Umumiy pedagogika” fanidan 1-kurs sirtqi ta’lim mts-1-22 guruh talabasi Xo’janazarova Nigoraning 2-mustaqil ish topshirig’i


Download 12.53 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi12.53 Kb.
#1607830
Bog'liq
umumiy pedagogika


Umumiy pedagogika” fanidan 1-kurs sirtqi ta’lim
MTS-1-22 guruh talabasi
Xo’janazarova Nigoraning
2-mustaqil ish topshirig’i



Atom odatlar kitobi (inglizcha Atomic habits) James Clear tomonidan 2018-yilda nashr etilgan. Kitob oʻzida yaxshi va yomon odatlar kuchi, muvaffaqiyat sabablari, odatlar va muvaffiyatning oʻzaro bogʻliqligi haqida empirik va nazariy taʼlimotlarni aks ettiradi. Kitob New York Times bestselleri hisoblanib, dunyo boʻyicha 8 milliondan ortiq nusxadan ortiq sotilgan va 50 dan ortiq tilga tarjima qilinganAtom - zarra, odat - biror holatga javoban o'ylamasdan avtomatik bajariladigan harakat.


Boʻlimda muallif odat nimaligi, dastlabki tajribasi va eng muhim boʻlgan nega aynan „atom“ odatlar aslida nimaligi ahaqida soʻz yuritadi. Dastlab, oʻz maqsadiga erishishda toʻgʻri oʻzgaruvchilarni tanlash, omad kabi boshqaruv boʻlmaydigan oʻzgaruvchilarni ishlatmaslik haqida soʻz boradi. Bundan tashqari, natijaga taʼsir qiluvchi har qanday kichik oʻzgarish yakuniy natijada hisasi kattaligi koʻriladi. Bunga yorqin misol sifatida Buyuk Britaniya velosiped federatsiyasida 2003—2008-yillarda yangi tayinlangan murabbiy Dave Brailsford tomonidan amalga oshirilgan kichik taʼsir koʻrsatuvchi omillarni ozgina yaxshilash bir omilga bor fokusni berishgan afzalligi keltiriladi. Yaʼni 1908-2008 yillardagi natijalardan koʻra, 2008-2017 yillardagi natijalar ancha yuqori edi. Buni matematik isboti sifatida kuniga 1 foizga yaxshilanish va kuniga 1 foizga yomonlanish masoli koʻrsatiladi. Unga koʻra kuniga 1 foizga yomonlashish tufayli bir yilda inson yil boshiga nisbatan 97 % qobiliyatini yoʻqotadi. Aksincha, 1 foizga yaxshilanish 37 barobardan ortiqroq oʻsishga sabab boʻladi. Bu qisqa muddatda arzimas boʻlgan jarayonlar uzoq muddatda oʻrni kattaligi taʼkidlaydi. Bu boʻlimda mallif odatning oson, aniq va eng muhimi yaqqol boʻlishi kerakligini taʼkidlaydi.


Muallif yangi odatlarga jozibalilik berish kerak deydi. Masalan, Netflixda podkast koʻrish uchun mashq qilish, darsni qilganda musiqa qoʻyish va uy yigʻishtirishda televizor koʻrish. Bu qilinmayotgan yaxshi odatlarni baribir amalga oshiruvchi, foydasiz ammo jozibali odatlar bilan birga amalga oshirishga undaydi. Inson sotsial mavjudot boʻlganligi sababli, boshqalar bilan aloqalar ham jozibali koʻriladi. 1950-yillarda psixolog Solomon Asch tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar buni isbotlaydi. Tadqiqotga koʻra 1 odam aktyorlar toʻla xonaga joylashtiriladi va ularga chiziqlar orasidan eng uzun chiziqni tanlash kabi oodiy vazifa beriladi. Dastlab barcha bir xil javobni aytadi, ammo vaqt oʻtgani sari barcha katyorlar xato variantni tanlay boshlaydi. Katyorlar orasidagi yagona ishtirokchi esa bosim ostida ular koʻrsatgan notoʻgʻri variantni tanlashga majbur boʻladi. Unga koʻra, inson toʻgʻri javobni bilsa-da, koʻpchilikni taʼsirida fikrini oʻzgatiradi degan xulosaga kelin


Muallif bu qoida asosida yangi odatlarni oson boshlash muhim ekanligi aytadi. Yaʼni, biror ishni boshlashda uning eng oson boshlangʻich bosqichini amalga oshirish kerakligini aytadi. Yaʼni, 30 daqiqa kitob oʻqish oʻrniga 1 bet kitob oʻqish, 4 km yugurish oʻrniga sport uchun oyoq kiyimlarini kiyish, uyga vazifani bajarish oʻrniga daftarni ochish. 1966-yilda Terje Lømo tomonidan fanga uzoq muddatli potensiatsiya (Long-term potentiation) atamasi kiritiladi. Bu atama miyadagi neyronlar oʻrtasidagi aloqalarning oxirgi vaqtlarda qilinadi, ular orasidagi bogʻlanishlar kuchayadi, qoniqarli boʻlishi kerak


Muallif odatlarni bajarish insonga ragʻbat olib kelishi kerakligini uqtiradi. Yaʼni, yaxshi odatlarning deyarli barchasi uzoq muddatdagina foyda olib keladi:1 kun mashq qilish sizni ortiqcha vazndan halos qilmaydi, mavzu haqida 1 kitob sizni mutaxassis qilmaydi, 1 kun vaqtli yotish sizning ertalab vaqtli tura olishigizni belgilamaydi. Lekin yomon odatlar darhol foyda olib keladi, uzoq muddatda esa zarari katta boʻladi. 1 dona sigaret odamni oʻldirmasa-da, uzoq muddatda koʻplab kasalliklarni jalb qiladi. Muallif bunga sabab qilib, insonlar ming yillardan beri qisqa muddatlarda ragʻbatga eʼtibor qaratilganinini taʼkidlaydi. Ya;ni yaqin kelajakdagi rohat uzoq kelajakdagi undan-da kuchliroq azobdan ustun koʻriladi, chunki inson miyasi minglab yillar davomida shunga moslashgan
Xulosa
Kitobda amaliy maslahatlar ko’p. Ammo baribir eng muhimi harakatni o’zimiz qilishimiz kerak. Faqat qoidalarni o’rganish natija bermaydi.
Birinchi xato bizni buzmaydi. 1-xatodan keyin keladigan takroriy xatolar zanjiri bizni buzadi. Bir marta tark etish – bu tasodif. Ikki marta tark etish esa – bu yangi odatning boshlanishi. Shu bois ham bizga foydasizdek tuyulgan vaqtda ham odatni takrorlash muhim. O’zingizni holsiz his qilyapsiz, ammo majburlab bo’lsa ham yurish, yugurishga chiqing. Bu bilan eng kamida shu vaqtga qadar erishilgan yutuqlarni saqlab qolgan bo’lasiz.
Yomon odatni yo’qotish uchun uni eslatadigan shama-ishora(lar)ni yo’qotish kerak. Ichuvchi odam davolanib chiqqani bilan eski muhitga qaytganda yana ichaveradi(atrofda ichishni eslatuvchi shamalar sabab). Bunda yechim, eski shamalar yo’q joyga ko’chish bo’lishi mumkin.
Bu asarni o’qiganimdan so’ng hayotimga o’z tasirini ko’rsatdi.







Men bu asarni o'qishni xammaga tavsiya qilaman. Hayotda yuksalishiga katta tasir ko’rsatadi.
Download 12.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling