Fayziyeva Ra’no Sa’dullayevnaning ‘Matematika-informatika” fani oyligida “Murakkab fan o’rganaman”


Download 90.08 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi90.08 Kb.

Aim.Uz


Navoiy viloyati

Uchquduq tuman XTB ga qarashli

7- umumiy o’rta ta’lim maktabi

Matematika fani o’qituvchisi


Fayziyeva Ra’no

Sa’dullayevnaning

‘Matematika-informatika” fani oyligida

Murakkab fan o’rganaman” tavsiyasi asosida

8 - algebra fanidan tayyorlagan



bir soatlik dars ishlanmasi

Mavzu: Chala kvadrat



tenglamalar

Tasdiqlayman:

Maktab direktori: ______

“_______” ____ 20___yil


Darsning texnologik xaritasi

Dars mavzusi:

Chala kvadrat tenglamalar

Darsning maqsadi:

Ta’limiyligi: O’quvchilarga kvadrat tenglama tushunchasini bilganlarini e’tiborga olib, chala kvadrat tenglamalar haqida bilim berib, mavzu bo’yicha tushuncha hosil qilish; mavzuga oid misollarni yechishlari orqali ularda chala kvadrat tenglamalar bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda mavzu bo’yicha bilim berish bilan ularning matematik ongini o’stirish; mavzuga oid misollarni yechishlari orqali fikrlash qobiliyatlarini rivojlamtirish.

  • Tarbiyaviyligi: O’quvchilarda chala kvadrat tenglamalar mavzusini tushuntirish orqali Umummadaniy kompitensiyasi shakllanib o‘quvchilarni ona vatanga sadoqat, mehr-muruvvat ruhida tarbiyalab borish. O`quvchilarga mavzuni qo’llab misol yechish haqidagi bilimlarni berish, o`rni muhimligini tushuntirish, ular haqidagi tarixiy ma‘lumotlar, va vatandoshlarimizning shu sohadagi faoliyati haqida tanishtirish, o‘quvchilarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.




Vazifalari

Mavzuni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar chala kvadrat tenglamalarni yechishga doir bilimlarni berish bilan birga qiziquvchanlik, topqirlik, hozirjavoblik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish, hamda kasbga yo‘naltirish, kompyuterlardan foydalanish va mavzuga doir masalalarni yechish ko‘nikmalarini shakllantirish. Bunda matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi (aniq hisob- kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish; shaxsiy , ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritush;

O‘quv jarayonining mazmuni

O‘quvchilar mavzuning mazmun mohiyatini tushunib yetishlari, tenglamalar yechishda bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lish. Matematik bilimlarni amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi(O‘rganilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik amaliy faoliyatda qo‘llay olish;arifmetik amallarni bajarishda egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik amaliy faoliyatda qo‘llay olish; algebrada egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik amaliy faoliyatda qo‘llay olish; ) shakillantirish



O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi.


Uslub: Savol-javob, bahs - munozara

Shakl: Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash,

Vosita: plakatlar, kompyuter, tarqatma materiallar, savol va topshiriqlar.

Usul: “Uchburchak ”, “ integral” usuli,darslik bilan ishlash

Nazorat: yozma, og`zaki

Baholash: 5 ballik tizim asosida baholash.



Kutilayotgan natijalar


O‘qituvchi:

O‘quvchilarning fanga bo`lgan qiziqishi ortadi. O`quvchilar o`rtasida do`stona muhitni yarata

di. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilarni mustaqil

likka va ijodkorlikka o`rgatadi. Past o`zlashti

ruvchi o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini faollashtirish orqali matematik savodxonlik kompetensiyasi shakillanadi.


O`quvchi

O‘quvchilar mustaqil va erkin fikrlaydi. Guruhlar bilan va o`z ustida ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.



Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar).


O‘qituvchi:

Yangi pedagogik texnologilarni darsda qo`llashni, ularni takomillashtirishga eri-shib, darsni tashkil qilishda axborot texno-logiyalardan samarali foydalanish



O`quvchi

Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashi, o‘z fikrini ravon bayon eta olish, guruhda ishlash, jipslikka e`tibor qaratadi. Mavzu uchun qo‘shimcha ma`lumotlar topishga harakat qiladi.





Darsning rejasi:

  1. Tashkiliy qismi 3 minut

  2. O‘tilgan mavzuni so‘rash 5- minut

  3. Yangi mavzu bayoni 10 minut

  4. Mustahkamlash 17 minut

  5. Guruhlarda ishlash 3 minut

  6. Darsni yakunlash va xulosalash 5 minut

  7. Uyga vazifa 2 minut


Darsning borishi

Darsda kerakli jihozlar: 8-sinf algebra darsligi, tarqatma savollar, kompyuter texnikasi,

Asosiy atamalar va tushunchalar: kvadrat tenglama, bosh had, ikkinchi koeffisiyent, ozod had, haqiqiy son, haqiqiy o’zgaruvchi
Dars turi: an’anaviy
Darsda qo`llaniladigan usul: amaliy-ko’rsatmali, guruhlar bilan ishlash
Darsda o’quvchini rag’batlantirish: 5 ball

1.O’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob 1ball

2.Uyga vazifani tekshirish 1 ball

3. Yangi mavzi bayonidagi ishtiroki 1ball

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 1ball

5.Test yechish 1ball

I. Darsning tashkil etilishi:

a) salomlashish

b)davomatni aniqlash;

d) inglizcha so’zlashuv daqiqasi:

Good morning pupils. How are you? I am gled too see you! Sit down please,Subjekst is Aljebr.

Keltirilgan atamalarni keyingi darsga qadar ingliz tiliga tarjima qilib kelish.

II O`tilgan mavzuni so‘rash va uy ishlarini tekshirish.

O`qituvchi tomonidan o’tilgan dars va uyga vazifa so’ralib, o’tilgan dars bo’yicha aqliy hujum usulida savol-javob o’tkaziladi..



1-savol: kvadrat tenglama nima?

Javob: ax2+bx+c=0 ko’rinishdagi tenglamaga kvadrat tenglama deyiladi

2- savol: bunda a,b,c lar nima , x chi?

Javob: bunda a,b,c lar haqiqiy sonlar,x esa haqiqiy o’zgaruvchi deyiladi

3- savol: a,b,c larga qo’yiladigan shartlar?

Javob: bunda a≠0, b va c lar ixtiyoriy son,


O’tilgan dars bo’yicha uyga vazifani quyidagi slayd yordamida tekshiramiz. Buning uchun daftaringizni partadoshingiz bilan almashtirib, o’zingizni muallim deb his etib, to’g’ri javoblar sonini aniqlaymiz,hamda do’stimiz daftariga qalamda 1 ball qo’yamiz.


  • Quyidagilar slaydda ko’rsatiladi:

№ 303

1)x2+x=0 3)3x2+5x=0 5)x2-4x+4=0

x(x+1)=0 x(3x+5)=0 (x-2)2=0

x=0 x+1=0 x=0 3x+5=0 x-2=0

x1=0 x2=-1 x1=0 3x= -5 x=2

x2=-5/3



III. Yangi mavzu bayoni

Kvadrat tenglama ta’rifini yana bir bor esga olaylik:



ax2+bx+c=0 ko’rinishdagi tenglamaga kvadrat tenglama deyiladi, bunda : a,b,c lar berilgan haqiqiy sonlar, x haqiqiy o’zgaruvchidir. Bunda a≠0, b va c lar ixtiyoriy son.

Buyerdagi b va c lardan aqalli bittasi nolga teng bo’lsa , u holda bu tenglama chala kvadrat tenglama deyiladi. Demak chala kvadrat tenglama quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin ekan:

ax2=0

ax2+c=0

ax2+bx=0

kabi ko’rinishlarda bo’lib, ularda asoni noldan farqli.



Misollar:

  1. 5x2=0 tenglamani yechish uchun ikkala tomonini 5 ga bo’lamiz va uning shakli quyidagicha bo’ladi:

x2=0 bundan x=0.


  1. 3x2-27=0 tenglamani yechaylik: buning uchun ozod sonni qarama ishora bilan tenglikning o’ng tomoniga o’tkazamiz:, keyin 3 ga bo’lib yuboramiz. Va ildizni topamiz:

3x2=27 , x2=9 , x=±3.

  1. 3x2+5x=0 bu tenglamani yechish yo’li bir xil ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarib, ikkita tenglamani hosil qilib har birini alohida yechamiz:

x(3x+5)=0,

x=0 3x+5=0,

x1=0 3x= -5,

x2=-5/3

IV. Mustahkamlash: Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakillantirish uchun tanlangan misollar va mustahkamlash maqsadida beriladigan testlar, tezkor savol-savoblar o‘quvchilarni mantiqan o‘ylashga va fikrlashga undaydi.

Har bir o’quvchi o‘zi uchun ball yig‘adi. Darslikda berilgan 304-306-misollarni yechish orqali o’quvchining yangi mavzu bo’yicha olgan bilimini BKM ga aylantirish;

Yechiladigan har bir nomerli misollar juft nomerlari(2;4;6;8) sinfda yechiladi, toq (1;3;5;7) nomerlari uyga vazifa qilib beriladi.

№ 304


2)3x2=0 4)9 x2=81 /:9 6) x2-27=0 8)0,01 x2=4

x2=0 x2=9 x2=27 x2=4:0,01

x=0 . x=±3. x=±3√3. X2=400

x=±20.


№ 305

2)x2+5x=0 4)4 x2=0,16x 6) 9x2+1=0 8)0,1 x2-x=0

X(x+5)=0 4x(x-0,4)=0 x2=-1/9 x(0.1x-1)=0

x=0 . x=-5 4 x=0. X-0.4=0 x=Ø X=0 0.1x-1=0

x=0 x=0.4 x=1/0.1=10
№ 306

2)25-16x2=0 4)3 x2=15 6) 3x2=16/3 8)4 x2=64

x2=25/16 x2=15/3 x2=16/9 x2=16

x=±5/4 x=± √5 x=±4/3 x=±4


V. “Integral” usulida savol-javob:

1)Kvadrat tenglama ta’rifi, sonlarga shart, ?

2) kvadrat tenglama ildizi soni?

3) chala kvadrat tenglama ta’rifi?

4) chala kvadrat tenglamaning ko’rinishlari?

5)chala kvadrat tenglamaning yechili?

VI.Darsni yakunlash va xulosalash; bunda oq’uvchilardan mavzu yuzasidan tushunmagan savollari so’raladi, ularga javob berib, xulosalanadi.. O’quvchilarni darsda faol ishtirok etganlari aytilib, to’plagan ballari e’lon qilinib, kundaliklarga qo’yiladi.

VII. Uyga vazifa: Sinfda yechilgan misollarning 304-306-misollar toq raqamlilari uyga yechish uchun. Yo’llanma: sinfda yechilgan misollardan foydalanish.



Ko’rildi: O’IBDO’
Download 90.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling