Reja: Musiqa mashg`ulotlarida musiqani idrok etishni o’rgatish uslublari
Download 1.53 Mb.
|
4-mustaqil ta\'lim musiqa òqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar 1.Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarToshkent.:O`zbekiston, 2000-yil.
- 3. Fayzulina. S.X. O`quvchi yoshlarning estetik tarbiyasi. Toshkent.:O`qituvchi, 1998-yil. 4. G. Sharipova. Musiqa o`qitish metodikasi (ma`ruzalar matni).- Toshkent.: TDPU, 2000-yil.
Musiqa tinglashda hissiyot, idrok tarbiyasi Reja: 1. Musiqa mashg`ulotlarida musiqani idrok etishni o’rgatish uslublari 2. Musiqa tinglashda xissiyot tarbiyasi 3. Musiqa tinglashda axloqiy tarbiyaning ahamiyati Musiqiy idrokning to`laqonliligi, musiqiy ifoda vositalarini tushunish imkoniyati, intensivlik va musiqiy kechinma turlari har bir odamda har xil bo`lib, o`z xususiyati hamda sabablariga ega. Nima uchun musiqani hamma eshitadiyu, lekin hamma ham idrok eta olmaydi? Nima uchun ba’zi yevropalik tinglovchi Sharq musiqasini, ba’zi Sharq tinglovchisi esa Yevropa musiqasini har doim ham to`la tushunavermaydi. Idrok narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri orqali ongimizda aks etishidir X.S.Kushnaryov esa o`zbek musiqasining milliy usullarini maqtab, doira va nog`ora usullari haqida shunday deydi: ”Har bir usul nafaqat ma’lum biro hang, balki o`ziga xos intonatsiyasi bilan ham tavsiflanadi(balandlikka ko`ra harakati bilan). Usul-ritm tomoni oldingi o`ringa olib chiqilgan va yetakchi, intonatsion hamda muayyan tus berib turuvchi kuy”. Quyida Yevropa musiqasining Sharq tinglovchisi tomonidan tushunilishi va idrok etilishiga mashhur o`zbek shoiri Furqatning musiqiy idroki e’tiborga molik. U 1980 yilda Toshkentdagi rus musiqa jamiyati konsertida qatnashgan va bu haqda o`zining tassurotlari bitilgan “Nag`ma va nag`magar va aning cholg`usi va ul nag`ma ta’siri xususida” she’rini yozadi. Bu she`rida u fortepiano cholg`usi hamda ijrosi haqida shunday yozadi: O`zimga tushdi bir kun bu ahvol, Bor ekan nag`ma oning oti rayol, Eshittim bir qiz anda bahri najot, Qilur nag`ma tili bilan munojot. Hazin ovoz bilan yig`lab xudog`a, Karam qilar der men bag`ri adog`a. Maqominio qilur har nav’ bunyod, Gahi qattiq fig`on, gah narmi faryod. Menga ul nag`ma andog` qildi ta’sir, Jigardin o`tdi go`yo te par tiyr. O`shal dam bo`ldi holatim digar dun, To`lub toshdi yurak monandi Jayxun Yuqorida keltirilgan misollardan ko`rishimiz mumkinki, tinglovchilarning musiqani qabul qilishlarida tafovutlar mavjud bo`ladi. Bir tomondan musiqani tushunmaslik, qabul qilmaslik, boshqa tomondan esa, musiqaiy idrokning teranligi va nozikligi ko`rinib turibdi. Musiqani qabul qilishdagi bu tafovutlar hayot, turmush, tarbiya, musiqiy qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasi, musiqiy eshitish qobiliyati, musiqa san’atini tushunishga tayyorlik va bunga bo`lgan hohish bilan bog`liq bo`lgan bir qator ob’yektiv hamda sub’yektiv sabablarga ega Musiqa bolaga har tomonlama yordam berib, tevarak-atrofni obrazli, emotsional idrok etish va bola xarakterning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatish uchun musiqa tarbiyasining maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar qo‘yiladi: 1. Bolada musiqiy qobilyatni rivojlantirish. 2. Bolalarni ashula aytish va musiqaviy ritmik malakalarga o‘rgatilib, ularda musiqani qabul qilishni his etish va tushinish qobilyatlarini tarbiyalash. 3. Bolada badiiy ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish. Musiqiylikning rivojlanishi tufayli bolalar musiqa obrazlarini, ularning atrofdagi qo‘shimcha, obrazlarni bolalar yorqin his eta boshlaydilar Musiqiylikning rivojlanishi tufayli bolalar musiqa obrazlarini, ularning atrofdagi qo‘shimcha, obrazlarni bolalar yorqin his eta boshlaydilar. Bu esa, o‘z navbatida ularning tevarak-atrofni bilishda, estetik baholanishni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.]1. San’at va axloq. Bu ikki ma’naviy hodisa shu qadar mustahkam aloqadaki, biri ikkinchisining ishtirokisiz to‘laqonli mavjud bo‘lolmaydi. Har ikkalasini ham insonshunoslik deb atash mumkin, faqat ular anatomiya kabi odam a’zolarini emas, inson axloqiy — estetik-ruhiy muruvvatlarini, ya’ni uning ezgulik va go‘zallikka, yovuzlik va xunuklikka munosabatini aks ettiradi, o‘rganadi. Shu sababli axloqdan tashqarida san’atning mavjudligi mumkin emas, ayni paytda san ’atsiz axloq targ‘ibotdan mahrum bo‘lib qoladi va faollik xususiyatini yo‘qotadi. Musiqa bilan shug‘ullanish turli intellektual va ruhiy buzulishlari mavjud odamlarga, jumladan bolalarga jamiyatga yaxshi moslashish va kirishib ketishga yordam beradi. Sog’ligida, xarakterida, boshqalar bilan munosabatida yoinki ruhiyatida oqsash kuzatiladigan bolalarda o‘z vaqtida qo‘llangan musiqa terapiya ijobiy natijalar beradi. Yana shuni ham aytib o‘tish joiz-ki, bolalarning intellektual salohiyatini oshirishda musiqa bilan birga xalq o’yinlarining ham o‘rni beqiyos. Xalq o’yinlari bolalarga bag’rikenglik, do’stona munosabatlar, va kirishimlilikni o’rgatadi. Bolalarni o’yinga jalb qilishda uning yoshi, jismoniy holati, xarakteri va bolalarning soni inobatga olinadi. An’anaviy va milliy o’yinlar bolalardagi bir qancha sifatlarni shakllantiradi: ma’rom tuyg’usini his qilish, raqs mahoratini o’stirish, shaxsni shakllantirish, harakatga undash, ruhiy jarayonlarning takomillashuvi, nutq ravonligi, tezkor fikrlash, jismoniy sifat va salomatligina yaxshilash, milliy qadriyatlar va an’analardan xabardolik, hamda eng asosiysi Vatan uchun hurmat tuyg’usi. Milliy xalq o’yinlari, kuy-qo‘shiqlari asrlardan-asrlarda o‘tib, xalqning dono tajribasini o’zida jamlagan. Ruhiyat, tanani chiniqtirish choralari sifatida asriy sinovlardan o‘tgan bu o‘yinlar. Yana ta’kidlab aytamiz-ki, yoshlarni jismonan sog’lom, ma’nan yetuk qilib tarbiylash bugun har doimgidan-da muhimroq. Chunonchi, millat kelajagi, yurt ravnaqi yoshlar qo’lida ekanligi his qilmog’imiz lozim. Sharqning buyuk mutafakkirlari musiqiy psixologiyani, musiqaning qalbga, kayfiyatga va inson organizmiga ta’siri masalalarini o`rganishgan. Forobiyning “Musiqa haqida katta kitob” asari va boshqa asarlari, Ibn Sinoning “Kitob ash-shifo”, “Kiton an-najot”, “Donishnoma” kabi asarlarining musiqa haqidagi bo`limlari, Abdurahmon Jomiyning “Risolai musiqa” kitobi va boshqa shu kabi ilmiy asarlar musiqaning inson ongiga qanday ta’sir etishini mo`rganishga, musiqa idokini o`rganishga bag`ishlangan. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarToshkent.:O`zbekiston, 2000-yil. 2. Umumta`lim maktablarining musiqa ta`limi va tarbiyasi Konsepsiyasi.: Toshkent, XTV, 1995-yil14. Fayzullayev. E. M. Bo`lajak misiqa o`qituvchilari badiiy didini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari. Ped.F. N. Ilmiy darajasini olish uchun disertatsiya.T, 2010-yil. 3. Fayzulina. S.X. O`quvchi yoshlarning estetik tarbiyasi. Toshkent.:O`qituvchi, 1998-yil. 4. G. Sharipova. Musiqa o`qitish metodikasi (ma`ruzalar matni).- Toshkent.: TDPU, 2000-yil. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling