Fermentlarning kofaktorlari. Ko`pchilik enzimatik reaktsiyalarda ferment
deb ataladigan oqsil molekulasidan tashqari oqsil xossasiga ega bo`lmagan bir
qator organik va anorganik moddalar ishtirok etishi ma’lum. Enzim ta’siri uchun
zarur bo`lgan bu qo`shimcha omillarga kofaktorlar nomi berilgan. Kofaktorlar
fermentning faol markazi bilan mustahkam bog`langan bo`lishi yoki undan
dializda oson ajralishi mumkin. Mustahkam bog`langan kofaktorlar prostetik guruh
deb ataladi.
Kofaktorlar apoferment bilan birikishiga qarab 2 guruhga bo`linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |