Ferma 4-fasl


Download 409.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana16.04.2020
Hajmi409.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8

 
9-QISM 
GENERAL GRANT 
 
Mana William hokimiyat tepasiga kelib, odamlarni oyoqqa turgazganiga 
ham 1 oydan oshdi. U boshchilik qilayotgan olimlar guruhi vampirlarni 
o'ldira oladigan darajadagi kuchli bo'lgan miltiqlarni yasashdi. Yuz 
kishidan iborat ovchilar guruhi esa "YSM" dan tashqariga chiqib, 
qurolni vampirlarda sinab ko'rishdi. William Minerva qo'shinga 
boshchilik qilish uchun 40 yoshli kuchli, irodali va aqlli harbiyni topib 
keldi. Uning ismi general Grant bo'lib, 35 yoshigacha "YSM" ichki 
qo'shiniga rahbarlik qilgan. Keyin esa birgina arzimas xatosi tufayli 
ishdan chetlashtirilgan. 
 
–U odamdan badbo'y hid kelyapti,-dedi burnini berkitib olgan Roza 
qo'lidagi buterbrod to'ldirilgan patnisni stol ustiga qo'yib,-Nega dadamiz 
uni uyga olib keldi o'zi? 

 
Sal nariroqdagi stol ustidagi xaritaga bir nimalarni chizib o'tirgan Grant 
bolalarning gapini umuman eshitmay, yonidagi ichkilik to'ldirilgan 
idishdan bir ho'plab qo'ydi. 
–Bilmadim...bunday piyonista odamga ishonish mumkinmikan...Emma, 
sen nima deysan?-Luna chekkada kitob o'qib o'tirgan Emmaga yuzlandi. 
–Bilmayman. Ammo dadamiz bu odamni bekorga tanlamagani aniq. 
Shunchaki ichkilikdan biroz chalg'itilsa, bizga ancha foydasi tegadigan 
odam bo'ladi. 
 
–Hoy mallasoch, menga yeyishga biror narsa olib kel!-Grant xarita 
joylashtirilgan stol qarshisidagi yumshoq kresloga o'tirib olib, buyruq 
berdi. 
–Mallasoch? U meni aytyaptimi?-so'radi Emma qizishib. 
–Ma ol, mallasoch,-Roza qo'lidagi patnisni Emmaga uzatdi. Emma 
buterbrod to'ldirilgan patnisni Grantning yoniga qo'yib, asabiy ohangda 
gap boshladi: 
–Janob, umuman olganda, bu sizning uyingiz emas. Yaxshisi dadam 
bilan hokimiyat binosida ishlashingiz kerak. 
–Menga aql o'rgatma. Janob Minerva meni ataylab shu yerga jo'natdi. 
Haqiqiy ish kechasi boshlanadi. 
–Bu bilan kechgacha ichib o'tiraman demoqchimisiz?-so'radi nargi 
kresloda kitob o'qib o'tirgan Rey. 
–Sen umuman aralashma, uyquchi siklop. Senga o'xshab boshimga kitob 
qo'yib olib uhlamayapman. Agar bilsang, hozirning o'zida siz bergan 
shtab xaritasini butunlay o'rganib chiqdim. 
–Siklop?! Haddingizdan oshmang, janob! Undan ko'ra sasiyotgan 
og'zingizni yopib o'tirsangiz bo'lardi. 
–Kelinglar, qizishmaymiz,-dedi oshxonadan chiqib kelgan Mayk,-Men 
dadamiz bilan gaplashdim. Bir necha soatdan so'ng yetib kelar ekan. 

–Ana, demak meni bir necha soat bezovta qilmaysiz. Qani, boshqa 
xonaga o'tinglar. Tez! Axir uy juda katta-ku. 
–Janob, bu uy bizniki,-dedi Luna,-Agar xohlasangiz sizga alohida xona 
ajratib beramiz. Derazasi ham bor, badbo'y hidlar chiqib ketadi. 
–Rahmat, to'rtko'z, ammo stol ustida qog'ozlar ko'p. Qaytadan 
joylashtirilsa, chalkashib ketishim mumkin. 
–Axir bittagina xarita va 2-3 ta qog'oz turibdi, xolos-ku!-baqirib yubordi 
Emma. 
–Bo'ldi, bas! Menga halaqit bermang. Bo'lmasa dadangizga hisobot 
tayyorlay olmay qolishim mumkin! 
 
 
 
Oradan 4 soat o'tdi. 
William Minerva ishdan qaytdi. Endi uni doim o'nlab odamlar qo'riqlab 
yurishadi. Uy atrofini ham soqchilar bosib ketgan. Chunki ayrimlar 
vampirlar odamlar ichidagi josuslari yordamida Williamni o'ldirishi 
mumkin deb qo'rqishyapti. 
U kelgach, barcha bolalar va general Grant stol ustidagi xarita yoniga 
yig'ilishdi. 
 
–Kelinglar, avval "YSM" haqida gaplashib olamiz,-dedi Grant,-Bizdagi 
eng katta muammo – poytaxt devor ortidagina joylashganida. Poytaxt 
aslida markazroqda joylashishi kerak edi. Hatto janubdagi ayrim 
shaharlarga prezident almashgani haqidagi xabar yetib ham bormagan. 
Janubiy shaharlar urushdan mutlaqo bexabar. 
–Biroz oshirib yubordingiz, Grant,-William shunday deb stol ustida 
turgan qahvasidan ho'plab qo'ydi,-Ularga allaqachon barcha xabarlar 
yetkazib bo'lingan. Ha aytgancha, jurnalist Marta Gudmen ham bizning 
foydamizga maqolalar yoza boshladi. 

–Boshqa iloji ham yo'q,-dedi Emma,-Aks holda uni qanday taqdir 
kutishini yaxshi biladi. 
–Kelinglar, mavzuga qaytamiz,-aralashdi Mayk,-Birinchidan, biz qaysi 
shtabga hujum qilamiz? Bizga eng yaqin bo'lgan Anabellaning 
shtabigami yoki Lord Lyuvisnikigami? 
–Eng avval "B32" ga hujum qilamiz,-dedi William,-U yer 
kichkina...qolaversa, u yerda ukam bor. 
–Agar bunday qiladigan bo'lsak, ular bizni g'orning o'zidayoq kul qilib 
yuborishlari mumkin,-dedi Rey. 
–U holda nima qil deysan? 
–Menda reja bor,-qo'lini ko'tardi Emma,-Agar Anabella xonim haligacha 
tirik bo'lsa, u ham bizga yordam berishi tayin. Agar yordam berishdan 
bosh tortsa, askarlarimizni uning shtabiga jo'natamiz. Ammo Anabella 
nima bo'lganda ham o'lmasligi kerak. Chunki u bizga yordam berdi... 
–Sen qayerdagi vampirga ishonmoqchimisan?-baqirib so'radi Grant. 
–Aytyapman-ku, u bizga yordam berdi! 
–Balki shunchaki va'da buzilib, yana odamlarni ov qila olish istagida 
shunday qilgandir?-so'radi William. 
–Bilmayman...xullas u bilan gaplashib ko'ramiz. Agar chindan ham 
maqsadi shu bo'lgan bo'lsa, bazasini kuch bilan egallab olamiz. 
–"B32" nima bo'ladi?-so'radi Luna. 
–U yerga dadamiz, men, Mayk va Rey boramiz. 
–Nima?!-baqirib yubordi Don,-Qayerdan buncha ishonch? 
–Axir bir oydan beri miltiq otishni o'rganib kelyapmiz-ku. Men ham, 
Rey va Mayk ham qurol ishlata olamiz. Lekin menimcha u yerda 
ortiqcha qotillik bo'lmaydi. 
–Emma, men ukamni ko'ndira olmasligim ham mumkin. Agar shunday 
bo'lsa, barchamiz o'lib ketamiz. 
–O'tgan gal u bizni shunchaki qo'yib yuborgandi. U bekorga bunday 
qilmagan. Uni albatta ko'ndiramiz! Bunga ishonchim komil. 

–Bu qizga ishonmang,-dedi Grant,-Bu qiz hattoki vampirga ham 
ishonadigan darajada hayolparast ekan. Aql bilan ish ko'rish kerak. 
–Keyin, nega endi sizlar ham urushga borishingiz kerak?-so'radi Roza,-
Axir hali 18 yoshga to'lmagansiz. Bu juda ham xavfli! 
–Roza, biz eplaymiz. Axir anchadan beri o'rganib kelyapmiz-ku. Axir 
vampirlardan qochib, shu yergacha kela oldik. Ularga qarshi jang 
qilishni ham uddalaymiz. 
–O'zingning nomingdan javob berma, Emma. Balki Rey va Mayk 
xohlamas? 
–Men qo'rqoqlik qilish niyatim yo'q,-dedi Rey,-Qolaversa, oyimning 
o'limi uchun qasos olishni xohlayman. Lyuvisning o'limiga o'z ko'zlarim 
bilan guvoh bo'lishim kerak. Men boraman. Borishim shart! 
–Lekin gap Lyuvisning o'limidamas, "B32" ga hech qanday qo'shinsiz 
kirishingizda ketyapti! 
–Roza, nimadan buncha xavotirlanyapsan?-so'radi Mayk,-Shunchaki 
bizga ishon. Albatta tirik qaytamiz. 
–Uzunsochning gaplariga qo'shilaman,-dedi Grant,-Janob Minerva, siz 
"YSM" ning yagona prezidenti ekanligingizni bilasizmi? Agar siz 
o'lsangiz, qolganlarni hech kim oyoqqa turgaza olmaydi. Aqlni ishlatib 
ish qiling. 
–"B32" ni unchalik ko'p vampir qo'riqlamaydi. U yerda hatto onalar 
bo'limi ham yo'q,-dedi Emma,-Bizga duch kelgan vampirlarni yo'q qila 
olamiz. 
–"B32" masalasini keyinga qoldiramiz!-baqirdi William,-Kelinglar, endi 
Lyuvisning shtabini qanday egallab olish yo'lini rejalashtirib chiqamiz. 
–Xo'sh? Rejalar bormi?-so'radi Rey. 
–Birinchi o'rinda sistemani qo'lga olish kerak. Ya'ni, barcha onalar va 
vampirlarga o'rnatilgan chiplarni boshqarib turadigan sistemaga. 
–Men u yerda bo'lganman,-dedi Mayk,-U labaratoriya bo'limi yonida 
joylashgan. Izabella buvini o'sha yerdan turib o'ldirgandim. 
–U yerdan turib vampirlarni ham o'ldirsa bo'ladi-ya?-so'radi Emma. 

–Yo'q,-William ham Mayk ham tengdaniga javob berishdi,-Vampirlarga 
ulangan chip shunchaki ular qayerda ekanligini ko'rsatib tura oladi. 
–Onalar masalasi-chi?-aralashdi Luna,-To'g'ri, ular shtabga 
sodiq...bolalarni ham o'limga yuborishdan toymaydi...ammo ular ham 
bir paytlar bizga o'xshagan qiz bo'lishgan-ku, to'g'rimi? Ularni 
o'ldirmasak kerak? 
–Yo'q, Luna. Ular o'lishmaydi. Bunisidan ko'ngling to'q bo'lsin. Ammo 
buvi masalasiga javob berolmayman. 
–Onalarni ozod qilish uchun birinchi o'rinda buvini yo'qotish kerak,-dedi 
Rey. 
–Qiziq...Kara oyining o'rniga kim buvi bo'ldi ekan? U 36 yoshda edi. 
Undan bir-ikki yoshga kichikrog'imi? Yoki eng tajribalisimi? 
–Mening oyim, aniqrog'i Elizabet oyi 35 yoshda edi,-dedi Roza,-Balki u 
buvi bo'lgandir? 
–Kim buvi bo'lgani bilan ishim yo'q. Eng asosiy vazifamiz shtabni yo'q 
qilish,-William shunday deb qahvasining oxirgi ho'plamini ichib qo'ydi,-
Sistemani egalladik ham deylik, keyin u yerdan turib, vampirlar qayerga 
berkinganini sheriklarimizga ratsiya orqali yetkazib berib turamiz. 
Shuningdek, u yerdan qolgan beshta fermalardagi bolalarga o'rnatilgan 
chiplarni ham nazorat qilish mumkin. Qisqa qilib aytganda, u yer shtab 
yuragi. 
–Askarlar qo'lidagi miltiqlari bilan qo'rqmay hujum qila olishlarini o'zim 
ta'minlayman,-dedi Grant,-Kim qo'rqoqlik qilsa, ikkilanmay otib 
tashlanadi. 
–Yo'q!-baqirib yubordi Emma,-Bu o'ta ketgan vaxshiylik! O'zimizniki 
bo'lgan odamlarni aslo o'ldirmaymiz! 
–Qo'rqoq do'stdan ko'ra kuchli dushman yaxshi degan gapni 
eshitmaganmisan? Bu mening uslubim! Mening uslubimni muhokama 
qilish senga emas. 
–Emma haq,-dedi William,-Grant, hech qanday vaxshiylik bo'lmasin. 
Axir o'zing yaxshi generalsan-ku. Bu uslub Rozvaldning davrida as 
qotardi. 

–Nima desangiz, shu. Xullas, qo'shindan umuman xavotir olmang. 
Asosiysi ko'p sonli harbiylar va yetarli darajadagi qurol. 
–Yaxshi...-William o'rnidan turib, qo'llarining chigalini yozdi,-
Uhlaydigan vaqt bo'ldi. Ikki kundan keyin urush boshlanadi. Yaxshilab 
tayyorlaning. Barchaga xayrli tun... 
 
 
Lord Lyuvisning shtabi 
Onalar bo'limining keng va sovuq yotoqxonasi. 
Linda yotoqxonaga kirib, bir paytlar o'zi yotgan karavotga o'tirib olib, 
Elizabet buvining kelishini kutyapti. Oradan taxminan 10 daqiqalarcha 
vaqt o'tgach qo'liga bir uyum qog'oz ko'tarib olgan Elizabet kirib keldi 
va hech narsa demay Lindaning qarshisiga o'tirdi. 
–Endi sen 3-ferma onasi emassan, Linda. 
–Bilaman...-Linda chuqur xo'rsinib qo'ydi,-Axir endi u yerda bitta ham 
bola qolmadi-ku. 
–Qanday hisni tuyyapsan, Linda? Ko'rinishing menga Karani eslatyapti. 
–Nafratni. O'zimdan o'zim nafratlanib ketyapman! Tedga bergan 
va'damning ustidan chiqa olmadim! Men barcha bolalarni himoya 
qilishga so'z bergandim, ammo... 
–Ammo ular endi yo'q. Bu uchun o'zingni ayblashing shart emas. 
Umuman, senda ham, boshqa onalarda ham, hattoki menda ham ayb 
yo'q. Barcha ayb vampirlarda. 
–Kimnidir ayblab o'tirishni xohlamayman. Iltimos, buvi, meni o'ldiring. 
Baribir o'z jonimga qasd qilaman. Meni bu og'ir gunohdan halos eting. 
–Afsuski bunday qilolmayman,-Elizabet qo'lidagi qog'ozlarni Lindaga 
uzatdi,-Bu yerda onalar bo'limidagi barcha ayollar va qizlar ro'yxati bor. 
Yaxshilab tanishib chiq. Ulardan aksariyatini taniysan. Shunday ekan, 
o'rganib ketishing qiyin bo'lmaydi. 
–O'rganib ketish? Nimaga? 

–Sen menga yordamchi bo'lasan. Orqamdan dum bo'lib yurasan, har xil 
yugur-yugurlarni bajarasan. Qisqa qilib aytganda, xizmatkorday gap. 
–Bundan menga nima foyda? Barchasidan voz kechib, tinchgina o'lib 
ketishning o'rniga sizga yugurdak bo'laymi? 
–O, biz sen bilan hali iblisning qo'lidan kelmaydigan ishlarni qilamiz. 
O'lmay tur, so'z beraman bu ancha qiziqarli kechadi. 
–Men iblis qila olmaydigan ishlarni qilishni xohlamayman. Bu bilan 
qotillik qilamiz, demoqchimisiz? 
–Bilishni xohlaysanmi? U holda tirik qol va o'z ko'zlaring bilan ko'r. 
Agar senga yoqmaydigan bo'lsa, so'z beraman seni o'zim o'ldiraman... 
 
 
 
Vayrona shahar 
Lord Lyuvisning vampirlaridan holi bo'lgan yagona makon bo'ylab, 
ohsohlanib yurib kelayotgan Satella uning yelkasidan ushlab kelayotgan 
Edni chetga itarib, yerga dumalab qoldi. Ed darhol o'zini o'nglab, 
Satellaning orqasidagi yarasiga achinish bilan qaray boshladi. 
–Yaramas Lyuvis! Anabella xonimning shtabidan vaqtida 
qochganimizda, mana shunday jarohat orttirib olmasding!-baqirdi Ed. 
–Men Mikaelni o'ldirmoqchi edim...ammo qo'limdan kelmadi. Lekin bu 
hammasi tugadi deganimas! U o'ladi! Uni o'z qo'llarim bilan o'ldiraman! 
 
–Afsuski, endi kech. U o'lib bo'lgan,-Ed va Satellaning orqasidan 
qandaydir tanish ovoz eshitildi. Ed Satellani yerga qo'yib, tezlik bilan 
ortiga o'girildi. 
–Albert? Oxirgi marta jang qilganimizda anavi jodugar Elizabet sabab 
tirik qolganding. Agar o'sha payt u yelkamga xanjar sanchib 
qolmaganida, sen allaqachon nargi dunyoga ravona bo'lgan bo'larding. 

–O'zingga juda ko'p ishonib yuborma, Ed. Ikkinchi fermada bo'lgan 
jangimiz birinchi raund edi. Davomiga tayyormisan?-Albert tirjayib, 
qo'lidagi miltig'ini Edga o'qtadi. 
Ed o'rnidan turib, kumush qilichini qinidan chiqardi: 
–Bizni qanday topib kelding? 
–Umuman olganda, men manavi gulni Lord Lyuvisning shtabiga olib 
borish uchun ketayotgandim,-Albert qo'lidagi miltig'ini yerga uloqtirib, 
cho'ntagidan qip-qizil bo'lib ochilib turgan vampir gulini chiqardi,–Bu 
kimligini bilasanmi? Bu Anabella. Juda kulguli-ya? Men Anabellani uch 
dona barmog'imda ko'tarib turibman... 
–Yaramas! Ovozing o'chsin! Ed, o'ldir uni!-Satella yotgan joyida baqira 
boshladi. 
 
Albert qovog'ini solib, jilmayib qo'ydi va uzun kumushrang qilichini 
chiqardi. 
–Men qo'rqoq emasman. Seni miltig'im bilan otib o'ldirishim mumkin 
edi, ammo men adolatli jang tarafdoriman. Qolaversa, seni o'ldirish 
uchun menga miltiq shart emas. 
–Sen xo'jayiningga o'xshamaysan, Albert. Senga o'xshagan sodiq itlarni 
topish oson emas,-Ed Albert tomonga shamol tezligida yugurib, qilichi 
bilan zarba berdi. Albert esa vaqtida chap berib, noto'g'ri tarafga og'ib 
ketgan Edning oyog'idan chalib yerga yiqitdi. Ammo u Edga qilichini 
sanchgunicha Ed o'rnidan turib, o'zini o'nglab oldi. 
–Ed! Miltiqni ol! Oyog'ing tagida turibdi-ku!-baqirdi hech narsa 
qilolmay yotgan Satella. 
 
Ed biroz o'ylanib turdi-da, miltiqni qo'liga olib, ancha uzoqroqqa 
uloqtirib yubordi. 
–Men ham halol jang qilaman. Qo'rqoqlarcha yengganimdan ko'ra, 
mardlarcha o'lganim yaxshi. 
–Ahmoq! Agar sen o'lsang, u meni ham o'ldiradi! Ol, miltiqni! 

 
Ed Satellaning gaplariga quloq solib o'tirmay, shiddat bilan Albert 
tomonga sakradi. Albert yana chap berib qolib, qo'lidagi qilichi bilan 
Edning oyog'iga zarba berdi. Edning chap oyog'i yaralanib, azob bera 
boshladi. Ammo u taslim bo'lmay, bor kuchi bilan qilichini ortiga 
aylantirib o'tdi. Albert yana vaqtida egilib qolib, Edning yaralangan 
oyog'iga tepib yiqitdi. 
–Odamlar bilan yuraverib, o'zing ham ularga o'xshab ojiz bo'lib 
qolibsan. 
 
Albert bor kuchi bilan qilichini Edning ko'ksiga yo'naltirdi. Lekin Ed 
kaftlari bilan qilichni ushlab qoldi. Uning qo'llaridan to'q qizil qon oqa 
boshladi. 
–O'zingga bunchalik azobli o'limni tanlama, Edvard. Baribir o'lasan... 
 
Ed bor ovozi bilan baqirib, bor kuchini yig'ib, qilichni ushlab turdi. 
Ammo kaftidagi og'riq uni tinch qo'ymayotgandi. Uning kuchi tugab, 
qilichni qo'yib yubordi. Lekin qilich uning ko'ksiga kirishidan avval 
ularning ortidan momaqaldiroqday gumburlagan tovus eshitildi. 
Albertning yuragini miltiqdan otilib chiqqan o'q teshib o'tib, uni Edning 
ustiga yiqitdi. Ed darhol og'zidan qon oqayotgan Albertning jasadini 
chetga dumalatib, qaltiragancha o'rnidan turdi. 
–Satella...nima qilib qo'yding? 
–Men halol jang bo'lishi haqida qasam ichmagandim,-dedi qo'liga miltiq 
ushlab o'tirgan Satella,-Zo'r qurol ekan. Naq yuragiga tekkizdima... 
 
Ed darhol u tomonga emaklab, yelkasidan tutdi. 
–Ahvoling yaxshimi? Jarohating nima bo'ldi? 
–Sir saqlab nima qilaman, hali ham og'riyapti. Hatto nafas olishga 
qiynalyapman. Endi mana bu vampirni deb ikkalamiz ham yura 
olmaydigan bo'lib qoldik. 

–Yo'q, men yura olaman. Shuningdek, men qilichdan yaralandim. 
Jarohatim ertalabgacha tuzalib ketadi. Senga esa o'q tegdi. O'sha la'nati 
quroldan otlilgan o'q. Menimcha seni davolash kerak. 
–Arzimagan narsa...sen undan ko'ra anavi yaramasning qo'lidagi gulni 
olib kel. Anabella xonimni allaqanday itlar qo'lida qolib ketishini 
xohlamayman. 
 
Ed o'rnidan turib, zo'rg'a ishlatayotgan barmoqlari bilan Albertning 
cho'ntagida osilib turgan gulni avaykab chiqardi.  
–Qara Ed, biz aynan shu yerda tanishgan ekanmiz. Aniqrog'i men sen 
bilan tanishganman. Sen esa xushsiz yotganding. 
–Aldab nima qildim,-dedi Ed,-Avvaliga Mikaeldan emas, sendan 
qo'rqqanman. Mana senga gul,-Ed vampir gulini Satellaga uzatdi. Satella 
ham gulni avaylab ushlab, ko'zidan beixtiyor oqib ketgan achchiq yoshni 
artib, nafrat bilan shivirladi: 
–Mikaelni o'ldirishga ulgurmadimmi, u holda Lyuvisni o'ldiraman! Uni 
majag'lab tashlayman!... 
 
 
10-QISM 
MAHBUSLAR 
 
Mana bugun Emma eng ko'p kutayotgan kun ham keldi. Bugun ular 
"YSM" qo'shinini yig'ib, vampirlarni yo'q qilish uchun jo'nab ketishadi. 
Havo ham ancha ochiq, atrof yorug' va charag'on. Xuddi tabiat ham 
odamlarga yon bosayotganday... 
 
–Bugun oramizdan ko'pchiligimiz o'lishimiz mumkin,-William butun 
poytaxt aholisiga minbardan turib so'zlay boshladi,-Ammo o'lgan 
safdoshlarimiz shunchaki bizni tark etishmaydi. Ular farovon 
kelajagimiz uchun, odamzod uchun o'zini qurbon qilishadi! Yana bir bor 

qaytarib aytaman, tashqarida vampirlar biz o'ylaganchalik ko'p emas. 
Ular mingta bo'lgan taqdirda ham biz g'alaba qozongan bo'lardik! Ammo 
ular bunchalik ko'p emas. Nega men o'zim bilan ming kishilik qo'shinni 
olib ketyapman deb o'ylarsiz. Chunki vampirlarning soni yuztaga ham 
yetmaydi! Bizning qurollarimiz bemalol ularni yo'q qila oladi! 
 
–Ishonamiz emish!-pichirlab qo'ydi Grant,-Axir mingtadan ortiq miltiq 
yasashga mahsulot yetmadi-ku. 
 
 
–...Agar birgalikda harakat qilsak, jipslikda jang qilsak, vampirlarni o'z 
olamimizdan quvib chiqaramiz! Tez orada qurollarimiz soni yanada 
ortadi va vampirlarga kerak bo'lsa o'n ming kishilik qo'shin bilan hujum 
qilamiz. G'alaba ham, adolat ham biz tarafda! 
 
 
 
Oradan 4 soat o'tdi. 
General Grant qo'mondonligidagi qo'shin "YSM" ni qattiq va 
buzilmagan tartib ostida tark eta boshladi. Eng oxiri bo'lib chiqib ketishi 
kerak bo'lgan William, Emma va Rey qo'shinga vaqtinchalik qo'shilmay 
turishga qaror qilishdi. Chunki ular bira to'la "B32" ga qarab yo'l 
olmoqchi edilar. 
–Menga so'z berishing kerak, Emma!-baqirdi Luna uning qo'llaridan 
mahkam ushlab,-Tirik qaytishing shart. Nima bo'lganda ham tirik qayt. 
Sendan ayrilib qolishni istamayman! 
–Hammasi yaxshi bo'ladi, Luna. So'z beraman, yetimxonada qolib 
ketgan do'stlarimiz bilan birga qaytib kelaman. Birgalikda uzoq va baxtli 
hayot kechiramiz. 
–Senga ishonaman, Emma-Luna jilmayib, Emmani qattiq quchoqladi. 
Ammo Emmani qo'yib yubormay, tirsaklari bilan qattiq bo'g'ib oldi: 

–Menga qara, Emma, agar tirik qaytmasang, so'z beraman, o'zimni 
o'ldiraman! Tushundingmi? 
–Luna, bu nima deganing? Albatta qaytaman... 
–Sensiz biz hech kimmiz! Omon bo'l, omad yor bo'lsin! 
 
 
* * * 
–Mayk, men ham sizlarga qo'shilishni istayman! Axir fermadan ham 
birga qochganmiz-ku! 
–Yo'q, Don. Sen qolishing kerak. Agar bizga nimadir bo'lsa, bolalarga 
ko'z-quloq bo'ladigan odam qolmaydi. Shuning uchun ham sen ham 
Luna ham shu yerda qolishingiz kerak. 
–Bir nima bo'lsa?!-baqirib yubordi Don,-Sizlar omon qaytishingiz shart! 
Agar omon qaytishga ishonmayotgan bo'lsang, mana men sizlarni 
himoya qilaman! Men ham sizlar bilan birga borishni istayman! 
–Don... 
–Men Kenyni qutqara olmaganman...Krisni ham 
qutqarolmadim...qolgan do'stlarimni ham...Endi bunday bo'lmasligi 
kerak! Ulardan Kenyning o'limi uchun qasos olishni istayman! 
–Balki dadamiz bilan gaplashib ko'rarsan? Men o'zim biror qaror qabul 
qilishim qiyin... 
 
* * * 
–Sog'-omon qaytishga so'z berasanmi, Rey?-so'radi Roza Reyga og'ir 
yuk halta tutqazib. 
–So'z bera olmayman. Menda o'zimni o'ldirishga bo'lgan moyillik 
boshqalarnikidan ko'proq. Bular nima? Buncha og'ir bo'lmasa? 
–Bu yerda barchangizga yetadigan oziq-ovqat, suv va har ehtimolga 
qarshi har xil mayda-chuydalar bor. Hatto pichoq ham solib qo'ydim. 

–Bular menga kerak emas. Oziq-ovqat qo'shinda ham bor. Barchaga 
yetadi. Mayda-chuydalarni esa ko'tarib yurishga ortiqcha kuchim yo'q. 
–Ammo bu yerda men va Luna pishirgan taomlarimiz bor. Bolalarni 
sog'inib qolmasligingiz uchun har xil esdaliklar ham solib qo'ydim... 
–Esdalik?! Aqldan ozib qolganmisan? Men vidolashib ketmayapman-
ku! 
–To'g'ri...men ahmoqman. Biroz oshirib yuborgan ko'rinaman... 
 
Rey haltani ochib, har xil kerakmas buyumlar va esdaliklarni chiqarib 
tashladi-da, orqasiga taqib oldi. 
–Yegulik va o'tkir qurol ortiqchalik qilmaydi. Rahmat. 
–Faqat tirik qaytishga so'z ber! O'zingni o'ldirishga bo'lgan moyillikni 
esa yo'qot! 
–Men va'da berishni yomon ko'raman. Chunki sen qo'lingdan keladigan 
ishni hech qanday va'dasiz ham bajara olasan. Agar bu ish qo'lingdan 
kelmasa ham va'da bermaslik kerak. 
–Sen baribir uddalay olishing uchun va'da bermayapsan-a? Yoki... 
–Men fermadan qochib ketdim, notanish va xavfli o'rmonda jon saqlab 
qoldim, "B32" ni vayron qildim, shtabdan ham tirik chiqdim, endi 
bittagina urushni deb o'lib ketishimga ishona olmayman. Tirik 
qolaman... 
–Seni kutaman! 
 
 
 
Emmma, Mayk va Rey qolganlar bilan xayrlashib bo'lgach, general 
Grant boshchiligidagi qo'shinning ortidan shaharni tark etishdi. Donni 
esa o'zlari bilan olib ketisholmadi. 
Gavjum va tor shaharning muhitiga o'rganib qolgan Emma tashqariga, 
bir paytlar o'zi yugurib yurgan o'rmonga chiqqach, o'zini qandaydir 

yengil va ozod qushday seza boshladi. U osmonga qarab, qo'llarini keng 
yozib, chuqur nafas oldi-da, undan o'zib ketgan safdoshlarining ortidan 
yugurib ketdi. 
 
Oradan 2 soat o'tgach ular qo'shinga yetib olib, ularga boshchilik qilib 
ketayotgan general Grant bilan uchrashishdi. 
–Biz o'rmonning eng xavfli qismiga kirib boryapmiz,-dedi Emma,-
Askarlarga ehtiyot bo'lishni tayinlash kerak. Ayniqsa har xil 
hasharotlardan... 
–O'rmon qanchaga cho'zilgan?-so'radi Grant. 
–O'tgan safar to'rt kunda o'tib olgandik,-javob berdi Mayk,-Lekin 
bunchalik ko'p sonli qo'shin bilan bir haftaga ham cho'zilib ketishi 
mumkin. 
–Bunday bo'lmaydi!-Grant asabiy ohangda Maykning gapini inkor 
qildi,-Ularga bunday dangasalik qilishlariga yo'l qo'ymayman. Uzog'i 
bilan besh kunda bosib o'tamiz... 
 
 
 
O'sha kuni barcha osmon qorong'ulashmay boshpana qurib, olov yoqdi. 
Askarlar bir-biriga zich joylashib olib, ularga tarqatilgan ovqatni bir 
zumda paqqos tushirishdi. Olov yonida tovuq go'shtidan tayyorlangan 
pashtetni isitib o'tirgan William uning qarshisida o'tirgan yuzlab 
qo'shiniga qandaydir faxr bilan qarab qo'ydi. 
–Menda savol tug'ilib qoldi,-gap boshladi Emma,-O'tgan safar vampirlar 
odamlarni qirib tashlashda zombilardan ham foydalanishgan-ku. Bu 
safar ham foydalanib qolishsa-chi? 
–U payt zombilar tinch aholi o'rtasiga vaxshiylarcha qo'yib yuborilgan,-
javob berdi William,-Biz esa qurollanganmiz. Bo'lsa uzog'i bilan beshta 
zombi bo'lishi mumkin. Men bir o'zim ularning miyasiga beshta o'q uzib 
yo'q qilishim mumkin. 

–Tushunarli...demak zombilardan foyda yo'q ekanda? Baribir har 
ehtimolga qarshi ularni ham yo'q qilib yuborish kerak. 
–Antizlar masalasi nima bo'ladi?-so'radi Mayk. 
–Vampirlar yo'q qilingach, ular ham chekinishga va qorasini 
ko'rsatmaslikka majbur bo'ladi. O'zlarini o'zlari qirib tashlashsa kerak. 
–Janob prezident,-gap boshladi Grant,-Biz to'ppa to'g'ri o'sha 
Anabellaning bazasiga hujum qilaveraylikmi? 
–Bizga har ehtimolga qarshi ikkiyuz kishilik qo'shin tashlab ketasan. 
Agar ukam kelishishga rozi bo'lmasa, qo'shinni "B32" ga kiritamiz. 
–Yaxshi, tushundim, ammo shtab-chi? 
–Sizlar yaxshisi vayrona shaharda dam olib turasiz,-dedi Emma,-
Qolaversa, askarlar besh kun o'rmonda yurib ancha charchagan bo'ladi. 
Biz avval Anabella xonim bilan gaplashib ko'rishga harakat qilamiz. 
Agar chindan ham rejasi ming yillik va'dani buzib, odamlarni ov qilish 
bo'lgan bo'lsa, uning bazasini tortib olishga majbur bo'lamiz. Keyin esa 
"B32" ga, Piter Minervaning yoniga boramiz. 
–Emma, bunday qilsak cho'zilib ketishi mumkin,-rad etdi William,-
Kelinglar yaxshisi sizlar Anabellaning shtabiga, men esa ikkiyuz kishilik 
qo'shin bilan "B32" ga yo'l olaman. Shunday qilsak, vaqt tejaladi. 
–Bo'linish yaxshi oqibatga olib kelmaydi,-dedi Mayk,-Yaxshisi uzoqroq 
vaqt olsa ham barcha ishni birin-ketin bajarganimiz yaxshi... 
 
William boshchilik qilib kelayotgan qo'shin dam olish uchun boshpana 
qurib, tunni o'rmonda o'tkazishga qaror qilishdi. Butun atrofdan sovuq 
shamol esib, Emmaning badaniga urilarkan, u uhlashga yotishidan avval 
yon-atrofiga yaxshilab qarab qo'ydi. Chunki o'tgan safar Fata Morgana 
o'rgimchagidan ko'radiganini ko'rib bo'lgan... 
 
 
U endigina yumshoq matolarni o'rab, yasab olgan yostig'iga boshini 
qo'yib, ko'zlarini yumgan edi ham-ki, uning tepasida allaqanday 

qo'rqinchli qadam tovushlari eshitilib, Emmani cho'chitib yubordi. 
Emma ko'zini ochib, uning tepasida turgan qop-qora, qorong'ida tanib 
bo'lmaydigan, ko'zlari qip-qizil sharpaga ko'zi tushdi. Uning yuragi 
qattiq dukillab, ortiga tisarilib qolgan payt orqadan general Grantning 
baland ovozda baqirgani eshitildi: 
–Emma, yot!-Grant shunday deb, sharpaga qarata o'q uzdi. Notanish 
sharpa shu zahoti yerga yiqildi. Orqadagi askarlar vahimaga tusha 
boshlashdi va qo'llariga miltiqlarini ko'tarib oldi. Emma o'zini zo'rg'a 
yig'ib, qo'rquvdan qaltirayotgan qo'llariga gulhanda yonib turgan 
olovlardan birini olib, yerda yotgan vampirga olib keldi. 
–O yo'q! Ed!... 
 
 
 
**Oradan 5 kun o'tdi** 
**Lord Lyuvisning shtabi.** 
Avvalgidan ancha qorong'ulashib qolgani uchunmi, yoki Anabellaning 
shtabi Lyuvisnikidan yorug'roq bo'lgani uchunmi, uzun yo'lak bo'ylab 
ketayotgan Lord Lyuvis ko'zlarini ishqalab, o'zining anchadan beri 
sog'inib qolgan xonasiga kirib keldi. Ichkarida uni mamnun qiyofada 
tirjayib turgan Elizabet kutib olib, ta'zim qildi. 
–Milord, qaytganingiz bilan... 
–Yo'lda odamlar qo'shiniga ko'zim tushdi. Men va 25 ta vampirlardan 
iborat bo'lgan guruhim o'rmonni aylanib o'tishga majbur bo'ldik. Senga 
aytgan buyrug'imni bajardingmi? 
–Ha, milord. 3-fermada bitta ham bola qolmadi. Hammasi siz aytganday 
bo'ldi. Ammo...Albert va Mikael qani? 
–Mikael o'ldi,-javob berdi Lyuvis taxtiga joylashib olib,-Albert esa izsiz 
yo'qoldi. Menimcha uni o'sha odamlar o'ldirishgan. 
–Afsusdaman, milord...ha aytgancha, shtabdagi qolgan onalarni ham 
qurol ishlatishga o'rgatdik. Ular shtabni muhofaza qilishga to'liq tayyor. 

–Jami nechta ona bor edi? 
–Siz urushga olib ketganlarni va o'zimni hisoblamaganda, 35 ta. 
Qolganlari esa 20 yoshdan kichik. 
–Demak...35 ta ona hamda 50 ta vampir...bu juda kam! Ularning 
qo'shinlari mingga yaqin edi! 
–Piter Minerva-chi? U yerda ham vampirlar bor-ku. Keyin, yaqindagina 
egallagan shtabingiz-chi? 
–Afsus, Albert o'lgani yomon bo'ldi...1041, hoziroq Piter Minervaning 
yoniga elchi jo'nat. Unga odamlarning barcha qo'shinini portlatib, yo'q 
qilib yuboradigan biror qurol yasashini buyurganman. Agar yasamagan 
bo'lsa, o'ldirishsin. 
–Milord?! Axir shunday og'ir vaziyatda bir-birimizni qirib tashlashimiz 
yaxshimi? Piter Minervani o'ldirish shtab miyasidan ajralishday gap... 
–Hoziroq chiqib ket, 1041. Men dam olishni istayman. Buyrug'imni 
bajarish yodingdan chiqmasin... 
 
 
* * * 
Emma va William boshchiligidagi qo'shin o'rmondan chiqib oldi. Ular 
Edni o'zlari bilmagan holda otib qo'ygani uchun yuz martalab kechirim 
so'rashdi, yaxshiyam-ki o'q uning yelkasiga tekkan ekan. Ed o'sha 
kunning o'zidayoq ularni yaralanib, o'lim to'shagida yotgan Satellaning 
yoniga olib borib, Williamga davolatdi. William 20 yil shtabda ishlagani 
sabab vampirni operatsiya qilish qiyin kechmadi, aniqrog'i, shunchaki 
uning ichidagi zaharli o'qni olib tashladi, xolos. Uch kunning ichida 
Satella ham oyoqqa turib oldi. Ular odamlarga Lord Lyuvisning qilgan 
hujumi va Mikaelning xiyonati, Anabella halok bo'lgani haqida aytib 
berishdi. Emma bu mudxish xabarni eshitarkan, qo'llarini qattiq musht 
qilib tugib, qovog'ini soldi. 
–Lyuvisni deb mening eng yaqin do'stlarim va oyim o'lib ketdi! Nega 
bunday? Nega doim yaxshilar o'lib ketishadi? Qachon o'sha mahluqni 

yo'q qilamiz? Yoki yana kimdandir ayrilamizmi? Men qo'rqa 
boshlayapman... 
–Kelinglar, shtabni portlatib yuboramiz!-dedi Rey,-Ichidagi 
vampirlariga qo'shib yo'q qilamiz. 
–Bu juda xavfli,-inkor qildi William,-Yaxshisi vampirlarni o'zimiz qirib 
tashlaganimiz yaxshi. Men bugun "B32" borib, ukam bilan 
gaplashaman. Agar taklifimga rozi bo'lmasa... 
–Uni o'ldiramiz,-tugatib qo'ydi Rey. 
–Ha. Boshqa ilojim yo'q... 
 
 
 
Anabellaning shtabiga hujum qilinmaydigan bo'ldi. General Grant va 
800 kishilik qo'shin yovvoyi sarimsoqlar o'sadigan daryo bo'yida dam 
olish uchun qolishdi. William Minerva, Emma, Mayk va Rey esa o'zi 
bilan 200 kishilik qurollangan qo'shinni olib, "B32" bazasiga jo'nab 
ketishdi. 
–Shu paytgacha hech so'ramaganimni qarang,-gap boshladi Emma,-
"B14" ni nima uchun qurgansiz? Nega barcha ma'lumotlarni "B32" ning 
o'zida saqlab qo'ya qolmagansiz? 
–Bu xavfsizlik uchun edi. U yerga eng ishongan odamlarim, jumladan 
Robert ham kira olardi. Aynan o'sha yerda "YSM" ga eltuvchi yo'lning 
taxminiy xaritasi chizilgan. Robertdan eshitgan ma'lumotlarim va 
"YSM" dan olib kelingan kitoblar yordamida o'zim uchun kerakli 
bo'lgan qaydnomalarni yozib bordim. Ammo o'sha paytning o'zidayoq 
Robert menga prezident Rozvaldning asl basharasi haqida aytib bergan. 
Shu sababli ham "YSM" ga qochmadim. Ulardan yordam so'rash 
foydasizligini tushunib bo'lgandim. 
–Ukangizni ko'ndira olishimizga ishonchingiz komilmi? 
–Yo'q. U xudbinlashib ketgan, qolaversa anchadan beri uni ko'rmadim. 
U mendan ancha avval taslim bo'lishga ulgurgan. Men qaror qabul qilib 

bo'ldim! Ortiq hech kimga rahm qilib ham ishonib ham o'tirmayman. 
Shuncha ko'rgan xiyonatlarim yetib ortadi... 
 
 
Ular "B32" ga olib kiradigan g'orga yetib kelishgach, askarlardan 
faqatgina 50 tasini olib, ichkariga kirib ketishdi. Emma anchadan beri 
bunchalik tez yugurmagandi. Ular bor kuchlari bilan yugurib, qorong'i 
va sassiq g'ordan 5 daqiqada chiqib olishdi. Ular tashqariga chiqishi 
bilan miltiqning qo'rqinchli gumburlagan ovozi eshitilib, Emmani 
cho'chitib yubordi. 
–Bu oldindagi askarlar,-dedi William,-Vampirlardan biri o'ldirildi. 
Omad yor bo'lsin!!! 
 
Ular darvozani buzib kirishib, yam-yashil maydon bo'ylab shtab binosi 
tomonga yugurib ketishdi. Ularning qarshisidan chiqqan vampirlarni esa 
ayamay otib yuborishardi. Lekin vampirlar ham bo'sh kelmasdi, ular 
shamolday harakat qilib, o'qlarga chap berar va askarlarni birin-ketin 
o'ldirib chiqayotgandi. Eng yomoni esa ichkaridan yigirmata 
qurollangan vampir chiqib kelgani bo'ldi. William zudlik bilan 
tashqarida qolgan askarlarning yana yuztasi ichkariga kirib, ularga 
yordam berishini buyurdi.  
Emma ilk marotaba qo'lidagi og'ir quroldan o'q uzdi. Lekin o'q hech 
kimga tegmay qoldi. Qarshisida turgan ikkita vampirni otib o'ldirgan 
William bor ovozi bilan askarlarga qarab baqirdi: 
–Miltiq ushlab olgan vampirlarni yo'q qiling! Taslim bo'lmanglar!!! 
 
Qurollangan vampirlar odamlarga qarata o'q uzishdi. William boshlab 
kelgan askarlarning 15 tasi halok bo'ldi. 
–Jin ursin!-baqirdi Rey o'lgan askarning orqasiga berkinib,-Qolganlar 
qani?! Kelishmaydimi tezroq? 
 

William qurollangan vampirlarning yana uchtasini otib o'ldirdi. Emma 
esa oddiy qilichli vampirlardan birini yo'q qilishga muvaffaq bo'ldi. 
Mayk esa orqadan bostirib kelayotgan pismiq vampirning kallasiga o'q 
uzishga bazo'r ulgurib qoldi. 
–Ana! Yetib kelishdi!-baqirdi William uzoqdan ko'rinayotgan askarlarga 
qarab,-Yana ozroq chidab turamiz! Daraxt ortiga o'tinglar! 
Mayk Emmaning qo'lidan ushlab, sal nariroqda o'sib turgan baland 
daraxt orqasiga olib o'tdi. William ham ular tomonga yugurib kelayotgan 
payt uning oyog'iga o'q tegib, yerga yiqitdi. 
–Yo'q!-Emma bor ovozi bilan baqirib yuborib, William tomonga otildi. 
Lekin Mayk uni qo'yib yubormay, qo'llari bilan og'zini qattiq berkitdi. 
–Shoshma! Qara, shundoq ham yordamga yetib kelishdi. Biroz dam 
olishing kerak! 
–Hozir dadamizni o'ldirishadi! Qo'yib yubor meni! 
 
William bir oyoqda turib, orqasidagi vampirga o'q uzdi. Emma 
Maykning qo'lidan otilib chiqib, Williamning o'rniga turishiga 
yordamlasha boshladi. Birozdan so'ng Mayk ham qo'shilishga majbur 
bo'ldi. 
Qolgan askarlar barcha qurollangan vampirlarni otib o'ldirib, 
yaralanganlarga yordam ko'rsata boshlashdi. Qo'lidagi o'qi tugagan 
miltiqni yerda o'lib yotgan askarniki bilan almashtirib olgan Rey Emma 
va Maykning yoniga kelib, ikkisining ham yelkasini qoqib qo'ydi. 
–Xo'sh, o'lib qolmadingizmi? Men mazza qildim, vampirlarni o'ldirishni 
fermada yashab yurgan paytimdanoq orzu qilardim. 
–Buning hech qanday quvonarli joyi yo'q,-Emma jiddiy ohangda gapira 
boshladi,-Mana bu manzaraga qara. Do'stlarimiz, ya'ni bizga ishongan 
askarlar o'lib ketdi! Buning nimasidan rohatlanish mumkin?! 
–Men bu ma'noda aytmagandim. Keyin, bu askarlarning bari o'lib ketish 
ehtimoli borligini bilgan holda bizga qo'shilishdi. Agar odam 
yo'qotishga bardosh berolmasang, biz bilan kelmasliging kerak edi! 

–Bo'ldi bas,-dedi oyog'ini bog'lab olgan William,-Ukamni topishimiz 
kerak! 
* * * 
"B32" binosining ikkinchi qavatida hech narsa qilolmay, derazadan 
barcha vampirlarining o'ldirilganligini kuzatib turgan Piter ularning 
orasida akasi ham borligini ko'rib, yuragi o'ynab ketdi. Hozir uning ham 
yoniga bostirib kirib, o'ldirishlari mumkinligini sezib turgan Piter bino 
ichida bitta ham vampir qoldirmaganiga afsuslanib, eshikni tanbalab 
oldi. 
–Jin ursin seni, Lyuvis! Bu yerni qurol-yarog' zavodimas, haqiqiy shtab 
qilganingda, shu ahvolga tushib o'tirmasdim! Endi nima qilaman...nima 
qilaman... 
 
 
Oradan taxminan besh daqiqa o'tgach, Piter qulflanib o'tirgan xonaning 
eshigini ochib ko'rishga ham urinmay, birdaniga buzib kirishdi. U o'tirib 
olgan kreslosidan qaltiragancha turib, qo'llarini tepaga ko'tarib, tirjaydi. 
–O, salom akajon. Ko'rishmaganimizga ham ancha bo'lib ketibdi... 
–Meni hali ham aka deyapsanmi?-so'radi unga miltiq o'qtab turgan 
William. 
–Albatta-da...ha aytgancha, men qoyil qoldim! Mana shu qo'lidan hech 
narsa kelmaydigan churvaqalar butun Nimmerlandni oyoqqa 
turg'azishibdi. Yoki buni siz qildingizmi? 
–Biz qo'limizdan hech narsa kelmaydigan churvaqalar emasmiz!-baqirdi 
Emma Piter tomonga yaqinlashib,-Kerak bo'lsa, biz oilamiz bilan tog'ni 
ham ag'daramiz! Kerak bo'lsa, dushmanlarimizni kulga aylantirib 
yuboramiz! Bizni churvaqa deyishga haqqingiz yo'q! 
 
Piter tirjayib, peshonasidan oqayotgan sovuq terni yengiga artgancha, 
hisoblab chiqdi: 

"Qiz qurollangan. Oramizda taxminan besh qadam masofa bor. 
Yengimga yashirilgan xanjarim bilan uni garovga olishim mumkin. 
Harakat qilib ko'rish kerak..." 
–Yaxshi,-alday boshladi Piter,-Men taslim bo'ldim. Sizlar yutdingiz...-u 
shunday deb Emma tomonga qadam bosdi. 
"Yana 3 qadam..." 
–Buni tan olganingizdan xursandman,-dedi miltiq ushlab turgan Emma. 
 
Piter yana u tomonga bir qadam tashlab, savol berdi: 
–Ho'p, mana men taslim bo'ldim. Endi nima qilasiz? Meni 
o'ldirasizlarmi? 
–Agar sizni o'ldirish niyatimiz bo'lganida gaplashib o'tirmagan 
bo'lardik...-Emma shunday deb qurolini tushirdi. Piterning ko'zlari katta-
katta ochilib ketib, shu zahoti yengidan xanjar chiqardi va Emmaning 
bo'yniga tiradi. 
–Yo'q!-William va Mayk birdaniga baqirib yuborishdi,-Agar hoziroq uni 
qo'yib yubormasang, seni o'ldiraman! 
–Shart emas,-dedi Piterning qo'lida turgan Emma,-Men shu ahvolda ham 
gapira olaman. 
Janob Piter, nahotki sizga shu ahvolingiz yoqayotgan bo'lsa? Nega endi 
siz o'sha vaxshiy mahluqqa bo'ysunishingiz kerak? Nega endi begunoh 
bolalarning o'limiga sabab bo'lishingiz kerak ekan? Nega endi o'sha 
la'nati va'dani bajarishingiz kerak? Bir o'ylab ko'ring, bu yo'lning oxiri 
o'lim! Hozir siz o'sha yo'lning oxiriga yetib kelyapsiz. Vaqt borida ortga 
buriling. Miyangizni ishlatib yaxshilab o'ylab ko'ring! 
–Nega...-shivirladi Piter,-Nega menga imkon bermoqchisan? 
–Chunki siz ham men ham bir xilmiz! Ikkimiz ham bir xil vaziyatdamiz. 
Ikkimiz ham mahbuslarmiz! Mana shu la'natlangan dunyoning 
mahbuslari! 
–Mahbuslar... 

–Ha! Keling, o'zimizni shu qamoqdan ozod etamiz. Keling, birga 
yashaymiz...Piter Minerva! 
 
 
Download 409.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling