Fe’l nisbatlari


Download 39.5 Kb.
Sana27.04.2020
Hajmi39.5 Kb.

Fe’l nisbatlari

1. Qanday fe’llar o’timli fe’llar sanaladi ? A) belgili va belgisiz tushum kelishigi shaklidagi so’zlar bilan bog’lana oladigan fe’llar B) vositasiz to’ldiruvchi bilan bog’lana oladigan fe’llar C) obyektli fe’llar D) A , B va C

2. Subyekt(bajaruvchi)ning harakat-holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini ifodalovchi shakllar qanday ataladi ? A) fe’llarning zamon shakllari B) fe’llarning shaxs-son shakllari C) fe’llarning nisbat shakllari D) fe’llarning mayl shakllari

3. Qaysi nisbat shakli bir fe’lga birdan ortiq qo’shilishi mumkin ? A) o’zlik B) birgalik C) orttirma D) majhul

4. Qaysi javobda birgalik nisbat shaklidagi fe’llar berilmagan ? A) borishdi , aytishdi B) qarashdi , ko’rishdi C) solishdi , tortishdi D) do’stlashdi , salomlashdi

5. Qaysi gapda o’zlik nisbat shaklidagi fe’l berilmagan ? A) Navoiy sehrli sadolarga beixtiyor berildi B) Anvar ohista yiqildi C) Karim sekin borib o’rindiqqa joylashdi D) Navoiyning asarlari butun dunyoga yoyilgan

6. Undosh tovush bilan tugagan bir bo’g’inli fe’llardan orttirma nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar berilgan javobni tanlang . A) –ir , -ar , -iz B) –sat , -it , -t C) –tir , -dir , -qaz D) –gaz , -g’az , -giz

7. Qaysi gapda majhul nisbat shaklidagi fe’l berilgan ? A) Anvar kambag’al bo’yoqchi oilasida tug’ildi B) Bola erkalanib dadasining yelkasiga osildi C) Kuz kelib , daraxtlarning yaproqlari sarg’ayib to’kildi D) Xat Sharifa tomonidan yozildi

8. Qaysi javobda ham o’zlik , ham majhul nisbat shakli sifatida talqin qilish mumkin bo’lgan fe’llar ko’rsatilgan ? A) uzilmoq , burilmoq B) egilmoq , bukilmoq C) otilmoq , ochilmoq D) A , B va C

9. Qaysi javobda ham aniq , ham birgalik nisbat shakli sifatida talqin qilish mumkin bo’lgan fe’llar berilgan ? A) ko’rishmoq , urishmoq B) tortishmoq , qarashmoq C) kurashmoq , olishmoq

10. Qaysi javobda ham o’zlik , ham aniq nisbat shaklida talqin qilish mumkin bo’lgan fe’llar berilgan ? A) joylashdi , qorishdi B) kerishdi , terishdi C) ikkilandi , shodlandi C) o’ksindi , qiynaldi

11. Qaysi nisbat shakli o’timsiz fe’llarni o’timli fe’lga aylantiradi ? A) o’zlik B) majhul C) orttirma D) birgalik

12. Qaysi nisbat shakli o’timli-o’timsizlikka ta’sir etmaydi ? A) o’zlik B) majhul C) birgalik D) orttirma

13. Qaysi nisbat shakllari o’timli fe’llarni o’timsiz fe’llarga aylantiradi ? 1) o’zlik 2) birgalik 3) orttirma 4) majhul A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 1,4

14. Qaysi nisbat shakllari o’timli-o’timsizlikka ta’sir etishi mumkin ? 1) o’zlik 2) birgalik 3) orttirma 4) majhul A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 1,4

15. Qaysi nisbat shakli hamisha o’timli-o’timsizlikka ta’sir etadi ? A) o’zlik B) majhul C) orttirma D) birgalik

16. Qaysi nisbat shakli o’timli fe’llardangina hosil qilinadi ? A) o’zlik B) majhul C) orttirma D) birgalik

17. Qaysi javobda o’zlik nisbat shaklidan hosil qilingan birgalik nisbat shakli berilgan ? A) g’azablanishdi B) kiyinishdi C) yuvintirishdi D) kurashishdi

18. Qaysi nisbat shaklidagi fe’llarning subyekti(bajaruvchisi) vositali to’ldiruvchi vazifasida qo’llanadi ? A) o’zlik B) orttirma C) birgalik D) majhul

19. Qaysi nisbat shaklidagi fe’llar hamisha III shaxs shaklida bo’ladi ? A) birgalik B) o’zlik C) aniq D) majhul

20. III shaxs ko’plik son shaklidagi aniq nisbat fe’llari qanday fe’llar bilan hamisha ma’nodosh bo’ladi ? A) III shaxs birlik son shaklidagi birgalik nisbat fe’llari bilan B) III shaxs ko’plik son shaklidagi o’zlik nisbat fe’llari bilan C) III shaxs birlik son shaklidagi orttirma nisbat fe’llari bilan D) III shaxs ko’plik son shaklidagi majhul nisbat fe’llari bilan

21. Qaysi nisbat shakllari vosita bilan bajarilgan harakat-holatni ifodalaydi ? A) birgalik B) orttirma C) majhul D) o’zlik

22. Qaysi nisbat shakli bajaruvch(subyekt)ning o’z ustida bajarilgan harakat-holatni ifodalaydi ? A) orttirma B) aniq C) majhul D) o’zlik

23. Qaysi nisbat shaklida subyekt ko’proq harakat-holat bajaruvchisi sifatida emas , balki uning tashabbuskori sifatida namoyon bo’ladi ? A) o’zlik B) majhul C) birgalik D) orttirma

24. Qaysi qo’shimchalar yordamida unli tovush bilan tugagan fe’llardan orttirma nisbat hosil qilish mumkin ? 1)-t 2) –tir 3) –dir 4) –ir A) 1,3 B) 1,2 C) 1,4 D) 2,4

25. Yemoq va demoq so’zlaridan fe’llarning qaysi nisbat shakllarini hosil qilsak , tovush ortish hodisasi sodir bo’ladi ? 1) majhul 2) birgalik 3) orttirma A) 1,2,3 B) 1,2 C) 1,3 D) 2,3

26. Qayirmoq va ayirmoq fe’llaridan qaysi nisbat shaklini hosil qilsak , tovush tushish hodisasi sodir bo’ladi ? A) orttirma B) majhul C) o’zlik D) o’zlik yoki majhul

27. Qaysi javobda o’zlik va orttirma nisbat shakllari juftligi berilgan ? 1) bezanmoq-bezalmoq , kiyinmoq-kiyilmoq 2) ko’rinmoq-ko’rilmoq , sevinmoq-sevilmoq 3) yasanmoq-yasalmoq , o’ranmoq-o’ralmoq 4) maqtanmoq-maqtalmoq , yopinmoq-yopilmoq A) 1,2,3,4 B) 1,2,4 C) 1,2,4 D) 2,3,4

28. Qaysi javobda o’zlik nisbat shaklidagi fe’llar berilgan ? 1) Gulchehra darsga tayyorlandi 2) Burgut o’z o’ljasiga tashlandi 3) Ozod to’garakka yozildi 4) Bahodir jangchi o’z qoniga bo’yaldi 5) Alisher dahlizda yashirindi A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,5 C) 2,4,5 D) 1.4.5

29. Qaysi javobda orttirma nisbat shaklidagi fe’llar berilmagan ? A) qochir , tushir B) shoshir , ko’chir C) ichir , botir D) gapir , ko’pir

30. Qaysi nisbat shakllari bir xil affiks(qo’shimcha) bilan yasaladi ? A) o’zlik va majhul B) majhul va birgalik C) o’zlik va orttirma D) o’zlik va birgalik

31. Qaysi hukm noto’g’ri ? A) bir fe’l asosiga turli nisbat qo’shimchalari ketma-ket qo’shilishi mumkin B) bir fe’l asosiga bir nechta orttirma nisbat qo’shimchasi ketma-ket qo’shilishi mumkin C) fe’lning boshqa nisbat shakllari hamisha aniq nisbat shaklidan hosil qilinadi D) nisbat qo’shimchalari o’timli-o’timsizlikka ta’sir etishi mumkin

32. Qaysi javobda holat fe’llari berilgan ? A) yugurmoq , tushmoq B) kirmoq , ulamoq C) tikmoq , aylanmoq D) yasharmoq , isimoq

33. Qaysi javobda aniq nisbat shaklidagi fe’llar berilgan ? A) jonlanmoq , faxrlanmoq , odatlanmoq B) harakatlanmoq , zavqlanmoq , gururlanmoq C) go’zallashmoq , ommalashmoq , hazillashmoq D) A , B va C

34. Aniq nisbat shakli kesim vazifasida qo’llangan gapdagi obyektni egaga , subyektni vositali to’ldiruvchiga aylantirish natijasida qaysi nisbat hosil qilinadi ? A) majhul B) o’zlik C) birgalik D) orttirma

35. Qaysi javobda subyekt(bajaruvchi) ham qatnashgan majhul nisbatli gap berilgan ? A) Ilg’or terimchilarga mukofot berildi B) Paxta dalalari go’zapoyadan tozalandi C) Mehmonlar uchun quyuq-suyuq tortildi D) Bayram ssenariysi Komiljon aka tomonidan tuzildi



36. Harakat-holat obyekti , asosan , qaysi kelishik shakli bilan ifodalanadi ? A) chiqish B) tushum C) jo’nalish D) o’rin-payt
Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling