Ўзбекистон Республикаси Президенти нутқларида камбағаллик масаласининг ёритилиши Bajardi: O’rozaliyeva Zilola
Download 180.63 Kb.
|
Mustaqil ish global
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatimiz rahbari ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratib quyidagilarni takidlab otdi
- Yigilishda muhtaram Prezidentimiz quyidagilarni jon kuydirib takidladi
Ўзбекистон Республикаси Президенти нутқларида камбағаллик масаласининг ёритилишиBajardi: O’rozaliyeva ZilolaShu paytgacha kambag‘allik to'g'risida ochiqdan-ochiq gapirilmas, yopiq mavzu sifatida qolar edi.Ammo bu yil Prezidentimiz shaxsan o'zlari 2020-yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu to'g'risida to'xtalib birinchi marta kambag‘allikni qisqartirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.Davlatimiz rahbari ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratib quyidagilarni ta'kidlab o'tdi:Har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi bizda ham kam ta'minlangan aholi qatlamlari mavjud.Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular taxminan 12-15 foizni tashkil etadi. Bu yerda gap kichkina raqamlar emas, balki 4-5 million aholimiz vakillari haqida ketyapti.Ba’zi odamlar ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash yoki ular miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal qilish mumkin, deb o‘ylaydi.Bu – bir tomonlama yondashuv bo‘lib, muammoni to‘la yechish imkonini bermaydi.Kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish.Davlatimiz rahbari ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratib quyidagilarni ta'kidlab o'tdi:Shuning uchun, Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga Kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqishni taklif qilaman.Bunda xalqaro me’yorlar asosida chuqur o‘rganishlar o‘tkazib, kambag‘allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash uslublarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish lozimVazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ijtimoiy tadbirkorlik asoslari va uni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ijtimoiy tadbirkorlik asoslari va uni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.Hukumat joriy yilda davlat dasturlari doirasida hamda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 500 mingta yangi ish o‘rinlari yaratishni ta'minlashi zarur deb baholanadi.Yil davomida byudjet tizimi xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori inflyasiyadan yuqori miqdorda oshiriladi.Ijtimoiy nafaqa to‘lashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish qamrovini kengaytirish, byudjet mablag‘lari maqsadli sarflanishini ta’minlash zarurligi aytildi.Shuningdek, Farg‘ona vodiysining 22 ta qishloq tumanlarida aholida zamonaviy ishbilarmonlik va biznes ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha boshlangan ijobiy tajribani barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etishimiz kerakligi, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga oid tadbirkorlik tashabbuslarini, ayniqsa, yoshlar va ayollar tadbirkorligni qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berish zarurligi aytildi.Shuningdek, Farg‘ona vodiysining 22 ta qishloq tumanlarida aholida zamonaviy ishbilarmonlik va biznes ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha boshlangan ijobiy tajribani barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etishimiz kerakligi, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga oid tadbirkorlik tashabbuslarini, ayniqsa, yoshlar va ayollar tadbirkorligni qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berish zarurligi aytildi.Ushbu maqsadda aholi va tadbirkorlarga, mikro-moliya xizmatlari va moliyaviy resurslarga, davlat xaridlariga keng yo‘l ochib berish hamda bunday odamlar bilan tizimli ishlab, ularni kasbga qayta tayyorlash orqali munosib ish joyi bilan ta'minlash .maqsadida 700 million dollar jalb qilinishi belgilandi.O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-fevralda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig'ilishda muhtaram Prezidentimiz quyidagilarni jon kuydirib ta'kidladi:"Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 12—15 foiz yoki 4—5 million aholimiz kambag‘al. Bu ularning bir kunlik daromadi 10—13 ming so‘mdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham bo‘lishi mumkin, lekin bir kishi og‘ir kasal bo‘lsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xo‘sh bunday oilani o‘ziga to‘q deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini o‘qitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima bo‘layapti, degan savol har kuni qiynaydi"Yig'ilishda muhtaram Prezidentimiz quyidagilarni jon kuydirib ta'kidladi:“Kambag‘allikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini ko‘paytirish, yoppasiga kredit berish, degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga o‘qitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uyg‘otish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini o‘qitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa to‘lash tizimini joriy qilish kerak”Yig'ilishda muhtaram Prezidentimiz quyidagilarni jon kuydirib ta'kidladi:Qashqadaryo viloyati kambag‘allik muammosi bo‘yicha eng og‘ir hudud hisoblanadi. 700 ming aholi kambag‘al. Bu jami aholining qariyb 21 foizini tashkil etmoqda. Bu vaziyatda Qashqadaryoda rahbarlar bir joyda o‘tirishi mumkin emas. Odamlarimizni bunday og‘ir sharoitdan qanday chiqarib olamiz, degan savolni o‘ziga berishi lozim.Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 500 ming, Surxondaryo viloyatida 500 ming, Namangan viloyatida 400 ming, Jizzax viloyatida 210 ming va Sirdaryo viloyatida 130 ming aholi kambag‘al. Bu raqamlarni mahallalar kesimida olsak, yanada og‘ir raqamlarga guvoh bo‘lamiz. Masalan, Parkent tumanining «Yangiobod» mahallasida 1039 nafar kam ta'minlagan va kambag‘allar bor. Oltinsoy tumani «Mirshodi» mahallasida 906 nafar, Boysun tumani «To‘da» mahallasida 504 nafar fuqarolarimiz og‘ir ahvolda yashayaptiYig'ilishda muhtaram Prezidentimiz quyidagilarni jon kuydirib ta'kidladi:“Ularni ham o‘rgatish kerak. Har bir O‘zbekiston fuqarosi yashashga, dunyodagi bo‘layotgan globallashuv, o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishi kerak. Kambag‘allarning ham dunyoqarashini o‘zgartirish kerak. Uyida yotish tizimi tugadi endi. Inontirish kerak, ishontirish kerak, hayrixoh qilish kerak. Unda ham ertangi kunga umid uyg‘otish kerak. Endi pul emas, ish berishimiz kerak. Imkon yaratishimiz, o‘qitishimiz kerak. Pul berish bilan hech narsa o‘zgarmadi 30 yilda. Endi manzilli ishga o‘tamiz. Har bir xonadonga asalarichilik, quyonchilik, chorvachilik, uzumchilik, limonchilik, tadbirkorlik, uddaburonlik, hunarmandchilik – hammasini o‘rgatamiz. O‘rgatmasak, bo‘lmaydi. Pul berib, tashlab ketish bilan natija bo‘lmadi. Mana shunday muhit yaratsak, o‘shanda o‘zgarish bo‘ladi”.Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2020-yil 18-fevraldagi farmoni hamda qaroriga muvofiq, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mahalla, tuman (shahar), viloyat, respublika darajasida tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni kamaytirishga mas’ul lavozimlar joriy qilinib, vertikal tizim yaratild. Tadbirkorlik sub’ektlari va yangi ish o‘rinlari hududlar rahbarlari faoliyatini baholashda eng asosiy mezon bo‘ladiO'zbekiston Respublikasi Prezidenti "2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini "Ilm,ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida" PF-5953 sonli Farmonida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha bir qator vazifalarni belgilab berdi.O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, shuningdek, Jahon banki, BirlashganMillatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlarni jalb etgan holda 2020 yil 1- avgustga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Kambag‘allikni qisqartirish dasturi loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:Dastur quyidagilarga asoslangan holda ishlab chiqilishi belgilandi: - kambag‘allik tushunchasini, uni hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlash metodologiyasi va mezonlarini ishlab chiqish; - aholida, ayniqsa yoshlar va ayollarda biznes yuritish va tadbirkorlikning zamonaviy ko'nikmalarini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora - tadbirlarni amalga oshirish; - eng avvalo, joylqrdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish imkonini bеruvchi tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab - quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish;Dastur quyidagilarga asoslangan holda ishlab chiqilishi belgilandi: - tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy resurslardan, shu jumladan mikromoliyalashtirish xizmatlari va davlat xaridlaridan foydalanishda keng imkoniyatlar berish uchun sharoit yaratish; - band bo'lmagan aholini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o'qitish bo'yicha keng qamrovli dasturlarni amalga oshirish.Download 180.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling