Kirish. Asosiy qism


Download 38.54 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi38.54 Kb.
#1594495
Bog'liq
Yulduzli tunlar


Pirimqul Qodirovning ,,YULDUZLI TUNLAR’’ romanida tarixiy voqealarning yoritilishi

REJA:
Kirish.


Asosiy qism:

  1. ,,Yulduzli tunlar’’ tarixiy romani haqida.

  2. Boburning Andijon taxtiga o’tirishi.

  3. Shayboniylar bilan taxt uchun kurashlar.

  4. Hindiston o’lkasining qo’lga kiritilishi va ,,Boburiylar sulolasi’’ ga asos solinishi.

Xulosa.

O’zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov o’zining ,, Yulduzli tunlar’’ romanida ilk bor tarixiy mavzuga murojaat etdi,buyuk tarixiy shaxs obrazini yaratishga kirishdi. Asarda jahon tarixi, xususan, O'rta Osiyo va Hindiston tarixida o'chmas iz qoldirgan, markazlashgan davlat tuzib, ko'pdan ko'p xalqlarni qirg'inbarot urushlardan saqlab qolgan, murakkab qismatli podshoh, ne-ne jang-u jadallarni mahorat va va jasorat ko'raatgan sarkarda, she'rlaridagi har bir satrda o'z ichki dunyosi, qiyofasi porlab turgan shoir, har bir so'zida tarix nafasi keluvchi ,,Boburnoma'' muallifi hamda dilbar tabiat siymosi Zahiriddin Muhammad Bobur va uning bir nechta sulola vakillari bilan taxt uchun kurashlari aks etgan.


Bu asar Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko'targan og'a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Roman voqealari orqali o‘quvchi tarixda Temuriylar o‘rtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxo'r beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning g‘oyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi. Roman ikki qismdan iboratligi, birinchi qismda Movarounnahr voqealari, ikkinchi qismda Afg’oniston, Xuroson va Hindistonda bo’lgan hodisalar aks etishini Bobur shaxsiyati birlashtiradi. Syujet, kompozitsiya va qahramon hayotining bunday dedektiv xususiyati qiziqarli va nishob ekanligi uning o’ziga xos, ziddiyatli dialoglar, nafis, halokatli tasvirlar va psixologik monologlarni kashf qiladi. Avvalgi muvaffaqiyatsizlik va keyingi muvaffaqiyatlarning sabablari yorqin ko’rsatiladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 14 fevral 1483-yildaAndijonda tugʻilgan va Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning eng katta o’g’il farzandi edi. Boburning onasi — Qutlug‘ Nigorxonim o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Bobur otasi Umarshayxning erta o’limi tufayli 12 yoshda taxtga chiqdi.
1494 yil. Ramazon oyining to‘rtinchi kunida Axsi qo‘rg‘onida bir falokat yuz berdi. Farg‘ona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo Axsi tepaligida kabutarlariga don berayotgan bir vaqtda, jarlikka qulab, halok bo‘ldi. Uning o‘rnini to‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lgan 12 yoshli Bobur Mirzo egalladi.

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining “Boburnoma” asarida shunday yozadi:


“Tangri taoloning inoyati va koinot sarvari bo‘lgan hazrat Rasuli akramning shafoati, pokko‘ngil chahoryorlarning himmati bilan seshanba kuni, ramazon oyining beshinchisida, sakkiz yuz tuqson to‘qqizinchi yili Farg‘ona viloyatiga o‘n ikki yoshda podshoh bo‘ldim”.
Bobur taxtga chiqqan vaqtda Farg‘ona mushkul ahvolda qolgandi. Samarqand hokimi Boburning amakisi sulton Ahmad Mirzo Toshkent hokimi Yunusxo‘janing o‘g‘li Boburning tog‘asi sulton Mahmud bilan o‘zaro ittifoq tuzib, Farg‘ona ustiga lashkar tortib kelayotgandi.
Hukmronlik otiga mingan Boburning qo‘lidagi qalam qilichga o‘zgardi. U Farg‘onaga qo‘shin tortib kelayotgan amakisi sulton Ahmad Mirzo, tog‘asi sulton Mahmudxonga qarshi kurash boshladi. Samarqand qo‘shini Andijonga yetib keldi. Biroq lashkar holdan toygan, sulton Ahmad Mirzoning tobi ham yo‘q edi. Shu sababli Ahmad Mirzo jiyani Bobur Mirzo bilan sulh tuzib ortga qaytdi.
Bobur bobosi Amir Temur saltanatini qayta tiklash hamda markazlashgan davlat qurishni o‘z oldiga maqsad qilgan edi. Yosh hukmdor 1495-1496 yillardagi muvaffaqiyatsiz yurishlardan so‘ng 1497 yilda Samarqand taxtini egalladi. Biroq bu uzoq davom etmadi. Zahiriddin Muhammad Bobur Samarqandda bor yo‘g‘i yuz kungina hukmronlik qildi va tezda Andijonga qaytishga majbur bo‘ladi. Boburni Andijonga ketganidan foydalangan Buxorodagi sulton Ali Mirzo 1498 yilda Samarqandni egallab oladi. Movarounnahr va Xurosondagi bunday boshboshdoqlik, temuriy shahzodalar o‘rtasidagi o‘zaro taxt talashuvi xalqning sillasini quritdi. Shu pallada Dashti Qipchoq (Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyan-Shanning g‘arbiy yon bag‘ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlar)dan Muhammad Shayboniyxon boshchiligida o‘zbek deb ataluvchi chorvador qabilalar Movarounnahr hududiga kirib keldi. 1500 yilda sulton Ali Mirzo kaltabinlik bilan Samarqandni Shayboniyxonga jangsiz topshiradi. Bu iltifoti evaziga Shayboniyxon barcha temuriy shahzodalarni qilichdan o‘tkazadi. Bu haqda Bobur Mirzo o‘zining “Boburnoma” kitobida shunday yozadi:
“Deyarli 140 yildan buyon Samarqand shahri bizning uyimiz bo‘lib, uni qayoqdandir kelgan begona, dushman kelib qo‘lga kiritdi”.

Shayboniyxondan norozi bo‘lgan Samarqand beklari Boburga maktub yo‘llab, uni shaharni egallashga da’vat etadi. Zahiriddin Muhammad Bobur 1500 yilning kech kuzida Temur poytaxtiga yetib keladi. Bu vaqtda Shayboniyxon Samarqandda 600 kishini qoldirib, o‘zi yurishga (ba’zi manbalarda dam olishga) ketgan edi. Xalq Boburga shahar darvozalarini ochib berdi va Bobur taxtini egalladi. Samarqand atrofidagi Qarshi, G‘uzor beklari Bobur Mirzoning hukmronligini tan oldi.


Voqealardan xabar topgan Shayboniyxon Turkiston atrofidan qo‘shin to‘plab Samarqand ustiga lashkar tortadi. Bu davrda Samarqandda ahvol og‘ir bo‘lib, shahar aholisi qurg‘oqchilik sababli oziq-ovqat va yem-xashaksiz qolgandi. Bundan xabar topgan Shayboniyxon yurishni tezlashtiradi. 1501 yilning aprel oyida Zarafshon daryosi bo‘yidagi Saripul qishlog‘ida Bobur va Shayboniyxon o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Bu jangda Bobur mag‘lubiyatga uchradi.
Boburning mag‘lub bo‘lishining asosiy sababi yollangan mo‘g‘ul askarlarining xiyonatlarida bo‘lsa-da, bundan boshqa faktlar borligini inkor qilib bo‘lmaydi. Xususan mag‘lubiyatning birinchi sababi Boburning munajjimlar bashoratiga ishonib harakat qilishi bo‘lgan.
Voqea tavsifi shuki, har ikki tomon 5-6 kun davomida jangsiz holatda, turli harbiy taktikalar tuzish rejasi bilan band bo‘lgan. Bobur esa ataylab jangni kechiktirishga uringan. Bunga sabab Hirotdan Husayn Boyqaro tomonidan yuborilgan Qanbar Ali boshchiligidagi ikki ming atrofidagi madad kuchlari Keshga yetib kelgan bo‘lib, ikki kun ichida Boburga qo‘shilishi kerak edi. Bundan tashqari, Boburning tog‘asi Sulton Mahmudxon jiyaniga yordam uchun Sayyid Muhammad boshchiligida 1500 atrofida lashkar yuborgan bo‘lib, bu qo‘shin ham yaqin orada yetib kelishi kerak edi. Shunday vaziyatda masalaga munajjimlar aralashib “shu kunda sakkiz yulduz oraliqda turganligini, agar bir kun o‘tsa, ikki hafta davomida sakkiz yulduz dushmanning orqasida bo‘lishi, bu esa kechiktirmay jangga kirish va g‘alaba qozonish lozimligini anglatadi”, deb bashorat qilib Boburni yordamchi kuchlarni kutmasdan jangga kirishga da’vat etadilar.
Mag‘lubiyatning ikkinchisi sababi harbiy strategiyadagi Boburning xatosi va Muhammad Shayboniyning ustamonligidir. Jang oldidan Bobur Mirzo qo‘shinni odatdagidek safga tizib, eng mohir jangchilar va sarkardalarini qo‘shinning irovul (qorovul, markazda, qo‘shinning oldi qismida boruvchi bo‘linma) qismida joylashtiradi. Shayboniyxon esa qo‘shin qanotlariga tajribali sarkardalari bo‘lgan Mahmud sulton, Hamza sulton va Mahdi sulton rahbarligidagi kuchli otliqlarni joylashtirgan.
Shayboniyxonning harbiy razvedkasi Boburning harbiy kengashi sirlaridan ham voqif bo‘lgani haqida taxminlar bor. Chunki Muhammad Shayboniyxon asosiy e’tiborni qanotlarga qaratib, “to‘lg‘ama” harbiy taktikasini qo‘llagan. Bu o‘z navbatida Shayboniyxon dushmanning harbiy taktikasini oldindan bilganidan va harbiy razvedkasi yaxshi ishlaganligidan dalolat beradi.
Muhammad Shayboniyxon dushmanning kuchi, imkoniyati va jang usullariga qarab o‘z taktikalarini o‘zgartirib turgan. Jang boshlanishi bilan Shayboniyxonning qanot qismlari Bobur Mirzo lashkarining barong‘or (o‘ng qanot) va javong‘or (chap qanot) qismlarini ortga surib tashlab, markaz qismning orqasidan yorib kiradi. Natijada qo‘shinning chindovul (qo‘shinning orqasi) qismida turgan Bobur asosiy qismdan ajralib qolgan.
Shunday qilib jangda Bobur yengildi va Samarqandda yashirindi. Shayboniyxon shaharni uzoq vaqt qamal qilib, Bobur og‘ir vaziyatga tushirdi. Qamal vaqtida Shayboniyxon Boburga shaharni tinch yo‘l bilan topshirish haqida taklif yubordi. Taklifga binoan Bobur opasi Xonzoda begimni Shayboniyxonga uzatishi kerak edi. Bobur Mirzo bu taklifga rozi bo‘lmaydi va Sarmarqandni tunda tark etishni rejalashtiradi. Biroq Xonzoda begim o‘z jigarini o‘ylab, yashirincha shahar darvozasidan chiqib, Shayboniyxon huzuriga boradi.
Bobur Mirzo shaharni tunda tark etib, Toshkent hokimi tog‘asi sulton Mahmudxondan yordam so‘rab boradi. Biroq Muhammad Shayboniyxon, Bobur Mirzo, sulton Mahmudxonning birlashgan qo‘shinlarini yengadi. Mag‘lub bo‘lgan Bobur Mo‘g‘ulistonga qochishga majbur bo‘ladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 19 yoshida vatandan quvildi. Endi uning na taxti bor edi, na davlati. Hayotning shafqatsiz taqdiri uni goh cho‘lga gohida tog‘u toshlar orasiga tashladi. Ammo Bobur Mirzo bir daqiqa bo‘lsa-da o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan voz kechmadi.
Samarqand shahri Chingizxonning istilochilar yurishlari natijasida 1229-yilda yer bilan yakson qilib yuborildi va so'ngra shahar Afrosiyob chegarasidan tashqarida bo'lgan yangi joyda, hozirgi “Eski shahar” territoriyasida vujudga keldi. Samarqand hayotining yangi davri XIV asrning oxirlariga to'g'ri kelib, bu davrda u Temuriylar davlatining poytaxtiga aylandi. Temuriylar saltanati davrida Samarqand shahri gullab-yashnadi. Temuriy shaxzoda Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining yuksak mavqe’ga ega bo'lgan “Boburnoma” asarida bu shaharni juda go'zal tasvirlagan. Samarqand shahri – ajoyib orasta bir shahardir. Bu shaharning bir hususiyati borki, bunaqasi kamdan- kam shaharda bo'ladi, ya'ni har hunarmandning alohida bozori bor, bir-biriga aralashgan emas, bu qiziq rasmdir. Yaxshi novvoyliklari va oshpazliklari bordir. Olamda yaxshi qog'oz Samarqanddan chiqadi. Qog'oz juvozlariga suv butkul Konigildan keladi. Konigil- Siyohob yoqasidadirki, bu Qorasuvni Obirahmat ham deydilar. Samarqand
qal'asining ichida yana bir qadimiy imorat bor. Uni Masjidi Laqlaqa deydilar. Uning gumbazi o'rtasida yerni tepsalar, butun gumbazdan “laq-laq” tovushi keladi, qiziq narsadir. Hech kim buning sirini bilmaydi.
Temuriy shahzoda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad bobur ana shunday
g'ozal shaharni egallashga bir necha bor urindi. Lekin taqdir taqozosi bilan Boburga Samarqandda muqim hukmronlik qilish nasib etmadi. Har gal bu yurtni tashlab chiqib ketishga majbur bo'ldi.
901 (1495-1496) yili shavvol oyida Buxoro va Hisor sultonlari bila birgalashib,
Bobur Samarqand qamalida qatnashdi. Uch-to'rt oy davom etgan qamal natija bermadi. Qish havosi sovuq, shahar mudofaasi kuchli edi. Qamal qilganlar hech narsaga erisha olmay, o'z yurtlariga qaytdilar. 903 (1497-1498)- yili Samarqandda yuz bergan siyosiy boshboshdoqlikdan foydalanib, Bobur harbiy yurish qilib borib, Samarqandni egalladi. Bu Boburning Samarqand shahri va viloyatini birinchi bor o'z hukmiga o'tkazishi edi. Bobur Samarqandda yuz kun hukmronlik qildi. Andijonda fitna qo'zg'algani to'g'risida habar kelgach, u Andijon sari otlandi. Ammo Andijonni qaytarib olmoq iloji bo'lmadi.Samarqanddan ham mahrum bo'ldi. Bobur sarsonlikda qoldi.
Bobur va uning odamlari shahar va viloyatdan mahrum bo'lib, tentirab qoldilar. Ba'zi navkarlar Boburdan ajralib har tarafga keta boshladilar. Bobur o'ziga sodiq qolgan odamlar bilan tog'lar osha, yaylovlar o'ta Kuxak daryosi bo'yiga yetib keldi. Bu vaqtda Bobur bilan ikki yuz qirq kishigina qolgan edi. Shu askar bilan Bobur 906 (1500) – yil Samarqandga hujum qilib uni egalladi. Shunda Bobur o'n to'qqiz yoshda edi. Bu Boburtomonidan Samarqandning ikkinchi qayta egallanishi edi.
Samarqand shahri egallanganidan so'ng shahar a'yonlari Boburga sadoqat izhor qildilar. Shoirlar bu g'alaba uchun “Fathi Bobur bahodurast, bidon” (Bilgil, Bobur bahodir fathidir) deb tarix tushurdilar. Atrof viloyatlardan Boburga yordam uchun qo'shinlar kela boshladi. Bobur katta kuch yig'ib Saripul degan joyda Shayboniyxon qo'shini bilan to'qnashdi. Bu jangda Shayboniyxon qo'shini ustun chiqdi. Bobur o'z odamlari bilan shaharga kirib darvozalarni berkitdi. Shayboniyxon Samarqandni qamal qildi. Bobur qo'shini va Samarqand xalqi qamalda og'ir azoblarni boshdan kechirdilar.
Shaharda oziq-ovqat qolmadi. Hech qayerdan yordam kelmadi. Boburning ba'zi lashkarboshilari o'z odamlari bilan shahardan chiqib, qocha boshladilar. Shu vaqt Shayboniyxon sulh taklif qildi. Bobur noiloj bu taklifni qabul qildi va bir guruh sodiq odamlari bilan Shayxzoda darvozasi orqali Samarqanddan chiqib ketdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur garchi ikkinchi bor yengilgan bo'lsada, ammo o'z yurtini mo'g'ullardan qaytarib olish niyyatidan hali hanuz qaytmagan edi. Shuning uchun shaxzoda Bobur yana yurti tomon oshiqdi.
Bobur 909 (1504-1504)-yili rabbiyul avval oyining oxirida Kobul va G'azna
viloyatlarini egalladi. Boburning o'z vataniga qaytmoq yo'lidagi keyingi intilishlari ham muvaffaqiyatsiz chiqdi. Eron shohi Ismoil Safaviy Shayboniyxon ustidan g'alaba qozonganidan so'ng, shohning yordami bilan Bobur uchinchi bor Samarqandni oldi. Ammo siyosiy voqealarning borishi shunday bo'ldiki, Bobur bu safar ham Samarqandni qoldirib ketdi. Shundan keyin Boburga o'z ona vataniga qaytmoq nasib bo'lmadi. Bobur o'z yurini qaytarib olish uchun qanchalik qattiq harakat qilsa ham, ammo taqdir taqozosi bilan unga bu baxt nasib etmadi. Shunday ekan u o'z asarida bu yurtni ta'riflashni unutmadi , nafaqat unutish , balki bu yurtni qancha ta'riflasa ham nihoyasiga yetkaza olmadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur Samarqandga o'zgacha mehr bilan qaragan, bir umr unga intilgan. Samarqandni qo'lga kiritib, Sohibqiron Amir Temur Saltanatini tiklash uning eng buyuk orzusi edi. Ana shu maqsad yo'lida Bobur uzoq vaqt davomida jang-u jadallar olib borgan. Va uch marta mazkur shaharni egallashga muvaffaq bo'lgan.

“Bobur o‘z diniy e’tiqodini e’zozlab, mashoyix va dindorlarni izzat-u ehtirom


qilsa-da, ularni o‘z siyosiy muammolariga doxil bo‘lishlariga imkon bermas va
firqaparastlik xususidagi maslahatlarni qabul etmasdi. U, shuningdek, mazhab, tabaqa va boshqa ixtilofli masalalarning saroyda tarqalishiga izn bermasdi. Garchi Bobur taqvoli musulmon bo‘lsa ham, mazhabiy «junun»ga moyil emas edi. Ha, hukmdor hind va afg‘on amir - lari salohiyatiga u qadar e’timodi bo‘lmasa-da, ularga doim munosib muomala qilib, do‘stona munosabatda bo‘lardi... Bobur nainki mamlakatda siyosiy ahvolni o‘zgartirdi, balki saltanatni g‘arbiy viloyatlar bilan birlashtirdi. Kushon rojaliklaridan keyin Afg‘oniston va Hindistonning o‘zaro aloqalari uzilgan va sobiq «Turk sultonlari» hukmronligida chegaralar qarovsiz holga tushgan edi. Bobur esa Afg‘oniston va Hindiston o‘rtasida o‘z saltanatini barpo qilib, so‘ng o‘rtadagi shimoliy va janubiy chegaralarini mustahkamladi. Qachonlardir jang-u jadal maydoni bu sarzamin savdo-tijorat hamda madaniy-ma’rifiy markazga aylandi».
Asar faqatgina Bobur hayotiga bag’ishlanmay balki oddiy qora xalqning
kechmishlarini ham tasvirlab bera olgan, shuni hisobga olib asar quvalik oddiy
dehqon farzandi bo’lgan Tohir va Robiyaning sevgi qissasi bilan boshlanadi. Quvaga yov bostirib kelayotgani xabari berilganda xalq sarosimaga tushadi ammo jangchilar dushmanlarga hech narsa qila olishmasliklarini anglab Tohir hamda do’stlari kelishib tunda hech kim yo’qligidan foydalanib Quvaga kirish yo’lidagi Quvasoy ko’prigini arralab, qanotlarining ancha joyini sindirib tashlashadi. Tongga yaqin dushman askarlarining ba’zilari ko’prikdan siyrak saf bilan o’tib ketishadi ammo ulardan keyin kelayotgan saflari juda qalin bo’lganligi tufayli ko’prik sinib ketib ko’p sonli jangchilar va tuyalar soyda oqib ketadi. Ko’prik hodisasi sabab dushman tomon ko’p talafot ko’radi va sulh taklif qilishga majbur bo’ladi. Ne- ne beklarning qo’lidan kelmagan xaloskorlik qalblari vatanparvarlik ruhi bilan yo’g’rilgan tavakkalchi yigitlarning qo’lidan kelgani hammani hayratga soladi va haqiqiy qahramonlik nimaligini, yurtga, tug’ilib o’sgan makonga bo’lgan muhabbat qanday bo’lishini oddiy tuyulgani bilan katta jasorat talab qiladigan fidoiylik bilan ko’rsatib berishadi.
Umarshayx vafotidan keyingi toj-u taxt tashvishlari Boburni tinimsiz fikrlashga va izlanishga majbur qildi. Mana shunday og’ir sharoitda ham u zo’ravon beklardam biri Ahmad Tanbalning Xonzoda begim bilan turmush qurmoq istagiga qarshi chiqdi, chunki Tanbal yomon beklardan bo’lib Boburga qarshi tomonda ot surar, ichki nizolarni keltirib chiqarar edi lekin Bobur Tanbalga rad javobini bersa ichki kurashlarni avj olishi va ba’zi beklarning unga qarshi bo’lib qolishini bilib turib ham o’z opasi Xonzoda begimning istagiga qarshi borolmadi va opasini bekning tajovuzidan qutqarib qoldi, chunki Begimning ko’ngli boshqa birovda edi. Bu yerda biz Boburning nafaqat jismonan balki ma’nan ham yetuk inson ekanligiga amin bo’lamiz. U opasi bo’mish Xonzoda begimning xohishiga qarshi borolmaydi chunki bu yerda ko’ngil ishi turganini u ich-ichidan his qila oladi va yagona egachisining baxtli bo’lishini har nedan ko’p xohlardi.
Asar davomida Xonzoda begim tomonidan ko’rsatilgan ko’plab qahramonliklarga duch kelishimiz mumkin. Ulardan biri, Bobur Samarqandda hayot va o’lim orasida behush bo’lib yotgan paytida bundan xabar topgan Andijon qal’a himoyachilarining bir qismi fitnachilar tomonga o’tib ketadi, aynan shu paytda Andijonga yov bostirib kelayotganini ko’rgan Xonzoda begim erkakcha to’n va bo’rk kiyib, beliga kamar bog’lab, xanjar osib hayot- mamotlari qil ustida turgan qal’a himoyachilariga ko’makka boradi. Bu harakati bilan u xatto ko’p yigitlarning
qo’lidan kelmaydigan qahramonlikka qo’l urib oz sonli jangchilar bilan qal’anihimoya qilishga urinadi. Xonzoda begimni biz To’marisga qiyoslasak bo’ladi, chunki har bir o’zbekda Amir Temur,Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo, Alisher Navoiy,
To’maris, Bibixonimlarning qoni oqmoqda ekan, har bir o’zbek o’g’il va qizlari o’z
yurti uchun Xonzoda begim kabi jonini garovga qo’yib bo’lsa ham o’z yurtini
himoya qilishga tayyordirlar.
Asar davomida Xonzoda begim inisi Boburni va oila a’zolarini himoya qilib
Samarqanddan sog’-salomat chiqib olishlari uchun o’z orzulari va baxtini qurbon
qiladi va yovuz shoh bo’mish Shayboniyxonga turmushga chiqadi. “Yulduzli yunlar” asari bunday qahramonliklarga juda boy asardir. Lekin ulardan eng ta’sirli
qahramonlik Xonzoda begimning o’g’li bo’lgan Hurramshoh tomonidan ko’rsatilgan bo’lib hali 10 ga ham kirmasdan tog’asi Bobur uchun o’z jonini xatarga qo’yib jangga kiradi va bir daydi o’q tufayli vafot etadi.
Bobur garchi bobosi Amir Temur davlatini qayta birlashtirolmagan bo’lsada
Hindistonda tinch va osuda hayot tarzili davlatni tuzishga muvaffaq bo’ladi. Bu
haqida ko’plab atoqli olimlar va yozuvchilar o’z fikrlarini bildirib o’tishgan: Rumer
Goden: “Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon
mintaqalarga yoyilmagan boʻlsa-da, u oʻz saltanatining sultoni, buyuk imperatori
darajasiga koʻtarildi. Oʻz mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik
bilan idora qildi. Bu oʻlkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk
sulolaga asos soldi”.
Zahriddin Muhammad Boburning avvalom bor hindga yurishiga
to’xtaladigan bo’lsak uning birinchi galdagi yurishi 1519- yilda sodir bo’lib,
unda Bajur qal’asini olib Sind orqali Attoqgacha borgan va Behra vodiysigacha
yetib brogan edi. Udan o’tib, Kushob va CHanob viloyatlarini ham olgan edi.
Olti hafta davomida daryoning narigi tomonidagi ko’plab hududlar ham egallab
bo’lingan edi. Uning ikkinchi bor yurishida Bobur Lohur va Mo’lton va Shirind
viloyatlarini egallab, qaysar afg’on qabilalarini bo’ysindirib, 30 minga yaqin qul
va 400 ming shohruhiy soliq undirib ortiga qaytib ketgan edi.
Boburning Hindistonga uchinchi bor yurishi ( 1520) yilda amalga
oshirilgan b’o’lib unda Hind daryosidan o’tib Behar va CHanob viloyatlarini
ham bo’ysindirib o’z hududiga qo’shib oladi. O’sha paytda Qandahorliklar
Bobur yerlariga hujum qilganliklari haqida habar kelib, tinchlantirish va
Qandahorni qaytarish uchun ortiga qaytib ketadi. Boburning to’rtinchi yurishi
(1522 ) yilda amalga oshiriladi. Unda Sulton Ibrohimning tog’asi Alovuddinning
Bobur huzuriga kelishi va uni Dehli taxtiga ko’tarmoqchi ekani haqidagi
haqidagi chaqirig’i bilan bo’g’liqdir Sulton Ibrohimning raqibi bo’lmish Lohur
hokimi Davlatxon ham afg’on beklari bilan til biriktirib, Boburdan yordam
yordam so’rab murojaat qildi. Chunki u o’z kuchlari bilan unga qarshi
jo’natilgan Bahorxon Lo’diyning qo’shiniga bas kelolmas edi. Ko’rsatilgan
yordam evaziga Boburni Shoh qilib ko’tarishga vada bergan edi. Bobur bu
taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, o’z qo’shini bilan yo’lga chiqadi. Sind
daryosidan o’tib Gekirlar viloyati olindi. CHanob va Jilem viloyatlari ham
qo'lga kirgach tez orada Lohurga yaqinlashib keldilar. Bahorxon Lo’diyning
yaqinlashganini eshitib Davlatxon Belujlar qal’asiga keldi. Bobur qo’shini
Lohur yaqinida Bahorxon Lo’diyning qo’shini bilan yuzma-yuz kelib, ancha
talofat berib nihoyat uni tormor qildi. Uning qo’shini shaharni talab, bozorga o’t
qo’ydi. SHaharda to’rt kunga to’xtab, Dibolpurni ishg’ol qilish uchun yo’lga
chqildi. Qattiq hujum bilan shahar olindi va talandi, himoyachilarning bari
qilichdan o’tkazildi.
Boburning jasoratiga qoyil qolishimiz kerak.Bunday kuchli hukmdorlar tarix
zarvaraqlarida munosib o’rin egallamog’i zarurdir. CHunki bunaqangi mohir
sarkardalar dunyoda kamdan-kam holatlarda uchraydi. Uning eng katta
jasoratlaridan biri bu uning o’sha davrning eng kuchli imperiyalaridan biri
Hindistonning olinishidir. O’sha kezlarda Hindiston kukmdori hisoblangan
Ibrohim Lo’diy qo’shinlar soni ko’p bolsada uning qo’shinlarida tartib
intizomga umuman rioya qilinmagan edi.
Lekin Bobur qo’shini juda ozchilik edi, tajribali sarkarda qo’shinda
ma’lum tartib va intizom joriy qilib qo’shinni kuchli qilib mustahkamlaydi.
Ayrim manbalarda Bobur va Lo’diy qo’shinlariga turli olimlar turlicha tafsif
berib o’tadi. Aytib o’tishimiz joizki, jangda, eng avvalo, qo’shinning soniga emas, uning sifatiga, ular o’rtasidagi o’zaro munosabat va jang salohiyatining yuqoriligiga qaraladi. Bobur qo’shini tarkibida ushbu xususiyatlar o’z aksini topdi va shu bilan ulkan g’alabalarga erishdi. Bunday g’alabalardan biri Hindiston davlatining egallanishi desak, hech ham mubolag’a bo’lmaydi.
Asarning oxiri ham ta’sirli qahramonliklar bilan yakunlangan. Asarning
oxirida Bobur o’g’li Humoyunni dardini o’ziga oladi va shu kundan boshlab Humoyun tuzala boshlaydi, ammo Boburning ahvoli kundan-kunga yomonlashib
boradi. Ko’plab tabiblar Humoyunning dardiga davo topa olishmaydi va uning
tuzlishi uchun eng qadrli narsa bag’ishlansagina dardiga davo topilishini
ta’kidlashganda, Bobur hech o’ylab o’tirmasdan o’glining dardini o’ziga oladi va
mana shu kasallikdan vafot etadi.
Xulosa o’rnida aytish joizki, Zahiriddin Muhammad Bobur umr yo’li o’z avlodlar uchun ibrat namunasidir.
Zahiriddin Muhammad Bobur qisqa umr ko’rgan bo’lsa-da, dunyo xaritasida
o’zining Andijondan to Hindistongacha bo’lgan mashaqqatli hayot yo’lining o’chmas izini qoldirdi. Bobur yurgan yol’lar juda ko’p tarixiy voqyealar, fojialar, urushlarga shohid bo’lgan yo’llardir. Shu bilan birga, Bobur mehrini, muruvvatini, chin insoniy sifatini oxiri qo’nim topgan Hindistonda namoyon qildi. Hindiston tarixida yangi davrga asos soldi, bu davr mamlakat tarixida porloq hayot, farovonlik va yuksalishga asoslangan davr bo’lib qoldi.
Bobur Hindistonda davlat ishlarini adolat bilan boshqardi. Bunda u yerdagi
tarqoq viloyatlarni markazlashtirdi, g’ayridinlik solig’ini bekor qildi, vafot etgan erni tirik xotin bilan kuydirishni man etdi, kiyinish madaniyatini takomillashtirdi,
ijodkorlarni qo’llab-quvvatladi, xalqning urf-odatlariga, qadriyatlariga hurmat bilan qaradi. Yutuqlarini keng tatbiq qildi, kamchiliklarni bartaraf etdi. Hind diyorini madaniy va so’lim go’shaga aylantirdi.
Bobur Vatan tuyg’usi inson ko’ngliga ravshanlik berib turuvchi noyob
mo’jizaligini, undan ayri tushgan inson taqdiri “xazon yaprogi yanglig’” fojia
ekanligini, kechmish voqealarini bayon qilish orqali ifodalashga erishgan. U hayot
mazmuni haqida mulohaza yuritar ekan hikmatomuz xulosalarni bayon etadi.
Donishmandlar kabi u ham "shuhrat bilan yodlanishni ikkinchi umr” deb hisoblaydi.
Bobur shoh sifatida ham ijodkor sifatida ham takrorlanmas shaxsdir. U o’z
faoliyati, hayot yo’li bilan odamzodning sabr-toqatiga haykal qo’ygan jasoratli
insondir. Bobur yuksak insoniy g’oyalari, amallari sabab vatandan yiroqda kechgan
mashaqqatli qismatdan g’olib keldi. Shoh sifatida buyuk imperiya tuzdi, ijodkor
sifatida o’zining nodir salohiyatini namoyish eta oldi va haqli ravishda dunyo
sivilizatsiyasiga o’z hissasini qo’shdi.



Download 38.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling