Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


  Kursiy  Ruf.  0 ‘sha asar,  2 6 5 -  bet


Download 9.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34

1  Kursiy  Ruf.  0 ‘sha asar,  2 6 5 -  bet.
267

DORONING  HALOKATI
U lkan  A h m o n iy lar  sulolasining  so'nggi  vakili,  E ron  shohi  D oro 
K od o m o n  M akedoniya  podshohi  A leksandr  F ilip p   o 'g 'li  bilan 
b o 'lgan  jangda  m ag'lu biy atg a  u ch rab,  o 'z in in g   k atta  q o 'sh in i  bilan 
O 'rta  Osiyo tom onga  qarab chekina boshlaydi.  A leksandr uchun  ham , 
D oro  u ch u n   ham   hali  urush  tugagan  em asdi.
U rushning  nega  tugamaganligi  ko'pchilik  uchun  jumboq.  Bu  sirli 
jum boqni oddiy jangchilar yechishi  qivin edi. Aleksandr jangchilari endi 
urush tugadi,  deb bayram  qilishar,  shod-u hurram lik bilan  sharob  ichib, 
katta  o'ljalar  orttirar,  yaqin  kunlarda  vatanimizga  qaytsak  kerak  deb 
o'ylardilar.  Doro jangchilari  esa  bor  umid  va  ishonchlarini  o 'z   shohiga 
bog'lab,  lining  ketidan  ergashib  borardilar.
A hm oniylar  davlati  juda  ulkan  edi.  Faqat  hozircha  Eronda  bo'lgan 
jang  muvaffaqiyatsiz  yakunlangan  bo'lsa-da,  uning  orqasida  Midiya, 
Parfiya,  G irkaniya,  So'g'diyona,  Xorasm,  Baqtriya,  A rm asp va  hokazo 
o'nlab elatlar katta tayanch bo'lib turardi.  Bu o'lkalar qariyb uch  asrdan 
buyon  Eron shohligining zulmi yukini yelkalarida ko'tarib, zahm at chekib 
kelayotgan  bo 'lsalar-da,  baribir  A hm oniylar  davlatining  bir  bo'lagi 
bo'lib,  unga  lobe  ekanligini  unutolm aydilar.  Shuning  uchun  ham , 
m akedonlar  bilan  bo'lgan  jangning  boshlanishidan  avval  qanchadan- 
qancha farzandlarini  Eronga jo'natadilar.  0 ‘ila Osiyolik farzandlar ulkan 
Ahmoniylar davlatini  himoya  qilib, jangga  kiradilar.  Bu  farzandlarning 
necha  minglari qurbon bo'lsalar-da ko'pchiligi o 'z shohi  Doroga ergashib, 
O 'rta Osiyoga siljib kelayotgan cdilar.  Shuning uchun ham ,  hali  Doroning 
umidi so'nganicha yo'q edi.  Mayli, Aleksandr Eronga hokim bo'lib qolsin. 
В unga  Doro  ming bora  rozi.  Buning uchun Aleksandrga m aktub yo'llab, 
Eron  hokim ligini  bcrishga  rozi  ekanligini  aytadi.  A m m o  u  ulkan 
Ahmoniylar  shohligini  berishni,  Osiyo  shohi  degan  bebaxr  yerlikni  va 
«oltin tojni» qo 'ldan  chiqarishni sira xayoliga ham  keltirm agandi.  Kerak 
bo'lsa,  u  O 'rta  Osiyoda  katta  kuch  to'plab,  toj-u  taxtni  saqlab  qolish 
uchun Aleksandrga qarshi katta  urush ochish niyatidan ham  qaytganicha 
yo'q  edi.
Ahm oniylar davlatining  bir bo'lagigina  qo'ldan  ketdi,  xolos.  Hali  bu 
yozda m arg'iyon,  so'g'd,  massaget, sak,  dak,  skif,  cverset deganjangovar 
x alq lar  tu rib d ik i,  D o ro   ularn i  b irlash tirib ,  ulkan  q o 's h in   tu zsa,
268

Hindistondan  Makedoniyagacha bo'lgan  keng o'lkalarni qaytadan qo'lga 
kiritishi  mumkin.
Aleksandr  D oroning bu  niyatini  yaxshi  bilardi.  Shuning  uchun  ham , 
Suz,  Persopol  kabi  jahonning  eng  go'zal  va  m uhtasham   shaharlarida 
u/.oq  turm asdan,  Tigr  daryosi  tom on  yurishni  davom   ettiradi.  Uning 
niyati  «Osiyo shohi» degan yuksak nomga cga bo'lgan oltin tojni  Dorodan 
tezroq tortib olish  edi.  Bu  tojni  Doro o 'z  ixtiyori  bilan  Aleksandrga taq- 
dim etsa nur ustiga a ’lo nur bo'lardi.  U nda Aleksandr Osiyo shohi degan 
yorliqqa  osongina  sazovor  bo'ladi.  Bu  toj  qo'lga  kiritilgandan  so'ng, 
Ahm oniylar  davlatining  ichkarisidagi  o'lkalar  Kaspiydan  H indiston- 
gacha,  Yaksartdan Oksgacha Aleksandrga qonuniy ravishda tobe bo'lishga 
majbur.  Shuning  uchun  ham ,  Aleksandr  katta  qo'shin  bilan  Doroni 
ta ’qib  etib  kelar,  Doro  bo'lsa  ildamroq  yurib  Osiyoning  ichkarisiga, 
O 'rta Osiyo yerlariga tom on kirib borat di.  Davlat ketgan bilan tojni boshida 
saqlab  qolganiga  ming  bor shukur  qilardi.
K utilmaganda  D oroning  eng  yaqin  kishisi,  Baqtriya  podshohi  Bess 
o ’z shohini  yaralab, oltin tojni boshiga  kiyib olib,  o'zini  Osiyo podshohi 
deb e ’lon  qiladi.  O 'zi  bilan  san,  subd,  massaget  va  hokazo  O 'rta  Osiyo- 
jangchilarini  olib,  Baqtriyaga keladi.  Aleksandr bu voqeani  eshitib,  yana 
oltin  tojning  izidan tushadi.
Y ustin  e ro n lik la r  ja n g d a   m a g 'lu b iy a tg a   u c h ra g a n d a n   s o 'n g , 
Aleksandrning  Cron  shaharlarini  birm a-bir  egallab,  Doroni  ta ’qib  etib 
borganligi  haqida  yozadi.  Uning  ta ’kidlashicha,  har  ikkala  taraf,  ya’ni 
m akedonlar va eronliklar jangga kirishadilar.  Bu jangda har ikkala podsho 
ham  yarador  bo'ladi.
Doro qochishga tushmaganidajang nima bilan tugashi  nom a’lum bo'lib 
q o lg a n d i.  D o ro   q o c h g a n d a n   s o 'n g ,  e r o n li k la r   k a tta   ta la f o t 
ko'radilar.Oltmish bir ming piyoda askar, o 'n  ming otliq jangchi o'ldiriladi. 
Qirq mingga yaqin jangchi asirga olinadi.  Eron podshohligining saroyidan 
ko'p oltin va boshqa boyliklar topishadi. Asirga olinganlar ichida Doroning 
akasi,  xotini va  ikkita qizi bor edi.
Q o'lga  tushgan  behisob  boylik  va  qim m atbaho  xazinalarni  ko'rib 
Aleksandr hayratga tushadi.  Shodligini ichiga sig'dirolmay, birinchi  marta 
ulkan  d astu rx o n   solib,  quyuq  ichkilikbozlik,  z o 'r   m aish atb o zlik  
boshlaydi.
Aleksandr  asirasi  Barsinaga  alohida  qiziqish  bilan  qaray  boshlaydi. 
I Jndan tug'ilgan o'g'lini Gekules deb ataydi.  Doroning hali tirik ekanligini
269

unutm agan  Aleksandr  Parm enionni  Eron  flotini  qo'lga  olishga,  boshqa 
sarkardalarini esa Osiyo shaharlarini egallashga yuboradi.  Uning muzalfarlik 
dovrug'i  atrofga  yoyilib,  katta-kichik  hokimliklar  birin-ketin  ko'ngilli 
ravishda g'oliblar tarafga o 'ta boshlaydi. Tcz fursat ichida Aleksandr ulkan 
oltin, behisob javohirlarga ega bo'ladi.  Shundan keyin Aleksandr Suriyaga 
qarab  yo‘l  oladi.  Sharq  podshohliklaridan  ko'pi  tinchlik  istab,  uning 
qarshisiga  chiqadilar.  Aleksandr  ularning  b a’zilari  bilan  ittifoq  tuzib, 
hokim ligini  qaytarib  bersa,  boshqalaridan  podshohlikni  tortib  olib, 
o ‘rinlariga  yangi  hokim lar  tayinlardi.  U  Sidon  podsholigi  oltin  toj  va 
qim m atbaho  sovg'a  jo ‘natganida,  sovg'ani  qabul  qilib,  Abdolinni  o 'z 
yurtiga  hokim qilib tayinlaydi.
Doro  Bobil  tom onga  qochayotganda  yo‘lda  Aleksandrga  xat  yozib, 
undan  o 'z   oila  a ’zolarini  katta  boylik  evaziga  qaytarib  berishini  iltimos 
qiladi.  A m m o  A leksandr  pul-boylik  emas,  balki  butun  A hm oniylar 
podshohligini  talab  qiladi.  Bir  qancha  vaqt  o'tgandan  keyin  Aleksandr 
yana  xat  oladiki,  unga  Doro  qizini  va  podshohlikning bir qismini  va’da 
qilgan  edi.  Aleksandr  javob  xatida  Doroga  shaxsan  o'zi  iltimos  qilib 
kelishini,  Eron podshohliginingtaqdirini  esa g'olibning o'zi  hal qilajagini 
bayon qiladi.
Doro tinch  yo'l bilan  maqsadini amalga oshirish  m um kin  emasligini 
bilib  yana  urush  boshlaydi,  o'zining 400000  piyoda,  100000 otliq  askari 
bilan  Aleksandr tom on  yo'l  oladi.  Biroq  yo'lda  D oro  xotinining tug'ish 
payti o'lganini, Aleksandr shaxsan o'zi  insonlarga xos ko'm ish marosimida 
qatnashganligi haqidagi xabarni eshitadi.  Doro bu voqeadan keyin o'zini 
haqiqatdan  ham   yengilgan  deb  tan  oladi.  C hunki  Aleksandr  nafaqat 
uaish  paytida jism onan, balki  insonparvarlik va olijanoblikda ham   undan 
ustun  ekanligini  sezadi.  Shuning  uchun  ham ,  u  Aleksandrga  uchinchi 
marta xat  yozib,  shohga tashakkur izhor qiladi.  So'ngra Aleksandrga o 'z 
podsholigining  Evfrat daryosigacha bo'lgan katta qismini berib, xotinlikka 
qizini  berajagini  yozadi.  Bunga Aleksandr u  nim a qilgan  bo'lsa,  buning 
hammasini,  u kuchli dushmanlariga qarshi  urush qilajagi to'g'risida javob 
qiladi.  U  Doroga  dunyoda  o'zidan  keyin  ikkinchi  podsho  -  ya’ni  vazir 
bo'lishni  taklif qiladi.  Chunki  dunyoda  ikki  quyosh  bo'lm aganidek,  bir 
olamda ikki buyuk podsholik bo'lolmas. Aleksandr Doroga ikkinchi kuniyoq 
taslim bo'lishni  yoki jangga tayyorlanishni taklif qiladi.
Ikkinchi  kuni,  har  ikkalasi  o 'z   qo'shinini jangovar  holatga  keltirgan 
bir  p aytda,  h oldan   toygan  A leksandrni  kuchli  uyqu  bosadi.  Uni
270

uyg'otishib  nim a uchun  u shunday xavfli bir paytda  uyquga  ketganligini 
so'rashadi.  Aleksandr  kutilmaganda  ko'ngliga  kelgan  g'alabaga  bo'lgan 
ishonchdan  ruhlanib,  uyqu  bosganligini  aytadi.  Jang oldidan  h ar  ikkala 
qo'shin bir-birini  ko'rib hayratga  keladilar.  M akedonlarni eronliklarning 
k o 'p   sonli  askarlari,  ularning  uzun  bo'yligi,  chiroyli, jangovar kiyimlari 
hayratga  solgan  bo'lsa,  eronliklarni  shunchalik  kam  sonli  qo'shin  ko'p 
ming  sonli  lashkarni  o'tgan  urushda  qanday  qilib  m ag'lub  qilganligi 
taajjubga solardi1.
Eronning  asosiy  shaharlari  qo'lga  olingandan  so'ng,  katta-katta 
boyliklar talangach,  Doroning halokatga uchrashi  m a’lum bo'lib qolgandi. 
Bu haqda  Diodoming qayd etishicha, Aleksandr Eron poytaxti  Persepolni 
butunlay vayron  qilish va talash  uchun  qo'shiniga buyruq  beradi.  Faqat 
saroyga teginmaslikni aytadi.  Shahaming butun boyligini jangchilar o'zlari 
xohlaganicha bo'lib olishadi. Qancha-qancha tillo va kumushlami talaganiga 
qaram ay, jangchilar yana  ko'zlari  to'ym ay o'zaro  talashib  qolar edilar. 
Keyin  Aleksandr  saroy  qal’asiga  kirib,  u  yerdan  shoh  Kir  qoldirgan 
120000  oltin  va  kumush  tangani  topib  oladi.  Bu  pullarning  bir  qismini 
harbiy  ehtiyojga  ishlatib,  qolganlarini  esa  Bobil  va  M esopotam iyadan 
keltirilgan 3000 tuyaga ortib, belgilanganjoygajo'natadi.  Shaharaholisiga 
hech  narsani  ishonmaydi  va  Persepolni  butunlay  vayron  qiladi2.
Persepol  saroyi  ju da  hasham atli  va  ulkan  bo'lib,  uch  q ato r  devor 
bilan o'ralgan edi.  Birinchisiga qaraganda ikkinchisi, ikkinchisiga qaraganda 
uchinchi  devor  baland  edi.  U chinchi  devor  ju d a  qattiq  toshlardan 
inustahkam   qilib  qurilgandi.  Saroyning  sharq  to m o n id a   400  futli 
m asofada  shoh  tog'i  b o r  edi,  chunki  bu  tog'ga  shohlarning  jasadi 
qo'yilgandi.  Bu  tog'ga  chiqish  ju d a  qiyin  edi.  Shu  sababli  u  yerga 
sh o h larn in g  butun  boyliklari  yashirib  q o 'y ila r  edi.  A leksandr  o 'z  
g'alabasini  katta  ta n tan a  bilan  nishonlaydi.  X udolar  yo'liga  qurbonlik 
beradi.  T antanaga  h am m a  ayollar  ham   taklif qilingandi.  Ichkilikning 
mo'lligidan ko'p odam lar mast bo'lib qolishadi.  Faida ismli attichenkalik 
bir ayol  mast b o'lib  qolib shunday dedi:  «Aleksandr O siyoda buyuk va 
sharafli  ishlarni  boshlaydi,  shuning  uchun biz unga  yordam   berishim iz 
kerak,  eronliklar uchun  m uqaddas bo'lgan saroyni  yoqib yuborishim iz 
kerak deb, birinchilar qatori saroy tom on ketadi va saroyga o 't qo'yishni
1 Y ustin.  Vestnik drevney istorii.  1954,  №   3,  str.  210.
?  D iodor,  9 6 - 9 7 -   betlar.
271

boshlab  beradi.  Shunday  qilib,  bu  ayol  Eron  shohi  Kserksdan  o ‘ch 
oladi.  Bu  voqeadan  keyin  A leksandr  Eronning  boshqa  shaharlarini 
ham  zo'ravonlik bilan  bo'ysundira boshlaydi.
Arrianning  ta ’kidlashicha,  garchi  Aleksandr  Eron  ustidan  g'alaba 
qozongan b o ‘lsa ham ,  M akedoniyadan to'xtovsiz yordam  kuchlari  kelib 
turgan.  Faqat  M akedoniyadangina emas, qo'l ostidagi boshqa o'lkalardan 
ham  to'xtovsiz  qo'shin  kelgan.
Bobilga qaytib  kelib,  Aleksandr Erondan kelgan  Pevkestni  uchratadi. 
Pevkest  o'zi  bilan  20  mingga  yaqin  askar olib  kelgandi.  Askarlar  ichida 
kosseylar va tapurlar ham  bor edi.  Shohga ularni  m aqtab qabilalar ichida 
u eng katta jangga chidamli  deb aytdi.  Qariyadan  Filokin qo'shini  bilan, 
Lidiyadan  M e n e n d r  q o 'sh in i  b ilan,  M enad  otliq  askarlari  bilan 
kelishgandi.  Shu pay!  Elladadan ham elchilar kelishadi.  Ular Aleksandrni 
xudo deb  bilib,  unga  oltin  gulcham bar  hadya  qilishadi.
Aleksandr  eronliklarga  qilgan  yordamlari  uchun  m innatdorchilik 
bildiradi.  Ular  Pevkestning  topshiriqlarini  ham   bajarishgandi.  Pevkest 
kelganlarni  makedoniyaliklar  qo ‘shini  safiga  qabul  qiladi.  M a’lum  bir 
vaqtga  makedoniyaliklardan o ‘nboshi va yuzboshilar tayinlanadi1.
D iodor ham  Aleksandrning  Eronning Suz va  Persopol  shaharlaridan 
behisob  boyliklarni  qo'lga  kiritganligini  aytadi.  U ning  aytishicha, 
Aleksandr bir  necha jangdan  keyin  bir joyga  kelganda,  q o ‘shiniga  dam 
beradi.  H oldan  toygan  jangchilarni  dam   oldirib,  yangi  jangchilarni 
tayyorlay boshlaydi.  Harbiy boshliqlarni qaytadan tanlab oladi.  U m um an 
jangchilarni tartibga  solib,  yangi  g'alaba sari  otlanadi.  Suzlanagga  kelib, 
butun  dunyoga  m ashhur  bo'lgan  shoh  Doroning  poytaxtini  egallaydi. 
Yozishlariga  qaraganda,  vaqtdan  yutish  va  tayyorgarlik  ko'rish  uchun 
D oroning o'zi chekinishga  majbur bo'lgan ekan.
Shunday  qilib,  Aleksandr  shaharni  egallab,  undagi  saroydan  40000 
tillo va  kumush  tanga topib  oladi.  Bu  boylikni  shoh  uzoq  vaqt  saqlaydi. 
Bundan  tashqari  u  yana  Doro  tam g'asi  tushirilgan  9000  tanga  topib 
oladi.  Shoh  o'ziga  mos bo'lm agan  taxtda o 'tira re d i.  Shunda  D oroning 
xizmatkorlaridan  biri  unga  boshqa taxt  gurzisi  olib  keladi.  Shoh  esa  uni 
maqtaydi.  Shu  vaqt  xizmatkorlardan  biri  yig'lab  yuboradi.  Aleksandr 
buning  sababini  so'raydi.  Xizm atkor  dedi:  «Endi  m en  ilgari  D oroning 
quli  bo'lgan  bo'lsam ,  endi  esa senikiman.  Lekin  men  ilgarigi shohim ni
1  Arrian,  2 3 2 -  bei.
272

o 'z tabiatim ga ko'ra yaxshi  ko'ram an.  Uning mag'lubiyatga uchraganiga 
a c h in a m a n » 1.  Bu  jav o bd an  keyin  A lek san d r  fors  sh o h id a   buyuk 
o'zgarishlar  bo'lganligini  sezadi  va  o'zini  yana  m ag 'ru r  tuta  boshlaydi, 
asirlarga shafqat qilmaslik kerak, degan xayolga boradi.
Doroning  m ag'lubiyatidan  keyin  ko'pgina  hokim liklar  shaharlarini 
jangsiz, o 'z  ixtiyorlari bilan Aleksandrga topshiradilar.  Aleksandr esa o'z 
ixliyori bilan taslim bo'lgan hokimlarga ozor bermasdi.  Bu haqda  Diodor 
shunday  yozadi:
«Aleksandr Persepolga yurish qiladi.  Yo'lda shahar boshlig'i Tiridatdan 
xat oldi.  U nda shunday yozilgan edi:  «Biz  Doroga atab qurilgan shaham i 
sizga jangsiz topshiramiz»2.
Plutarx  Doroning halokati va o'limi  haqida qiziqarli voqealami hikoya 
qiladi.
H am m a  birday  harakat  qilishiga  qaram ay,  shoh  bilan  faqatgina  60 
askar  dushm an  qarorgohiga  bostirib  kira  olishdi.  U lar atrofida  sochilib 
yotgan kumush va oltinga, aravada qayoqqa ketayotganini bilmay o'tirgan 
ayol va bolalarga e ’tibor bermay, oldinda qochayotgan askarlarga diqqat- 
e’tiborini qaratgan edilar. Shohning o'ylashicha, ular orasida D orobo'lishi 
kerak edi.
N ihoyat,  ular  ikki  g'ildirakli jang  aravasida  qattiq  yaralangan,  o'lim  
changalida yotgan  Doroni topishdi.  Doroning iltimosi bilan Polistrat unga 
suv berdi.  Suv ichgan  Doro biroz o'ziga keldi va dedi:  «M enga m uruw at 
k o 'rsa tg an   o dam ga  m in n a td o rch ilik   b ild ira  olm aslig im ,  m ening 
baxtsizligimdan dalolat beradi».
Doro  Polistratga qarata:  «Seni Aleksandr mukofotlaydi. Aleksandrning 
onam ga,  xotinim  va bolalarimga qilgan  yaxshiligini  xudo  mukofotlaydi. 
Unga  mening bildirgan «minnatdorchiligimni bildir»  - deb  Polistratning 
qo'lini ushlaganicha olamdan o'tadi».
1  D iodor.  O 'sha asar,  9 2 - 9 3 -   betlar
;  O 'sha joyda,  9 7 -  bet.
273

BESSNING  0 ‘LIMI
Kursiy  R uf o 'z  asarida  Doroni o'ldirib, xiyonat yo'li bilan Ahmoniylar 
shohi  bo'lgan,  o'zini  ikkinchi  Kserks  deb  nomlagan  Bessning  taqdirini 
g'oyat  qiziqarli  lavhalarda tasvirlab beradi.  O 'z  shohiga  sotqinlik  qilgan 
Bessdan  Aleksandr  ham ,  mard  va jasur  Spitamen  ham   nafratlanadi.
Aleksandrning yaqinlashganini sezgan  Bess harbiy boshliqlar va yaqin 
kishilari  bilan  urush  rejalarini  tuza  boshlaydi.  Kayfi  oshgani  uchun  ular 
dushm an  kuchini  to 'g 'ri  baholay  olmay,  nuqul  kulishardi.  Ayniqsa, 
Bess  past  ketmay,  kiborlanib  Aleksandrning  shon-shuhratini  hech  tan 
olgisi  kelmasdi.  U  Kilikiyaning  kichik  bir  darasida  bosqinchilar  bilan 
jang  qilib,  qutulib  ketganidan  m ag'rurlanardi.  Holbuki,  uning  o'zi 
qo'shim cha kuch olguniga qadar so'g'diyonaliklar panohida dushm andan 
qochib  borgan  edi.  U  xorasmliklar,  saklar,  indlar,  daxlar  yordamga 
kelishiga umid qiladi.
Bessning  maslahatchilari  orasida  midiyalik  m ashhur  sehrgar  Kobar 
ham  bor  edi.
«M ening  bilishimcha,  -  deydi  u,  -  qul  maslahat  berganidan  ko'ra, 
buyruqni  bajarsa,  foydaliroqdir,  chunki  uni  ham   baribir ham m a  qatori 
bir narsa kutadi.  Maslahat bergan odamga qiyinroq bo'ladi.  Odam tabiati 
shundayki, o'ziga-o'zi to'g'ri baho bera olmaydi. O'zi o'ziga qaror chiqarsa, 
u shubhali,  ishonchsiz bo'ladi.  Hech kim o'zidan  nafratlangisi  kelmaydi. 
Sening boshingda shohlik tashvishi.  O'ylab,  aql bilan  ish  ko'rish  kerak». 
Keyin  u baqtriyaliklar maqolini  keltirdi:  «Q o'rqoq it  ko'proq  huradi» va 
«Eng  chuqur  daryo  shovqin-suronsiz  oqadi».  Bu  maqolni  aytishimdan 
maqsad  dushm an  ham   donoroq  bo'lishi  mumkinligini  senga  eslatish». 
Kobarning bu so'zlari  ham m aning diqqatini o'ziga jalb qildi.  Keyin  u o 'z 
maslahatini  aytdi:  «Sening  oldingda  kuchli,  tadbirkor  shoh  turibdi». 
Tanais qirg'oqlaridagi qo'shinni chaqirib olib,  daryo orqali himoyalanib, 
keyin qochm oqchim isan?
Yo'q!  Bu noto'g'ri reja. Yaxshisi shohga taslim bo'lib, u bilan do'stlash. 
Birovning  o'rniga  zo'rlik  bilan  shoh  bo'lgansan,  undan  voz  kechish 
osonroq.  Agar  sen  uni  tan  olib,  bo'ysunsang,  Aleksandrning  o'zi  senga 
yordam beradi.
M ana  senga  to 'g 'ri  maslahat.  Yana  o'zing  bilasan.  «Yaxshi  otga  bir 
qam chi,  yom on otga  ming qamchi».
274

Bu gaplar  Bessga  yoqmadi  va  qahr-g'azab bilan  Kobarga tashlangan 
edi,  lekin  uni  ushlab  qolishadi.  Kobar  esa  zo 'rg 'a  Aleksandr  tom onga 
qochib o'tishga ulguradi.
Bessda  3000  baqtriyalik  jan g ch ila r  b o 'lib ,  u lar  A leksandrning 
yaqinlashayotganini  bilganidan  keyin  o ‘z  qishloqlariga  tarqalib  ketadi. 
Bess  esa  qolgan  ozgina  do'stlari  bilan  Oks  daryosini  kechib  o 'tib  
So'g'diyonada yangi qo'shin yig'a boshlaydi.
Shu  yerda  to'xtagan  shohga  G retsiyadan  lakonliklar  va  butunlay 
Peleponnesning  yengilganligi  to'g'risida,  Bessga  Tanais  daryosi  bo'yida 
yashovchi skiflar yordamga kelgani  haqida m a’lum ot yetib keladi.
Diodoming yozishiga qaraganda, Aleksandr Doroning o'lim idan so'ng 
uning qotili  Bessni axtara boshlaydi.  Bess esa allaqachon  Baqtriyaga jo'nab 
qolgandi.
D iodor  davom  etib,  «O 'shanda  Bess,  -  deb  yozadi,  -  N obarlon  va 
Varzaentni ham  o'zi bilan birga olib ketgan edi1.  Bu o'rin d a  N obarzon va 
Varzaent  haqida ham ko'pgina m a’lumotlami keltirib o'tishimiz mumkin.
Bessning  Baqtriya tom onga qarab qochishiga sabab,  D oro o'lim idan 
sal  ilgari  Bessni  Baqtriyaga  hokim  qilib  tayinlagan  edi.  Shuning  uchun 
ham ,  Bess  o'zini  Osiyoning  shohi  deb  e ’lon  qiladi.  Sababi,  u  Doroni 
o'ldirib,  uning boshidagi  shohlik toji  bilan  qo'lidagi  qim m atbaho olmos 
u/.ugini olib,  tojni boshiga kiygan,  uzukni esa qo'liga taqqan edi.
D iodor  ham   Bessning  o 'z  shohini  o'ldirib  Baqtriyaga  kelganligini 
aytadi.
Aleksandr Baqtriya tom on yo'l oladi.  Bu vaqtda Bess o'zini Osiyoning 
shohi deb e ’lon qilib, atrofiga katta qo'shin to'playdi.  Bess do'stlariga katta 
bayram tashkil qiladi va o'zini yengilmas buyuk shoh deb maqtay boshlaydi. 
Bu  narsa  b a’zi  birovlarga  yoqmaydi  va  Bessga Aleksandr oldida  baribir 
kuchsizsan,  deb  aytadi.
A rrianning  fikricha,  Bess  Osiyoda  yashovchi  qabilalarni  oyoqqa 
turg'izib,  katta qo'shin bilan Aleksandrga hujum qilish niyatida bo'ladi.
Bess cho'lga aylangan yerlar,  bu yerdagi qabilalar Aleksandrga qattiq 
qarshilik  qiladi  deb  o'ylaydi.  Lekin  ularni  kutib  turm ay,  Aleksandrga 
qarshi  yurishni  to'xtatm aslik  uchun  hozirlik  ko'radi.  Qalin  yoqqan  qor 
ham, ko'pgina zarur narsalaming yetishmasligi ham ,  uni to'xtata olmaydi. 
Lekin Aleksandr juda ham  yaqin kelib qolganini,  Oks daryosidan kechib
1  D iodor.  O 'sha asar,  9 9 -  bet.
275

o 'tay o tg an in i  aytishganda,  qayiqlarni  yoqib  yuborib,  S o 'g 'd iy o n a 
chavandozlari bilan biiga Oksiait va Tanais daylari ham ketishadi.  Baqtriyalik 
chavandozlar  Bessning  qochm oqchi  boiganligini  aytishadi.
Diodor ham bu haqda to'xtalib, Aleksandrning Kavkaz, tog'lari bo'yida 
(A fg'oniston)  shahar  qurganligi  Bessga  yoqmaganligini  aytadi.  Bess 
odamlaridan ikkitasi Aleksandr tomonga qochib o ‘tadi va bo'lgan voqeani 
avtib  beradi.  Aleksandr esa  ular orqali  Bessni  ushlab  oladi  va  Doroning 
akasiga topshiradi.  Chunki  Doroni  Bess oldirgan edi.  Endi esa  Doroning 
akasi  Bessdan  o 'ch   olib,  uni  tilka-pora  qilib  o'ldiradi.
Plutarx  Bessning  Aleksandr  tom onidan jazolanishi  haqida  shunday 
bir  voqeani  keltiradi.  Ikkita  yonm a-yon  o'sgan  daraxtlarni  topib, 
shohlarining  uchini  yerga  qayirib,  Bessning  ikki  oyog'idan  bogiashadi. 
Ikki  tarafga  zarb  bilan  ko'tarilgan  daraxtlar  Bessni  ikki  tarafga  ayirib 
yuboradi.
Yustinning  «Pom pey  Trog  epitomi»  asarida  Eron  shohi  D oroning 
qotili  Bess haqida qisqacha bo'lsa-da,  m a’lumot berib o ‘tiladi.
Arrianning yozishicha,  Aleksandr qo'shinlari  Oksdan  o 'tib  bo'lgach, 
tezda  Bess joylashgan yerga otlanadi.  Shu payt Spitamen va  Dataferndan 
odam lar  kelib,  agar  Aleksandr  hech  bo'lm aganda  kichik  bir  q o ‘shin 
bilan  boshligini  yuborsa,  ular  Bessni  tutib  berib  unga  topshirajaklarini 
aytadi.  Bess  esa  zanjirband  qilinmagan  bo'lsa-da,  qattiq  nazorat  ostida 
edi.  Bunday  xabarni  eshitgach,  Aleksandr  biroz  nafasini  rostlab  olib, 
Laganing  o'g'li  Ptolomeyni  Bessni  tutib  keltirish  uchun  shoshilinch 
yuboradi.  Ptolomey buyurilgandek oldinga siljiydi va o il kunda bosib o ‘tish 
mum kin b o ig a n   y o in i  4 kunda bosib o iib ,  Spitam en  o 'z  qo'shini  bilan 
tunab yotgan qarorgohga yetib keladi.
Ptolom ey  biladiki,  Spitam en  va  D atafernning  Bessni  berish  niyati 
yo‘q.  Shunda  u  piyoda askarlarga orqasidan saf tortib borishni  buyuradi, 
o'zi esa oz sonli otliq askarlari bilan  Bess joylashgan qishloqqa ot choptirib 
ketadi.  Spitam en  o'zining qo'shini  bilan  allaqachon  u  yerdan  ketgandi. 
Ular  o 'z  qo'llari  bilan  Bessni  tutib  berishga  uyalishadi.  Ptolom ey  o 'z 
chavandozlari  bilan  qishloqni  o'rab   oladi.  Bu  qishloq  katta  darvozali 
devorlar bilan  o'ralgandi.
Shunda  u  qishloqdagilar,  agar  Bessni  bersalar,  om on  qolishlarini 
e ’lon  qiladi.  U lar  ichkariga  Ptolomey  qo'shining  kiritishadi.  Ptolom ey 
Bessni olib orqaga qaytadi.  Sarkarda yo'Iida Aleksandrga oldindan chopar 
yuborib,  Bessni  qay  holda  olib  borish  kerakligini  so'raydi.  U  Bessni
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va

Download 9.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling