O’zbekistonda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar


Download 1.04 Mb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#220403
  1   2   3
Bog'liq
Tarix-

O’zbekistonda amalga oshirilgan keng qamrovli strategik islohotlar

Tayyorladi: Rafiqova Gulshoda.

Reja:

1.Kam ta‘minlangan aholiga qaratilgan e‘tibor.

2. Ijtimoiy islohotlar.

3. Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar.

Kam ta‘minlangan aholiga qaratilgan e‘tibor.

  • O‘zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonlarga munosib turmush va ish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilandi. Buning sababi shundaki, odamlarning ijtimoiy muammolariga e’tibor bermaslik barqarorlikka va milliy xavfsizlikka katta xavf tug‘diradi. Bozor munosabatlariga o‘tishning hamma bosqichlarida aholini oldindan ijtimoiy himoyalash davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish mavqeyini egalladi.
  • „O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalaridan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir“.
  • (I. A. Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, 1-jild, 322-bet.)
  • Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichlari mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, narxlarni erkinlashtirish, ish haqining kamayishi, nochor aholi qatlamining vujudga kelishi kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan O‘zbekistonda aholi daromadlari darajasini saqlashga alohida e’tibor berildi. Birinchi navbatda, xalq iste’moli mahsulotlari narxining o‘zgarishi va pulning keskin qadrsizlanishi sharoitida aholi daromadlari darajasini saqlash tadbirlari ko‘rildi.
  • i. Shu maqsadda 1993 yil yanvar oyida ish haqi to‘lashning yagona tarif setkasi joriy etildi. Bu tadbir, xodimlarning ish haqi miqdorini tarif koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita bog‘lash imkonini berdi. Eng kam ish haqini muntazam oshirish orqali aholining o‘rtacha ish haqi, pul daromadlari ham oshib bordi. 1994 yilda mazkur tarif setkasiga muvofiq eng kam ish haqi 150 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1995 yilda 250 so‘m, 2009 yil 1 dekabrdan 37680 so‘m, 2010 yil 1 dekabrdan 49735 so‘m, 2012 yil 1 avgustdan 72355 so‘mga yetdi. Mamlakatimizning 2 mln 640 ming fuqarosi pensiya oladi, nogironlar, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarga davlat nafaqasi berilmoqda. Bunday to‘lovlar 2000 yilda 187,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Oliy o‘quv yurtlari talabalariga beriladigan stirendiyalar miqdori 1998 2000 yillarda 3,8 baravar ortdi. 2000 yilda oliy o‘quv yurtlarining 142 ming talabasi 6 mlrd 600 mln so‘m stirendiya oldi. Davlat tomonidan amalga oshirilgan bu tadbirlar natijasida aholi daromadlari darajasining keskin pasayishining oldi olindi. Aholining turmush darajasi ichki iste’mol bozoriga, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-ro‘zg‘or bu-yumlari narx-navosiga bog‘liq, albatta. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida amalga oshirilgan narxlarni erkinlashtirish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, ichki iste’mol bozorini davlat tomonidan nazorat qilish choralari ko‘rild
  • Mahalla orqali bolalar, keksalar va kam daromadli oilalarga moddiy yordam beriladigan bo‘ldi. Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, bola boquvchi oilalarga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar, shuningdek, 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga yagona nafaqalar berish joriy etildi. Mahallalarda respublika va mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tizimlari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus jamg‘armalar tuzildi. 1995 yilda 500 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga mahalla qo‘mitalari orqali 6 mlrd so‘m nafaqa berildi. Kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam miqdori yildan yilga o‘sib bormoqda.
  • 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovlarida SHavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasining yangi Prezidenti etib saylandi. Ushbu siyosiy voqea davlatimiz tarixida yangi davrni boshlab berdi. O‘zbekiston va uning xalqi demokratik, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etishning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ydi.
  • Prezident SHavkat Mirziyoev o‘z rahbarlik faoliyatini xalq bilan muloqot va inson manfaatlariga e’tibor berishdan boshladi.
  • Ayniqsa uzoq yillar mobaynida etilib qolgan ko‘plab muammolarni hal qilish, xususan korrupsiya, rahbarlar faoliyatiga tanqidiy tahlil asosida yondashish, har bir rahbarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, xalqning dardu- tashvishlari bilan yashash, oddiy insonlar murojaatlari bilan ishlash tizimini shakllantirish, inson omiliga e’tibor masalalari shular jumlasidandir. Ayniqsa joylarda xalq bilan ishlashning eng ta’sirchan mexanizmi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq qabulxonalari”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining Virtual qabulxonalari” tashkil etildi. 2017 yil mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilindi. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya kundalik ish mezonimizga aylandi

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling