Fayzulla boynazarov qadimgi dunyo tarixi


 Kursiy  Ruf.  0 ‘sha asar,  3 1 9 - bet


Download 9.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/34
Sana08.12.2019
Hajmi9.54 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34

1 Kursiy  Ruf.  0 ‘sha asar,  3 1 9 - bet.
369

tili  va  u rf-o dati  bir-biriga ju d a  yaqin  edi.  Osiyo  podshosi  b o 'lg an d a n  
so‘ng  bu  yerdagi  xalqlarning  tili  va  urf-o d atin i  o 'rg an ish n i  zaru r deb 
biladi.  H atto sarkardalari va m ashhur kishilarini ham  m ahalliy xalqning 
tili  va  u rf-o d atin i  o ‘rganishga  undaydi.  A leksandrga,  ayniqsa,  sharq 
muzikasi,  osiyolik go‘zallarning raqslari,  hofizlarning q o ‘shiqlari ju d a 
y o q a rd i.  S h u n in g   u c h u n   h a m ,  b a y ra m   ta n ta n a la r id a   k o ‘p ro q  
osiyoliklarning kuy va  raqslari  ijro etilardi.  S o‘g‘d iy o n ad ab o sh lan g an  
ta n ta n a   B aqtriyadan  to rtib   H indistongacha  deyarli  h a r kecha davom  
etardi.  T an tan ag a  ta sh rif buyurganlar  qanday  egilib  kelib  k o ‘rishgan 
boM salar,  ta n ta n a   tu g a g a c h ,  y a n a   s h u n d a y   eg ilib   s h o h   b ila n  
xayrlashardi.  A sta-sekin  bun d ay   Osiyo  udum iga  yevropaliklar  ham  
ko‘nikib qolishadi.  YoMda ularga A frikan ismli  h in d sarkardasi  20000 
q o 'sh in i  va  15  ta   fili  b ilan   qarshi  chiqadi.  A leksandr  uni  h am   o ‘ziga 
b o ‘ysundiradi.  S hunday qilib,  shoh trian k an to rg a  yetib  keladi  va  shu 
yerda  o ‘z  q o ‘shini  bilan  30  kun  dam   oladi,  xudo  yo‘liga  qurbonlik 
qiladi.  Bu  yerlarda  ilgarigi  shoh  Taksil  o ‘rniga  uning  o ‘g ‘li  M ofis 
hukm dorlik qilar edi.  A leksandr bilan uning orasida  30  stadiy m asofa 
bor  edi.  M ofis  A leksandrga  sezdirm asdan  va  to 's a td a n   hujum   qilish 
uchun jangga tayyorlana boshlaydi.
Aleksandr  uning  bu  ayyorligini,  urushm aym an  deb  aldaganini  sezib 
qoladi  va  q o ‘shinning  bir  qismini  unga  qarshi  yuboradi.  Vaziyatni 
tushungan  M ofis  hech  qanday  jangsiz  A leksandrga  taslim   bo'ladi. 
Aleksandr  esa  Mofisni  hokim lik  lavozimida  qoldiradi  va  keyinchalik  u 
bilan ishonchli ittifoqdosh bo'lib qoladi. Aleksandr Evmisami ham  o ‘ziga 
b o ‘ysundiradi va uning eng yaxshi hosildor yerlarini egallab oladi.  Lekin 
bu  yerlarda  o ‘ta  zaharli  ilonlar  ko‘p  b o ‘lib,  ular  chaqqan  odam   o ‘sha 
zahotiyoq  o ‘lar  edi.  Shuning  uchun  makedoniyalik jangchilar  kechasi 
bilan uxlolmay,  o ‘zlarini  ilonlardan qo‘riqlab chiqar edi.  Shundan keyin 
Aleksandr yana bir qancha shaharlami ishg‘ol qiladi va Kafara deb ataluvchi 
xalqlar  yashaydigan joyga  keladi.  Bu  xalq  odatiga  ko 'ra,  agar  er  o ‘lsa, 
xotinini  h am   unga  q o ‘shib tiriklayin  yoqib  yuborishar  edi.
Bu joydan Aleksandr Atsezina daryosigacha yetib kelib,  Okean tom on 
suzib ketadi.  Bu yerda yashovchi agensonlar va siblar ham  taslim b o ‘ladi. 
U  kemalarga tushib bu yerdan m andra va sudraklar tarafga yo‘l oladi.  Bu 
xalqlar  unga  qarshi  80  000  piyoda  va  60  000  otliqdan  iborat  qo'shinini 
qarshi  qo'yadilar.  Jangda  g'olib  chiqqan  A leksandr  o ‘z  qo'shini  bilan
370

shaharga  yaqinlashadi.  Shahar qal’asiga  birinchi  b o ‘lib  ko‘tarilganda  u 
yerda hech kim ko‘rinmasdi.  Shahar aholisi tashlab chiqib ketgan b o ‘lsa 
kerak,  deb  navkarlarsiz  yolg‘iz  o ‘zi  shahar  m aydoniga  sakrab  tushadi. 
Aleksandrning  yakka  o ‘zi  kirganligini  k o ‘rgan  du shm anlar  shovqin 
ko‘tarib,  har  tarafdan  uni  o ‘rab  ola  boshlaydilar.  U lar  Aleksandrning 
kallasini  tanasidan  judo  qilib,  bir  yo‘la  butun  dunyoda  urushga  chek 
qo‘yib,  ko‘plab  xalqlar  uchun  qasos  olishni  k o ‘zda  tutgan  edi.  A mmo 
A lek san d r  b ir  o ‘zi  d u sh m an   o lo m o n ig a  q arsh i  q a h ra m o n la rc h a  
kurashadi1.
Aleksandr qo‘shini bilan Nise shahriga yetib kelganda, qarshilik qilmay 
izzat-ikrom bilan kutib olgan shahar aholisiga shafqat qiladi.  Keyin u o ‘z 
qo‘shini  bilan  m uqaddas  tog‘ni  ko‘rishga  yo‘l  oladi.  U  yerdan  Dedab 
to g ‘lariga,  Kleofida  podshohligiga  to m o n   otlanadi.  K leofida  butun 
saltanatini,  boyliklarini  o ‘z  ixtiyori  bilan  in ’om   etadi.  Bu  bilan  u  o ‘z 
podshohligini  saqlab qoladi.  H atto tug‘ilgan o ‘g‘liga A leksandr deb  ism 
qo‘yadi.  Shundan  so‘ng Aleksandr  H indiston  podsholigini egallaydi.
Hindiston uzra yurish qilganda baland va o'tish qiyin b o ‘lgan qoyalarga 
duch keladi.  Bu past-baland qoyalar orasida ko‘plab qabilalar joylashgan 
edi.  H atto qattiq yer qimirlab,  Gerkulesga bu qoyalami egallashda xalaqit 
bergan.
G e rk u le sd a n   h am   u stu n   kelish  m a q sad id a  u  b a rc h a   x av f  va 
qiyinchiliklami  yengib,  bu joydagi  ham m a qabilalarni  b o ‘ysundiradi2.
ALEKSANDRNING  VAFOTI
A ntik  davrlarda  (eram izdan  oldingi  329-327-  yillar)  A leksandr 
M akedonskiy  0 ‘rta  Osiyoga  bostirib  kelgan.  Bizning  hozirgi  qutlug1 
zam inim izdan qachonlardir ot choptirib o ‘tgan.  Bobokalonlarimiz bilan 
goh to ‘qnashib, qilich va nayza jangini boshlagan, gohida esa do‘stlashib, 
ishonch  nigohi  bilan  tikilishgan.  Qonli janglar tafsilotini  ham ,  d o ‘stlik 
rishtasini ham  tarix sahifasiga ko‘chirishni buyurgan.  Z am ona zayli bilan 
0 ‘rta Osiyoga kelib qolgan Aleksandr b a ’zan qonli va dahshatli urushlami
1 Yustin.  0 ‘sha asar, 2 1 8 - 2 2 2 -  betlar.
2
 Y ustin.  0 ‘sha asar,  217-  bet.
371

q o ‘msab,  b a ’zan  tinchlik  va  d o ‘stlikni  istab,  H indiston  to m on   ot  surib 
ketgan bo‘lsa-da, uning keyingi taqdiri bizning e’tiborimizni o ‘ziga tortadi. 
Ayniqsa,  Aleksandrning o ‘limi  voqeasi  muhimdir.
Bor-yo‘g‘i  o ‘ttiz  uch  bahorni  ko‘rib,  ikki  qit’a  shohi  degan  ulug‘ 
yorliqqa muyassar b o ig a n  navqiron yigitning o ‘limiga, garchi u bosqinchi 
bo‘lsa-da,  achinish  bilan  qaraymiz.  Bu  yoshda  shunday  ulug‘  yorliqqa 
dunyoda  hech  kim  muyassar boMgan  emas.  Balki  shuning  uchun  ham , 
uni  Buyuk  A leksandr  deb  atashardi.
Insoniyat  ham on  A leksandrdan  buyuklikni  qidirm oqda.  U ndagi 
buyuklikni bilishga intilmoqda.  Ikki qit’aning shohi bo'lishning «o‘zigina 
buyuklik belgisi b o ‘lib qolmaydi.  Bundan tashqari,  unda yuksak aql  ham  
mujassam  edi.
A rrianning ta ’kidlashicha,  Aleksandrning sanoqli  kunlari  qolgan edi. 
Aristobul  kelajakni  aytib bergan.
K u n la rd a n   b ir  k u n   A lek san d r  F ilo k sen   va  M in a n d r  d engizi 
b o ‘ylaridan  -  Pevkestdan  olib  kelingan  va  m akedoniyaliklar q o ‘shinida 
xizmat  qilayotgan  fors  jangchilarini  qismlarga  b o ‘lish  bilan  band  edi. 
Uning  suv  ichgisi  kelib,  taxtini  b o ‘sh  qoldirib,  tashqariga  chiqadi.
Taxtning  ikki  tarafida  Aleksandrning  do‘stlari  o ‘tiradigan  kumush 
lojalar joylashgandi.  Q andaydir  bir  odam ,  taxt  va  lojaning  b o ‘shligini 
ko‘radi.  U  yevnuklardan boshqa hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilib, 
taxtga  o'tiradi.  Evnuklar  uni  taxtdan  tushirishm aydi,  balki  forslarning 
odati bo‘yicha,  kiyimlarini yirtib, juda katta kulfat b o ‘lganday, o ‘zlarining 
k o ‘kraklari  va  yuzlariga  ura  boshlashadi.  Bu  n arsani  A leksadrga 
yetkazishganda,  u  o ‘sha  odam ni  qiynab,  kimligini,  qaysi  bir  guruhga 
m ansub  ekanligini  bilishni  buyuradi.  S hunda  u  taxtga  shun ch ak i 
o ‘tirganini,  hech  qanday  fitnalarda  qatnashm aganini  aytadi.  O dam lar 
bu narsa yaxshilikka olib kelmasligini gapiradilar.
Bu voqeadan keyin bir-ikki  kun o'tgach, Aleksandr janglarda ko‘proq 
gLalabaga erishish  maqsadida xudolarga qurbonliklar keltiradi.  Bu  ishda 
xudolar  m adadkor  bo ‘lishlarini  iltijo  qiladi.  S hundan  so‘ng,  u  d o ‘stlari 
bilan dabdabali bazm  boshlaydi.  Bazm  yarim kechagacha davom  etadi. 
Uni kechasi bilan bezgak tutib chiqadi. Ertasi kuni ham  yuvinib, qurbonlik 
keltiradi. Nearx va boshqa qo'mondonlarga esa 3 kundan keyin suzib ketishga 
tayyor  turish  buyurilgandi.  U chunchi  kuni  yana  yuvingach,  noziri 
qurbonlik  keltiradi.  Lekin  bezgak  to ‘xtam asdi.  S hunga  q aram ay, 
qo‘m ondonlarni chaqirib,  ketishga tayyor b o ‘lib turishlari haqida buyruq
372

beradi.  K echqurun  u  yuvingandan  so‘ng,  o ‘zini  yom on  seza  boshlaydi. 
Shundan so‘ng  kuni uni hovuz yonida joylashgan xonaga olib o ‘tishadi. 
Bu  yerda  u  yana  qurbonliklar  keltiradi.  Aleksandrning  ahvoli judayam  
og£irlashadi.  Shuning  uchun  uni  saroyga olib  o ‘tishadi.  U  oldiga  kirgan 
q o ‘m ondonlam i  taniydi.  Lekin  ovozi  chiqmasligi  sababli  ularga  hech 
narsa  deya  olmaydi.  Hikoya  qilishlaricha,  jangchilar  uni  ko'rm oqchi 
bo‘lishadi.  Ayrimlari  uning  tirikligini,  ayrimlari  esa  Aleksandr  o ‘lgani 
shaxsiy soqchilari jasadni  yashirayotganliklarini  eshitib,  shunga  ishonch 
hosil  qilishmoqchi  b o ‘lishadi.  Aleksadr  o ‘zini  k o ‘rgani  kirgan  har  bir 
jangchining qo ‘lini qisardi.  Pifon, Attal,  D em ofont,  Pevkest,  Kleom on, 
M enad,  Selevk  Serapis  ibodatxonasida  tun ab   xudodan  A leksandrni 
ibodatxonaga olib o ‘tishsa,  unga yaxshi b o ‘lish-bo‘lmasligini bilmoqchi 
bolishadi.  X udodan  kelgan  ovoz  Aleksandr joyida  qolsa,  unga  yaxshi 
bo'lishini aytadi.  D o‘stlari Aleksandi^a bu gaplarni yetkazishadi. Aleksandr, 
xuddi  o ‘lim  unga eng yaxshi  narsa b o ‘lib tuyulayotganday vafot etadi.
'  0 ‘lim i  oldidan  d o ‘stlari  A leksandrdan  «Podsholikni  sen  kim ga 
qoldirasan»  deb  so‘rashsa,  u  «Eng  yaxshiga»  deb javob  beribdi.  Yana: 
«Sezyapman,  qabrim   ustida  qattiq tortishuv  b o ‘ladi»  -  deb  q o ‘shim cha 
qilibdi.
Aytishlarigaqaraganda,  Aleksandr  A ntipatr  yuborgan zahardan o ‘lgan. 
A ntip atrg abu   zaharni  jiyani  Kallisfenning  fojiaviy  qism atini  eshitgan 
Aristotel  tayyorlab  bergan.
Aleksandrga  zaharni  Kasandrning  kichik  ukasi  Iollay  bergan.  Iollay 
shohning  vino  quyuvchi  soqchisi  bo'lgan.  Shohni  zaharlashning  boisi 
o ‘lim idan oldin Aleksandr uni xafa qilgan  ekan.
Boshqa birovlar bu  ishga  lollayning d o ‘sti  M ediy ham  aralashganini 
aytishadi.  M ediy  A leksandrni  shuning  uch u n   bazm ga  tak lif  etadi. 
Aleksandr kilik vinosini  ichib,  biqinida sanchiq  paydo b o ‘lganini  sezadi 
va  bazm dan  ketadi.  Kimdir,  Aleksandr  o iim in i  sezib,  Evfratga  o ‘zini 
tashlamoqchi b o ‘lganini, o ‘zini xudolar avlodidan chiqib, yana xudolarga 
qaytib  borm oqchi  b o ‘lganini  aytadi.  Xotini  Roksana  buni  ko‘rib,  uni 
to ‘xtatadi. Aleksandr unga boshqa qaytib kelmaydigan sharaf, xudo boMish 
sharafidan m ahrum  qilganligini xafa bo'lib aytadi1.
Shohning o ‘limi  haqidagi  quyidagi  fikrlar ham   e ’tiborlidir.
1 Arrian.  O lsha  asar,  2 3 5 -  bet.
373

H am m a vaqt biron-bir tashvishda yurgan Aleksandr xudoga ishonmay 
qoladi.  Saroyda esa qurbonlik qiladigan odam lar ko‘payib qolgan edi.
Gefestionga tegishli bo'lgan  motamni Aleksandr bekor qiladi.  Shundan 
so'ng  u  yana  diniy  m arosim larda qatnasha boshlaydi.  Bir kuni  Nearxni 
qabul  qilganidan  so‘ng  u  yotish  oldidan  odatdagidek vanna qabul  qilib, 
dam olmoqchi bo‘lib turganda  Midiya kelib, bazmga taklif qiladi. Aleksandr 
u yerda kuni bilan, ertasiga ham  kechgacha ichimlik ichadi.  Kechga borib 
esa uni bezgak tutadi. Aytishlaricha, Aleksandr bazm da Gerakl qadahidan 
ichgan.  Shundan so‘ng orqasida nayza sanchilgandek og‘riq sezgan.
Aristobulning  aytishiga  qaraganda,  bezgak  payti  A leksandr  qattiq 
chanqab,  ko‘p vino ichib qo‘ygan.  Shundan so‘ng u alahsiray boshlagan 
va  Desiya oyining o ‘ttizinchi kuni vafot etgan.
Desiya oyining o ‘n sakkizinchi kuni ham m om da u qattiq charchog‘ni 
sezib,  uxlab qoladi. Taksiark va  Pentakosiarxlarga esa tunni yaqin o ‘rtada 
o ‘tkazishlarini  aytadi.  Yigirma beshinchi  kuni esa uni  saroyning boshqa 
xonasiga olib o ‘tishadi.  Bezgak bezovta qilishiga qaram ay,  u biroz uxlab- 
oladi.  Oldiga  q o ‘m on d o nlar  kelishganda  A leksandr  ularga  bir  so‘z 
aytolmaydi.  Bu  hoi  yigirma  oltinchi  kuni  ham   takrorlanadi.  Shu  kuni 
Pinton bilan Selevk Serapis ibodatxonasiga yuborilgan edilar.  Ular xudodan 
Aleksandmi ibodatxonaga olib kelish kerak yoki kerak emasligini so‘rashadi. 
Xudo Aleksandmi joyida qoldirishni buyuradi.  Yigirma sakkizinchi kuni 
kechqurun  Aleksandr  vafot  etadi2.
0 ‘shanda  A leksandm i  zaharlashgani  hech  kim ning  hayoliga  ham  
kelmaydi.  Aytishlaricha,  besh  yildan  so‘ng  O lim piada  h ar  xil  m ish- 
mish gaplarga ishonib, ko‘pgina sarkardalami o ‘ldirib yuboradi. Aleksandrga 
zahar  bergan  deb,  Iolaning  qabrini  qazdirib,  uning  qolgan  suyaklarini 
so c h ib   ta sh la s h n i  b u y u ra d i.  G a g io te m id n in g   a y tis h ic h a ,  z a h a r 
A ntipatraning buyrug‘i bilan berilganA ntipatrani esaAristotel yuborgan.
Z ahar rolini N opakr yaqinida joylashgan bir qoyadan oqib tushadigan 
m u z d ay   suv  b a ja rg a n .  B o sh q a la rn in g   a y tis h la ric h a ,  A le k sa n d r 
zaharlanm agan.  U  ko‘p kun betob yotib, bu vaqt ichida zaharlanishning 
belgisi  paydo  b o ‘lmagan.  Bunga  Aleksandrning  tanasi  isbot  b o ‘lishi 
mumkin.
0 ‘sha  vaqtda  R oksana  h o m ilad or  b o iib ,  m akedoniyaliklarning 
hurm atiga  sazovor  b o ‘lgan  edi.  Judayam   rashkchi  b o ‘lgani  uchun  u 
Statirni  yom on  ko‘rardi.  Roksana  Statir  va  uning  singlisini  o ‘ziga jalb 
qilib,  ikkalasini  ham   o id irib ,  jasadlarini  quduqqa  tashlaydi.  Bu  ishda
374

unga  Perdik yordam beradi. Aleksandr o ‘lgandan so‘ng,  Perdik Arrideyni 
olib yurgani uchun katta mansabga ega b o ‘ladi. Arridey yoshligidan kalta 
fahmligi bilan ajralib turardi.U   Filippning o'g'li b o ‘lib,  onasi  Filinnaedi. 
Aytishlaricha,  bolaligida juda  aqlli  bo'lgan  Arrideyni  Olim piya  turli  xil 
yo'llar  bilan  aqldan  ozdirib  qo'ygan.
Aleksandrning  o'lim i  sabablari  bilan  birga,  undan  so'ng  yuz  bergan 
voqealar ham  qiziqarlidir.
T abiiyki,  A lek san d rn in g   o 'lim id a n   s o 'n g   u n in g   q o 'l  ostidagi 
hokim liklarda  toj-taxt  uchun  kurash,  jang-u  jadallar,  ichki  urushlar 
kuchayib ketadi.  Aleksandrning taxtiga ko'plab shohlar birin-ketin kelib 
o'tiradi.  Lekin ularning birontasi ham Aleksandrning o'm in i bosolmaydi.
Bunday ja n g -u  jadallar,  ichki  nizolarning  kuchayib  ketganligi,  toj- 
u  taxt  uch un   talashishlar  haqida  D iodorning  yozganlari  haqiqatga 
yaqindir. Adibning ta ’kidlashicha, Aleksandrning o'lim idan keyin o'm iga 
o'g'li bo'lm agani tufayli taxt  uchun talashish boshlanadi.  Piyoda askarlar 
F ilippning  o 'g 'li  A rrideyni  shoh  qilib  tayinlaydi.  Perdikk  esa uning 
yordamchisi etib tayinlanadi.  Chunki Aleksandr Perdikka o'lim i oldidan 
o 'z   uzugini  bergan  edi.  Shunday  qilib,  Perdikk  A rrideydan  keyingi 
hukm dor bo'lib olib,  ham m a sarkardalarni yig'adi va bosib olgan butun 
y e rla rn i  u la rg a   b o 'l i b   b e ra d i:  M is rn i  P to lo m e y g a ,  S u riy a n i 
Mitilenskiyga,  Kilikiyani  Filotga,  M idiyani  Pifonga,  Paflagoniya  va 
K a p p a d o k iy a n i  E v m e n g a ,  P a m filiy a n i  A n tig e n g a ,  K a riy a n i 
K asandraga,  Lidiyani  M eleonnatga,  Frigiyani  Leonnatga beradi.  Qora 
dengiz bo'ylari  bilan  birga  Frakiyaga  Lisimaxni,  M akedoniya va  unga 
qo 'sh n i  hudu dlarg aA ntipatrn i  hukm dor  qilib  tayinlaydi. Kavkazdagi 
Parapamisadni  Baqtriya shohi Oksiartga topshiradi.  Bir vaqtlari Aleksandr 
O ksiartning qizi  Roksanaga  uylangan edi.  Soliya, Ariya va  D rangianni 
Stasanorga,  B aqtriyavaSo'g'diyonani  Filippga,  ParfiyavaGirkaniyani 
F ra ta fe rn g a ,  M id iy an i  A tro p a tg a ,  B obilni  A rx o n ta   va  n ih o y a t 
M esopotamiyani Arkesilayga topshiradi.
Aleksandr jasadi ortilgan aravani bezashni Arrideyga topshiriladi.  Bir 
vaqtlari Aleksandr Gefestion xotirasini abadiylashtirish uchun juda katta, 
mablag'  ajratgan edi.  Perdikk esa katta yig'ilishda makedoniyaliklar bilan 
kclishgan  holda  m ana shu  m ablag'ning bir qismini  Aleksandr xotirasini 
abadiylashtirishga qaror qiladi.  Juda ko'p joylarda, jum ladan, Afrikadan 
to  Ispaniyagacha va undan Sitsiliyagacha bo'lgan  masofada Aleksandrga 
atab juda ko'plab ibodatxonalar qurdiradi.
375

Shunday  qilib,  Aleksandrdan  bizga  antik  o ‘tm ishim izni  yorituvchi 
yorqin  sahifalar qoldi.  Biz bu sahifalarning ayrimlarini  varaqlab,  ularda 
bobokalonlarim izning  qiyofasini  ko‘rdik,  xolos.  Hali  b u n d ay   tirik 
sahifalarn ing   qan chasi  qadim   o 'tm ish im iz  h aqida  so ‘z  o ch u v ch i 
hikovatlarni  o ‘z bag‘riga olgan.  Ularni yoritish esa kelajakning ishidir.
XULOSA
Antik  davrlarda  atoqli  sarkardalar,  shoh  va  shahzodalar  ja n g -u  
jadallarni, jahongirlikni  buyuklik  namunasi  deb  bilishgan.  Qirg‘inbarot 
urushlarda g'oliblik sarkarda va shohlar uchun ulug‘lik keltirgan.  Bu yo‘lda 
behisob  insonlam ing  qurbon  b o ‘lishi  bilan  hech  kim  qiziqm agan,  balki 
janglarda  m uzaffar b o ‘lish  shon-u shavkat hisoblangan.  Shuning  uchun 
ham ,  o ‘tm ishda  qabilalar,  ellar  va  elatlar,  m am lakatlar  o ‘rtasida  juda 
ko‘plab  urushlar  b o iib   turgan.  Shohlar  Iskandarday  jahongir  b o ‘lish 
orzusida bo‘lishgan.
T o ‘g‘ri,  Aleksandr  Makedonskiy biz uchun bosqinchi.  Chunki  uning 
yurtimizga  bostirib  kelganligi  tarixiy  asarlarda  izohlangan.  Biz  uchun 
Aleksandr  shaxsi  bilan  birgalikda  o ‘sha  davrlar  0 ‘rta  Osiyo  tarixini 
o ‘rganish  m uhim  ahamiyatga egadir.  Bunday tahlil jarayonida bizga grek 
va  Rim tarixiy asarlari yaqindan yordam  beradi.
Aleksandr juda chiroyli, jam oatchi, epchil,  haqiqatni sevadigan,  mard 
kishi  edi.  U  jang-u  jadallarni  sevar  va  xudolarga  sig‘inardi.  Jism onan 
baquvvat,  maqtovlarga  hech  qachon  to ‘ymas  edi.  Voqealarni  oldindan 
ko‘ra bilish qobiliyatiga ega edi.  Qanday yo‘1 tutish  kerakligini juda yaxshi 
bilardi.  U jangchilam i  qanday qilib safga terish va qurollantirish  ham da 
boshqa  harbiy anjom lar bilan ta ’minlashni besh  q o ‘ldek bilar edi.  Hech 
kim  unchalik jangchilarning  ruhini  ko‘tara  olmasdi,  o ‘zining  botirligi 
bilan  har  qanday  qo‘rquvni  yenga  bilardi.  U  ham m aning  ko‘z  o ‘ngida 
q a t’iyatlik bilan  harakat qilardi.  Hech  kim  unchalik dushm anni  aylanib 
o ‘ta olmas,  ularning harakatlarini oldindan ko‘ra bilmas va unga xavf sola 
olmas  edi.  U  hech  qachon  kelishuv  va  shartnom alarni  buzmasdi.  U ni 
hech kim alday olm as va laqillata olmasdi.  0 ‘zining boyligini ham m aga 
saxiylik bilan  in’om  etardi.
Aristobulning  aytishicha,  u  bazm larni  vino  uchun  em as,  d o ‘stlari 
uchun o ‘tkazardi.  Aleksandrning o ‘zi esa kam ichardi.
376

Arrianning ushbu so‘zlarida Aleksandrni  ijobiy baholashga anchagina 
moyillik bor b o ‘lsa-da, o ‘quvchini chuqur o ‘ylashga,  antik zam onam izga 
qadam  qo‘ygan bu ikki qit’a shohi haqida m ushohada yuritishga majbur 
etadi.
Bu o ‘rinda Yustinning «Pompey Trog epitomi» asarida bayon qilingan 
Aleksandrning o lim i va undan keyingi kuchayib ketgan ichki ziddiyatlar 
haqidagi  m ulohazalam i  keltirib  o ‘tish  maqsadga  muvofiqdir.  «Pompey 
Trog  epitomi»  asarida  keltirib  o ‘tilgan  ushbu  epizod  «Aleksandrning 
yurishi»  asarining  so'nggi  sahifalariga  ko‘p jih atd an  o ‘xshab  ketsa-da, 
ayrim jihatlari bilan undan tam om an ajralib turadi.  Bu o ‘xshash va farqli 
tom onlarni o ‘quvchining o ‘zi anglab olishi oson b o ‘lganligi uchun,  unga 
ortiqcha izoh berishga hojat yo‘q.
0 ‘lim idan  to ‘rt  kun  oldin  A leksandr  u m rining   oxirgi  soniyasi 
yaqinligini  anglaydi.  Z akidlar avlodining k o ‘pchiligi  o ‘ttiz yoshgacha 
vafot etganligini eslaydi.  A leksandrni shahardagi eng baland joyga olib 
chiqadilar.  U  h am m a jangchilariga o ‘zini  k o ‘rishga  ruxsat berib,  o ‘ng 
qo ‘lini  o ‘pishga  uzatadi.  A trofda h am m aning yig‘lashiga qaram asdan, 
u  b ir  to m c h i  h a m   k o ‘z  yoshi  c h iq a rm a y d i.  A k sin c h a ,  u la rn i 
tin c h lan tirar,  b a ’zilariga  m aslahatlar  berardi.  U n in g   irodasi  faqat 
dushm ani  oldidagina em as,  hatto  o ii m  oldida h am  sh u n ch alik  q a t’iy 
edi.  Jangchilari  bilan  vidolashib,  d o ‘stlaridan  o ‘ziga  o ‘xshash  shoh 
to p a  olishlarini  aytadi.  H am m a jim   qoladi.  U  o ‘z  jasadini  A m m on 
ib o d a tx o n a s ig a   d a fn   q ilis h n i  b u y u ra d i.  U n in g   o la m d a n   k o ‘z 
yum ayotganligini  sezgan  do 'stlari,  davlat  vorisi  qilib  k im ni  tayinlash 
lozim ligini  so £rashadi.  U  eng  loyiq  kishini  deb javob  qiladi.  O ltinchi 
kuni  A leksandr  tildan  qoladi  va  uzugini  yechib  P erdikka  beradi.  Bu 
bilan  u avjiga chiqayotgan o ‘zaro  nizoga chek q o ‘yadi.  S hunday qilib 
taxt  vorisi  saylanadi.
Aleksandr  33  yoshga  to ‘lib  olam dan  ko‘z  yumdi.  Bu  o ‘z  ruhining 
ulkanligi tufayli  odam zod tabiatidan yuqori turgan bir inson  edi.  Uning 
onasi  O lim piada  qadim dan  dong  chiqargan  zakidlar  avlodidan  edi. 
Aleksandr  tug‘ilishhi  arafasida  uning  buyukligini  bildiruvchi  belgilar 
paydo b o ‘lgan.  Chunki u tug‘ilganda, kun bo‘yi saroy tom ida ikki burgut 
q o ‘nib,  ular ikki  q it’a  -  Yevropa va  Osiyo hokimligiga  ishora edi.  Xuddi 
shu kuni  uning otasi  ikki  g‘alaba  -  Illiriya urushi va  O lim piada o ‘yinlari 
haqida  xushxabarlar  olgandi.  Bu  belgilar  chaqaloqqa  kelajakda  barcha 
mamlakatlar ustidan g‘alaba qilishini oldindan aytib berardi.  Bola fanlami
377

tirishqoqlik  bilan  o ‘rganadi.  5  yil  mobaynida  yosh  Aleksandrga  buyuk 
faylasuf Aristotel  ustozlik qiladi.
Hokimiyatni  q o ‘lga  olgach,  Aleksandr o ‘zini  butun  dunyo  podshosi 
deb e ’lon qiladi.  0 ‘z qo'shini  ichida shunchalik katta  ishonch qozongan 
ediki,  u  bor  joyda  qo'shini  hatto  qurolsiz  b o ‘lsa  ham   dushm andan 
qo‘rqmasdi.  Shuning uchun ham , jahonda u yengmagan na bir dushman, 
u  olm agan  na  bir  shahar,  u  b o ‘ysundirmagan  na  bir  xalq  yo‘q  edi. 
Nihoyat  u  o ‘z  yaqinlarining  sotqinligi tufayli  vafot  etadi.
Buyuk Aleksandrning bevaqt o ‘limidan keyin butun Vavilionda qayg‘uli 
sukut  hukm   sura  boshlaydi.  U nga  tobe  bo'lgan  qabilalar  uni  faqat 
yengilm as,  q u d ratli  ku ch   deb  atab  qolm asdan ,  balki  o ‘lm as  deb 
hisoblashar,  boqiy  umrga  d a’vogar deb o'ylashar,  shuning uchun  uning 
o'limiga hech  ishonmasdi.  Uning haqiqatan ham  o ‘lganligini bilgan xalq 
uni  ota  sifatida  eslay  boshlashadi.  Lekin  eng  dahshatlisi,  sarkardalar 
podshohlikka talashib,  toj-taxt  uchun janglar  avj  oladi.  Piyoda  askarlar 
cheksiz boylik va oltinga huruj qilib, behisob qotilliklar boshlanadi.
Aleksandr vafotidan keyin, uning ayrim safdoshlari qanchalik xursand 
bo'lgan bo‘lsalar ham o ‘zlarini  ilgarigidek to la  xavfsizlikda sezmas edilar, 
ch u n k i  u la rn in g   h a m m a si  b ir  narsaga,  ta x tg a  in tila r  edi.  U lar 
jangchilarining  qotillik  qilib  q o ‘yishidan,  sotqinlik  va  xiyonatga  q o ‘l 
urishlaridan  xavfsiray  boshlashadi.
Sharq  xalqlarining  tili,  urf-odati,  yashash  tarzi,  m adaniyati  bir- 
biriga juda yaqin va o ‘xshashdir.  Bu yaqinlik va o ‘xshashlik,  eng avvalo, 
din va tarixiy o ‘tmish  bilan cham barchas bog'liq.
Geografik  sharoiti  bir-biri  bilan  bog‘lanib  ketgan  sharq  xalqlarining 
dini  ham   qadim dan  bir b o lg an .  Bu  narsa  islom  dini  paydo  bo'lgandan 
keyin  vujudga  kelgani  yo'q.  M usulmon  dini  yoyilmasdan  o 'n   asrdan 
ko‘proq  vaqt  ilgariyoq  zardushtiylik  diniga  sig‘inib  kelgan.  Jam shid, 
A xuramazda, A xriman,  G oya M oretan,  Naxit,  Xubbi kabi eng qadimiy 
ilohiy kuchlarga sig‘ingani sharq xalqlarining o'tm ishda ham  qismati bir- 
biri bilan cham barchas bog‘lanib ketganligidan dalolat beradi.
Sharq  xalqlarining  qadim iy  o ‘tmishiga  nazar  tashlar  ekanm iz,  bu 
bepoyon  o ‘lkada  asosan  ikki  tilda,  fors  va  turkiy tillarida  so‘zlashuvchi 
qabilalar yashaganiga guvoh b o ‘lamiz.  Uzoq  asrlar davom ida bu  ikki  til 
o ‘rtasida ham  shu darajada yaqinlik vujudga keldiki, bir til  ikkinchi tildan 
kirib  kelgan  so‘zlar hisobiga boyidi.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 63%20Тарих%20фанлари
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti
63%20Тарих%20фанлари -> «0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi. 1-kitob. Shamsuddinov R, Karimov SH.pdf [Abulhasan simjuriy Muhammad ibn Ibrohim]
63%20Тарих%20фанлари -> Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
63%20Тарих%20фанлари -> Vatan tarixi 2-kitob. Shamsuddinov R.pdf [Ahmadbekhoji mehmonxonasi]
63%20Тарих%20фанлари -> «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bo sh tahririyati
63%20Тарих%20фанлари -> Namangan davlat universiteti e. Kenjayev qadimgi dunyo tarixi
63%20Тарих%20фанлари -> O`zbekiston tarixidan universal qo`llanma tmp9232.pdf [Amudaryo xazinasi]
63%20Тарих%20фанлари -> A b d u m a jid m a d r a im o V gavhar fuzailo va

Download 9.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling