Reja: Asosiy tushunchalar Nur energiyasining oqimi


Download 171.5 Kb.
bet1/29
Sana01.06.2020
Hajmi171.5 Kb.
#112938
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2-mustaqil ish fizika


2-Mustaqil ish

Mavzu: Fotometrik kattaliklar va ularning birliklari


Reja:



  1. Asosiy tushunchalar

  2. Nur energiyasining oqimi

  3. Yorug‘lik kuchi

  4. Yoritilganlik Е, manba ravshanligi В, yorituvchanlik S, Yorug‘lik oqimining intensivligi R

  5. Yorug‘lik o‘lchashlarida ishlatiladigan birliklar

  6. Xulosa

Asosiy tushunchalar

Yorug‘likning ko‘zga yoki qabul qiluvchi boshqa bir qurilmaga ko‘rsatadigan ta’siri, dastavval, yorug‘lik to‘lqini eltadigan energiyaning bu qurilmaga berilishidan iborat. Shuning uchun biz optik hodisalar qonunlarini qarab chiqishdan avval yorug‘likni o‘lchash - fotometriya to‘g‘risida tasavvur hosil qilishimiz kerak. Fotometriya yorug‘lik to‘lqini keltirayotgan energiyani o‘lchashdan yoki shu energetik xarakteristika bilan biror tarzda bog‘langan kattaliklarni o‘lchashdan iborat.

Yorug‘likni qabul qiluvchi qurilmalar. Bunday qurilmalarning xossalari u yoki bu spektral oblastdagi nurlanishni sezish xarakteristikasi bilan xarakterlanadi. 3.1- rasmda germaniy () va kremniy () asosida tayyorlangan fotodiodlarning spektral xarakteristikalari keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, fototokning qiymati to‘lqin uzunligiga kuchli bog‘liq. Boshqa tipdagi yorug‘likni qabul qiluvchi qurilmalarning masalan balometrni spektral xarakteristikalari qariyb to‘lqin uzunligiga bog‘liq emas. Shuning uchun ham birinchi tipdagi qabul qiluvchi qurilmalar selektiv, ikkinchi tipdagi qurilmalar esa noselektiv qurilmalar deb yuritiladi. Inson ko‘zi selektiv yorug‘likni qabul qiluvchi qurilmalar tipiga kiradi. Uning ko‘rish funksiyasi kunduz kuni va oqshom uchun quyidagi rasmda keltirilgan (3.2- rasm).


Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling