Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi fakulteti janubiy va janubi-sharqiy osiyo tillari kafedrasi
Download 22.78 Kb.
|
Курс иши ёзиш тартиби
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU
- ASOSIY QISM
- UMUMIY XULOSALAR
- Kurs ishini rasmiylashtirish Kurs ishi kompyuterda terilgan bо‘lishi, qо‘lyozmaga teng sanaluvchi kompyuter bosmasida 20-25 betni tashkil etishi kerak. Matn qatorlar oralig‘i 1,5
- Foydalanilgan asarlar ketma-ketligini yozib chiqish bо‘yicha kо‘rsatma: Foydalanilgan adabiyotlar
- Ilova
Titul varag‘i О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI JANUBIY VA JANUBI-SHARQIY OSIYO TILLARI KAFEDRASI “......” fanidan K U R S I SH I MAVZU: “.....” Tayyorladi: Tekshirdi:(Ilmiy rahbar) Toshkent – 2020 MUNDARIJA KIRISH................................................................................................... ASOSIY QISM (Asosiy qismga kiruvchi fasllarning sarlavhalari berilib, betlari kо‘rsatiladi ) 1................................................................................................................. 2................................................................................................................... 3.................................................................................................................... UMUMIY XULOSALAR................................................................ FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR........................................... ILOVALAR.......................................................................................... Kurs ishining yozish tartibi Kurs ishining mazmuni mavzu bilan uyg‘un bо‘lishi kerak. U uch qismdan: Kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bо‘ladi. Kirishda tanlangan mavzuning dolzarbligi va ahamiyati, ishning maqsad va vazifalari, masalalarining qо‘yilishi uning о‘ziga xos jihatlari ochib beriladi. Kurs ishining asosiy qismida о‘rganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy jixatlari misollar bilan ochib beriladi. Misollar berilganda albatta olingan manba, ilmiy adabiyotlar esa havolalarda (snoska) kо‘rsatib borilishi, ilmiy apparat izchil ta’minlanishi kerak. Orada turli chizma va jadvallardan foydalanish mumkin. Xulosada о‘tkazilgan tadqiqotga qisqacha yakun yasalib,tanlangan kurs ishi mavzusi yо‘nalishga muvofiq holda fan rivoji hamda mavzuni amaliyotda qо‘llash bо‘yicha takliflar bayon etiladi. Mundarijadagi sarlavxalar bilan ishning orasidagi sarlavhalarning birxilliliga e’tibor qaratiladi. Kurs ishi betlari ketma-ket raqamlanishi kerak, birinchi betning ostida, satr о‘rtasiga qо‘yiladi! Kurs ishini rasmiylashtirish Kurs ishi kompyuterda terilgan bо‘lishi, qо‘lyozmaga teng sanaluvchi kompyuter bosmasida 20-25 betni tashkil etishi kerak. Matn qatorlar oralig‘i 1,5, harfining yirikligi 14 (shriftda) teriladi. Times New Roman. Har bir betning chap yonidan-3 sm, о‘ng-1 sm, yuqorisi va pastdan- 2 sm dan joy qoldiriladi. Adabiyotlar rо‘yxatiga foydalanilgan manbalar va ilmiy asarlar alifbo tartibi bо‘yicha raqamlanadi. Bosh о‘rinda О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Qonun, Prezident Farmonlari, va Qarorlari va asarlari, meyoriy, xujjatlar, keyin esa ilmiy asarlar, darslik va о‘quv qо‘llanmalari ,jurnal maqolalari, rо‘znomalar va xokazolar kiritiladi. Foydalanilgan asarlar ketma-ketligini yozib chiqish bо‘yicha kо‘rsatma: Foydalanilgan adabiyotlar О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, vazirlar mahkamasi qarorlari. Prezident asarlari. Sohaga tegishli meyoriy xujjatlar. Sohaga tegishli manbalar va ilmiy asarlar. Qо‘shimcha asarlar. Davriy nashrlar. Internet saytlari. Ilovalar kurs ishining oxirida beriladi. Har bir ilova yangi betdan boshlanadi, sahifaning о‘ng tomonida yuqori burchagida ketma-ket tartib raqamida ilova sо‘zi yoziladi. Har qaysi ilovaga sarlavha qо‘yilishi kerak. Ishdagi illyustratsiyalar ularning mazmuniga qarab belginaladi. Kurs ishini yozib tugatgach, sarlavhalarning о‘zaro bog‘lanishiga, bayon usuliga alohida e’tibor bergan holda, qayta о‘qib chiqish kerak. Qayta о‘qishda, kо‘pincha, ilgari e’tibordan chetda qolgan xatolarga, asossiz fikrlarga, notо‘g‘ri misollarga duch kelish mumkin. Ayniqsa, formulalarni, raqamlarni, kо‘chirmalarni, bibliografik yozuvlarni birlamchi manba bо‘yicha diqqat bilan tekshirib chiqish talab etiladi. Download 22.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling