Terpenlar
Download 1.43 Mb.
|
Terpenlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terpenlar tabiiy birikmalarning muhim sinfi
Terpenlar
Terpenlar tabiiy birikmalarning muhim sinfi Terpenlar yoki izoprenoidlar sinfi o’simlik va hayvonot dunyosida keng uchraydigan biologik faol moddalarning katta guruhini tashkil etadi. O’simlik va hayvon organizmlarida mavjud bo’lgan va bir nechta izopren birligini saqlovchi moddalar terpenlar deb ataladi. Biosintez jarayonida bir nechta uglerod atomini yo’qotgan terpenlar izoprenoidlar deb ataladi. Keltirilgan iboralar (terminlar) sinonim hisoblanadi. Terpenlarning birinchi vakillari 1887-89 yillar I.Gperkin, O. Vallax tomonidan terpintin moyidan (skipidar) dan ajratib olingan. Terpenlarning umumiy formulasi (C5H8)n , ya’ni ular bir nechta izopren birligidan tarkib topadi: Izopren soniga ko’ra terpenlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: n2 monoterpenlar (C10H16) -2ta izopren fragmenti n3 seskviterpenlar (C15H24) -3ta izopren fragmenti n4 diterpenlar (C20H32) - 4ta izopren fragmenti n6 triterpenlar (C30H48) - 6ta izopren fragmenti n8 tetraterpenlar (C40H64) -8ta izopren fragmenti n10 C50 va undan ko’p- politerpenlar Terpenlarda odatda n ning qiymati 0 dan 8 gacha bo’ladi. C10H16 formulaga to’g’ri keladigan uglevodorodlar terpenlar, C15H24 ga to’g’ri keladiganlari seskviterpenlar, C20H32 – diterpenlar, C30H48 – triterpenlar deyiladi. C40 – tetraterpenlar, C50 va undan ko’p bo’lsa - politerpenlar va h.k.Terpenlar, seskviterpenlar va diterpenlar efir moylarida bo’ladi. Triterpenlar, saponinlar hamda tetraterpenlar tabiatda ko’p uchraydigan karotinoidlar tarkibida bo’ladi. Ayrim o’simliklarning maydalangan barg yoki urug’larini suv bug’i yordamida haydalganida efir moylari ajralib chiqadi. Efir moylari kuchli va yoqimli hid tarqatuvchi suyuqliklar bo’lib, ko’pchiligi atiupachilik, farmatsiya, qandolotchilik sanoatida ishlatiladi. Ularning tarkibi terpenlar yoki ularning kislorodli hosilalari-terpenoidlardan iborat. Aynan shu moddalar o’simlikning gul va mevalariga yoqimli hid beradi. Efir moylari o’simliklarning o’zini himoya qilish vositalari bo’lib, bakteritsid va fitonsid xossalarga ega. O’simlik xomashyosidan terpenlar organik erituvchi yordamida ekstraksiya qilib olinadi. C10H16 yoki (C5H8)2 tarkibga ega bo’lgan, izopren qoldig’i saqlagan uglevodorodlar terpenlar (terpenes) hisoblanadi. Ular 4 guruhga bo’linadi: 1.Alifatik terpenlar - molekulasi ochiq zanjirga ega bo’lib, tarkibida 3ta qo’shbog’ tutadi. 2.Monosiklik terpenlarda bitta halqa va 2ta qo’shbog’ bo’ladi. 3.Bitsiklik terpenlarda ikkita halqa va 1ta qo’shbog’ bo’ladi. 4.Trisiklik terpenlar 3ta halqadan iborat, ularda qo’shbog’ bo’lmaydi. Terpenlar sinfiga ba’zi tabiiy glikozidlar (saponinlar), o’simliklarning sariq va limonrang (oranjeviy) pigmentlari (karotinoidlar, ksantofillar), kauchuk ba boshqa bir qator moddalar ham kiradi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling