O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
- I-fizik kimyoviy usullarda tahlili 1. YUQX tahlili
- Miqdoriy tahlili. 1. UB spektrofotometrik usulda. 2. YUSSX usullarida aniqlanadi. 23-MA`RUZA. ANTIDEPRESSANT DORI VOSITALARI.
- VENLAFAKSIN haqidagi umumiy ma‘lumotlar
- MIRTAZAPIN haqidagi umumiy ma‘lumotlar Lotincha nomi
- Xalqaro nomi
- Toksikologik ahamiyati
PROPAFENON NING TAHLILI 1. Dragendorf reaktivi bilan reaksiya. Buyum oynasida 1-2 tomchi tekshiriluvchi xloroformli eritma uchirilgach qoldiqqa, so‗ng 1-2 tomchi Dragendorf reaktivi qo‗shilsa, zarg‗aldoq-kungir rangli mahsulot hosil bo‗ladi. II-fizik kimyoviy usullarda tahlili 1. YUQX tahlili: Tayyor plastinkalar «Silufol UV-254» va «Mersk» firmasining silikagelli plastinkalari kullaniladi. Ochuvchi reagent sifatida: Mune buyicha modifikatsiyalangan Dragendorf reaktivi, Erlix reaktivi eritmasi, UB-nurida 254 va 366 nm kurish mumkin. Oz miqdorda qolgan eritmani xromatografik plastinkaga kapilyar yordamida start chizig‗iga tomizib, Propafenon ni 10 – 15 mkg miqdorda guvoh eritmasi tomiziladi. Organik erituvchilar sistemasi olinadi va qo‗zg‗aluvchi faza 10 sm ga ko‗tarilgach plastinkani kameradan chiqarib olib issiq havo yordamida erituvchi sistemani plastinkadan uchirilib yuboriladi. Tekshiruvchi moddani aniqlash maqsadida plastinka ochuvchi reaktiv bilan purkalganda rangli dog‗ va ularning Rf qiymati bo‗yicha moddaning borligi aniqlanadi. Qo‗zg‗aluvchi faza sifatida quyidagi umumiy erituvchilar sistemasidan foydalanish mumkin. Umumiy erituvchi sistemalari: Xloroform-atseton- 30% uksusnaya kislota –etanol (16:4:1:9) - Rf 0,70 (0,75) Xloroform-atseton- 30% uksusnaya kislota- etanol (18:2:1:9) - Rf 0,52(0,53) Xloroform-etilatsetat-etanol (10:3: 1)-Rf 0,40(0,42) a) b) 2. YUqori samarali suyuqlik xromatografiyasi: 195 Agilent Technologies firmasining xromatografi: Agilent 1100 series modeli UB- detektor va Rheodyne tipidagi injektor bilan ta‘minlangan. kolonka – Spherisorb SCN (4,6 x150 mm, 3 mkm), tempratura xona xarorati; mobil faza – atsetonitrila va bufernogo eritma rN 6,0 (50:50 xajm/xajm). Bufer eritma: 1 l da 7,7 g atsetata ammoniya saqlagan suv va sirka kislota qo‗shilganda muhiti rN=6,0 ni tashkil qiladi; detektor - UB – diod. Deteksiyalash 242 nmda; Tahlil jarayonida Propafenonning ushlanish vaqti 3,4 daqiqaga teng bo‗ladi. Elyuent okimi tezligi – 0,7 ml/min. QO‗LLANILISHI: YUrak ishemik kasalligi, stenokardiya (zo‗rayish, tinchlik va barqaror bo‗lmagan), arterial gipertenziya, gipertonik kriz, mitral klapanning prolapsi, gipertonik tur neyrotsirkulyator distoniya, essensial va qarilik tremori, abstinent sindromidagi tremor. Davolash va oldini olish: miokard infarkti; ritmni buzilishi (shu jumladan umumiy anesteziyada, tug‗ma uzaygan QT intervali sindromida, surunkali yurak etishmovchiligining belgilari bo‗lmagan miokard infarktida, tireotoksikozda), sinusli taxikardiya, paroksizmal bo‗lmacha taxikardiyasi, qorincha usti va qorincha ekstrasistoliyasi, qorincha usti va qorincha taxikardiyasi, lipillovchi taxikardiya, bo‗lmachalarning titrashi. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: Asosan yurakning b 1 -adrenopetseptorlariga ta‘sir qiluvchi beta-adrenoblokator. Antianginal, aritmiyaga qarshi va gipotenziv ta‘sir ko‗rsatadi. YUrakka simpatik innervatsiyaning rag‗batlantiruvchi ta‘sirini kamaytiradi. Atenolol sinus tugunining avtomatizmini, yurakning qisqarishlari sonini, miokardning qisqaruvchanligini kamaytiradi, atrioventrikulyar o‗tkazuvchanlikni sekinlashtiradi, miokardning qo‗zg‗aluvchanligini kamaytiradi, yurakning kislorodga bo‗lgan talabini pasaytiradi. O‗rtacha terapevtik dozalarda qo‗llanganida bronxlarning va periferik arteriyalarning silliq mushaklariga, noselektiv beta-adrenoblokatorlarga nisbatan kamroq ta‘sir ko‗rsatdi. Muntazam qo‗llanganida arterial bosimni asta-sekin 196 tushishini chaqiradi. Gipotenziv samarasi davolashning ikkinchi haftasini oxirida barqarorlashadi. NOJO‗YA TA‘SIRI: Bosh aylanishi, bosh og‗rig‗i, charchoqlik hissi, depressiv holatlar, uyquni buzilishi, bradikardiya, atrioventrikulyar o‗tkazuvchanlikning buzilishi, arterial gipotenziya, oyoq-qo‗llarning sovuq qotishini xis qilish, yurak etishmovchiligi belgilarini paydo bo‗lishi. Antigipertenziv terapiyaning masalalari: Ma‘lum bir bemor uchun optimal yoki maqsadli bo‗lgan QB darajasiga erishish <140/90 mm s.u. Nishon a‘zolarini shikastlanishini kuchayishini to‗xtatish yoki sekinlashtirish. YUrak-qon tomir tizimi tomonidan asoratlarni rivojlanishini bartaraf etish. Davolashning asosiy vositalariga AGdan o‗limni va uning asoratlarini kamaytirishda o‗zining samaradorligini isbotlagan besh guruh dori vositalari kiradi (isbotlash darajasi A): - Diuretiklar - Beta-adrenoblokatorlar - Angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari, - Kalsiy antagonistlari - Angiotenzin II retseptorlari blokatorlari. Ulardan va ularning kombinatsiyalaridan antigipertenziv daolash boshlanadi. Birga berish mumkin emas: - Diuretiklar va beta-blokatorlarni: ikkala guruh preparatlarini diabetogen ta‘siri yuqori bo‗lgani uchun; - Kaliy saqlovchi diuretiklar va angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlari blokatorlari: giperkaliemiya rivojlanishi mumkin; - Beta-blokatorlar va nodigidropiridin qatordagi kalsiy antagonistlari (verapamil, diltiazem): bradikardiya, atrioventrikulyar qamal rivojlanish ehtimolligi oshishi, miokardning qisqarish xossasi kamayishi mumkin; - Alfa-blokatorlar digidropiridin qatordagi kalsiy antagonistlari: birinchidan renin-angiotenzin tizimini faolligini oshiradi, davolashga tez turg‗unlik hosil bo‗ladi, ikkinchidan reflektor taxikardiya rivojlanishi hisobiga miokardni kislorodga bo‗lgan talabi oshishi mumkin va stenokardiya hurujlari ko‗payishi mumkin. - Angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari blokatorlari birga berish mumkin emas, chunki giprekaliemiya va surunkali buyrak etishmovchiligini oshirishi mumkin. ATENOLOLNING TAHLILI 197 1. Dragendorf reaktivi bilan reaksiya. Buyum oynasida 1-2 tomchi tekshiriluvchi xloroformli eritma uchirilgach qoldiqqa, so‗ng 1-2 tomchi Dragendorf reaktivi qo‗shilsa, zarg‗aldoq-kungir rangli mahsulot hosil bo‗ladi. I-fizik kimyoviy usullarda tahlili 1. YUQX tahlili: Tayyor plastinkalar «Silufol UV-254» va «Mersk» firmasining silikagelli plastinkalari kullaniladi. Ochuvchi reagent sifatida: Mune buyicha modifikatsiyalangan Dragendorf reaktivi, Bushard reaktivi, UB-nurida 254 nm kurish mumkin. Oz miqdorda qolgan eritmani xromatografik plastinkaga kapilyar yordamida start chizig‗iga tomizib, atenololni 10 – 15 mkg miqdorda guvoh eritmasi tomiziladi. Organik erituvchilar sistemasi olinadi va qo‗zg‗aluvchi faza 10 sm ga ko‗tarilgach plastinkani kameradan chiqarib olib issiq havo yordamida erituvchi sistemani plastinkadan uchirilib yuboriladi. Tekshiruvchi moddani aniqlash maqsadida plastinka ochuvchi reaktiv bilan purkalganda rangli dog‗ va ularning Rf qiymati bo‗yicha moddaning borligi aniqlanadi. Qo‗zg‗aluvchi faza sifatida quyidagi umumiy erituvchilar sistemasidan foydalanish mumkin. Umumiy erituvchi sistemalari: Xloroform-etanol-muravinaya kislota (17:2:1) - Rf 0,36 (0,34) Etilatsetat-metanol-uksusnaya kislota (10:1:0,5)- Rf 0,42(0,36) Xloroform-etilatsetat-etanol-muravinaya kislota (12:3:2:1)-Rf 0,50(0,47) Xloroform-etanol (4:1) -Rf 0,30(0,27) 4. YUqori samarali suyuqlik xromatografiyasi: Agilent Technologies firmasining xromatografi: Agilent 1100 series modeli UB- detektor va Rheodyne tipidagi injektor bilan ta‘minlangan. kolonka – Zorbax Eclipse XDV S-8 (4,6 x150 mm, 5 mkm), tempratura xona xarorati; mobil faza –tetragidrofuran (0,8g oktansulfonat i 0,4g tetraetilammoniy gidrosulfonat v 1 l), metanol i kaliya gidrofosfat rN=3,0 (20:180:800), detektor - UB – diod. Deteksiyalash 226 nmda; Tahlil jarayonida ushlanish vaqti 4,0 daqiqaga teng bo‗ladi. Elyuent okimi tezligi – 0,7 ml/min. 5. UB-spektrlari: etanoldagi eritmasi 275 nm(E 1% 1sm =51,2; ε=1364) va 283 nm to‗lqin uzunligida maksimal nur yutadi. 6. Termodesorbsion sirt ionlashuv spektroskopik tahlili. Atenololni termodesorbsion sirt ionlashuv spektroskopik tahlili quyidagi sharoitda olib borildi: emitter harorati 390’420 0 S, emitter kuchlanishi – 400 V, spektrlarni yozib olish bevosita kompyuter dasturi yordamida amalga oshirildi. atenololning TDPIS taxlilida ~172±5 0 S va 280 ±5 0 S harorat oralig‗ida atenololga xos chiziqli cho‗qqilarning paydo bo‗lishi kuzatiladi. Olingan termodesorbsion 198 spektrlarni kompyuterning ma‘lumotlar bankiga etalon spektr sifatida yozib qo‗yiladi. Usulning sezgirlik darajasi 10 -7 g ni tashkil qiladi. Miqdoriy tahlili. 1. UB spektrofotometrik usulda. 2. YUSSX usullarida aniqlanadi. 23-MA`RUZA. ANTIDEPRESSANT DORI VOSITALARI. AMITRIPTILLIN, VENFLAKSASIN, MIRTAZAPIN, FLUOKSETIN. TOKSIKOLOGIK AHAMIYATI VA TAHLIL USULLARI. Ma‘ruza rejasi: Antidepressantlarni fizik-kimyoviy tahlil usullari bo‗yicha sifat va miqdoriy tahlili Psixotrop dori vositalari orasida eng tez rivojlanib borayotgan sinflardan biri- antidepressantlar hisoblanadi. Antidepressantlar — psixotrop dori vositalari bo‗lib, depressiyani davolashda ishlatiladi. U depressiya holatidagi bemorni kayfiyatini yaxshilaydi, siqilish, bo‗shashishlarni kamaytiradi, psixik faollikni oshiradi, uyqu va ishtahani normallashtiradi. Birinchi avlod antidepressantlar Birinchi tritsiklik antidepressant imipramin 1957 yil sintez qilingan.Keyinchalik amitriptillin sintez qilingan Ikkinchi avlod antidepressantlari Geterotsiklik antidepressantlar: trazodon, mianserin, maprotilin, amoksapin. Uchinchi avlod antidepressantlar – Qayta tutib qoluvchi selektiv ingibitorlar. Ular samarali ta‘sirli, kam toksik ta‘sirga ega preparatlar hisoblanadi. (fluoksetin) Antidepressantlar klinik ta‘siriga ko‗ra quyidagicha sinflanadi: 1. Sedativ antidepressantlar – ajatiya, depressiv qo‗zg‗alishlarda ishlatiladi. Bularga trimipramin, doksepin, amoksapin, amitriptilin, azafen, mianserin,trazodon, fluvoksamin, buspiron kiradi. 2. Stimulyator antidepressantlar-apatik holatlarda ishlatiladi. Bularga imipramin, dezipramin, nortriptilin, fluoksetin, moklobemid va boshqalar. 3. Balanslovchi antidepressantlar maprotilin, tianeptin, sertralin, pirazidol, klomipramin, venlafaksin. Har ikkala holatda ishlatiladi. Toksikologik ahamiyati Bosh aylanishi, bosh og‗rig‗i siydik tutilishi, ich qotishi Og‗izning qurishi Ko‗rishning xiralashuvi Terida toshmalar 199 Eyforiya,uyqusizlik Gallyusinatsiya, psixik buzilishlar yuzaga keladi Antidepressantlar metabolizmi Antidepressantlar ichga qabul qilgandan so‗ng, tezda jigarda metabolitlanib, asosan N-demetillanish, gidroksillanish va glyukuron kislota bilan kon‘yugatsiyalanib, 60-70% peshob orqali chiqariladi. 5-10% atrofida o‗zgarmagan holda peshob orqali chiqariladi. Imipraminning metabolizmi: 2 ta asosiy metabolitlari Paroksetinning metabolizmi 200 Ajratib olish Tahlil olib borishda namunani to‗g‗ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Odatda skrining tahlillarda peshob olinadi. Kuchli zaharlanish yuz berganda yoki o‗lim sodir etilganda peshobdan zaharli modda kam miqdorda aniqlanishi mumkin. SHu sababli qondan tahlil olib borish muhim hisoblanadi. Ajratib olishda suyuqli-suyuqlik, qattiq fazali ekstraksiya usullaridan foydalaniadi. Namuna (qon,peshob) ishqoriy muhitda turli organik erituvchilar masalan, n-geksanda ekstraksiyalanadi. So‗ngra organik qatlam kislotali eritmada eskstraksiyalanib, YUSSX usulida yoki organik erituvchida reekstraksiyalanib gaz xromatografiya usulida aniqlanadi. FLUOKSETIN Lotincha nomi: Depresum (fluoxetine) Kimyoviy nomi: (±)-N-metil-3-fenil-3-(para-tri-ftormetil) fenoksipropilamingidroxlorid Xalqaro nomi: Fluoksetin Kimyoviy-formulasi: S 17 N 18 F 3 NOHCl Farmakologik guruhi: Antidepressant Molekulyar massasi: 345,8 (309,3) Tabiati: asos xossali Sinonimlari: Adofen, Docutrix, Erocap, Fluctin, Fluctine, Fluoxeren, Fontex, Foxetin, Lorien, Lovan, Mutan, Prozac, Prozyn, Reneuron, Sanzur, Zactin va boshq. Fluoksetin oq kristall kukun bo‗lib, metanol (250mg/ml), etanol, xloroform (125mg/ml) va atsetonda eriydi; dietil atsetat, dixlormetan va suvda( max 14g/l, 25°S) kam eriydi; benzol, toluol, siklogeksan va geksanda erimaydi. Suyuqlanish harorati 157,5 – 158,7 °S . VENLAFAKSIN haqidagi umumiy ma‘lumotlar Lotincha nomi: Venlafexine Kimyoviy nomi: 1-[2-(Dimethylamino)-1-(4–methoxyphenyl)ethyl] cyclohexanol 201 Xalqaro nomi: Venlafexine Kimyoviy-formulasi:C 17 H 27 NO 2 Farmakologik guruhi: Antidepressant Molekulyar massasi: 277.4 Tabiati: asos xossali Sinonimlari: Dobupal; Efexor; Effexor; Trevilor; Trewilor; Vandral 5 ml peshob (yoki 2,5 ml qon + 2,5 ml suv) olinib, TOXI-TUBES-A tyubigiga solindi. Tyubik 5 daqiqa davomida chayqatilib, so‗ng hosil bo‗lgan emulsiyani ajratish maqsadida sentrifugalandi (3000 ayl/daq). Organik qatlam pipetka yordamida olinib, alyuminiyli idishchaga solindi va quritgich shkafida organik qatlam uchirilib yuborildi. Quruq qoldiq 1 ml spirtda eritilib, YUQX usulida tahlili amalga oshirildi. Tahlil natijalari qon tarkibidan ajratib olingan antidepressantlarni aniqlash imkoniyatini ko‗rsatdi. YUpqa qatlam xromatografiya Sistemalar: Paroksetin uchun: benzol-dioksan-25%ammiak (60:35:5); etanol-25% ammiak (100:1,5); Depres uchun: Etil spirti –xloroform- benzol(2:1:2); Mirtazapin uchun: etil atsetatat-metanol-suv- -25% ammoniy gidroksid (87:3:1,5:0,5); Venlafaksin uchun: etil atsetat – etil spirti- 25% ammoniy gidroksid (8,5:1:0,5); YOrituvchi reagent sifatida UB-nuri, Dragendorf va Mandelin reaktivlaridan foydalaniladi. Gaz xromatografiya Gaz xromatografiya usulida tritsiklik antidepressantlarni miqdorini aniqlashda keng qo‗llaniladi. Xromatografiya kapillyar kolonkalarda olib boriladi. Usulning kamchiligi tahlil o‗tkazishda antidepressantlar triftorsirka angidridi yordamida derivatizatsiya qilinib, so‗ngra tahlil olib boriladi. YUqori samarali suyuqlik xromatografiya Antidepressantlar va ularning metabolitlarini sifat va miqdorini aniqlashda YUSSX usulida aniqlanadi. Tahlil sharoitlari: Kolonka S8 va S18 markali Sorbent qo‗zg‗aluvchi faza perxlorat asosli yoki metilamin bilan shimdirilgan. Detektor: UB-spektroftometr (254 nm) Mobil faza: atsetonitril/metanol Ushbu sharoitlarda qondagi antidepressantlarni aniqlash mumkin. Bunda aralashmalardan quyidagi moddalarni ajratish mumkin: trimipramin, doksepin, amitriptilin, imipramin, dezmetildoksepin, nortriptilin, dezimipramin. 202 MIRTAZAPIN haqidagi umumiy ma‘lumotlar Lotincha nomi: Mirtazapine Kimyoviy nomi:(1,2,3,4,10,14b – Geksagidro – 2 – metilpirazino [2,1 – a ] pirido [ 2,3 -s ] [ 2 ] benzazepin Xalqaro nomi: Mirtazapin Kimyoviy-formulasi: C 17 H 19 N 3 Farmakologik guruhi: antidepressant Molekulyar massasi: 265,3 Tabiati: asos xossali Sinonimlari: Remeron, Avanza, Zispin, Mirtel va boshq. Mirtazapin oq kristall kukun suvda qiyin eriydi, metil spirti va xloroformda eriydi. 114-116 o S suyuqlanadi. UB-spektrofotometriya tahlil usuli ―Agilent 8453‖ spektrofotometrida olib borildi va 96 % etil spirtdagi eritmasi λ=295 nm to‗lqin uzunligida yuqori nur yutishga ega ekanligi tasdiqlab olindi YUQX usulida tahlili Erituvchilar sistemasi: etil atsetatat-metanol-suv- -25% ammoniy gidroksid (87:3:1,5:0,5) Dragendorf reaktivi bilan qo‗ng‗ir dog` Rf qiymati 0,42 AMITRIPTILIN Amitriptilin – 10,11-digidro-5-3-dimеtilamino- propilidon-5N-dibеnzo-L, d-tsiklogеptan. U xolinolitik faol modda, organizmda og‘iz qurishi, ko‘z qorachig‘ini kеngayishi, pеshobni tutilishi kabi ta'sirlarni kеltirib chiqarishi mumkin. Alkogolizm psixozlarini davolashda 200-300 mg gacha tavsiya etiladi. Toksikologik ahamiyati: tibbiyotda qo‘llanilishi hamda toksikomanlar tomonidan gangituvchi modda sifatida istе'mol qilinishi bilan tushuntiriladi. Amitriptilin narkotik, psixotrop va uyqu chaqiruvchi moddalar ta'sirini kuchaytiruvchi, ta'sir vaqtini uzaytiruvchi xususiyatga ega. CH 2 CH 2 C H C CH 2 CH 2 N CH 3 CH 3 . H C l 203 Ayrim hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, gangish, qo‘l muskullarini tortilishi, allеrgiya, yurak ritmini buzilishi kabi nohushliklarga olib kеladi. Prеparat amitriptilin va triptizol nomlari bilan tablеtka, ampulalar ko‘rinishida chiqariladi. Mеtabolizmi. Amitriptilin mеtabolitlanib, nortriptilinga o‘tadi, ular o‘z o‘rnida turli komplеkslar hosil qiladi. Mеtabolitlari hamda qisman o‘zgarmagan holda pеshob bilan ajratiladi. Amitriptilinni qon va pеshobdan ajratib olish. 5 ml qon yoki 50 ml pеshobga rN- 9-10 bo‘lguncha 30% natriy ishqori eritmasidan qo‘shib ikki qayta 20 ml efir bilan ekstraktsiyalanadi. Efirli ajralmalar 50 ml xajmli o‘lchov kolbasiga o‘tkaziladi va o‘lchov chizig‘igacha efir qo‘shib to‘ldiriladi. Ajralma 4 ta kichik idishchalarga 10,10,10 va 20 ml miqdorda taqsimlanadi va quriguncha porlatiladi. Chinligini aniqlash. 1. Kontsеntrlangan sulfat kislotasi bilan rеaktsiyasi. Kontsеntrlangan sulfat kislotasi ta'sirida novvot rangli modda hosil bo‘ladi (amitriptilin va nortriptilin). 2. Marki rеaktivi bilan rеaktsiyasi. Marki rеaktivi ta'sirida ham novvot rang hosil bo‘ladi (amitriptilin va nortriptilin). 3. Frеdе rеaktivi bilan rеaktsiyasi. Frеdе rеaktivi ham novvot rang hosil qiladi (amitriptilin va nortriptilin). 4. Mandеlin rеaktivi bilan rеaktsiyasi. Mandеlin rеaktivi ta'sirida qo‘ng‘ir, so‘ngra yashil rangli modda hosil bo‘ladi. 5. Rеynеkе rеaktivi bilan rеaktsiyasi. Qoldiq 0,1 % HCl va 1 tomchi 0,1 % Rеynеkе tuzi eritmasi ta'sirida ninasimon kristallar (sеzgirlik darajasi 0,02 mkg), nortriptilin esa shohsimon kristallar (sеzgirlik darajasi 0,01 mkg) hosil qiladi. 6. Xromatografik tozalash va aniqlash. Birinchi idishdagi qoldiq oz miqdor xloroformda eritilib kapillyar yordamida xromatografik plastinkaning start chizig‘iga nuqta va chiziq holida to‘liq o‘tkaziladi. Guvoh eritma sifatida 5-10 tomchi amitriptilin va nortriptilin asoslarini (0,5mgG`ml) eritmalari ayrim nuqtalarga tomiziladi, bеnzol-atsеton 80:20 nisbatdagi aralashma saqlagan kamеraga tushiriladi. Qo‘zg‘aluvchi faza 10 sm masofaga ko‘tarilgach kamеradan olib quritiladi. So‘ng ikkinchi qayta bеnzol-dioksan-25% ammiak 60:35:5 sistеmasiga tushirib, yana 10 smga ko‘tarilish kuzatiladi, xromatogrammadagi dog‘larni aniqlash uchun kontsеntrlangan sulfat kislotasi har bir nuqtadan fronti tomon kapillyar naychalarda tomiziladi. Bunda amitriptilin Rfq 0,74-0,78 ga tеng tiniq novvot rangli dog‘ hosil qiladi, nortriptilin esa Rfq0,38-0,46 ga tеng sariq dog‘ hosil qiladi. Aniqlash chеgarasi 0,2 mkg moddalarga tеng. Xromatogrammada Rfq0,74-0,78 ga tеng dog‘ hosil bo‘lmasa amitriptilin yo‘q dеgan xulosa bеriladi. Dog‘lar hosil bo‘lgan holda amitriptilin va nortriptilin uchun qo‘shimcha tеkshirish olib boriladi. Chiziq bilan tomizilib rеaktiv qo‘shilmagan plastinka bo‘lagidagi amitriptilin va nortriptilin zonalari qirib ayrim idishlarga tushiriladi so‘ng xloroformda eritilgach spеktral tahlillar o‘tkaziladi. 7. UB-spеktrlari. Amitriptilin 0,1 % HCl eritmasida 197, 202, 207, 240 nm to‘lqin uzunliklarda yuqori nur yutish xususiyatiga ega. 204 8. IQ- spеktrida quyidagi yutilish chiziqlari 756, 746, 770, 969, 1014, 1258 sm -1 namoyon bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling