O’zbekiston yoshlar ittifoqi Izboskan tuman kengashiga


Download 16.37 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi16.37 Kb.
#153161
Bog'liq
2-7-noyabr


O’zbekiston yoshlar ittifoqi

Izboskan tuman kengashiga

Izboskan tuman 7-umumiy o’rta talim maktabi 2-7-oktabr kunlari amalga oshirilgan ishlar yuzasida

HISOBOT











1

Umumta’lim maktabida har haftaning dushanba kuni “Tozalik kuni” sifatida tashkil etish

Joriy yilning 2-noyabr kuni 7-Umumta’lim maktabida har haftaning dushanba kuni “Tozalik kuni” sifatida “ittifoq” va “kamalak” sardorlari tomonidan karantin qoidalariga amal qilgan xolda sinflarga kirib xonaning tozaligi,o’quvchilarning qo’llari va sinf xonalaridagi gullar va ularga suv quyilgan yoki quyilmaganliklari ko’zdan kechirildi.

2

Darslar sifati bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish va so‘rov natijalari yuzasidan maktab rahbariyatiga takliflar kiritish

Joriy yilning 3-noyabr kuni Darslar sifati bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish va so‘rov natijalari yuzasidan maktab rahbariyatiga takliflar kiritish maqsadida xar bir sinflarga kirib o’quvchilar bilan o’zaro so’rov o’tkazildi. Uchrashuv mobaynida o’quvchilar xuquq va majburiyatlari bir qator eslatib o’tildi.uchrashuv natijasida shunga erishildiki o’quvchilar tomonidan tushadigan shikoyat va takliflar uchun “shikoyat va takliflar quti”si joriy etildi.

3

Sinf sardori hamda maktab sardorlar Kengashi a’zolari faoliyatini takomilashtirishga oid o‘quv-seminar va mahorat darslarini tashkil etish

Joriy yilning 4-noyabr kuni Sinf sardori hamda maktab sardorlar Kengashi a’zolari faoliyatini takomilashtirishga oid o‘quv-seminar va mahorat darslarini tashkil etildi. Sinf sardorlari xamda maktab sardorlariga bir qator vazifa va topshiriqlar berildi.

4

Sardorlar Kengashi a’zolari va o‘quvchilarning kelajakda egallamoqchi bo‘lgan kasb-hunariga qarab ochiq eshiklar hamda “Kasblar dunyosi” targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish

Joriy yilning 9-10-noyabr kuni Sardorlar Kengashi a’zolari va o‘quvchilarning kelajakda egallamoqchi bo‘lgan kasb-hunariga qarab ochiq eshiklar hamda “Kasblar dunyosi” targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish maqsadida maktab psixologi bilan birgalikda karantin qoidalariga amal qilgan xolda 7-11-sinflarda kasbim kelajagim mavzusida online test o’tkazildi.O’quvchilarni tanlagan kasblarini mutaxasisi bo’lib yetishishlari uchun ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi va oqilona yo’l ko’rsatildi.

5

Biz “covid-19” ga qarshimiz mavzusida sardorlar reydlarini tashkil etish.

Joriy yilning 12-noyabr kuni Biz “covid-19” ga qarshimiz mavzusida sardorlar reydi o’tkazildi.Maktabda ertalabki badan tarbiyadan so’ng maktab sardorlarining ikkitasi maktab kirish eshigi oldida turib xar bir o’quvchining xaroratini o’lchab qo’llariga antiseptic vositasini sepib kirgizdilar va qolgan yo’nalish sardorlari esa maktabning xar bir etajiga bo’linishib xonalarga kirayotgan o’quvchilarni maskalarini nazorat qilib turdilar. Xar bir tanaffusda xam o’quvchilarni karantin qoidalariga amal qilib yurishlani nazorat qilib turdilar.

6

Maktabda o’quvchilar qabulxonasini tashkil etish va faoliyat olib borish

Joriy yilning 14-noyabr kuni 7-umumiy o’rta talim maktabida karantin qoidalariga amal qilgan xolda “o’quvchilar qabulxonasi”ga o’quvchilar qabul qilindi. Qabul davomida o’quvchilarni qiynayotgan va yechimi topilmayotgan ishlarni bemalol aytishlari kelishib olindi. O’quvchilar bilan suxbat natijasida asosiy masala ular o’rtasida qaysidir o’quvchida “mikki” nomli “paqqildoq” protexnika vositasi borligi va o’sha paqqildoqni qizlarni oyogini tagiga tashlab qo’rqitayotgani aytildi. Shu muammoni bartaraf etib berilishishi talab qilindi.

Download 16.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling