Xorijiy tillardan o‘zlashgan xalqaro yuridik terminlar isaqova Munisa Qahramonjon qizi


Download 26.14 Kb.
bet1/3
Sana08.10.2023
Hajmi26.14 Kb.
#1695356
  1   2   3
Bog'liq
Isaqova -Buxoro-filologiya


XORIJIY TILLARDAN O‘ZLASHGAN XALQARO YURIDIK TERMINLAR
Isaqova Munisa Qahramonjon qizi
ORCID: 0000-0001-5880-5758
O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
tayanch doktoranti
Annotatsiya: Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘llaniladigan huquqiy tizimga oid o‘zlashma terminlarni o‘rganish terminologlar oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Maqolada milliy yuridik tilda alohida o‘rin egallagan xalqaro huquqiy terminlar tadqiq etilib, ular kichik terminosistemalarga ajratilgan. O‘zlashmalarning etimologik jihatdan kelib chiqishi tahlil qilingan.
Kalit so’zlar: yuridik terminlogiya, terminosistema, o’zlashma terminlar, va hok.
LEXICAL LAYER OF TEMURNOMA
Isakova Munisa qizi
ORCID: 0000-0001-5880-5758
Namangan State University,
Basic doctoral student of the department
of Uzbek language and literature
Annotation:
Keywords:
ЛЕКСИЧЕСКИЙ СЛОЙ TEMURNOMA
Аскарова Манзура Бахтиёр кызы
ОРЦИД: 0000-0001-5880-5758
Наманганский государственный университет,
Базовый докторант кафедры узбекского языка и литературы
Аннотация:
Ключевые слова:

Kirish: So‘z o‘zlashtirish har bir tilda uchraydigan o‘ziga xos jarayon hisoblanib, til lug‘at tarkibi boyishining ajralmas qismi hisoblanadi. Sinxron tilshunoslik tarafdorlari uchun o‘zlashmalar dastavval, ular kirib borgan tilga ko‘rsatgan ta’siri, uning sistemaviy qurilmasiga leksik jihatdan aloqadorligi, o‘zlashma kelib chiqqan tildagi egallagan maqomi bilan ahamiyatlidir. Leksik birliklarning o‘zlashishi xalqlarning iqtisodiy, ilmiy va madaniy jihatdan bir-biri bilan yaqinlashuvi demakdir. Ko‘pgina hollarda, o‘zlashma so‘zlarning tilga kirib kelishiga asosiy sabab yangi va ilgari ma’lum bo‘lmagan tushunchalarni ifodalash hisoblanadi. Shu bilan birga, o‘zlashmalar avvaldan ma’lum bo‘lgan jarayon va narsalarni nomlashda ham keng qo‘llaniladi. Bunday ikkilamchi nomlanish, asosan, quyidagi hollarda amalga oshiriladi:


O‘zlashma agar nomlanayotgan predmetning qo‘shimcha xarakteri va qirralarini ochib bersa;
O‘zlashayotgan so‘z xalqaro so‘z yoki termin bo‘lsa;
O‘zlashma majburiy ravishda biror tilga kiritilsa (asosan harbiy okkupatsiyalar natijasida).
Ko‘p ma’noli so‘zlar asosan o‘zining bir ma’nosidan kelib chiqib o‘zlashadi. Buning natijasida o‘zlashgan so‘zlarda ma’no torayishi hodisasi kuzatiladi. O‘zlashish jarayoni bevosita bog‘lovchi tillar orqali ham sodir bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tiliga bir qancha so‘zlar rus tili orqali kirib kelgan. Ammo, bu so‘zlarning etimologiyasiga nazar soladigan bo‘lsak, ularning aksariyatini lotin tilidan kelib chiqqan so‘zlar tashkil qiladi. O‘zlashmalar natijasida ko‘plab sohalar qatorida o‘zbek milliy yuridik tilining lug‘at tarkibi ko‘plab xalqaro huquqiy terminlar bilan boyigan va bu jarayon davom etmoqda. Bunday so‘zlar ko‘pchilik tillarda uchraydigan, alohida, o‘ziga xos bo‘lgan fonetik farqqa ega bo‘lmagan va barcha tillarda deyarli bir xil talaffuz qilinadigan so‘zlardir. O‘zlashmalar nafaqat qardosh balki bir-biriga qardosh bo‘lmagan tillarda ham uchraydi. Ularning aksariyati qadimiy tillardan (qadimgi yunon va lotin tillari) kelib chiqqan bo‘lib, bevosita va bilvosita boshqa tillarga o‘zlashgan. Misol tariqasida konstitutsiya terminini oladigan bo‘lsak, u lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib, “o‘rnatish” “tuzilish” ma’nolarini ifodalaydi. Xalqaro huquqiy termin sifatida deyarli barcha tillarda birdek qo‘llaniladi(ingliz tilida constitution, rus tilida конститутсия, ispan tilida constitucion va hokazo).

Download 26.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling