Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim namunalari
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajrim qilaman
- Aniqladim
Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim namunalari
A J R I M (da’vo arizasini qabul qilishni rad etish haqida)
2014-yil 27-aprel Toshkent shahri Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) da’vogar “Zarafshon” korxonasining javobgar “Nur”ga nisbatan qarzni undirish haqidagi da’vo arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 276
Aniqladim :
Da’vogar “Zarafshon” korxonasi javobgar “Nur”ga nisbatan qarzni undirish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat etib, javobgardan 2.345.206 so‘m qarz va sud xarajatlarini undirib berishni so‘ragan. FPKning 31-moddasi talablariga muvofiq, taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lgan nizolarga doir ishlar sudlarga taalluqlidir. FPKning 152-moddasida sud agar ariza sudda ko‘rishga tegishli bo‘lmasa, arizani qabul qilishni rad etishi ko‘rsatilgan. Ammo, da’vogar “Zarafshon” korxonasi tomonidan taqdim etilgan da’vo arizasida javobgar ham yuridik shaxsdir. Bunday holatda, ushbu da’vo arizasini qabul qilishni rad etish, da’vogarga bu masalada xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat etish huquqini tushuntirish lozim deb hisoblayman. Yuqoridagilarga binoan, FPKning 31-, 152- va 237–238-moddalarini qo‘llab,
Ajrim qilaman:
Da’vogar “Zarafshon” korxonasi javobgar “Nur”ga nisbatan qarzni undirish haqidagi da’vo arizasini qabul qilish rad etilsin. Da’vogarga ushbu masalada xo‘jalik sudiga murojaat etish huquqi tushuntirilsin. Ajrimdan norozi tomonlar 10 kun muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga xususiy shikoyat berishi, prokuror xususiy protest keltirishga haqlidir.
Sudya: imzo F.I.O. AJRIM (da’vo arizasini qabul qilishni rad etish haqida)
2012-yil 24-fevral Toshkent shahri Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.) 2012-yil fevral oyining 24-kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan bola bilan uchrashish haqidagi da’vo arizasini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni Aniqladim: FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 277
Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) ga nisbatan bola bilan uchrashish haqidagi da’vo ariza bilan sudga murojaat qilgan. Da’vogar tomonidan sudga taqdim qilingan hujjatlardan aniqlanishicha, javobgar (F.I.O.) 2012-yil10-yanvarga qadar, Toshkent shahar, Sirg‘ali tumani, Sirg‘ali-5 mavzesi, 35-uy, 11-xonadonda doimiy ro‘yxatda turgan. Hozirgi vaqtda esa u Toshkent shahar Uchtepa tumani Sharof ko‘chasi 13-uy 20-xonadonda doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan. FPKning 141-moddasining 1-qismiga ko‘ra, arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi. FPKning 152-moddasining 5-bandiga ko‘ra, ish shu sudning sudloviga taalluqli bo‘lmasa, sud arizani qabul qilishni rad etadi. Yuqorida ko‘rsatilgan qonun talablaridan kelib chiqib, da’vogar (F.I.O.) ning da’vo arizasini qabul qilishni rad etishni va unga mazkur da’vo ariza bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudiga murojaat qilishi kerakligini tushuntirishni lozim topaman. Yuqoridagilarga ko‘ra va FPK ning 141-, 152-, 237- va 238-moddalarini qo‘llab,
Da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan bola bilan uchrashish haqidagi da’vo arizasini qabul qilish rad etilsin. Da’vogar (F.I.O.) ga mazkur da’vo ariza bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudiga murojaat qilish huquqi tushuntirilsin. Da’vo arizasi va unga ilovalar da’vogarga qaytarilsin. Ajrimdan norozi tomonlar 10 kun muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga xususiy shikoyat berishi, prokuror xususiy protest keltirishga haqlidir.
Sudya:
imzo
F.I.O. AJRIM (da’vo arizasini qabul qilishni rad etish haqida)
2010-yil 6-aprel Toshkent shahri Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.) ning javobgarlar (F.I.O.) va Mirobod tumani moliya bo‘limiga nisbatan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi da’vo arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 278
Aniqladim : Da’vogar (F.I.O.) ning javobgarlar (F.I.O.) va Mirobod tumani moliya bo‘limiga nisbatan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi da’vo ariza bilan sudga murojaat etib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudining 2010-yil 1-martdagi hukmiga ko‘ra, davlat foydasiga o‘tkazilgan o‘ziga tegishli Toshkent shahar Mirobod tumani Mirobod ko‘chasi 12-uy 23-xonadonni ro‘yxatdan chiqarishni so‘ragan va ushbu da’vo ariza uning ishonchli vakili (F.I.O.) tomonidan imzolangan. Da’vogar (F.I.O.) tomonidan 2010-yil 23-fevralda berilgan va Toshkent shahar notariusi (F.I.O.) tomonidan 2354-raqam bilan rasmiylashtirilgan ishonchnomada ishonchli vakil (F.I.O.) ga da’vo arizani imzolash va uni sudga taqdim etish vakolati berilmagan. FPKning 152-moddasi 7-bandida sud agar manfaatdor shaxs nomidan arizani ish yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs bergan bo‘lsa, arizani qabul qilishni rad etishi, sudyaning ushbu asos bo‘yicha arizani qabul qilishni rad etishi, basharti yo‘l qo‘yilgan xatolar bartaraf etilsa, shu ish bo‘yicha sudga ikkinchi marta ariza bilan murojaat etishga to‘sqinlik qilmasligi ko‘rsatilgan. Ammo, ushbu da’vo ariza manfaatdor shaxs nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan imzolangan va taqdim etilgan. Bunday holatda, ushbu da’vo arizani qabul qilishni rad etish, da’vogarga basharti yo‘l qo‘yilgan kamchilik bartaraf etilsa, shu ish bo‘yicha sudga ikkinchi marta ariza bilan murojaat etishga to‘sqinlik qilmasligini tushuntirish lozim deb hisoblayman. Yuqoridagilarga binoan, FPKning 152-, 237- va 238-moddalarini qo‘llab,
Da’vogar (F.I.O.) ning javobgarlar (F.I.O.) va Mirobod tumani moliya bo‘limiga nisbatan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi da’vo arizasini qabul qilish rad etilsin. Da’vogarga sudning ajrimida ko‘rsatilgan kamchilik bartaraf etilsa, shu masalada sudga ikkinchi marotaba murojaat etish huquqi tushuntirilsin. Ajrimdan norozi tomonlar 10 kun muddat ichida shu sud orqali Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga xususiy shikoyat berishi, prokuror xususiy protest keltirishga haqlidir.
Sudya:
imzo F.I.O.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 279
Arizani harakatsiz qoldirish haqidagi ajrimdan namunalar AJRIM (da’vo arizasini harakatsiz qoldirish haqida)
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) 2012-yil 15-iyun kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan uydan ko‘chirish haqidagi da’vo arizasini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni Aniqladim:
Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) ga nisbatan uydan ko‘chirish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533- sonli “Davlat boji stavkalari haqida”gi qarorining bandiga asosan uydan ko‘chirish haqidagi da’vo arizalaridan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi. Sud tomonidan aniqlanishicha, da’vogar tomonidan sudga da’vo ariza taqdim qilishda yuqoridagi qonun hujjatlari bilan belgilangan miqdorda davlat boji to‘lanmagan. Shu bilan birga da’vo arizasiga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan. FPKning 154-moddasiga muvofiq sudya, ariza FPKning 149- va 150- moddalarida bayon etilgan talablariga rioya qilinmay berilganligini yoki davlat boji to‘lanmaganligini aniqlasa, arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarib, bundan da’vogarni xabardor qiladi va kamchiliklarni tuzatish uchun unga muhlat beradi. Agar da’vogar belgilangan muddatda sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq FPKning 149- va 150-moddalaridagi talablarni bajarsa va davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Ushbu qayd etilgan qonun talablaridan kelib chiqib, da’vogar (F.I.O.) tomonidan da’vo ariza bilan sudga murojaat qilishda davlat boji to‘lanmaganligini, da’vo ariza kerakli hujjatlari ilova qilinmaganligini inobatga olib, sud da’vo arizasini harakatsiz qoldirib, da’vogar (F.I.O.) ga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lashi va yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun yigirma kunlik muddat berishni lozim topadi. Yuqoridagilarga asosan va FPK ning 154-, 237–238-moddalarini qo‘llab, FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 280
Ajrim qilaman: Da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan uydan ko‘chirish haqidagi da’vo arizasi harakatsiz qoldirilsin; Da’vogar (F.I.O.) ga davlat bojini to‘lashi va ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarini bartaraf etish uchun yigirma kunlik muddat berilsin. Da’vogar (F.I.O.) ajrimning ijrosini ta’minlagan taqdirda da’vo ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblansin, aks holda da’vo ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytarilsin.
Sudya: imzo
F.I.O.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 281
AJRIM (da’vo arizani harakatsiz qoldirish haqida)
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.) 2011-yil 26-dekabr kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo arizasini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Sudga da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) ga nisbatan turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Sud tomonidan aniqlanishicha, da’vogar (F.I.O.) sudga murojaat qilgan da’vo arizasini imzolamagan, uning o‘rniga da’vo arizasini ishonchnomaga asosan vakili (F.I.O.) imzolagan. Lekin, sudga taqdim qilingan hujjatlar orasida mavjud bo‘lgan da’vogar (F.I.O.) tomonidan vakil (F.I.O.) ning nomiga berilgan ishonchnomada vakil (F.I.O.) ning sudda qatnashish vakolatlari ko‘rsatilmagan. FPKning 149-moddasining 1-qismi 7-bandiga ko‘ra, ariza da’vogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki uning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim. FPKning 154-moddasiga muvofiq, sudya ariza FPKning 149- va 150- moddalarida bayon etilgan talablariga rioya qilinmay berilganligini yoki davlat boji to‘lanmaganligini aniqlasa, arizani xarakatsiz qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarib, bundan da’vogarni xabardor qiladi va kamchiliklarni tuzatish uchun unga muhlat beradi. Agar da’vogar belgilangan muddatda sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq FPKning 149- va 150-moddalaridagi talablarni bajarsa va davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Yuqorida qayd etilgan qonun talablaridan kelib chiqib, sud da’vo arizani harakatsiz qoldirib, da’vogar (F.I.O.) ga da’vo arizasini imzolashga yoki sudga tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma taqdim qilishi uchun bir oylik muddat berishni lozim topaman. Yuqoridagilarga asosan va FPKning 154-, 237–238-moddalarini qo‘llab, Ajrim qilaman: Da’vogar (F.I.O.) ning da’vo arizasi harakatsiz qoldirilsin. Da’vogar (F.I.O.) ga yuqorida ko‘rsatilgan kamchilikni bartaraf etishi uchun bir oylik muddat berilsin. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 282
Da’vogar (F.I.O.) ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda da’vo ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblansin, aks holda da’vo ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytarilsin. Sudya:
F.I.O. AJRIM (da’vo arizasini harakatsiz qoldirish haqida)
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.) 2011-yil 26-dekabr kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan otalik huquqidan mahrum qilish haqidagi da’vo arizasini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Sudga da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) ga nisbatan otalik huquqidan mahrum qilish haqidagi da’vo arizasi FPKning 149-150-moddalari talablariga to‘liq javob bermaydi. Jumladan, unda da’vogarning ismi va otasining ismi ko‘rsatilmagan. Bundan tashqari, taraflarning yashash joyini tasdiqlovchi hujjatlar va da’vo arizasi nusxasi taqdim etilmagan. FPKning 149--150-moddalari talablariga muvofiq, da’vo arizada da’vogarning ismi-sharifi, da’vogar o‘zining talablariga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar ko‘rsatilishi va da’vo ariza nusxasi taqdim etilishi lozim.
FPKning 154-moddasiga muvofiq, sudya ariza FPKning 149- va 150- moddalarida bayon etilgan talablariga rioya qilinmay berilganligini yoki davlat boji to‘lanmaganligini aniqlasa, arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarib, bundan da’vogarni xabardor qiladi va kamchiliklarni tuzatish uchun unga muhlat beradi. Agar da’vogar belgilangan muddatda sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq FPKning 149- va 150-moddalaridagi talablarni bajarsa va davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Yuqorida qayd etilgan qonun talabidan kelib chiqib, sud da’vo arizani harakatsiz qoldirib, da’vogar (F.I.O.)ga o‘zi va javobgarning yashash joyini tasdiqlovchi hujjatlar va da’vo ariza nusxasi taqdim qilishi uchun besh kunlik muddat berishni lozim topaman. Yuqoridagilarga asosan va FPKning 154-, 237- va 238-moddalarini qo‘llab,
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 283
Ajrim qilaman: Da’vogar (F.I.O.) ning da’vo arizasi harakatsiz qoldirilsin. Da’vogar (F.I.O.) ga yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi uchun besh kunlik muddat berilsin. Da’vogar (F.I.O.) ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda da’vo ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblansin, aks holda da’vo ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytarilsin.
Sudya:
imzo
F.I.O. Arizani arizachiga qaytarish to‘g‘risidagi ajrimdan namunalar AJRIM (arizani qaytarish haqida) Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.) 2011-yil 29-iyul kuni arizachi (F.I.O.) ning hakamlik sudining qarorini bekor qilish haqidagi arizasini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Sudga arizachi (F.I.O.) ariza bilan murojaat qilib, unda hakamlik sudining qarorini bekor qilishni so‘ragan. Sudning 2011-yil 8-iyuldagi ajrimi bilan (F.I.O.) ning arizasi davlat boji to‘lanmaganligi sababli harakatsiz qoldirilgan. FPKning 154-moddasiga muvofiq, sudya ariza FPKning 149- va 150- moddalarida bayon etilgan talablariga rioya qilinmay berilganligini yoki davlat boji to‘lanmaganligini aniqlasa, arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarib, bundan da’vogarni xabardor qiladi va kamchiliklarni tuzatish uchun unga muhlat beradi. Agar da’vogar belgilangan muddatda sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq FPKning 149- va 150-moddalaridagi talablarni bajarsa va davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Yuqorida qayd etilgan qonun talabidan kelib chiqib, sudning 2011-yil 8-iyuldagi ajrimiga asosan (F.I.O.) ning arizasi harakatsiz qoldirilib, ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun arizachiga 20 kunlik muhlat berilgan. Lekin ushbu muhlat davomida arizachi tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmagan, shuning uchun FPKning 154-moddasi talabiga ko‘ra, uning arizasini berilmagan deb hisoblab, uni arizachiga qaytarishni lozim deb topaman. Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 154-, 237- va 238-moddalarini qo‘llab, FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 284
Ajrim qilaman: (F.I.O.) ning hakamlik sudining qarorini bekor qilish haqidagi arizasi berilmagan deb hisoblansin va arizachiga qaytarilsin. Mazkur ajrim ustidan 10 kun muddat ichida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga ushbu sud orqali xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Sudya: imzo F.I.O. AJRIM (da’vo arizasini qaytarish haqida)
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.) 2009-yil 2-mart kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootni javobgar hisobidan majburan buzish haqidagi da’vo arizasini qabul qilish masalasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Sudga da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) ga nisbatan o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootni javobgar hisobidan majburan buzish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. FPKning 154-moddasiga muvofiq, sudya ariza FPKning 149- va 150- moddalarida bayon etilgan talablariga rioya qilinmay berilganligini yoki davlat boji to‘lanmaganligini aniqlasa, arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarib, bundan da’vogarni xabardor qiladi va kamchiliklarni tuzatish uchun unga muhlat beradi. Agar da’vogar belgilangan muddatda sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq FPKning 149- va 150-moddalaridagi talablarni bajarsa va davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Yuqorida qayd etilgan qonun talabidan kelib chiqib, sudning 2009-yil 29- yanvardagi ajrimiga asosan da’vogarning da’vo arizasi harakatsiz qoldirilib, ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun da’vogar (F.I.O.) ga bir oylik muhlat berilgan. Lekin ushbu muhlat davomida da’vogar (F.I.O.) tomonidan kamchiliklar bartaraf etilmagan, shuning uchun FPKning 154-moddasi talabiga ko‘ra da’vogarning da’vo arizasini berilmagan deb hisoblab, uni arizachiga qaytarishni lozim deb topaman. Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 154-, 237- va 238-moddalarini qo‘llab,
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling