafkuraviy tarbiya‖ va ―mafkuraviy profilaktika‖ tushunchalarining o‗zaro aloqadorligi. 2. Ta‘lim-tarbiya tizimida milliy g‗oyani rivojlantirish imkoniyatlari. 3. Ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda mafkuraviy tarbiyaning ahamiyati. 4. Ijtimoiy institutlarning an‘anaviy, individual jamoaviy mafkuraviy funksiyalari Tayanch tushunchalar Milliy g‗oya, istiklol g‗oyasi, milliy ietiklol g‗oyasi, milliy mafkura, mafkuraning asosiy tamoyillari, milliy istiqpol g‗oyasining falsafiy ildizlari. Milliy istiqlol mafkurasining tarixiy ildizlari —xalqimizning moziy sinovlaridan o‘tib kelayotgan boy madaniy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari, qo‘shiqlari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik uchun kurash ruhi, ota-bobolarimizning mustaqillik yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda ularni amalga oshirishda manaviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo‘ladi. U asrlar mobaynida yillar sinoviga dosh berib, sayqallanib, takomillashib kelgan. Bu tafakkurning markazida YAratganning eng ulug‗ mo‗‗jizasi bo‗lmish insonning ulug‗ligi va mo‗‗tabarligi g‗oyasi yotada. Binobarin, u qadrlanishi, e‘zozlanishi lozim. CHunki, mamlakatning hayoti, farovonligi, ana shu mehnatkash insonlarning mexnatiga, faoliyatiga bog‗liq. SHu tufayli ham SHarqda komil inson g‗oyasi qadimdan buyuk orzu bo‗lib, donishmanddarimiz xayolini band etib kelgan. Insonning azizligi unga o‗z xatti-harakatlarini o‗zi mustaqil idora etishiga imkoniyat beruvchi aql-zakovat ato etilgani bilan bog‗likdir. YA‘ni, inson o‗z aql-idroki yordamida olamni gullatib-yashnatadi. Ammo bu aql-idrokda nafaqat yashnatuvchi, balki vayron etuvchi kuch ham mavjud. Hayotda ezgulik hukmron bo‗lishi uchun aql yaxshilikka, adolatga xizmat qilishi zarur. Buning uchun esa u sog‗lom ma‘naviyat izmida bo‗lishi lozim. SHu tufayli ota- bobolarimiz aql-idrokni yovuzlik qo‗liga tutqazmaslikka harakat qilganlar, uni ma‘naviyat bilan, iymon- e‘tiqod, insof va diyonat bilan boshqarishga alohida e‘tibor berganlar. Bu tamoyil xalqimiz ruhini, dahosini aks etgaruvchi o‗lmas qadriyatlar bilan uzviy bog‗liqsir. Xususan, buyuk ajdodimiz, sohibqiron Amir Temurning sog‗lom ma‘naviyat mahsuli bo‗lgan «Kuch - adolatdadir» degan shiori milliy g‗oyaning tarkibiy qismiga aylanib ketgan, mamlakat birligini ta‘minlash, markazlashgan davlat barpo etishda, ayniqsa uni odillik bilan boshqarishda ma‘naviy-mafkuraviy asos bo‗lib xizmat qilgan. SHu bois Temur saltanatida ilm-ma‘rifat yuksak qadrlangan, insonning sha‘ni, or-nomusi e‘zozlangan, inson va uning mol-mulki davlat muhofazasiga olingan, qaroqchilik, o‗g‗rilikka keskin barham berilgan edi. Soxibqiron bobomizning: «Mening saltanatimning u chetidan bu chetiga, boshida oltin to‗ldirilgan laganni yosh bola ko‗tarib o‗tsa ham, uning mulkiga hech kimsa dahl eta olmaydi» degan so‗zlari hayotiy haqiqat edi. YOki ayollarning og‗ir jismoniy ishlardan ozod qilinganiga e‘tibor bering. Aytaylik, yordamchisi yo‗q biron ayol suv oladigan chelakni darvoza tashqarisiga chiqarib qo‗ysa, shu joydan o‗tgan mo‗min-musulmonlar chelakni olib, unga suv to‗ldirib shu joyga qo‗yib ketishar edi. Do‗konlarga savdogarlar umuman qulf osishmasdi. Bularning hammasi o‗sha zamonda hayot iymon va e‘tiqod, insof va diyonat talablari bilan boshqarilganini, odamlar ana shu yuksak tuyg‗ular bilan yashaganini ko‗rsatadi. Mo‗min-musulmonlar shunday turmush tarziga odatlanishgan, o‗rganishgan edi.Ular o‗zlari och qolishsa ham o‗zganing mulkiga qo‗l tekkizmasdi. Bu xalqning mentalitstiga singib ketgan edi. Totalitar tuzum sharoitida esa inson sun‘iy ravishda mulkdan begonalashtirildi. Odamlar ongiga, mulk egalariga nafrat tuyg‗usi majburan singdirildi. Bu o‗zgalar mulkiga ko‗z olaytirish, hatto tajovuz qilish uchun yo‗l ochdi. Odamlar birovning haqidan hazar qilmaydigan, o‗g‗irlik va talonchilikdan jirkanmaydigan holatga kelib qoldi. Jamiyatda ma‘naviy qashshoqlik muhiti paydo bo‗ldi. SHu sababli ham tarixiy xotirani uyg‗otish asosida o‗zlikni anglash bugungi kundagi muhim mafkuraviy vazifadir. Dsmak, milliy istiqlol mafkurasining ma’no-mazmunini belgilaydigan eng muhim omillardan biri — bu xalqimizning qadimiy va boy tarixidir. CHunki tarix — buyuk murabbiy. U insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, ba’zan achchiq saboqlarni ham tan olishga undaydi. Tarixga berilgan xolis baho mafkuraning hayotiyligi va ta’sirchailigiga asos bo‘ladi. Bundan necha asrlar avval yaratilib, hozirga qadar yurtimiz ko‗rkiga-ko‗rk bag‗ishlab kelayotgan qadimiy obidalar, osori atiqalar xalqimizning yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an‘analaridan dalolat bo‗libgina qolmokda. Ular Vatanimizning shonli tarixi to‗g‗risida yaqqol tasavvur va gushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g‗urur-iftixor tuyg‗ularini uyg‗otadi. «Bugun bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyat payda bo‘ldiki, — deb yozadi Islom Karimov, — biz bosib o‘tgan yo‘limizni tanqidiy baholab, milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o‘tmishimizdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etmog‘imiz kerak» 1 . Bu vazifa esa tarixiy xotirani tiklash evaziga amalga oshadi. Haqiqatan ham, millatimizning o‗ziga xos sharqona turmush tarzi, tafakkuri va dunyoqarashi, hayotga, voqelikka munosabatini ifoda etuvchi xalq og‗zaki ijodi namunalari, «Alpomish», «SHashmaqom» kabi durdona asarlar, asriy ideallarni o‗zida ifoda etgan milliy qahramonlarning ibratli hayoti ham milliy mafkuramiz oziqlanadigan manbalardandir. Xalqimizning ertak va masallarida, rivoyat va afsonalarida ezgulik, adolat, tenglik, insoniy mehr-muhabbat tarannum etilgan. Ularda Vatanning muqaddasligi, insonning azizligi, ilmning qadrliligi targ‗ib etilgan. Hamisha yomonlik ustidan yaxshilik, yovuzlik ustidan ezgulik g‗olib chiqishi va yovuz kuchlarga qarshi kurashda halollik, haqgo‗ylik, odamgarchilik, tantilik, mexr-oqibat kabi olijanob fazilatlar ma‘naviy-ruhiy tayanch bo‗lishi asoslab berilgan. «Alpomish»da inson sha‘ni, yigitlik oriyati himoya qilinsa, «SHashmaqom»da xalqning asriy orzu-umidlari yuksak badiiy did bilan kuyga solingan. Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi milliy qahramonlarimizning Vatan taqdiri uchun olib borgan qahramonona kurashlari, 1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиѐсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари. Ўзбекистон Республикаси Олий Маж-шсининг биринчи сессиясидаги маъруза. 1995 йил, 23 февраль. ona-Vatan ozodligi yo‗lida ko‗rsatgan jasoratlari har birimizda cheksiz faxr va g‗urur hissini uyg‗otadi. Inson sha‘ni, avvalo, o‗zini himoya qilish, o‗z qadrini bilishdan boshlanadi. SHu ma‘noda, xalqning o‗zini qadrlay bilishi g‗oyat muhimdir. CHunki «o‗zini qadrlaydigan xalq hech qachon taqdirini birovga bog‗lab qo‗ymaydi» 2 . O‗z qadrini bilgan odam Vataniga xiyonat qilmaydi. Uning qalbida el-yurtiga xiyonat qiluvchi oriyatsiz kimsalarga nisbatan cheksiz nafrat yashaydi. «Odamlarimiz, jamiyatimiz mafkurasida Vatan, yurt g‗oyasi ustuvor bo‗lmog‗i kerak, — deb yozadi Islom Karimov, — Milliy g‗urur, milliy iftixor har qanday ishimizning poydevori bo‗lmog‗i kerak. Bu muqaddas g‗oyalar, millati va e‘tiqodidan qat‘i nazar, shu yurtda, shu zaminda yashayotgan har bir inson, har bir fuqaroning hayotiga, ongiga singmog‗i, har birimiz uchun eng katta tayanchga, eng katta ishonchga, boringki, haqiqiy iymonga aylanishi kerak» 3 . Muxtasar qilib aytganda, milliy mafkuramizning tarixiy ildizlari deganda ajdodlarimizning ibratli hayot yo‗li, tafakkur tarzi, amaliy faoliyati, bunyodkorlik ishlari, eng yaxshi urf-odatlari, an‘analari, qadriyatlari, mustahkam iymon-e‘tiqodi fuqarolarimiz uchun namuna bo‗lishi, xato, kamchshshk nuqsonlardan esa to‗g‗ri xulosa va sabokdar chiqarish uchun asos bo‗ladi. Download 5.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling