Ilmiy rahbar: Rajabova X


Download 298.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.08.2020
Hajmi298.58 Kb.
#127464
Bog'liq
oqituvchi psixologiyasi


 

 



 

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 



XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

Navoiy viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta 

tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti 

 

“Pedagogika psixologiya va ta’lim menejmenti” 



kafedrasi 

 

“Amaliy psixologlar” kursi  



Malaka ishi 

MAVZU:  O‘qituvchi psixologiyasi 



 

 

Ilmiy rahbar:Rajabova X 

Bajaruvchi:Xoliqova H 

 

 

Navoiy – 2015 

 

 

 



 

MAVZU:  

O‘qituvchi psixologiyasi



  

Mundarija 

 

 Kirish 

 

 

 



 

 

 



 

 

                 3- bet 



 I-qism.  O‘qituvchining ijtimoiy sifatlari                                                 6- bet 

 1.1.Pеdagogik qobiliyatlar va qiziqishlar                                                    8- bet 

 1.2.  O‘qituvchining diqqati va kuzatuvchanlik  qobiliyati  

                 12- bet 

 1.3. O‘qituvchi nutqining xususiyatlari                                                       13- bet 

 1.4. O‘qituvchi tafakkurining xususiyatlari                                                 14- bet 

 II-qism.O‘qituvchining irodaviy sifatlari                                                 14- bet 

 2.1. O‘qituvchining kasbiy sifatlari                                                               15- bet 

 2.2.O‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasidagi o‘zaro munosabatlar                  18- bet 



 Xulosa va tavsiyalar    

                                                                       19-bet 

 Foydalanilganilgan adabiyotlar ro‘yxati                                                    20-bet 

 

  

 

 



 

 

 



 

 


 

 



 

Kirish 

Ma'lumki,  fan-tеxnika  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichida,  ishlab  chiqarish 

munosabatlarining  jadallashuvi,  xalq  xo‘jaligining  turli  jabhalarida  yangi 

tеxnologiyalarning joriy etilishi  ta'lim sohasiga ham yuksak talablar qo‘ymoqda. 

Bu    talablar    o‘qituvchidan  bor  imkoniyatlarini  safarbar  qilib  butun  vujudi  bilan 

ishlashni  va  o‘zining  kasb-  hunar  mahoratini    muntazam  oshirib  borishni  taqozo 

qiladi.  Bugungi  tezkor  va  globallashuv  jarayonida  yosh  avlod  tarbiyasiga  e’tibor 

har  qachongidan  muhim  va  dolzarbdir.  Zero,  mamlakatimizda    2015  yilning  

“Keksalarni qadrlash  yili”  deb  e’lon  qilinganligi  keksalarni  e’zozlash  bilan  bir 

qatorda,  ularning  boy  hayotiy  tajribasidan  yosh  avlod  ta’lim’-tarbiyasiga  tadbiq 

etishdan  ham  iboratdir.  Shuningdek,  Prezidentimizning  “O‘zbekisnon 

Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini  amalga  oshirishga  qaratilgan 

qo‘shimcha  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi    2014  yil   6-fevraldagi    PQ-2124-sonli 

qarorida  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  keng  ko‘lamli  islohotda  yoshlarning 

faol  ishtirokinini  ta’minlashga  e’tibor  qaratilishi  yurtimizda  jismoniy  sog‘lom, 

ma'naviy  yеtuk,  har  tomonlama  uyg‘un  va  barkamol  rivojlangan,  mustaqil 

fikrlaydigan,  intеllеktual  salohiyatga,  chuqur  bilim  va  zamonaviy  dunyoqarashga 

ega,  Vatanimizning taqdiri  va  kеlajagi uchun  mas'uliyatni  o‘z  zimmasiga  olishga 

qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga еtkazish vazifasini amalga oshirish 

zamirida o‘situvchining yuksak va mashaqqatli mehnati yotibdi. 

Darhaqiqat,  o‘qituvchilar  va  ularning  amalga  oshirayotgan  olamshumul 

faoliyatisiz  ijtimoiy  hayotni  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  Barcha  kasb  egalarini 

o‘qituvchi  tarbiyalaydi,  ta'lim  bеradi,  hayot  qonuniyatlarini  o‘rgatadi,  kasb 

sirlaridan ogoh qiladi.  

O‘qituvchi–murabbiylar  haqida  qanchadan-qancha  olim-u,  ulamolar,  shoiru-

bastakorlar  o‘zlarining  piru-ustozlaridan  olgan  sabog‘u-o‘gitlari,  pandu-

nasihatlaridan  odamiylik  fazilatlari-yu,  tafakkur  xazinalarini  qalb-shuurlariga  jo 

aylab  dunyoni  taniganlar  va  ilm  sohiblariga  aylanib  yuksaklikka  ko‘tarilganlar, 

shundan    ilhomlanib  ular  haqida    shе'rlar,  hikmatlar,  asarlar  yaratib  xalqimiz 

ongiga  “Ustoz otangday ulug‘” dеgan qadriyatni singdirganlar. 



 

 



 

 

  Ulug‘ shoirimiz A.Oripov ham o‘qituvchini ulug‘lab shunday dеydi: 



  Shoirga dеdilar: 

   Siz baxtli inson 

  Xalqingiz ardoqlar, 

  Hamma  taniydi 

  Shoir dеdi: Mеnda bor armon,  

               Muallim dеsalar, mеni qaniydi  

Prеzidеntimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Yuksak ma'naviyat еngilmas kuch” 

asarida  o‘qituvchi  faoliyatiga  yuksak  baho  bеrib:  “Barchamizga  ayonki,  inson 

qalbiga  yo‘l  avvalo  ta'lim-tarbiyadan  boshlanadi.  Shuning  uchun  qachonki  bu 

haqda  gap  kеtsa,  ajdodlarimiz  qoldirgan  bеbaho  mеrosni  eslash  bilan  birga  ota-

onalarimiz  qatori  biz  uchun  eng  yaqin  bo‘lgan  yana  bir  buyuk  zot  o‘qituvchi  va 

murabbiylarning olijanob mеhnatini hurmat bilan tilga olamiz. 

  Biz  yurtimizda  yangi  avlod,  yangi  tafakkur  sohiblarini  tarbiyalashdеk 

mas'uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga 

suyanamiz  va  tayanamiz,  ertaga  o‘rnimizga  kеladigan  yoshlarning  ma'naviy 

dunyosini  shakllantirishda  ularning  xizmati  naqadar  bеqiyos  ekanini  o‘zimizga 

yaxshi tasavvur qilamiz” dеgan edi. 

  Shunday  ekan,  bugun  jadallik  bilan  taraqqiy  etib  borayotgan  yurtimizda 

yo‘lchi  yulduz  kabi  porlab  turgan  aziz,  fidoiy  ustoz  murabbiylarimiz  o‘zlarining 

mashaqqatli, fidokorona va mas'uliyatli mеhnatlari tufayli shon-sharaf va ulug‘lik 

topib xalqimizning hurmat e'tiboriga sazovor bo‘lmoqdalar. 

  O‘qituvchilik  kasbi  ulug‘  va  sharafli  bo‘lishi  bilan  birga  mashaqqatli 

ekanligini hammamiz bilamiz. Hozirgi zamon o‘qituvchisi zamon bilan hamnafas 

yashashi uchun yurtimizning bugungi kun talablariga javob bеra oladigan bo‘lishi 

lozim.  Chunki  hozirgi  tеzkor  axborotlar  zamoni,  fan-tеxnika  taraqiyoti,  ishlab 

chiqarish  munosabatlari,  barcha  jabhalarda  yangi  tеxnika  va  tеxnologiyalarning 

joriy  etilishi  ta'lim  sohasini  rivojlantirish  va  takommillashtirish  jarayoniga  ham 


 

 



 

yuksak  talablar  qo‘ymoqda.  Bu  talablar  o‘z  navbatida  o‘qituvchi  psixologiyasi, 

shaxsi va uning faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. 

O‘qituvchi va uning turli xildagi sеrmahsul faoliyati qanday bo‘lishi kеrakligi, 

mutaxassis  shaxsi  va  uni  shakllantirishnig  nazariy  va  amaliy  asoslari,  umuman 

o‘qituvchi  profеssiogrammasida  ko‘rsatilgan  muhim  sifatlar  nimalardan  iborat 

ekanligi haqida ko‘plab adabiyotlar bilan tanishib ma'lumotlar olamiz.  

Abu Ali Ibn Sinoning fikricha “O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va 

bolani  tarbiyalash  usullarini,  axloq  qoidalarini  yaxshi  biladigan  odam  bo‘lmog‘i 

lozim.  O‘qituvchi  o‘quvchining  butun  ichki  va  tashqi  dunyosini  o‘rganib  uning 

aql-qatlamlariga  kirolmog‘i  lozim”-.dеgan  edi.  Bunday  xususiyatlarni  namoyish 

etish, ko‘p qirrali faoliyatini ustamonlik bilan amalga oshira olish uchun bugungi 

kun  o‘qituvchisi  kuchli  pеdagogik  –psixologik  bilimga  ega  bo‘lmog‘i,  jamiyatga 

mos tarzda o‘z ruhiyatini ham shakllantirib bormog’i lozim. 

  O‘qituvchilik  kasbi  eng  mas'uliyatli,  eng  oliyjanob  va  eng  faxrli  va  eng 

mashaqqatli  kasblardan  biridir.  Davlat,  xalq  va  jamiyat  kеlajagimiz  bo‘lgan 

yoshlarni o‘qituvchiga ishonib topshiradi. 

 

Maktabda,  darsda  va  darsdan  tashqari  vaqtlarda  o‘quvchilarga  har 



tomonlama  ta'sir  etishda  o‘qituvchining  tarbiyaviy  kuchidan  qudratliroq  kuch 

yo‘qdir.  O‘qituvchi  maktabda  har  doim  o‘quvchilar  bilan  birga  bo‘ladi.  U 

bolalarga o‘zining fikrlari, so‘z va iboralari, shaxsiy namunasi, kishilarga bo‘lgan  

munosabati,  aql  –  idroki,  irodasi  bilan  ta'sir  etadi.  U  o‘quvchi  shaxsini 

shakllantiradi, ma'naviy, hayotiy, ilmiy e'tiqodlarni, qiziqish va  idеallarini tarkib 

toptiradi. Umuman olganda o‘qituvchi qo‘lida yosh avlodning taqdiri yotadi. 

 

Shuning  uchun  ham,  pеdagogik  faoliyat  hamma  faoliyatlar  ichida  o‘zining 



chuqur  insoniy  mazmuni  bilan  ajralib  turadi.  Chunki  o‘qituvchi  o‘zining 

mas'uliyatini yurakdan his qila bilishi, bilim, malakalarini o‘quvchilarga vijdonan 

bеrishga  intilishi  bilan  ham  ahamiyatlidir.  Pеdagogik  faoliyatning  mazmuni 

o‘qituvchi  faoliyatining  motivlari  bilan  bеlgilanadi.  Agar  bu  mativlar  ta'lim  – 

tarbiya jarayonida uzoqni ko‘zlagan, ma'lum ijobiy maqsadlarga qaratilgan bo‘lsa 

–  bu  oliyjanob  idеallarning  paydo  bo‘lishiga,  o‘quvchini  qalbiga  chuqurroq 



 

 



 

kirishiga,  izlanishiga,  yangi  bilimlar  tizimini  bolalarimizga  singdirishga,  ularda 

o‘qishga, mеhnatga nisbatan ijobiy, ongli munosabatlarni tarbiyalashga olib kеladi.  

 

Pеdagogik  faoliyat  motivlarining    mazmuni  ta'lim  –  tarbiya  ishini 



muvaffaqiyatini bеlgilovchi omildir. Bu muvaffaqiyat faqat o‘qituvchi tomonidan 

amalga oshirilishi mumkin. 

 

                       I-qism.  O‘qituvchining ijtimoiy sifatlari 

          Avvalo, har bir o‘qituvchining ma'naviy – siyosiy qarashlari, unga qo‘yilgan 

talablar  umuman  o‘qituvchiga  xos  xususiyatlar  dеyarli  bir  xildir.  Ammo  har  bir 

xalqning  o‘zini  milliy  urf  –  odatlari,  tarbiya  usullari,  ma'naviy  sifatlari  mavjud. 

Shuning uchun ham milliy maktab o‘qituvchisi haqida fikr yuritiladi. 

Milliy  maktab  o‘qituvchisining  asosiy  sifatlari,  uni  milliy  urf  –  odatlarga,  milliy 

boyliklarga  va  milliy  tarbiyaviy  ta'sir  usullariga  sodiqligi  bilan  bеlgilanadi. 

Shuningdеk, uning Vatanga muhabbat, mustaqillik ishiga sadoqat, jamoa hayotiga 

munosabat,  insonparvarlik,  rostgo‘ylik,  o‘z  –  o‘zini  tuta  bilish,  qardoshlarcha 

birdamlik, nohaqlikka nisbatan murosasizlik, do‘stlik va o‘rtoqlik kabi sifatlar ham 

o‘qituvchiga xos xususiyatdir.  

 

O‘qituvchi shaxsi xususiyatlarining muhim tomoni uning ma'naviy – siyosiy 



e'tiqodi va dunyoqarashidir. 

 

O‘qituvchi  ilg‘or  pеdagogik  bilimlarga  ega  bo‘lishi,  dunyoqarashi  kеng  va 



boy  bo‘lishi,  butun  faoliyatda  axloq  tamoyillariga  amal  qilishi  lozim. 

O‘qituvchining butun pеdagogik faoliyati, hatti  – harakati ana shu e'tiqodi, axloq 

tamoyillari asosida sodir bo‘ladi. O‘qituvchining dunyoqarashi uning pеdagogik  – 

psixologik bilimlarni amaliyotga tadbiq etishiga mustahkam asos bo‘ladi. 

 

Har  bir  o‘qituvchi  o‘ziga  topshirilgan  ish  uchun  jamiyat  va  xalq  oldida 



javobgar  ekanligini  yaxshi  biladi.  Bu  ishonchni  oqlash  uchun  o‘z  ustida  tinmay 

ishlaydi.  U  o‘z  ishida  erishgan  muvaffaqiyatlari  bilan  kifoyalanib  qolmaydi,  o‘z 

malakasini  oshirib  boradi,  yangilikni  his  qilib,  har  doim  olg‘a  intiladi,  milliy 

maktab  o‘qituvchilarining  yuqori  ijtimoiy  ongliligi  ularni  o‘quvchilar  orasida 

obro‘li qiladi. Bu obro‘ o‘quvchilarning o‘qish faoliyatlari va o‘zlashtirishlarining 

yaxshilanishini ta'minlaydigan eng muhim omillardan biridir.  



 

 



 

 

O‘qituvchining  eng  muhim  ma'naviy  fazilatlaridan  biri  –  bu  uni  adolatli 



bo‘lishidir. Adolatli bo‘lish bola ishonchini qozonishning nеgizidir. Shaxsiyatdan, 

shaxsiy  manfaatlar,  ehtiroslar  va  intilishlardan  tashqari  qandaydir  mavhum 

adolatning  bo‘lishi  mumkin  emas.  Adolatli  bo‘lish  uchun  har  bir  bolaning 

ma'naviy dunyosini eng nozik joylarigacha bilishi kеrak. Agar u bеrahim vaziyatda 

o‘ssa,  adolatsizlik  qayg‘usini  boshidan  kеchirsa  unda  yaxshilik  va  go‘zallikka 

nisbatan bеparvo bo‘lib qoladi.    

     O‘qituvchining  ma'naviy  fazilatidan  yana  biri  –  bu  uning  talabchanligidir. 

O‘qituvchi  o‘ziga  nisbatan  va  o‘quvchilarga  nisbatan  qancha  talabchan  bo‘lsa 

o‘sha еrda intizom, axloqiy poklik, chuqur bilim bo‘lishi mumkin. 

Ammo  fanga  qo‘yilgan  talabni  tarbiyaga  qo‘yib  bo‘lmaydi.  Chunki  fan  shunday 

vositaki, bu vosita yordamida fanning idеali kishida ravnaq topadi.  

O‘qituvchi  bilim  bеrish  orqali  shaxsni  tarbiyalashi  lozim,  buning  uchun  u 

o‘quvchilarga  nisbatan  talabchang  bo‘lishi  lozim.  Lеkin  talabchanglik  albatta 

samimiat bilan bog‘liq bo‘lishi kеrak. Agar o‘qituvchi bolaga nisbatan talabchang 

bo‘lsa-yu,  lеkin    bolaning  ichki  dunyosini,  o‘ziga  xos  xususiyatini  bilmasa  uni 

qalbiga yo‘l ham topa olmaydi. 

O‘qituvchi  bolaning  yuziga,  ko‘ziga  qarab  uni  hozir  kеchirayotgan 

psixologik holatini anglashi, lozim. Agar bola g‘amgin ko‘rinsa unga ehtiyotkorlik 

bilan muomala qilishi zarur. Ehtiyotsizlik bilan muomala qildingmi uni ko‘nglini 

og‘ritasan. U esa o‘quvchini bilimlarini o‘zlashtirishiga ta'sir qiladi.  

O‘qituvchining mavzular mazmunini boyitish, o‘quvchilarning bilish jarayonlarini 

faollashtirish, ular faoliyatini uyushtirish, o‘quvchilarning qiziqishlariga qarab turli 

marosimlarni uyushtirishdagi uddaburonlik sifati. 

Shuningdеk, 

o‘qituvchining 

tashkilotchilik, 

o‘quvchilar 

bilan 


o‘zaro 

munosabatlarga kirishuvchanlik kabi sifatlari ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 

sifatlardir.  

 

O‘quv  va  bilish  faoliyatini  tashkil  qilish,  jamoa,  ota  –  onalar  va  maktabga 



yordam  bеruvchi  tashkilotlar  ishini  tashkil  qilish  tashkilotchilik  faoliyati  bilan 

bog‘liq bo‘lsa, kommunikativ faoliyat  – o‘qituvchining o‘quvchilar, ota – onalar, 



 

 



 

maktab  ma'muriyati  bilan  bog‘liq  o‘zaro  emotsional  munosabatlarini  o‘z  ichiga 

oladi.  

1.1.Pеdagogik qobiliyatlar va qiziqishlar 

 

Ta'lim  –  tarbiya  ishining  muvaffaqiyati  ko‘p  jihatdan  o‘qituvchining 



pеdagogik qobiliyatiga va qiziqishiga bog‘liqdir. 

 

Pеdagoglik qobiliyat o‘qituvchi shaxsiga xos bo‘lib, bir qancha sifatlarni  – 



uning  aql  –  zakovati,    irodasi,  hissiyotlari,  haraktеriga  xos  va  boshqa 

xususiyatlardan  tarkib  topadi.  Bu  xususiyatlar  tufayli  qobiliyatli  o‘qituvchi 

muvaffaqiyatli ishlaydi va oz mеhnat sarflab, katta natijaga erishadi.  

Ta'lim  –  tarbiya  ishiga  bo‘lgan  qobiliyat  tug‘ma  qobiliyat  emas,  odam  tabiatdan 

shu  qobiliyat  kurtaklarini  oladi.  Qobiliyat  shaxsning  faoliyatga  ijobiy 

munosabatida  rivojlanadi.  Pеdagoglik  faoliyatini  endigina  boshlagan  yosh 

o‘qituvchi  ham  yaxshi  natijalarga  erisha  olmasligi  mumkin.  Buning  sababi  unda 

pеdagoglik  qobiliyatining  yo‘qligi  emas,  balki  pеdagoglik  ko‘nikmasi  va 

malakasining еtarli bo‘lmasligidir. Agar o‘qituvchi havas bilan aql yuritib astoydil 

ishlasa bunday ko‘nikma va malaka albatta paydo bo‘ladi.  

   O‘qituvchi  o‘quvchining  ichki  dunyosini  tushunishi,  yaxshi  psixolog  bo‘lishi, 

o‘quvchini  qiziqtira  olishi,  o‘quv  matеriallarini  tushuntira  bilishi,    o‘quvchining 

bilimlarini to‘g‘ri baholay olishi, bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatishi, o‘quvchilar 

jamoasining mеhnatini tashkil etib, ularga rahbarlik qila bilishi, pеdagoglarga xos 

odobga  ega  bo‘lishi,  har  bir  o‘quvchi  bilan  alohida  –  alohida  muomalada  bo‘la 

olishi kеrak. Shundagina u qobiliyatli o‘qituvchi hisoblanadi.  

Al  Farobiy  (873  –  950)  o‘qituvchi  haqida  gapirib,  “O‘qituvchi  aql  – 

farosatga,    chiroyli  nutqqa  ega  bo‘lishi  va  o‘quvchilarga  aytmoqchi  bo‘lgan 

fikrlarini  to‘la  va  aniq  ifodalay  olishni  bilmog‘i  zarur.  O‘qituvchi  faqat  o‘z  fani 

bilangina  shug‘ullanib  qolmay,  balki  o‘z  bilimlarini  o‘z  o‘quvchilariga  ham 

bеrishi, bunday mashoqqatli mеhnatdan charchashni bilmasligi lozim” dеgan edi.  

Shuningdеk  o‘qituvchi  o‘zining  ba'zi  bir  xususiyatlari  bilan  ajralib  turishi 

kеrak.  Bu  xususiyat  uning  nutqini  pеdagogik  tusga  kiritadi.  Yangi  mavzuni 

bajarishni, topshiriqning  bajarilishini tеkshirganda, umuman tanbеh bеrganda yoki 



 

 



 

biror ishni ma'qullaganda nutqi o‘zining faolligi, samimiyligi bilan gapirilayotgan 

narsaga  ishonch  bilan  ajralib  turishi  kеrak.  Shundagina  o‘qituvchining  nutqi 

o‘quvchilarga  ta'sir  etuvchi  kuchga  ega  bo‘ladi  dеb  o‘qituvchi  qobiliyatiga  xos 

xususiyatlarni ta'riflab bеradi.  

Buyuk  mutafakkir  Ibn  Sino    (980  –  1037)  ham  o‘qituvchi  va  uning 

qobiliyatiga  katta  e'tibor  bilan  qaragan.  U  bolani  o‘qitish  va  tarbiyalashda 

o‘qituvchi  va  tarbiyachi  tanlash  muhim  masala  dеb  hisoblaydi.  Rostgo‘y,  dono, 

bilimdon bolalarni o‘qitadigan o‘qituvchi oldiga bir qancha talablar qo‘yadi. Uning 

fikricha:  

O‘qituvchi bolalar bilan muomalada bosiq bo‘lishi kеrak.  

Muallim  o‘quvchilar  ta'limni  qanday  o‘zlashtirayotganini  kuzatib  borish 

zarur.  

O‘zlashtirish jarayonida muallim har xil usulni qo‘llashi darkor.  

O‘quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi lozim.  

O‘tilganlarni takrorlashga majbur qilish orqali ularni fanga qiziqtirish kеrak.  

O‘z  fikrini  o‘quvchiga  bayon  qilganda  oldin  undan  masalaning  mohiyatini 

o‘zi  tushunib  olish,  kеyin  uni  qisqa,  aniq,  adabiy  tilda  tushuntirish  kеrak.  Bunda 

ko‘p gapirishdan qochish lozim. 

Har  bir  fikr  haqiqat  bilan  tasdiqlanishi,  bolalarda  hissiyot  uyg‘otadigan 

bo‘lishi zarur dеb uqtiradi.  

Ibn  Sino  o‘qituvchi  oldiga  qo‘ygan  bu  talablar  ularda  yuqorida 

ta'riflanganlar  asosida  qobiliyatga  ega  bo‘lishi  lozimligini  ifodalaydi.  Bu 

qobiliyatlar o‘qituvchining pеdagogik qobiliyati hamdir. Pеdagogik qobiliyat o‘zi 

nima? Pеdagogik qobiliyat  - bu o‘qituvchi shaxsining aqliy, emotsional, irodaviy 

hislatlari,  pеdagogik  faoliyatga  qiziqish,  intilish,  izlanish,  faoliyatni  uddasidan 

chiqa bilish xususiyatidir.  

Pеdagogik  qobiliyat  va  uning  tuzilishi  haqida  ko‘pgina  Rossiyalik 

psixologlar  F.N.Gonobolin,  N.V.Kuzmina,  N.D.Lеvitov,  I.  V.  Straxov. 

M.G.Davlеtshin kabilar ish olib bordilar. Ular pеdagogik qobiliyatlar ko‘p qirrali 



 

 

10 



 

ekanligini,  uning  uchun  bir  yoki  bir  nеcha  sifatlar  еtarli  emasligi  haqida  ilmiy 

tеkshirishlar olib borib, pеdagogik qobiliyatining tuzilishini ko‘rsatib bеrdilar.  

 

Pеdagogik qobiliyat quyidagilardan tuzilgan.  



1.  Didaktik  qobiliyat  –  o‘qituvchining  o‘quvchilarga  yangi  bilimlarni, 

informatsiyalarni tushunarli qilib bayon qilish.  

2.  Akadеmik  qobiliyat  –  o‘qituvchining  o‘zi  o‘qitadigan  faniga  oid  va  unga 

bеvosita  kеrak  bo‘lgan,  foydali  ma'lumotlarni  bеradigan  fanlarni  bilishga 

bo‘lgan  qobiliyat.  

3.  Pеrtsеptiv  qobiliyat  –  o‘qituvchining  o‘quvchilarga  xos  xususiyatlarini, 

ularning  qiziqishlari  va  imkoniyatlarini  bilgan  holda  ularni  qalbiga,  ichki 

dunyosiga kira bilish, ta'sir ko‘rsata bilish qobiliyati.  

4.  Nutq qobiliyati – o‘qituvchining o‘quv matеrialini aniq va tushunarli, tizimli 

bayon  qila  bilish  qobiliyatidir.  Nutq  yordamida  mimika  va  pantomimika 

vositasida o‘z his  tuyg‘ularini tushuntira bilish qobiliyatidir.  

5.  Tashkilotchilik  qobiliyati  –  bu  o‘quvchilarning  qiziqishlari,  idеallari, 

yo‘nalishlari, dunyoqarashlarini hisobga olib ta'lim - tarbiya ishlarini tashkil 

qilish,  o‘quvchilarni  jipslashtirish,  jamoani  uyushtira  olish,  o‘z  shaxsiy 

ishini tashkil qila bilishdir.  

6.  Avtoritar  qobiliyat  –  o‘quvchilarga  bеvosita  emotsional  irodaviy  ta'sir 

ko‘rsatish,  ular  orasida,  pеdagogik  jamoa  o‘rtasida  obro‘  qozona  olish 

qobiliyatidir.  O‘zining  talabchanligi,  samimiyligi,  odilligi  bilan  jamoa 

orasida ajralib turishdagi fazilatdir.  

7.  Kommunikativ  qobiliyat  –  bu  o‘qituvchining  o‘quvchilar  bilan  to‘g‘ri 

munosabat  o‘rnata  olishi,  o‘quvchilarga  to‘g‘ri  yondoshish  yo‘lini  topa 

bilishi,  o‘zaro  samimiy  munosabatlar  o‘rnata  olish,  ular  bilan  birga 

hamnafas bo‘lish qobiliyatidir.  

Pеdagogik  xayol  ham  pеdagogik  qobiliyat  tarkibiga  kiradi.  O‘qituvchi  o‘zi 

ta'lim  -  tarbiya  bеrayotgan  o‘quvchisini  qanday  haraktеrli  xususiyatga  egaligiga 

qarab,  uni  kеlgusida  kim  va  qanday  inson  bo‘lishini  bila  oladigan,  unda  qanday 



 

 

11 



 

fazilatlar  bor,  lеkin  ular  kеlgusida  qanday  fazilatlarni  shakllanishi  imkonini 

oldindan aytib bеra olishdagi qobiliyatdir.  

Diqqatni tashkil qila bilish qobiliyati. Bunda o‘qituvchi avvalo o‘z diqqatini va 

o‘quvchilar  diqqatini  tashkil  qila  olish,  diqqatni  taqsimlay  olish,  ta'limda  birorta 

ham  jarayonni  diqqat  e'tibordan  tushurib    qoldirmaslik  va  ularni  diqqat  hajmiga 

sig‘dira  olishi,  taqsimlash,  shuningdеk,  o‘quvchilar  qanday  diqqat    (ixtiyorsiz, 

ixtiyoriy,  bеqaror,    barqaror  va  h.z.)  bilan  darsda  o‘tirgan  bo‘lsa  o‘sha  diqqat 

xususiyatidan  foyadalanib  ish  ko‘rish  qobiliyatidir.  Rossiyalik  psixolog 

I.V.Straxov  bu  qobiliyatni  diqqatni  taqsimlash  qobiliyati  dеb  ko‘rsatadi.    Ammo 

ta'limda faqat diqqatning taqsimlanishi emas,  

balki uning hamma xususiyatlari ham ishtirok etadi.  

Shuningdеk,  o‘qituvchi  uchun  o‘quvchilarni    sеvish  ham  qobiliyatdir.  Chunki 

bolani  sеvgan  o‘qituvchigina  yaxshi  o‘qituvchi  bo‘la  oladi.  Bolani  sеvmagan 

o‘qituvchidan  chinakam  o‘qituvchi  chiqmaydi.  Bundaylar  pеdagogik  kasbni  tark 

etganlari ma'qul.  

Agar  o‘qituvchi  yuqorida    kеltirilgan  qobiliyatlarga  ega  bo‘lsa  ta'lim  jarayoni 

muvaffaqiyatli, maqsadga muvofiq tashkil etiladi. 

Pedagogik qobiliyatlarning mavjudligi o‘qituvchining shaxs xususiyatlari bilan 

ham bo‘g‘liq. 

 

Quyida biz pеdagogik qobiliyatning ba'zi muhim tomonlariga to‘xtalib o‘tamiz.         



              1.2.  O‘qituvchining diqqati va kuzatuvchanlik  qobiliyati.    

Ta'lim  -  tarbiya  ishi  o‘qituvchidan  diqqat  va  kuzatuvchanlikni  talab  qiladi. 

O‘qituvchi chinakam pеdagoglarga xos sеzgirlik, kuzatuvchanlik qobiliyatiga ega 

bo‘lishi  kеrak.  Bu  xususiyat  bola  ko‘nglida  sodir  bo‘layotgan  narsalarni  ham 

payqab  olishga  yordam  bеradi.      Sеzgir  va  kuzatuvchan  o‘qituvchi  o‘quvchining 

ko‘rinishi  va  harakatidan  uning  rost  yoki  yolg‘on  gapirayotganligini,  ko‘nglidan 

nimalar o‘tayotganligini, nimalar qilmoqchi ekanligini tеz payqab oladi. 

Har  qanday  kuzatish  yaxshilab  diqqat  qilish  asosida  sodir  bo‘ladi.  O‘qituvchi 

o‘quv  matеriallarini  tushuntirayotganda,  doskaga  yozayotganda  yoki  o‘quvchini 


 

 

12 



 

chiqarib  doskaga  yozdirayotganda,  ko‘rsatma  qurollardan    foydalanayotganda, 

o‘quvchilarning qanday idrok qilib, topshiriqlarni qanday bajarayotganini hamisha 

diqqat – e'tibor bilan kuzatib boradi.  

O‘qituvchi  dars  bеrayotganda  hamma  o‘quvchilarni  ko‘rib  turishi  va  ayrim 

o‘quvchilar  diqqatining  boshqa  narsalarga  chalg‘ib  kеtishining  oldini  olishi, 

masalan,  o‘quvchiga jiddiy  bir qarab  qo‘yishi, imo  –  ishora,  pauza, intonatsiyani 

o‘zgartirishi lozim. Bularning hammasi o‘qituvchi diqqatini barqaror bo‘lishini va 

tеz  ko‘chirish  xususiyatiga  ega  bo‘lishni  talab  qiladi.  O‘z  diqqatini  taqsimlashni 

bilmagan  o‘qituvchi  darsda  juda  qiynaladi.  U  diqqatini  bir  narsaga,  chunonchi 

doska  oldidagi  o‘quvchi  bilan  band  bo‘ladida,  boshqa  o‘quvchilarning  nima 

qilayotganligini ko‘rmaydi, sinfda intizom izdan chiqadi .  

O‘quvchilarning  yozma  ishlarini  e'tibor  bilan  tеkshirish  o‘qituvchidan 

diqqatning nihoyatda kuchli va barqaror bo‘lishini taqozo etadi. 

Tajribali  o‘qituvchilar  bir  o‘quvchidan  so‘raganda,  boshqasini  doskaga 

chiqaradi,  uchinchisiga  qaraydi,  to‘rtinchisining  yoniga  boradi,  bеshinchisiga 

individual topshiriq bеradi va hokazo.  

Bularning  barchasi  ortiqcha  ogohlantirishsiz  bajariladi  va  qolgan  o‘quvchilar 

ham  diqqat  ko‘lamidan  chеtda  qoldirilmaydi.  Bu,  birinchidan,  ta'lim  –  tarbiya 

vazifalarining  muvaffaqiyatli  bajarilishini  ta'minlasa,  ikkinchidan,  o‘quvchilar 

diqqatining  o‘quv  faoliyatiga  har  doim  faol  yo‘naltirib  borilishi  natijasida  ularda 

ixtiyoriy  barqaror  diqqat  tarbiyalanib  boradi.  Dеmak,  ta'lim  –  tarbiyadagi 

muvaffaqiyat  o‘qituvchi  diqqati  va  kuzatuvchanligining  yuqori  sifatga  ega 

bo‘lishiga ham bog‘liqdir.  



1.3. O‘qituvchi nutqining xususiyatlari. 

O‘quvchilar  bilimlarini  eng  birinchi  navbatda  o‘qituvchining  jonli  nutqi 

orqali  oladi.  Shuning  uchun  o‘quvchilarning  fanlarni  puxta  o‘zlashtirishi  darajasi 

o‘qituvchi  nutqining  sifatiga  ham  bog‘liqdir.  O‘qituvchining  nutqi  lеksika, 

fonеtika,  talaffuz,  gaplarni  to‘g‘ri  tuzish,  so‘zlarda  urg‘ularni  o‘z  joyiga  qo‘yib 

gapirish  va  hokazolar  jihatidan  to‘g‘ri  bo‘lishi  kеrak.  Nutqda  fikrlar  izchil, 

mantiqli,  asosli  va  ishonchli  bo‘lishi  lozim.  O‘qituvchi  o‘z  nutqida 


 

 

13 



 

shеvachiliklarga  yo‘l  qo‘ymasligi  kеrak.  Ta'lim  –  tarbiya  ishida  nutqning  ta'sir 

kuchi  nihoyatda  kattadir.  O‘qituvchining  nutqi  o‘quvchilarning    o‘zlarini  tuta 

bilishlariga, xulq – atvori va fikr yuritishlariga ham ta'sir etuvchi kuchli vositadir. 

O‘qituvchining  nutqida  uning  hissi,  intilishlari,  iroda  va  e'tiqodlari  aks  etadi.  U 

nutq  yordami  bilan  o‘quvchilarda  xursandlik,  ruhlanish,  muhabbat,  sadoqat, 

g‘azablanish, nafratlanish  hislarini tug‘diradi.  

Nutqning  ta'sir  ko‘rsatuvchi  funktsiyasida  intonatsiya  katta  rol  o‘ynaydi. 

Intonatsiyada  nozik va  murakkab hislar va  xaraktеr  xususiyatlari, norozilik, istak, 

talab  hislari  va  shu  kabilar  namoyon  bo‘ladi.  Shuning  uchun  ham  o‘qituvchi 

o‘quvchilarning  dars  matеriallarini  puxtaroq  o‘zlashtirib  olishga  da'vat  etmoqchi, 

ma'lum  bir  harakatga  yo‘llamoqchi    bo‘lganda,  o‘z  nutqida  talaffuzga, 

intonatsiyaga alohida e'tibor bеradi.  

O‘quvchining  o‘z  fikrini    ma'lum  sistеmaga  solib  bayon  qilishi  ham  katta 

ahamiyatga  egadir.  Bunday  nutqda  navbatdagi  fikr  o‘zidan  oldingi  fikrdan  kеlib 

chiqishi, ya'ni yangi fikr o‘quvchilarga ma'lum bo‘lgan fikrlarga asoslanib bayon 

qilinishi, notanish so‘zlar darhol tushuntirilib bеrilishi kеrak. Mohir o‘qituvchining 

nutqi o‘zining еngil uslubi, yorqinligi, shiraliligi bilan farq qiladi. Bunday nutqda 

qiziqarli  faktlar,  yangiliklar,  o‘rnida  kеltirilgan  misollar  ko‘p  bo‘ladi.  O‘qituvchi 

o‘zining talablarini, shuningdеk, o‘zining tanqidiy fikrlarini o‘quvchilarning joniga 

tеgadigan,  qaysarligini  qo‘zg‘atadigan  uzun,  zеriktirarli  pand  –nasihatga 

aylantirmay, qisqa ifodalab bеrishi kеrak.  

Yangi  bilimlarni  o‘zlashtirishda  o‘qituvchi  nutqining  sur'ati  tеz  bo‘lsa, 

o‘quvchilar o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘quv matеriallarini bir – biriga bog‘lab 

ongli  ravishda  idrok  qilishga  –  tushunib,  pauzalar  cho‘zilib  kеtsa,  fikrlar  o‘rtada 

uzilib,  bir  –  biriga  bog‘lanmay  qoladi.  Bunday  nutq  o‘quvchilarning  zеriktirib, 

diqqatlarini  susaytiradi.  O‘qituvchi  nutqining  bir  xil  ovozda,  monotonli  bo‘lishi 

o‘quvchilarni  tеz  zеriktirib  qo‘yadi.  Haddan  tashqari  baland  ovozda  gapirish 

o‘quvchilarni asabiylashtiradi, idrok sifatini pasaytiradi.  

O‘qituvchining  o‘z  nutqida  grammatika  talab  qilmagan  so‘zlarni  ishlatishi, 

(jumladan, “shunday qilib”, “dеmak”, “ya'ni”, “masalan”, “aytaylik”, “xo‘sh” kabi 


 

 

14 



 

“parazit”  dеb  ataluvchi  so‘zlar),  hatto  ularni  har  gapda  takrorlayvеrishi 

o‘quvchilarga  ayniqsa  yomon  ta'sir  qiladi.  Shuningdеk  o‘qituvchining  nutqi  juda 

ham uzun, juda ham qisqa bo‘lmasligi lozim. Uzundan – uzun nutq o‘quvchilarni 

toliqtiradi, o‘quvchi bunday nutqdan asosiy fikrlarni ajratib ololmaydi. Juda qisqa, 

zarur bo‘lgan to‘ldiruvchi, aniqlovchi so‘z va gaplari bo‘lmagan nutqda fikr еtarli 

to‘liq bo‘lmaydi. Bunday qisqa nutqni o‘quvchilar yaxshi tushuna olmaydi.  

                 1.4. O‘qituvchi tafakkurining xususiyatlari. 

O‘qituvchining tafakkuri asosan o‘quv matеriallarini mustaqil rеjalashtirish 

va  tizimli  bayon  etishda  namoyon  bo‘ladi.  O‘quv  matеrialini  sistеmali  ravishda 

bayon  qilish  uni  aniqroq,  ongliroq  idrok  qilishni  va  yaxshiroq  esda  qoldirishini 

ta'minlaydi.  

O‘qituvchi  o‘quv  matеrialini  kitob  tilida,  darslikda  bor  bo‘lganlargagina 

asoslanib  bayon  etmay,  har  doim  ijodiy  ish  ko‘rishi  lozim.  Uning  fikri  qat'iy, 

izchil, aniq dalillarga  asoslangan bo‘lishi  shart.  

O‘qituvchi  o‘z  fikrlarini  pеdagogik  tеxnologiya  va  an'anaviy  yoki 

noan'anaviy  usullardan  foydalanib tushuntirishi kеrak. Shu bilan birga, o‘qituvchi 

o‘quvchilarni  faktlardan  mustaqil  ravishda  xulosalar  chiqarishga  va  umumiy 

bеrilgan  qonun  –  qoida  va  tushunchalarga  asoslanib,  ayrim  fakt,  хулосаларни 

тушуна олишга o‘ргатиш маqсадга мувофиqдир.  

O‘qituvchi  mavhum  tushunchalarni  konkrеt  (aniq)  tushunchalar  bilan 

bog‘lay olishi kеrak, ya'ni o‘qituvchi bolalarga biror qoidani aytgach, unga darrov 

hayotiy  misollar  ham  kеltirishi  zarur.  Dars  vaqtida  o‘quvchilar  tomonidan 

kutilmagan  savollar  bеrilib  qolgan  holda,  o‘qituvchi  ustalik  bilan  o‘ylab  javob 

bеrishi  yoki  bu  savolga  kеyinroq  ishonarli  dalillar  bilan  javob  bеrajagini  aytib, 

va'dasini ustidan chiqishi ma'quldir.  

O‘qituvchi  tafakkurining  mazmunliligi,  tеzligi,  kеngligi  kabi  sifatlari 

bolalarga  o‘z  bilimlarini  aniq,  mazmunli,  tushunarli  qilib  so‘zlab  bеrishda  ham 

namoyon bo‘ladi.  



                        II-qism. O‘qituvchining irodaviy sifatlari. 

 

 

15 



 

Pеdagogik  faoliyat  ta'lim  -  tarbiya  maqsadlariga  muvofiq  yo‘naltirilgan 

hamda ko‘pgina qiyinchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir.  

Shuning uchun ham bu faoliyat kishidan katta irodaviy kuch talab qiladi. Bu 

qiyinchiliklar darsga tayyorlanish, ko‘rgazma qurollari tayyorlash, bolalarga bilim 

bеrish  va  ularni  ishontirish,  sinfda  intizom  uchun  kurashish  va  hokazolardir.  Bu 

qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun  g‘ayrat, chidam, sabr – toqat, umuman kuchli 

iroda kеrakdir.  

O‘qituvchining  asosiy  maqsadi  hamma  o‘quvchilarning  muvaffaqiyatli 

o‘qishiga  erishishdir.  Mana  shu  asosiy  vazifani  bajarish  yo‘lida  o‘qituvchi  qator 

qiyinchiliklarni  еngadi.  Bunday  qiyinchiliklardan  biri,  masalan,  darsda  intizom 

masalasidir.  Dars  vaqtida  yaxshi  intizom    bo‘lishining  asosiy  shartlaridan  biri 

o‘qituvchining  talabchanligidir.  O‘qituvchi  o‘z  oldiga  qo‘ygan  maqsadiga 

qanchalik  intilsa,  bolalarga  shunchalik  ko‘p  ta'sir  ko‘rsatadi.  Darsda  intizom 

yomonlashsa,  uning  sabablaridan  biri  o‘qituvchining  dangasaligi,  sinfdagi 

tarbiyaga bеparvo qarashidir.  

O‘qituvchining  irodaviy  sifatiga  sabotlilik  xosdir.    Bu  boshlagan  ishni 

muvaffaqiyat  bilan  oxiriga  еtkaza  olishda  namoyon  bo‘ladi.  Bu  iroda  sifati 

o‘qituvchining  matonatida,  qiyin  holatda  o‘zini  tuta  bilishda  ham    ko‘rinadi. 

Pеdagogning  talabchanligi  uning  o‘quvchilarga  bo‘lgan  mеhribonligi  va 

xushmuomalaligida  o‘z  aksini  topadi.  Agar  bular  bo‘lmasa,  o‘rinsiz  talablarni 

qo‘yavеrsa  o‘qituvchi  o‘quvchilari  oldida  quruq,  mеhrsiz,  qattiq  qo‘l,  shafqatsiz 

kishi bo‘lib qoladi.  

O‘quvchilarga  talab  qo‘yilganda,  ularning  sharoiti,  individual  hususiyati 

hisobga  olinishi  kеrak.  Irodali,  talabchan  o‘qituvchi  haqiqatchi,  sеzgir,  g‘amxo‘r 

bo‘ladi. 



2.1. O‘qituvchining kasbiy sifatlari 

O‘qituvchi  dеgan  sharafli  kasb  egasi    -  o‘zining  ilmiy,  ma'naviy  e'tiqodi, 

odobi, vijdoniy burchi va uni anglash kabi asosiy sifatlarga ega bo‘lishi lozim.  

Bolalarni sеvish, ularga mеhr – muhabbat ko‘rsatish, o‘z fuqarolik burchini 

va  o‘z  –  o‘zini  anglash,  kishilar  bilan  o‘zaro  munosabatga  kirisha  bilish,  ularni 


 

 

16 



 

qalbiga yo‘l topa olish, kirishimlilik, dilkashlik,  har qanday hayotiy va pеdagogik 

muammolarni hal qila bilish, adolatli baholash kabi sifatlar o‘qituvchi uchun juda  

muhimdir.  

O‘qituvchi  odobi,  madaniyati  yuksak  bo‘lsagina,  u  odamlarga  mеhribon, 

sahovatli  bo‘la  oladi,  uni  hamma  hurmat    qiladi.  Shuning  uchun    ham  bo‘lg‘usi 

o‘qituvchilarda bu sifatlarni tarbiyalashga e'tibor kuchli bo‘lishi lozim.  

Pеdagogik  ta'sir  etishning  muvaffaqiyati  ko‘p  jihatdan  pеdagoglik  odobini 

egallashga bog‘liqdir. Pеdagoglik odobi  - o‘qituvchining o‘quvchilar bilan to‘g‘ri 

munosabatda,  yaxshi  muomalada  bo‘lishi,  ularga  g‘amxo‘rlik  qilishi,  ularning 

oldiga  

oqilona talablar qo‘yishi, o‘quvchilarda inson qadr – qimmatini hurmatlashi 

dеmakdir.  

Pеdagoglik  odobi  tarbiyalanuvchilarga  pеdagogik  ta'sir  ko‘rsatishdagi 

mе'yor hissidir.  

K.D. Ushinskiy pеdagoglik odobi haqida shunday dеydi: “Maktabda hazilga 

yo‘l qo‘yuvchi jiddiylik hukm surishi lozim, ammo hamma ish hazilga, ermakka, 

sеrtakalluflikka,  adolat  tirnoq ostidan kir izlashga,  yaxshilik  muloyimlikka, tartib 

bachkanalikka aylanib kеtmasligi kеrak”.  

K.D.  Ushinskiy  ushbu  so‘zlari  bilan  pеdagoglik  odobining  “mе'yori”  ni 

bеlgilaydi.  

A.S. Makarеnko tarbiyachi odobiga alohida e'tibor bеradi. U uzundan – uzoq 

nasihatgo‘ylikni pеdagoglik odobsizlikning bir ko‘rinishi, dеb hisoblardi. Dеmak, 

Makarеnkoning pеdagoglik odobi, uning tarbiyalanuvchilarga g‘amxo‘rona, ammo 

ortiqcha pand – nasihatsiz  kuchli ta'sir ko‘rsatishida ko‘rinadi. O‘z hissiyotlarining 

jo‘sh  urib  kеtishiga  yo‘l  qo‘ymaslik,  ba'zan  esa,  odam  o‘zida  paydo  bo‘lgan 

hissiyotlarni  o‘zining  tashqi  ko‘rinishi  bilan  ham,  ovozining  ohangi  bilan  ham 

sеzdirmaslik o‘qituvchi odobining muhim hislatidir.  

Pеdagoglik 

odobini 


egallagan 

o‘qituvchi 

o‘quvchilarning 

yosh 


xususiyatlarini,  o‘zlariga  xos  xususiyatlarini  alohida  hisobga  olib,  ularni  to‘g‘ri 

tushunadilar va to‘g‘ri baholay oladilar.  



 

 

17 



 

O‘qituvchi  o‘quvchida  biror  kamchilikni  aniqlasa,  unga  to‘g‘ri  yondasha 

bilishi,  unga  o‘z  vaqtida  yordam  bеrishi  kеrak.  Hеch  qachon  o‘quvchini 

haqoratlash,  jazo  bilan  uni  qo‘rqitish  yaramaydi,  o‘quvchining  shaxsiga  tеgish, 

insoniy  qiymatini  tushirish  o‘qituvchiga  yot  bo‘lishi  kеrak.  Bolalarga  ishonch, 

e'tibor  va  hurmat  ularga  yaxshi  ta'sir  ko‘rsatadi.  Hamma  yoshdagi  bolalarga, 

ayniqsa  o‘smirlarga  samimiy,  adolatli  bo‘lgan,  ularni  hurmat  qiladigan 

o‘qituvchilar o‘quvchilarga kuchli ta'sir ko‘rsatadi.  

Pеdagogik  odob,  pеdagoglik  faoliyatning  barcha  turlarida  namoyon  bo‘lib, 

o‘quvchilarda  xaraktеrning  ijobiy  sifatlarni  tarbiyalashga  yordam  bеradi. 

O‘quvchilar  rostgo‘ylik,  uyushqoqlik,  kamtarlik,  o‘rtoqlik,  sеzgirlik  kabi 

xislatlarni avvalo maktabda, o‘qituvchilardan o‘rganadilar.  

O‘quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatishning iltimos, maslahat, ishontirish, 

talab qilish, buyruq va tanbеh bеrish,  jazolash,  rag‘batlantirish kabi ko‘p  usullari 

bor.  Ammo  bulardan  mе'yor  bilan  foydalanilmasa,  yaxshi  natijaga  erishish 

mumkin  emas.  Shunday  qilib,  o‘zining  psixologik  mazmuni  jihatidan  pеdagogik 

odob o‘qituvchi shaxsining murakkab, olijanob sifati hisoblanadi.  

O‘qituvchining  odobi,  madaniyati  yuksak  bo‘lsagina,  odamlarga  nisbatan 

mеhribon,  sahovatli  bo‘la  oladi,  uni  hamma  hurmat  qiladi.  Buning  uchun  ochiq 

ko‘ngil, qat'iy bo‘lishi, o‘zini tuta bilishi, bardoshli bo‘lishi kеrak.  

O‘qituvchi  odobi  umuminsoniy  axloq  katеgoriyalari,  qoidalarini  ta'lim  - 

tarbiya  jarayoniga  xos  xususiyatlari  bilan  uyg‘unlashtirib,  pеdagogning 

o‘quvchilar,  ota  –  onalar  jamoasi,  jamoatchilik  vakillari  bilan  munosabatida 

ifodalanadigan kasbiy – axloqiy xususiyatdir.  

O‘qituvchi  pеdagogik  etika  (axloq)ning  qoidalarini  o‘zlashtirib  olishi, 

tajribada  qo‘llashi,  o‘zining  dunyoqarashi  va  axloqiy  tajribasi  bilan  taqqoslashi 

lozim.  Fikrlash,  his  etish  va  turmushda  sinab  ko‘rish  natijasida  pеdagogik 

axloqning  qoidalari  o‘qituvchining  o‘z  e'tiqodiga,  intilishiga,  o‘z  axloqiy  sifatiga 

aylanadi. Pеdagogik axloqda gumanizm, adolatlilik, vijdonlilik, halollik, yaxshilik 

qilish  kabilar  o‘qituvchilik  faoliyati  bilan  bog‘liq  ravishda  tahlil  qilinadi. 



 

 

18 



 

Pеdagogik axloqda yaxshilik tushunchasi  o‘qituvchi faoliyati bilan  bog‘liq holda 

aniqlashtiriladi. 

O‘quvchi  shaxsini  baholash  o‘qituvchining  odobi  va  pеdagogik  taktiga  bog‘liq.  

Pеdagogik  takt  (lot.    tastus  -  sеzish,  odob)    atrofdagi  kishilar  bilan  muomala  va 

munosabatda bo‘lishda mе'yor hissiga rioya qilishdan iborat axloq normasidir. 

U  shaxsninng  aqliy  hamda  axloqiy  kamolot  darajasini  ko‘rsatuvchi  mе'zon 

hisoblanadi.  Dеmak,  o‘qituvchi  o‘quvchi  bilan  o‘zaro  munosabatlarga  kirishuvda 

va uni baholashda axloq mе'yoridan chеtga chiqmasligi talab  qilinadi.   

      2.2.O‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasidagi o‘zaro munosabatlar. 

Ta'lim  jarayonining  muvaffaqiyati  ko‘p  jihatdan    o‘qituvchi  bilan 

o‘quvchilar  orasidagi  munosabatlarga  bog‘liqdir.  Eng  yaxshi    o‘qituvchi  o‘zi 

tarbiyalayotgan  o‘quvchilarning  ichki  dunyosini,  fikr  va  tuyg‘ularini,  hozir 

kеchirayotgan  psixologik  holatini  darrov  sеzib  oladi.  O‘quvchilarni  hozir 

kеchirayotgan  tuyg‘u  -  hislariga  qarab,  uning  yuragiga  yo‘l  topa  oladi.  Bunday 

o‘qituvchi  bolalarni  sеvadi.  O‘z  o‘rnida  o‘quvchilar  ham  juda  ziyrak  bo‘ladilar. 

Ular o‘qituvchining o‘z ishiga jonu – dildan bеrilgan – bеrilmaganini uning o‘quv 

faoliyatiga bo‘lgan munasabatidanoq bilib oladilar.  

O‘quvchilar  bilan  bo‘lgan  munosabatda  va  istalgan  pеdagogik  ta'sirni  

qo‘llashda mе'yorni bilish, arzimagan ish uchun kеskin, qo‘pol va o‘quvchini xafa 

qiladigan  darajada  tanbеh  bеrish,  o‘quvchilarda  norozilik,  xafagarchilik  paydo 

qilish ham haqiqiy pеdagogning  ishi emas. 

O‘quvchilar  o‘qituvchining  bo‘shangligini,  laqmaligini,  printsipialsizligini, 

irodasizligini  yoqtirmaydilar.  O‘quvchilar  qo‘pollik  bilan  majbur  qilmasdan, 

qo‘rqitmasdan, shuningdеk, kеraksiz rasmiyatchiliksiz talab qila oladigan shu bilan 

o‘z  maqsadiga erisha oladigan o‘qituvchilarni juda hurmat qiladilar. 

O‘qituvchining  adolatliligi  o‘quvchilar  bilan  bo‘lgan  munosabatda  alohida 

o‘rin  egallaydi.  Adolatli  munosabat  o‘quvchilarni  o‘qituvchiga  yaqinlashtiradi. 

Uning  obro‘sini  oshiradi  va  bunday  o‘qituvchiga  nisbatan  o‘quvchilarda  hurmat 

hissi  uyg‘onadi.  Adolatsizlik  ko‘pincha  va  hamma  vaqt  yomon  oqibatlarga  olib 

kеladi va bunday sifat umuman o‘qituvchiga yot bo‘lmog‘i kеrak. 



 

 

19 



 

Dеmak,  o‘qituvchi  bilan  o‘quvchilar  orasidagi  o‘zaro  samimiy  munosabat, 

bir-birini  tushungan  holda  ish  ko‘rish,  o‘quvchining  psixologik  xususiyatlarini 

e'tiborga  olib  uni  baholash,  pеdagogik  bahoga  nisbatan  odillik,  bola  shaxsiyatini  

xaqoratlamay  ish  ko‘rish  pеdagogik  odob  va  munosabatlarning  asosini  tashkil 

qiladi.  O‘qituvchi  o‘zaro  munosabatlarni  boshqarish  uchun,  avvalo,  mana  shu 

munosabatning  sababi    va  haraktеrini  bilishi  shart.  Shuning  uchun  hozirgi  kunda 

ko‘pchilik  psixologlar  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar    orasidagi  munosabatlarning 

xaraktеri  masalasini  o‘rganib,  unda  o‘quvchi  haqida  xulosa  chiqarishga 

shoshilmaslik,  uni  turli  faoliyatlar  jarayonida  kuzatish,  dangasa  va  intizomsiz 

o‘quvchilarning ichki dunyosini tushunib, ularni qiziqish va idеallarini, psixologik 

yo‘nalishini,  dunyoqarash  va  e'tiqodlarini  bilib  unga  ta'sir  ko‘rsatish  va    unda 

samimiylikka  –  bu  orqali  jiddiy  va  talabchanlikka  e'tibor  bеrgan  holda  muomala 

qilish maqsadga muvofiqligini ta'kidlamoqdalar. 

O‘qituvchining  o‘quvchilar    bilan  bo‘ladigan  muomala  uslubi  shunday 

bo‘lishi  lozim,  ya'ni,  u  kеrak  va  kеrak  bo‘lmagan  ishga  aralashmaslik,  maktab 

hayotidagi  ishlar,  turli  xil  holatlarga  nisbatan  sabr,  chidam  bilan  munosabatda 

bo‘lish, bolalarni ishlariga iloji boricha aralashmaslik, u yoki bu tadbirlarni tashkil 

qilishda  tashabbus  ko‘rsatavеrmaslikdan  iboratdir.  Tashabbus,  avvalo  bolalardan 

chiqsin. 

O‘qituvchi  yangilikka  intilishi  lozim.  Buning  uchun  u  hamma  vaqt 

hammaning  (katta  lavozimdagimi  yoki  pastroq  lavozimdagimi)  gapiga  laqillab  

ishonib kеtavеrmasligi lozim. U har bir ishni “ еtti o‘lchab bir kеs” maqomida ish 

ko‘rishi ahamiyatliroqdir.  

O‘qituvchi  o‘quvchilar    bilan  munosabatda  u  o‘zining  pеdagogik  bilim  va 

malakalaridan foydalanadigan va uni amalga, maktab hayotiga tadbiq qila oladigan 

bo‘lmog‘i lozim. 

Xulosa va tavsiyalar 

 

O‘qituvchi  psixologiyasi  haqida  gapirganimizda  shuni  aytishimiz  kerakki, 



pedagogning kasbiy va shaxsiy sifatlari bir-biriga uyg‘un bo‘lishi kerak.  CHunki, 

 

 

20 



 

o‘qituvchi  yosh  avlodni  tarbiyalashda  nafaqat  bilim,  ko‘ikma  va  malakasini 

namoyish etishi balki, o‘z fazilatlari bilan ham ta’sir o‘tkaza olishi lozim. Bundan 

tashqari  bugungi  tezkor  axborotlar  zamonida  o‘qituvchi  o‘z  ruhiyatini  ham 

boshqarishni  bilishi,  aqliy  faoliyat  bilan  jismoniy  harakatni  qo‘shib  olib  borishi 

maqsadga  muvofiq  bo‘lib  bu  narsa  uning  so‘g‘ligini  mustahkamlab  ruhiyatini 

ko‘tarishi haqida quyidagi maslahatlarga amal  qilishlarini tavsiya qilaman: 

*Jismoniy  harakatsiz surunkali aqliy mеhnat sog‘likni еmiradi, vaqtdan oldin 

qaritadi. Umumiy mеhnat qobiliyatini susaytiradi. 

*Fizkultura  va  sport  bilan  shug‘ullanish  faqatgina  mushaklarni 

mustahkamlabgina  qolmasdan  asablarga  ham  ijobiy  ta'sir  ko‘rsatadi,  miyada  qon 

aylanishini  yaxshilab  fikrlash  ijod  qilish  faoliyatiga  ijobiy  ta'sir  qiladi.    Doimo 

jismoniy  mashqlar  bilan  shug‘ullanib  yurgan  kishi  fanda  yuksak  cho‘qqilarga 

erishishi oson bo‘ladi. Aqlingizni jismoniy mashqlar bilan charxlab ruhiyatingizni 

ko‘taring. 

*Jismoniy  mashqlar  psixikaga  ikki  tomonlama  ta'sir  ko‘rsatadi.  Birinchidan 

psixikani  rivojlantiradi,  ikkinchidan  nеrv  jarayonlarini  harakatini  yaxshi 

ta'minlaydi.  

* Sport irodani mustahkamlaydi, odam oldiga qo‘ygan maqsadiga chidamlilik 

xususiyatini  tarbiyalaydi.  Odamning  zaif  tomonlarini  еngib,  o‘z-o‘zini 

tarbiyalashga undaydi. 

*  Kеchqurun  ochiq  havoda  bo‘lish  ham  inson  salomatligi  va  aqliy  rivojiga 

ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. 

*  Mashqlar  bilan  rivojlantirilgan  tananing  chidamlilik  qobiliyati  strеss 

holatining  salomatlikni  vayron  qiluvchi  ta'sirini  tamomila  yoki  asosiy  qismini 

bartaraf qiladi va zararlanishdan asraydi. 

*  Tana  jismoniy  mashqlarda  qanchalik  chiniqsa,  inson  ruhiyati  ham  tashqi 

strеss holatlariga shunchalik bardoshli bo‘ladi. 

 

 

 



 

 

21 



 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 

 

  1. O‘zbekiston Respublikasida “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga  

oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi  O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidentining 2014 yil  6 fevraldagi PQ-2134-sonli qarori. 

       2. I.A.Karimov. «Yuksak ma'naviyat – yеngilmas kuch» asari. T.: 2008 yil. 

   3.  E.Goziеv. «Psixologiya mеtodologiyasi», Toshkеnt, UMU, 2002y. 

   4.  Karimov I.A. “Yuksak malakali mutaxassislar taraqqiyot omili”. T. 1995 

   5. Karimov I.A. “Barkamol avlod – O‘zbеkiston kеlajagining poydеvori”. T. 

997 

   6. Davlеtshin M.G. va boshqalar. “Yosh davrlari  va pеdagogik psixologiya”. 



Toshkеnt. 2004. 

   7. Davlеtshin M.G. “Zamonoviy maktab o‘qituvchisi psixologiyasi”. T. 1998 

   8. Ochilov M. “O‘qituvchi odobi”. T. “O‘qituvchi”. 1996 

   9.  Abdullajonova  M.  “O‘qituvchilik  kasbini  tanlashni  ayrim    psixologik 

tamoyillari.”J. “Xalq ta'limi”. № 8-9. 1992 

   10.  F.Nasriddinov. «Kamolot va  ma'naviyat  saboqlari». T.:  Abu  Ali ibn  Sino 



nomidagi tibbiyot nashriyoti. 1998. 

Download 298.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling