O‘zbek tili 10-sinf


Download 19.17 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi19.17 Kb.
#254189
Bog'liq
10-SINF O`zbek tili 3-CHORAK TEST


O‘ZBEK TILI 10-sinf
1. Uyushiq bo‘laklar gapda qanday so`z bilan birga qo`llanishi mumkin?

A. Jamlovchi. B. Umumlashtiruvchi. .S Birlashtiruvchi. D. Uyushtiruvchi.

2.Umumlashtiruvchi so`z qanday so‘zlar bilan ifodalanadi?

A. Olmoshlar, fe’llar. B.Jamlovshi olmoshlar va sonlar S. Olmoshlar, otlar. D. Olmosh, ot, fe’l, so‘z birikmalari.

3.Umumlashtiruvchi so`z uyushiq bo ‘laklardan oldin kelsa,... ... ... .... .

A.Umumlashtiruvchi so`zdan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. B.U tire bilan ajratiladi.

S.Umumlashtiruvchi so`zdan keyin tire qo‘yiladi. D.Umumlashtiruvchi so`zdan keyin vergul qo‘yiladi.

4. Berilgan gapda uyushiq bo‘laklarni umumlashtiruvchi so‘zni toping.



Yig‘ilishda hech kim: na Sa’dilla, na Akbar bu haqda gapirmadilar.

A. Bu haqda. B. Yig‘ilishda. S. Hech kim. D. Na Sa’dilla, na Akbar.

5. Ega asosan qaysi kelishikda qo`llanadi? A.Bosh. B. Qaratqich. S.Tushum. D. Jo`nalish.

6. Qaysi gapda zidlov bog‘lovchisi qo‘llanmagan?A. Buyum eski, biroq yaxshi saqlangan. B. Nargiza yosh, lekin juda iste’dodli qiz.S. Buvimlar ancha keksayib qolganlar, ammo tetiklar.D. Atlas juda qadimiy va milliy mato sanaladi.

7. Gapdagi tagiga chizilgan so`zning ma’nosiga ko`ra turini aniqlang. Siz meni aldamang.

A. Aniqlovchi. B. To`ldiruvchi. S.Hol. D.Izohlovchi.

8. Qaysi so`zga egalik qo`shimchasi qo`shilgan? A. Yurting tinch-sen tinch. B. Yurgan daryo – o`tirgan bo`yra S. Erta ekkan, erta o`rar. D. Baxtni boylik bilan o`lchab bo`lmaydi.

9. «Bolalik» asari muallifi kim?A. A.Oripov B. G’Gulom S E Vohidov D Oybek

10. Egalik qo’shimchasi K va Q undoshi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda qanday o’zgarish ro’y beradi? A. so’z oxiridagi harf o’zgaradi B. so’z oxirida hech qanday o’zgarish ro’y bermaydi

S. so’zlarda tovush tushish hodisasi ro’y beradi D. so’zlarda tovush orttirilish hodisasi ro’y beradi

11. Ammo, biroq, lekin bog`lovchilari qanday bog`lovchilar turiga kiradi?

A biriktiruv B ayiruv S. zidlov D. inkor

12. Gaplarda qaysi bog`lovchilar takrorlanib qo`llaniladi? A. zidlov B. ayruv S. biriktiruv D. inkor

13. Qaysi qatorda uyushiq bo’lakli gap berilgan?

A. Uylar oqlandi B. Uylar, ko’chalar va maydonlar bayram libosiga burkangan

S. Biz uylarga qarab o’tdik D. Ozoda darslarni bajarib bo`lgach, kitob o`qidi

14. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turini aniqlang. Kishi o’z intilishi bilan baxt topa oladigan zamon keldi. A.so’roq gap B. darak gap S. buyruq gap D. his-hayajon gap

15 Qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlari to‘g‘ri berilgan javobni toping.

A. so‘z yasovchi, shakl yasovchi B. shakl yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchi

S. Sintaktik shakl yasovchi, lug‘aviy shakl yasovchiD. Shakl yasovchi, so‘z yasovchi, sintaktik shakl yasovchi

16. Egalik qo‘shimchalari qatnashgan so‘zlar berilgan javobni toping.

A. kitobim, oilangiz, onang B. onamga, olishga, do‘stlar S. keldilar, bizning, oilam D. gulchilik, mening, teatrga

17.Ergashtiruvchi bog‘lovchilar berilgan javobni toping

A. shuning uchun, shu sababli B. natijada, lekin S. kimki, hamda D. chunki, ammo

18. Ushbu satrlar kimning qalamiga mansub:“Bir ilmni egallashga aqlingiz yo‘l berdimi, uni oxirigacha egallamay turib, chala tashlab ketmang! ”

A. Sa’diy Sheroziy B. Forobiy S. Habibulla Qodiriy D. Yusuf Xos Hojib

19. Oybek. «Bolalik» qissasi bosh qahramonlarini toping

A.Beg‘ubor bolalik, B. Oybekning bolaligi, do‘sti Turg‘un, C. opasi Karomat. D B va C to’g’ri

20 Qo‘shma gapning qanday ma’noda kelganligini toping Islom kasal bo‘lib qoldi, shuning uchun darsga kela olmadi. A. natija ma’nosidagi qo‘shma gap B. sabab ma’nosidagi qo‘shma gap

S. payt ma’nosidagi qo‘shma gap D. o‘rin ma’nosidagi qo‘shma gap

Yevropaliklar Ahmad Farg‘oniyni qanday atashgan.

21. Berilgan hikmatni davom ettiring. Odami ersang demagil odami

22. Quyidagi ta’rif kimga nisbatan aytilgan: “Javoharlal Neru nomidagi va “Nilufar” xalqaro mukofotlari bilan taqdirlangan.”

23 Qaysi olim tarixda “Ikkinchi muallim” deb tan olingan?,



24. Kattaga hurmatda bo‘l, maqolini davom ettiring.

25. Berilgan hikmatni davom ettiring. Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,
Download 19.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling