Toshkent Moliya Instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti hba-60 guruh talabasi No’monova Yulduz
Download 266.71 Kb.
|
HBA-60 No'monova Yulduz. Budjet hisobi(Mustaqil ish).
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilangan maqsadga erishish uchun tekshirish ishlarini mantiqiy ketma-ketlikda amalga oshirish zarurdir.
- Asosiy vositalarni nazoratdan o’tkazish manbalarini quyidagicha ifodalash mumkin
- Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni kamomadi yoki yo’qotishlari
- 2. Asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarni analitik va sintetik hisobining nazorati
- Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tashkilot ichida yo’nalishini to’g’ri
- Shuni alohida qayd etish kerakki, agarda asosiy vositalar va nomoddiy
Toshkent Moliya Instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti HBA-60 guruh talabasi No’monova Yulduz«Budjet hisobi» fanidan Mustaqil ishMavzu: Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini tekshirish qanday amalga oshirilishi. Reja:
Asosiy vositalar xo’jalik subektlari moddiy-texnik bazasining asosini tashkil qiladi va iqtisodiy samaradorlikning yuqori suratlarini taminlashda muhim rol o’ynaydi.Iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar muqarrar xukum surayotgan va kelib chiqishi mumkin bo’lgan hozirgi iqtisodiy sharoitda iqtisodiyotni diversivikatsiyalash va asosiy vositalarni modernizatsiya qilish usitivor vazifalardan biri bo’lib turibdi. Bu vazifalarni bajarilishini asosiy vositalar ob’ektlarini sifatli nazorat tizimini tashkil qilish va tekshirishlarni oqilona amalga oshirish taminlab beradi. Belgilangan maqsadga erishish uchun tekshirish ishlarini mantiqiy ketma-ketlikda amalga oshirish zarurdir.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar nazoratining bosh maqsadi - ularning saqlanish holati va samarali ishlatilishi, belgilangan tartibda, o’z vaqtida kirim va chiqim qilinishi, to’g’ri baholanishi va buxgalteriya hisobida aniq aks ettirilishini aniqlashdan iboratdir. ob’ektlarni nomoddiy aktivlar tarkibiga olinishini belgilangan talablar darajasida amalga oshirilganligini aniqlash (O’zbekiston Respublikasida nomoddiy aktivlar hisobini yuritish 7-sonli BHMS bilan tartibga solinadi);
Nomoddiy aktivlarni nazoratdan o’tkazishning umumiy maqsadi – nomoddiy aktivlarning saqlanishi va tarkibini to’g’ri belgilanishini aniqlashdaniborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur bo’ladi: Asosiy vositalarni nazoratdan o’tkazish manbalarini quyidagicha ifodalash mumkin:etkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish montaj ishlarini badjarganligi uchun pudratchilarga to’lanidan summalar;
Tekshirish jarayonida asosiy vositalarning dastlabki qiymatini to’g’ri aks ettirilish uchun quyidagi xarajatlarni to’g’ri xujjatlashtirilganligi va asosli ekanligi aniqlanadi: Nomoddiy aktivlarni tekshirish materiallari bo’lib quyidagi manbalar hisoblanadi: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni kamomadi yoki yo’qotishlari
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi asosliligini va o’z vaqtida amalga oshirilganligini aniqlash uchun hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnomalarni ramiylashtirilishi va to’g’ri tuzilganligi tekshiruvdan o’tkaziladi. Bundan tashqari, nomoddiy aktivlarni sotish, beg’araz berish bo’yicha tuzilgan shartnomalarning asosliligi va dalolatnomalarning to’g’riligi alohida tekshiriladi. 2. Asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarni analitik va sintetik hisobining nazoratiBuxgalteriya hisobida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi inventar ob’ektlar bo’yicha tashkil qilinadi. Analitik hisobni bunday yuritilishi har tomonlama asoslangan va sifatli nazorat o’tkazishni ta’minlaydi. Asosiy vositalarni inventar ob’ektlari bo’yicha yuritilishi orqali ularni sinflashtirishni to’g’ri tashkil qilish imkonini yaratib beradi. Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni sinflashtirilishi orqali ularni zarurligi va samarali ishlatilishi to’laqonli ta’minlanadi. Tekshiruvchi asosiy vositalar analitik hisobini to’g’ri tashkil qilinganligini va uni sintetik hisobga mosligini birinchi navbatda aniqlab olishi zarur. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tashkilot ichida yo’nalishini to’g’ri
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobini tekshiruvdan o’tkazish davomida ularning qaysi manbalardan kirim qilinganligi va nima sababdan hisobdan chiqarilayotganligi alohida o’rganishni talab etadi. Qonunchilikka muvofiq asosiy vositalar tarkibiga zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalaniladigan, shuningdek, ijaraga berishmumkin bo’lgan moddiy aktivlar kiradi. Bular 01 - asosiy vositalar nomli schyotning subschyotlari bo’yicha hisobga olinadi. Tekshirish jarayonida ushbu schyotning sal’dosi 274-son shakldagi 6-memorial order jami summasi bilan taqqoslanadi va bu summalar 308-son shakl bosh kitob va moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarni hisobga oluvchi moddalari bilan mos kelishi kerak. Tugatish munosabati bilan asosiy vositalarni hisobdan chiqarganda hisoblangan eskirish summasi 02-schyotning debeti va 01-schyotning kreditiga taalluqli subschyotlar orqali amalga oshiriladi. Bunday buxgalteriya pravodkasi AV-4 sonli shakl va 444-sonli shakl dalolatnomalari mavjud bo’lganda beriladi. Tekshiruvchi dalolatnomalarning to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlashi zarur. Shuni alohida qayd etish kerakki, agarda asosiy vositalar va nomoddiy
Nomoddiy aktivlarni yaratilishi bilan bog’liq barcha xarajatlar 080- Nomoddiy aktivlarga xarajatlar nomli schyotlarda aks ettiriladi. Bu schyotning aylanishlari tekshirilganda berilgan pravodkalarga asos bo’lgan yuk xatlari, bajarilgan ishlarni qabul-topshrish dalolatnomalarining xaqqoniyligi aniqlanadi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish 030-Nomoddiy akvtivlar schyotining kreditida aks ettiriladi. Bunda, hisobdan chiqarish uchun asos bo’lgan xujjatlar baholashning xaqqoniyligi tekshiruvdan o’tkaziladi. Shunga alohida e’tibor qaratish kerakki nomoddiy aktivlar foydalnishga yaroqsiz holga kelgunga qadar hisobda aks ettirilishi zarur. Asosiy vositalar qonunchilikda belgilangan tartibda har yili qayta baholanadi. Ularning qiymatini har yili 1 yanvar holati bo’yicha qayta baholashni o’tkazish davrida narxlar darajasidan kelib chiqib o’tkaziladi.1 Yanvar holati bo’yicha asosiy vositalarni har yili qayta baholash oldingi qayta baholash natijasida olingan ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatidan, yil davomida kelib tushgan asosiy vositalar bo’yicha esa - xarid qilish qiymatidan amalga oshiriladi. Er uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob’ektlarining qiymati qayta baholanmaydi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashni tekshirish eskirish hisoblash vedomostiga asosiy vositalarni to’g’ri va aniq kiritilganligini aniqlashdan boshlanadi. Budjet tashkilotlarida ishchi schyotlar rejasini tasdiqlanayotganda “Asosiy vositalarning eskirishi” schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga kirim qilingan asosiy vositalar manbalari bo’yicha eskirish hisoblanishini alohida shakllantirib olishi mumkinligini inobatga olib subschyotlarning to’g’ri ochilganligini aniqlab olish kerak. Masalan, 023/1-“Mashina va jihozlarning eskirishi (Budjet mablag’lari hisobidan)”, 023/2 –“Mashina va jihozlarning eskirishi (Riojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan)” va boshqalar.Asosiy vositalarni qayta baholash natijasida asosiy vositaning eskirish summasining oshishi 28-Moliyaviy natijalar schyotining debetida to’g’ri aks ettirilganligi aniqlab olinadi va aksincha, eskirish summasining kamayishi bu schyotning kreditiga olib borilishi zarur. Balansdan chiqarilayotgan asosiy vositaga hisoblanagan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi budjet tashkilotlarida 02-schyotning debeti va 201-schtyoning kreditida aks ettiriladi. Bunda, tuzilgan dalolatnomaning asoslanganligi aniqlanadi. inventar kartochkalar, inventar kitoblari yoki ro’yxatlarining mavjudligi;
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ustidan nazoratni tashkil qilishda ularning saqlanish holati hamda ishlatilishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Bunday nazorat ulardan samarali foydalanishni ta’minlab beradi.
Tekshirish jarayonida quyidagilar aniqlab olinishi kerak: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning saqlanish holati asosan inventarizatsiya o’tkazish orqali tekshiriladi. O’zbekiston Respublikasida inventarizatsiya O’zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq ishlab chikilgan “Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish” 19-BHMS bilan tartibga solinadi. a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar
Inventarizatsiya jarayonida aniqlagan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin: Asosiy vositalar saqlanishi va ishlatish holatini nazoratdan o’tkazish jarayonida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarini ham tekshiruvdan o’tkazish talabetiladi. Buning uchun joriy va kapital ta’mirlash ishlari holatini ularning buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishini hamda kapital ta’mirlash jarayonida asosiy vositalar qiymatini oshishi bilan bog’liq holatlarni alohida sinchkovlik bilan tekshirish zarur. E’tiboringiz uchun rahmat! Download 266.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling