Y erdagi sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi jamoadirlar


Download 28.08 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi28.08 Kb.
#1051082
Bog'liq
Hayvon jamoalarining mavjudligi


Hayvon jamoalarining mavjudligi
Y erdagi sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi jamoadirlar... («An'om» surasi, 38-oyat)
Bugungi kunda hayvon va quruhlar ekologiyasining o‘rganilishi natijasida bizga ma'lumki, barcha hayvonlar va qushlar alohida-alohida jamoalarda yashaydilar. Uzoq muddatli va keng qamrovli izlanishlar hayvonlar orasida muayyan bir tizimli ijtimoiy tartib mavjud ekanligini ko‘rsatdi.
Masalan, ijtimoiy hayoti olimlarni lol qoldiradigan asalarilar to‘da-to‘da bo‘lib daraxt kovaklari yoki boshqa pana joylarda o‘z uyalarini quradilar. Bitta ari to‘dasi ona ari, bir necha yuz erkak arilar va 10-80000 ishchi arilardan tashkil topadi. Avvalroq aytib o‘tganimizdek, har bir to‘dada bitta ona ari bo‘lib, uning asosiy vazifasi tuxum qo‘yishdan iborat. Bundan tashqari, u o‘zidan to‘daning yaqdilligini ta'minlaydigan va uya ichidagi tizimning ishlashiga izn beradigan kerakli moddalarni ajratib chiqaradi. Erkak arilarning birdan-bir vazifasi ona arini urug‘lantirishdir. Boshqa barcha vazifalar, ya'ni uyada asal mumlar qurish, oziq-ovqat to‘plash, shohona jele yaratish, uyaning haroratini nazorat qilish, ozodalik va mudofaa kabilar ishchi arilar tomonidan bajariladi.
Uyadagi hayotning har bir jabhasida tartib bor. Lichinkalarga g‘amxo‘rlik qilishdan tortib, uyaning umum ehtiyojlarini ta'minlashgacha bo‘lgan barcha majburiyatlar bexato ijro etiladi.
Dunyoda eng ko‘p sonli bo‘lishiga qaramasdan, chumolilar texnologiya, jamoaviy mehnat, harbiy strategiya, ilg‘or aloqa tarmog‘i, ierarxik tartib, intizom va shaharni benuqson rejalashtirish kabi ko‘plab sohalarda ham insonlarga namuna sifatida xizmat kilishi mumkin bo‘lgan bir tartibni namoyish qiladi. Chumolilar to‘da deb ataladigan jamoalarda shunday bir o‘zaro tartib bilan kun kechiradilarki, ularning insonlarnikiga o‘xshash tsivilizatsiyasi bor deb o‘ylash mumkin.
Chumolilar oziq-ovqat ishlab chiqarish va ularni g‘amlab qo‘yish bilan bir qatorda yosh chumolilarga qarash, to‘dani mudofaa qilish va g‘animlarga qarshi jang olib borish kabi vazifalarni ham uddalaydilar. Yana shunday to‘dalar ham borki, ular «tikish-bichish», «qishloq xo‘jaligi» va «hayvonlar boqish» kabi yumushlar bilan ham mashg‘ul bo‘lishadi. Bu hayvonlar orasida juda kuchli aloqa tarmog‘i mavjud. Ularning ijtimoiy uyushqoqligi va omilkorligi har qanday jonzotlarnikidan ham ustundir. (Qarang: Horun Yahyo. Chumolilar mo‘jizasi, 2002)
Jamoa bo‘lib, tartibli hayot kechiradigan hayvonlar xavf tug‘ilganda ham yakdillik bilan harakat qilishadi. Misol uchun, qirg‘iy yoki boyo‘g‘li kabi yirtqich qushlar biror hududga kirgudek bo‘lsa, kichikroq qushlar bu qushlarni har tomondan qurshab oladilar. So‘ng ular boshqa qushlarni bu yerga jalb qilish uchun maxsus tovush chiqaradilar. Kichik qushlar tomonidan ommaviy ko‘rsatilgan tajovuzkor xatti-harakat odatda yirtqich qushlarni bu hududdan nariga haydaydi.156
Birga uchib yurgan bir gala qushlar shu tarzda galadagi barcha a'zolarni himoya qiladi. Misol uchun, birga uchib yurgan chug‘urchuqlar galasi bir-birining orasida keng masofa tashlab uchadi. Biroq qirg‘iyni ko‘rishganda ular o‘z oralaridagi masofani yaqin-lashtiradilar. Shu yo‘sinda, ular qirg‘iyga gala o‘rtasini yorib kirishga qiyinchilik tug‘dirishadi. Hatto shunda ham, qirg‘iy ular orasiga sho‘ng‘iydigan bo‘lsa, u o‘zining zarariga ish ko‘rgan bo‘ladi. Uning qanotlariga shikast yetadi va u boshqa ov qila olmay qoladn157 Sutemizuvchilar ham agarda guruhga tajovuz qilingudek bo‘lsa, hamjihatlikda ish yuritishadi. Masalan, zebralar yovdan qochib ketayotgan paytda o‘z bolalarini podaning o‘rtasida olib ketadilar. Delfinlar ham to‘da bo‘lib suzishadi va ularga eng katta dushman bo‘lgan akulalarga qarshi to‘da bo‘lib jang qilishadi.158
Hayvonlarning ijtimoiy hayotiga sanoqsiz misollar keltirish va unga taalluqli ko‘plab tafsilotlarni bayon qilish mumkin. Hayvonlar haqida qo‘lga kiritilgan ma'lumotlar uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar samarasidir. Ko‘rib chiqqanimizdek, Qur'onda xuddi boshqa jabhalar kabi hayvonlar haqida berilgan ma'lumotlar Islom kitobi Allohning kalomi ekanligini tasdiqlaydi.
Download 28.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling