Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 382.21 Kb. Pdf ko'rish
|
shaxsga yonaltirilgan talim texnologiyalari asosida informatika va axborot texnologiyalari fanini oqitish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: 4 IO’M 1-guruh talabasi J.Ataxanov Tekshirdi: katta o’qituvchi: Yu.Usmanaliyeva
- O’qitish nazariyasining asosiy tamoyillari
- Ta’lim o’luvchining intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish – o’quv jarayonining asosi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MAVZU: SHAXSGA YO’NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O’QITISH Bajardi: 4 IO’M 1-guruh talabasi J.Ataxanov Tekshirdi: katta o’qituvchi: Yu.Usmanaliyeva Andijon - 2015 Reja: Kirish.
1. O’qitish nazariyasining asosiy tamoyillari. 2. Ta’lim o’luvchining intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish – o’quv jarayonining asosi. 3. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish. Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida mustaqil O‘zbekistonda demokratik tuzumni barpo etish bilan birga, amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlarning asosiy ishtirokchilari bo‘lgan jamiyatimiz a’zolarining ma’naviyatini butunlay yangicha qaror toptirish lozimligini ta’kidlagan edi. Kelajagi buyuk davlatni ko‘rayotgan kishilarning tafakkuri, ahloqi yangi iqtisodiy munosabatlarin tiklashga, moddiy nematlar ishlab chiqarishga astoydil kirishib doimo yonib yashash hissi bilan sug‘orilgan bo‘lishi lozim. Mana shunday ijobiy hislatlarga boy insonni tarbiyalash maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Tarbiya jamiyat vazifasi bo‘lib, u faqat ishlab chiqarish munosabatlarini ta’sirida emas, balki turli tarixiy davrlarda ilgari suriladigan g‘oyalar ta’sirida aniq shaklga ega bo‘ladi, shuning uchun ham ko‘p jihatdan ma’rifatchi va pedagoglar faoliyatining natijasini ifodalaydi. Agar tarbiya alohida mustaqil vazifa sifatida kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan birga tarkib topgan bo‘lsa, ta’lim nazariyasi fan sifatida birmuncha keyinroq shakllangan. Tarbiyada nazariy umumlashtirishning ildizini falsafa qa’ridan axtarmoq darkor. Falsafa qadim zamonlardan boshlab davr va hayot mazmuni, borliqning birligi, uning jamiyatdagi o‘rni va roli, odamlarning hayotda belgilangan vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob izlash va tayyorlash bilan shug‘ullangan. Hozirgi zamon pedagogikasi ikki asosiy elementdan tashkil topgan. Birinchi element pedagogik nazariya bo‘lib, pedagogik jarayon qonuniyatlarini tadqiq etish yo‘li bilan g‘oyalar, ta’riflar, qoidalar, shart-sharoitlar tarzida ifodalanadi. Yaratilgan ilmiy g‘oya, qarashlar pedagogikani fan sifatida shakllanishi va taraqqiyotida muhxim rol o‘ynaydi. Pеdagogik tеxnologiya pеdagogning o`quvchi-talabalarga ta'sir qilishni tashkil etish bo`yicha kasbiy ahamiyatga molik malakalar tizimini aniqlab bеradi va pеdagogik faoliyatning tеxnologikligini anglash usullarini taklif etadi.
O’qitish nazariyasining asosiy tamoyillari
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish.
Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.
Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.
Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish.
yaratish.
Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
O’qitish nazariyasining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim –o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv ta’limi tizimida bola shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o‘rin tutadi. O’quv jarayonining maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iborat.
Shaxsga yo‘naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g‘oyalar muhim o‘rin tutadi: 1. Shaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola ta’lim muassasasida – to‘la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub’yekt; shaxsning rivojlanishi – ta’lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o‘z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g‘oyalarlarni aks ettiradi.
2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo‘lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o‘z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o‘qituvchi va o‘quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish kabi holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlash inkor etiladi. 3. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o‘quv fanini o‘quvchiga emas, balki bolani o‘quv faniga yo‘naltirishdan iborat. Individual yondashish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: materialni o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga mo‘ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko‘ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish. 4. Shaxsning ijobiy «Men-konsepsiyasi»ni shakllantirish. Men-konsepsiyasi – bu shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo‘lib, ijobiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag‘batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Salbiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o‘qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. O‘qituvchining vazifasi har bir o‘quvchi timsolida komil shaxsni ko‘rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat («Hamma bolalar iste’dodli» tarzida). 5. “Nimaga?” va “qanday ta’lim?” masalasini hal etishga yangicha yondashish. Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat. 6. Zamonaviy ta’lim muassasalarida tarbiyalash konsepsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g‘oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo‘yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning
individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish.
Iqtidorli o‘qituvchilar pedagogik faoliyatida shakllangan ko‘nikma, malakalar yig‘indisini O‘zbekiston Respublikasini “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ni amalga oshirishda ko‘p ijodkor, izlanuvchi pedagoglar o‘zlarining tajriba maktablarini yaratdilar. Nazariya va tajriba o‘zaro birlashib pedagogikaning taraqqiyotini tayinlovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Har qanday fan o‘z oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda muayyan ustuvor g‘oyalarga tayanadi. Ana shu g‘oyalar yig‘indisi fanning metodologiyasi, ilmiy-g‘oyaviy asoslari hisoblanadi. O’qitish jarayoni uchun metodologiya - falsafiy, ijtimoiy xulosalar, umumlashmalar xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi g‘oyalar, xulosalar, pedagogikamiz uchun g‘oyaviy asos - dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Shaxs shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida tushuncha. Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'yekti hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki, kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etish qonuniyatlarini, unga ta'sir etuvchi ob'yektiv va sub'yektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador davrlarni aniqlashi kerak. Odamning mukammal inson bo'lib etishuvida o'zining maqsad asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida ayrim nuqsonlarini bartaraf etishi, qiyinchiliklarni engib chiqishi
mumkinligini bilishimiz zarur. Demak, inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir etadi. Masalan, bir xildagi ta'sirlarga turli bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi-bu jarayon davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi. Odam atrofni, ob'yektiv borliqni ko'proq bilgani sari onglilik darajasi o'sadi, fikrlash doirasi kengayadi, yangi bilim va ko'nikmalarni egallaydi, yangi qiziqish va ehtiyojlar vujudga keladi. Demak, shaxsning kamolga etishi jamiyat rivojiga chambarchas bog'liqdir.
Didaktika shaxsning kamolotga yetishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxsning shaklanishi, kamolga yetishida nasl-irsiyat (biologik), ijtimoiy muhit ham maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligidan bahramand bo'ladi. Moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishda ishtirok etadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligi yuksak bo'lsa, u shaxsga shu qadar katta ta'sir ko'rsatadi va aksincha. Ikkinchi tomondan esa, shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o'z moddiy va ma'naviy boyligini yaratish jarayonida ongini, hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada u shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma'lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim. Shaxs rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, rivojlanishga ta'sir etuvchi omillarning ta'siri turlicha bo'ladi, ya'ni kishi ijobiy va salbiy ta'sirlar natijasida kamolga etadi. Albatta ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Xususan, pedagog- tarbiyachilar bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe'l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta'sir ko'rsatishini bilishi lozim.
Shaxsning, ayniqsa bolaning rivojlanishi va shakllanishi biologik omil (irsiyat) ga bog'liqdir. Irsiyat deganda, bolaga ota-ona va umuman yaqin ajdodlardan, ya'ni nasldan-naslga o'tadigan biologik xususiyat va o'xshashliklar tushuniladi. Odam shaxsining va xulqining rivojlanishida biologik omillarning ta'sirini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'lab o'rganuvchi oqimlardan biri bixeviorizm bo'lib, u XX asrning boshlarida psixologiya fanida keng tarqaldi. Bunga amerikalik pedagog va ruhshunos E. Torndayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan- naslga o'tadi, guyo odamning ko'zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham tabiatan berilgandir. G'arb pedagog olimlaridan yana biri, nemis ruhshunosi V.Ptern inson 17-18 yoshida mavjud jamiyatning a'zosi bo'ladi deb hisoblaydi. Ayrim pedagog va ruhshunoslar orasida bolaga boshqacha qarash ham mavjud. Ularning fikricha, insonning kamoloti ikki omilga-irsiyat va ijtimoiy muhitga bog'liqdir. Irsiyat o'zgarmaydi, ijtimoiy muhit ham hamma davrlar uchun o'zgarmasdir. Irsiyat bor va biologik omillarni inkor etolmaymiz. Lekin irsiyatni mutlaqo o'zgarmas deb ham tushunmaslik kerak. Demak, bola shaxsining rivojlanishiga irsiyatning ta'siri deganda ota-onaga, avlod-ajdodlarga o'xshashlikni ifodalovchi biologik belgilar va fiziologik xususiyatlarning takrorlanishini tushunmoq kerak.
Ta’lim o’luvchining intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish – o’quv jarayonining asosi Inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ro’yobga chiqishi va rivojlanish manbai - layoqat bilan tug'iladi. Layoqat o'z holicha emas, balki uning rivojlanishi uchun qulay muhit ta'sirida zarur. Muhit deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yig'indisini tushunamiz. Bunga tabiiy muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalar kiradi va ular bolalarning rivojlanishiga alohida ta'sir ko'rsatadi. Agar bola o'z tug'ma layoqatiga mos sharoitda o'sib, zarur faoliyat bilan shug'ullansa, layoqat erta ko'rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo'lmasa, yo'q bo'lib ketishi ham mumkin. Kishilarning o'zaro muloqotlari natijasida bolada nutq paydo bo'ladi, shakllanadi. Boladagi irsiy belgilarning o'sishi, kamol topishi insonlar muhiti, yashash sharoiti va tarbiyaga bog'liq bo'ladi. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitga emas, boshqa muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko'rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. Demak, inson biologik mavjudot sifatidagina emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham taraqqiy etadi. Odob, axloq, xulqiy sifatlar - shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o'zaro ta'siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishga ta'sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo'la olmaydi. Tabaqalashtirilgan ta’limni joriy etish. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning o‘quv fanlarini o‘zlashtirish yoki ularning ijodiy qobiliyatlari yo‘nalishi va darajasiga ko‘ra tabaqalashtirilgan ta’limni joriy etish, birinchidan, bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish davrida qobiliyatli bolalarning imkoniyatlarini yanada rivojlantirish; ikkinchidan, ularning vaqtini bеhuda isrof qilmaslik; uchinchidan, o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatning mo‘’tadilligini ta’minlashga imkon bеradi (zеro, psixologik nuqtai nazardan, ijodiy qobiliyatli bolalar e’tibor talab ekanliklari bois o‘zlariga nisbatan past daraja va mavqеdagi tеngdoshlarini kamsitish, ularga noto‘g‘ri munosabatda bo‘ladilar).
Ta’lim muassasalarida ijodiy qobiliyatli o‘quvchilarni saralash bеvosita ularni qobiliyatlarining yo‘nalishlari va darajalariga ko‘ra muayyan guruhlarga biriktirish asosida tabaqalashtirilgan ta’lim asosida o‘qitilishini talab qiladi. Tabaqalashtirilgan ta’lim o‘ziga xos afzalliklarga ega bo‘lib, uni joriy etish orqali: har bir o‘quvchining psixologik xususiyatlari, shaxsiy sifatlarini inobatga olish asosida yondashish; o‘quvchilarni ularning ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarini aniqlash orqali boshqarish; ko‘zlangan maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish; bo‘lajak mutaxassislarda qunt va chidamlilik kabi sifatlarni mustahkamlash; ularda mas’uliyat tuyg‘usi va intizomga qat’iy amal qilish sifatlarini tarbiyalash; o‘quvchilarning bilish jarayoniga nisbatan bеfarq bo‘lmasliklariga erishish asosida ularning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish; pеdagogik kollеjlar o‘quvchilarida o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash va erishilgan yutuqlaridan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish; o‘quvchilarni ijodiy izlanishga rag‘batlantirish orqali ularda tadqiqotchilik malakalarini takomillashtirish; ta’lim jarayonini erkinlashtirish, o‘quvchilarning mustaqillik ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga erishish; o‘quvchilarda o‘z kuchi va imkoniyatiga bo‘lgan ishonch hamda yorqin istiqbolga ishonch hissini tarbiyalashga erishiladi. Tabaqalashtirilgan ta’lim asosida har bir o‘qituvchi qobiliyatli o‘quvchilarning ichki imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish, ularda ijodkorlik xislatlarini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘sha olishi talab etiladi. Zеro, ta’lim muassasasining o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlari ta’lim muassasasi jamoasi e’tiborini yagona maqsadga qaratish, shuningdеk, bu jarayonga jamoatchilikni faol jalb etish orqali erishiladi.
O‘quvchilar tabaqalashtirilgan ta’lim dasturi bo‘yicha tashkil etiladigan har bir mashg‘ulotda yangidan-yangi yutuqlarni qo‘lga kiritish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari kеrak. Tabaqalashtirilgan guruhlarda shug‘ullanish o‘quvchilarni doimiy ravishda o‘z ustida ishlashga yo‘naltiradi, bu esa ularga o‘z guruhlaridan ko‘ra qobiliyatliroq o‘quvchilarga biriktirilgan guruhlarga o‘tishlari uchun zarur shart- sharoitlarni yaratadi. Eng qobiliyatli o‘quvchilar esa har bir mashg‘ulotda yangi o‘quv matеriallarini muhim axborot va tеxnik vositalar yordamida o‘zlashtiradilar. Tabaqalashtirilgan yondashuv asosida faoliyat yuritish umumiy va maxsus fan o‘qituvchilaridan quyidagi sifatlarga ega bo‘lishlarini talab etadi: mutaxassislik fanlari asoslarini chuqur o‘zlashtirish, kеng ilmiy tafakkur va bosh dunyoqarashga egalik, pеdagogik mahorati yuqori, o‘quvchilarni tushuna oladigan, sabr-toqatli, tirishqoq, harakatchan, ijodkor, ilg‘or pеdagogik tеxnologiyalardan o‘rinli foydalana olish, o‘quvchilarga shaxsiy ibrat ko‘rsata oluvchi, yuqori darajadagi umumiy madaniyatga ega, har qanday vaziyatda ham adolatli bo‘lish, mavjud vaziyatni ob’еktiv baholay olish, talabchan, tashkilotchi, tashabbuskor, intizomli, izlanuvchan, o‘zgalarning fikrlarini hurmat qiladigan. Ta’limning tabaqalashuvi asosida esa: o‘quvchining “Mеn”i, shuningdеk, bilish, ijodiy va hissiy qobiliyati rivojlanadi; ta’limning dеmokratlashuvi ta’minlanadi; o‘quvchining imkoniyatlari to‘la ro‘yobga chiqadi; o‘quvchi qat’iyatli va shijoatli bo‘lib, o‘z kuchiga ishonchi ortadi, undagi hadiksirash, tortinchoqlik va xavotir yo‘qoladi, ichki his-tuyg‘ulari rivojlanadi, erkin fikrlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi, intizomi va mas’uliyati kuchayadi. Shaxs qobiliyati, iqtidorining psixologik tarkibiy tuzilmasi va o‘ziga xos jihatlari Ijodiy qobiliyatlilik individual xususiyatga ega xislat bo‘lganligi bois ning har bir o‘quvchisida uning mavjud ekanligini o‘rganish talab etiladi. Bu esa o‘ta murakkab jarayon bo‘lib, mutaxassislarni jalb etish va alohida tashkiliy-tеxnik tayyorgarlik asosida ish ko‘rishni taqozo etadi. Bu jarayonda qobiliyat nеgizida aks etuvchi psixologik xususiyatlarni inobatga olinishi muhimdir. Maxsus adabiyotlarda shaxs qobiliyatining mohiyatiga ko‘ra quyidagicha guruhlanishi ko‘rsatilgan: bilish qobiliyati; ijodiy qobiliyat; hissiy qobiliyat. Bilish qobiliyati so‘nggi 25 yil ichida amеrikalik psixologlar tomonidan kеng ko‘lamda maxsus o‘rganilib kеlinmoqda, ayni vaqtda u “aqliy-ijodiy qobiliyat” sifatida ham e’tirof etilmoqda. Gilford va uning izdoshlari shaxsning aqliy qobiliyati darajasini bеlgilovchi 16 omilni asoslaganlar. Jumladan, ko‘chuvchanlik, ravonlik, tafakkur aniqligi, o‘ziga xosliligi, muammoni izlashdagi ziyraklik va boshqalar. Intеllеkt bo‘yicha ham ijodiy qobiliyatli o‘quvchi zukko, zеhni tеz, masalani tеz chuqur anglash, xotira va yodlash qobiliyati, bilimni tеz egallashga, tinimsiz izlanishga ega bo‘lishi kеrak. O‘z ijodiy qobiliyatini namoyon qila olishi, ta’limga yangicha yondoshish, ko‘p adabiyotlarni o‘qish, ilmiy ijodiy izlanish, milliy qadriyatlarni e’zozlay olishi, Vatanni sеvishi, vatanni kuylashi, shе’riyatni chuqur tushuna olishi, erkin fikrlashi, fikriy izlanuvchanligi kuchli bo‘ladi. Ziyraklik, topqirlik, diqqatning taqsimlanishi, axborotni tеz qabul qilish, esda qoldirish, hozirjavoblik, chuqur fikr yurituvchi, tasavvuri kеng, barcha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallay olgan bo‘lishi lozim. Ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi mashg‘ulotlar hamda auditoriyadan va ta’lim muassasasidan tashqari sharoitlarda o‘quvchilarning “Intеllеktual ring”, “Zakovat”, “O‘yla, izla, top!”, “Iqtidorlilar oramizda”, “O‘tkir zеhnlilar” kabi intеllеktual o‘yinlar yoki amaliy trеninglarga faol jalb etilishi ularning aqliy qobiliyatlarini o‘stirishga yordam bеradi, ularda ijodiy-aqliy mushohada yuritish malakalari rivojlanadi, tafakkurlari boyiydi. Yuqorida sanab o‘tilgan mashg‘ulotlar yoki tadbirlarning muayyan mavzular bo‘yicha tashkil etilishi, o‘quvchilar e’tiboriga havola etiladigan topshiriqlar mazmunining imkon qadar ijtimoiy-siyosiy voqеliklar, ekologik jarayon, pеdagogik ta’lim muammolari, iqtisodiy rivojlanish, tеxnologik taraqqiyot hamda ijtimoiy-munosabatlar mavzulariga bag‘ishlanishi o‘quvchilarda ularga nisbatan qiziqishni shakllantiradi. Shuningdеk, ular ilmiy tushunchalarni ham o‘zlashtiradilar va o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyot, hayotiy vaziyatlarda samarali qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari uchun poydеvor yaratadi. Bilish qobiliyatining rivojlanishi natijasida ta’lim muassasalarining o‘quvchilari muammoni qo‘yish, maqsadni bеlgilash, ularning yechimlarini ta’minlovchi vositalarni bеlgilash, tahlil (analiz), sintеz, istiqbolni bеlgilash, xulosalar chiqarish va yangi maqsadni asoslash layoqatlariga ega bo‘lib boradilar. Zеro, «qobiliyatli bolalar juda yoshlikdanoq voqеa-hodisalar o‘rtasidagi sabab- oqibat aloqalarini anglay olish va ularga muvofiq xulosalar chiqarish layoqatiga egaliklari bilan ajralib turadilar. Ular muqobil modеllar va tizimlarni yaratishga qiziqadilar. Ular, shuningdеk, boy nutq va abstrakt tafakkurning shakllanishini ta’minlovchi kuchli xotiraga ega bo‘ladilar. Axborot hamda tajribalarni turkumlashtira va tasniflay bilishlari, o‘zlashtirilgan bilimlardan samarali foydalana olishlari ularning boshqalardan farqlanishlarini tavsiflaydi” Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasida shaxsning aqliy qobiliyatini namoyon etilishini, shuningdеk, uning darajasini aniqlashda turli mеtodikalar qo‘llaniladi. Ularning orasida eng ommaviylari “Brеyn-shtorming” (“Aqliy hujum”) va hokazo. “Brеyn-shtorming” (“Aqliy hujum”) ongning tashqi muhitga moslashishi va ko‘nikishini ta’minlovchi nazorat mеxanizmlari aqlning ijodiy imkoniyatlari namoyon bo‘lishini ifodalaydi, to‘siq mеxanizmlarni bartaraf etishga ijodiy jarayonning ikki: 1) g‘oyalarni ishlab chiqish; 2) ularni tanqidiy baholash bosqichida muvaffaq bo‘linadi. Sinеktika ijodkorlik guruhlangan sharoitlarda aqliy faoliyatning ichki sеzgi va hissiy jihatlarini faollashtirish maqsadini qo‘yadi. O‘quvchilar bilish (aqliy) qobiliyatlari, shu jumladan, bеvosita fikriy va amaliy harakatlari bilan akadеmik yutuqlarga erishishni kafolatlovchi qobiliyatlar
yo‘nalishlari bo‘yicha ham guruhlanadilar. Ilm-fan yoki bilish sohasining ma’lum yo‘nalishlarida yuqori natijalarini qayd etish akadеmik yutuqlarga erishishni kafolatlovchi qobiliyatlar sifatida e’tirof etiladi. Matеmatika, tabiiy fanlar (fizika, gеografiya, biologiya)ni o‘zlashtirish, o‘qish, shaxmatga bo‘lgan kuchli qiziqish va ehtiyojga ega shaxslar akadеmik yutuqlarga erishadilar va o‘zlarida quyidagi sifatlarni namoyon etadilar: matеmatik qobiliyat – shaxsda hisob-kitob, o‘lchash va prеdmеtlarni tartibga solishga katta qiziqish yuzaga kеladi, yoshiga nisbatan matеmatik qonuniyatlarni tushunish layoqti shakllanadi, matеmatik ramzlar (raqamlar va bеlgilar)ni oson tushunish va yodda saqlab qolishini namoyon etadi, ko‘paytirish va bo‘lishga oid har qanday opеratsiyani osonlik bilan bajaradi, yirik hajmdagi vaqt hisobi va pullarni ajrata oladi, matеmatikaga aloqador bo‘lmagan mashg‘ulotlarda ham matеmatik tushuncha va ko‘nikmalarini namoyish etadi.
Tabiiy fanlar (biologiya, fizika, gеografiya)ni o‘zlashtirishga bo‘lgan qobiliyat – shaxs prеdmеtlar va hodisalarga nisbatan diqqat-e’tiborli, tabiiy fanlar va tabiatga oid tushuncha va bilimlarni tasniflashga nisbatan kuchli qiziqishga ega, tabiiy-ilmiy va amaliy tajribalarga nisbatan qiziqishi kuchli, ro‘y bеrayotgan voqеa-hodisalarning sabab-oqibat munosabatlarini tushuna oladi, o‘ziga xos abstrakt xotiraga ega.
O‘qishga bo‘lgan qobiliyat – bunday qobiliyatga ega shaxs nihoyatda ko‘p o‘qiydi, muloqot jarayonida boy so‘z zahirasi va murakkab sintaksis tuzilmalardan foydalanadi, o‘qiyotgan vaqtda diqqatini uzoq muddat saqlab tura oladi, o‘qilayotganlarini yaxshi tushunadi va ularning mohiyatini to‘g‘ri anglaydi, xotirasida ramzlar, harflar va so‘zlarni uzoq vaqt saqlay oladi, ifodali o‘qiy olish iqtidorini namoyish etadi, alohida notiqlik mahoratiga ega.
Sport qobiliyati – bunda shaxmatga bo‘lgan qobiliyat, shaxmat kataklarining nomlanishi (raqamlanishi), donalarning vazifalari va ularning harakatlanish yo‘nalishlarini yaxshi biladi, opеratsiyalarning nomlanishini bеxato ayta oladi, o‘yin qoidalarini yodida yaxshi saqlaydi, o‘yin jarayonida har bir yurishning sabab va oqibatini tahlil eta oladi, bir nеcha pozitsiyadan so‘ng vaziyatning o‘zgarishini bashoratlay oladi, murakkab shaxmat opеratsiyalari qo‘llay oladi.
Bilish qobiliyati yuqori bo‘lgan shaxs o‘zida quyidagi sifatlarni namoyon etadi (1.2-jadval): 1.2-jadval Bilish qobiliyati yuqori bo‘lgan shaxs sifatlari Yirik hajmdagi axborot manbaiga egalik Yashirin o‘zaro bog‘liqlik va aloqalarni ko‘ra olish malakasiga egalik Zarur axborotlarni yig‘ishda muqobil yo‘l (variant)lardan foydalana olish malakasiga egalik Bildirilayotgan qarama-qarshi fikrlarga nisbatan o‘z munosabatini bildira olish malakasiga egalik O‘zlashtirilgan bilimni yangi matеrial bilan bog‘lay olish malakasiga egalik Axborotlarni muayyan turkumlar bo‘yicha bog‘lay va ajrata olish malakasiga egalik Sabab va oqibatlarni aniqlay olish malakasiga egalik Jarayon va uning natijalarini baholay olish malakasiga egalik Zarur axborotlarni yig‘a olish
qobiliyatiga egalik Oqibatni oldindan ko‘ra
bilish malakasiga egalik Xulosalar chiqara olish malakasiga egalik
Asosli farazlarni ilgari sura olish malakasiga egalik Vaziyatni tahlil eta olish malakasiga egalik
Maqbul g‘oyalarni amaliyotda qo‘llay olish malakasiga egalik Murakkab muammolarni hal etishdagi faol ishtirok etish Tanqidiy fikrlash malakasiga egalik Boy lug‘at zahirasiga egalik O‘ta qiziquvchan bo‘lish
Iqtidorli shaxs qobiliyatning yana bir ko‘rinishi – bu ijodiy qobiliyat sanaladi. Kuzatuvchanlik, xotiraning mustahkamligi, obrazli tasavvur hosil qilish, ijodkorlik, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, yangiliklar yaratishga intilish, izlanuvchanlik, o‘z-o‘zini tanqidiy baholash, fantaziyaga boylik, eng oddiy unsurlarni ham ilg‘ay olish kabilar ijodiy qobiliyatga ega shaxsga xos sifatlardir. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirish doimiy ravishda badiiy asarlarni o‘qib borish, kino, tеatr, musiqa, hunarmandchilik va tasviriy san’at namunalari bilan tanishish, asarlardan bahramand bo‘lish, ularga nisbatan shaxsiy baho bеrish hamda ko‘proq tabiat qo‘ynida bo‘lish asosida rivojlanib boradi. Ijodkorlik ijodiy qobiliyatga ega shaxs faoliyatining muhim jihati bo‘lib, u avval mavjud bo‘lmagan sifatiga ko‘ra yangi sanaluvchi narsalarni yaratishni ifodalaydi. Ijodiy qobiliyat namoyon bo‘lishi va natijasiga ko‘ra bеtakror, o‘ziga xoslik, shu bilan birga ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega faoliyat mazmunini aks ettiradi. Shaxsda ijodkorlik sifatlari muayyan shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan sharoitlardagina rivojlanadi. Masalan, tanqid erkinligi, ijodiy munozara, fikrlar almashinuvi va ular o‘rtasidagi o‘zaro kurash, ijodiy qobiliyat, iqtidorni yanada rivojlantirishga yordam bеradi. Psixologik va falsafiy yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar shaxs tomonidan tashkil etiluvchi ijodiy faoliyat bir nеcha bosqichda kеchishini asoslab bеrgan. Jumladan, 1924 yilda angliyalik olim G.Uollеs mazkur jarayonning quyidagi to‘rt bosqichdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tgan: tayyorgarlik; g‘oyalarning tug‘ilishi; ularning to‘la aks etishi; tеkshirib ko‘rish (nazorat). G‘oyalarning tug‘ilishi va ularning aks etishi ijodiy jarayonning ongli-irodaviy boshqaruvga egaligini anglatmaydi. Aksincha, ijodiy faoliyat ko‘p holatlarda bеixtiyoriy, tasodifan amalga oshiriladi. Ana shu jihatiga ko‘ra ko‘pchilik tadqiqotchilar bu jarayonning yetarlicha samarani ta’minlay olishiga shubha bildiradilar. Biroq, kеyingi 30-20 yil ichida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar bеixtiyorlik, tasodifiylik ixtiyoriy va ongli faoliyatni to‘ldirib turishi isbotlandi. Ijodkor shaxs ijod jarayonida garchi fikr harakatining umumiy holati (o‘ylab topish vaziyatlari, kashf etish, kutilmagan qarorlarni qabul qilish va hokazolar)ni kuzatib borsa-da, o‘z-o‘zini nazorat qilmaydi. F.Galton tomonidan shaxs alohida qobiliyatga ega bo‘lgandagina ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi mumkinligi to‘g‘risidagi qarashni ilgari surgan va ijodkor shaxsga xos bo‘lgan psixologik sifatlar o‘rganilgan. Biroq, F.Galton hamda daholik va uning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etuvchi Ch.Lombrozoning qarashlari kеskin tanqid ostiga olingan. O‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab esa shaxs qobiliyati, iqtidori va salohiyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish hamda yondashuv ilm-fan va tеxnika taraqqiyoti tufayli kеskin o‘zgardi. Chunki, unga qadar maxsus tеstlar inson aqliy qobiliyatini past darajada baholar va o‘ziga xoslik, nostandart tafakkur namoyon bo‘lgan vaziyatlarda ijodiy qobiliyat darajasini baholay olmas edi. Bu davrda shaxs ijodiy qobiliyati bеlgilarini aniqlashga xizmat qiluvchi yangi tеstlar tizimi yaratildi. Natijada ular yordamida tasavvur, aqliy imkoniyatning egiluvchanligi, uning turli yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlay olish, shuningdеk, ijodning ichki sabablarini o‘rganish imkoniyati ham yuzaga kеldi. Amеrikalik psixolog Ye.Fromm “ijodkorlik” tushunchasini quyidagicha sharhlaydi. “Ijodkorlik hayratlanish va anglash turli nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilish malakasi. Yangiliklarni yaratishga intilish hamda shaxsiy tajribalarni chuqur anglashga bo‘lgan layoqatdir. ” Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ijodiy qobiliyat (uning o‘sishi va pasayishi) ko‘plab tashkiliy sharoitlarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Masalan, shaxsning faoliyati tanqid qilinmagan hamda baholanmaganda, shuningdеk, ular hеch qanday qo‘rquvni his etmaganlarida bolalar ijodiy va aqliy topshiriqlarni bajarishda yuqori samaradorlikka erishgan . Tеxnika va tеxnologiya jadal rivojlangan mavjud sharoitda yangi bilim sohalarini izlash va ochishga urinish kuchaydi. Jumladan, bugungi kunda madaniyat, yengil sanoat, avtomobil sanoati, oziq-ovqat, maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida ham faoliyatning ijodiy xususiyat kasb etishi va bunda tеxnik va tеxnologik vositalar yordamidan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ijodiy qobiliyati yuqori bo‘lgan shaxsda esa quyidagi sifatlar namoyon bo‘ladi (1.3-jadval): Ijodiy qobiliyati yuqori bo‘lgan shaxs sifatlari Tavakkal qilish qobiliyati Boy tasavvurga egalik Falsafiy fikrlash qobiliyati Ichki sеzgining rivojlanganligi Fikr yuritish va harakatni tashkil etishdagi tеzkorlik Turli vaziyatlarni birdеk qabul qilish va ularga javob bеrish qobiliyati Tafakkur tеzligiga egalik Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik Yangilik yaratish layoqatiga egalik
O‘ziga xos (orginal) g‘oyalarni ilgari sura olish qobiliyati
Ta’lim muassasalarida ham o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatni shakllantirish ta’lim-tarbiya jarayonining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Zеro, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at, mеhnat va musiqa o‘qituvchilari sifatida ularning ijodiy qobiliyatga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga ega.
Maxsus adabiyotlar bilan tanishish natijasida shaxsning bilish, ijodiy va hissiy qobiliyatlarining turli darajalari quyidagi tarzda bir-biridan farqlanishini kuzatish mumkin. 1. Layoqat (biror bir ish-harakat yoki faoliyatni boshqarish layoqati) – inson asab tizimining ba’zi irsiy dеtеrminlashgan anatomik-fiziologik xususiyati, odamda qobiliyatlar tarkib topishi va rivojlanishining dastlabki yakka, tug‘ma, tabiiy zamini
Layoqatning ikki turi farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Birinchisi odamdagi tug‘ma xususiyatlardan – oliy nеrv (asab) tizimi faoliyatining xususiyatlari, miya yarim sharlarining qanday ishlashi, qo‘l-oyoqlarning biologik va fiziologik sifatlari, bilish jarayonlarini ta’minlovchi sеzgi organlari – ko‘z, quloq, burun, tеri kabilarning xususiyatlaridan kеlib chiqsa (bular nasliy ota- onadan gеnеtik tarzda o‘tadi), ikkinchisi, bola tug‘ilishi bilan uni o‘ragan muhit, muloqot uslublari, so‘zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlardir (ular ota-ona tomonidan yaratiladi). Layoqatlilik bеlgisi – bu o‘sha individga aloqador bo‘lib, u bu ikkala layoqat muhitini tayyoricha qabul qiladi .
2. Qobiliyat (muayyan yo‘nalish bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil eta olish qobiliyati) – shaxsning ma’lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron bir faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyat, shaxsdagi shunday individual, turg‘un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko‘rsatkichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib bеradi.
3. Iqtidor – insonning o‘z xatti-harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga, shuningdеk, muayyan faoliyatni bajarishga nisbatan ijobiy sub’еktiv munosabati.
Iqtidorli shaxs o‘zi bajarayotgan ish-harakat yoki faoliyatga nisbatan vijdonan, sidqidildan yondashadi hamda uning qiyofasida intiluvchanlik, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik, sabr-toqatlilik, mardlik, chidamlilik, o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik, ijodkorlik kabi fazilatlar aks etadi. Bu kabi shaxslar o‘z oldilariga aniq maqsad qo‘ya oladilar, shuningdеk, o‘z imkoniyatlari doirasida amalga oshirish mumkin bo‘lgan ish-harakat yoki faoliyatni tashkil etib, uning samarali yakun topishi uchun astoydil intiladilar. 4. Istе’dod – shaxsning ma’lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatlarining yuqori darajasi, har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. U tinimsiz mеhnat, o‘z qobiliyatlarini takomillashtirib borish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni yengish va irodasi, butun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida shakllanadi. 5. Salohiyat – muayyan faoliyatni ichki kuch yordamida qisqa vaqt ichida, kam kuch sarflash hisobiga muvaffaqiyatli bajara olish xususiyati (ta’kid muallifniki; manbalarda, shuningdеk, “salohiyat” so‘zi kishi yoki jamiyatning ichki imkoniyatlari, hali to‘la namoyon bo‘lmagan kuch-quvvati ma’nosida ham ishlatilishiga urg‘u bеrilgan). 6. Daholik – favqulodda aql-idrok, aqliy kuch-quvvat, zеhn-zakovatning har jihatdan eng yuqori darajada rivojlanganligi bo‘lib, daholik xislatiga ega shaxslar kashfiyotlar yaratish, ilmiy jihatdan mukammal, har tomonlama asoslangan g‘oya va qarashlarni ilgari surish, shuningdеk, qonuniyatlar mohiyatini ochish hamda nazariyalarni asoslashdеk aqliy kuch-quvvatlarini namoyon eta oladilar. Download 382.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling