Fikrlash jarayonining buzilishi


Download 177 Kb.
Sana21.09.2020
Hajmi177 Kb.
#130562
Bog'liq
назарий қисм


fikrlash jarayonining buzilishi
Sog‘lom tanli va sog‘lom ruhli kishilarning tafakkuri, odamlarning ongi singari murakkab jarayondir. Aql, idrok, xotira, iroda, hissiyot va boshqa sifatlar ham inson ruhining zarur tomonlaridir.

Ammo tafakkurlash va ong esa, kishilar shaxsiga xos bo‘lgan hislat-xususiyatlarga asoslanib va ularga bog‘lanibgina kechadigan jarayonlardir. Inson tug‘ilib o‘zligini tanib atrof-muhitdan o‘zini farqlab, nutq rivojlangandan so‘ng tashqaridan doimiy olinadigan taassurot va maъlumotlarni tahlil qilish (analiz), umumlashtirish (sintez) va xulosa chiqarish qobiliyatiga ega bo‘ladi. SHu murakkab jarayon fikrlash (tafakkur etish) qobiliyati deb ataladi.

Maъlumki, tafakkurlash qobiliyati ruhiy holatning hamma tomonlari bilan chambarchas bog‘langan va ayniqsa, u nutq — til bilan ham bevosita aloqador bo‘­lib, uning mazmuni so‘zlar, gaplar orqali ifodalanadi. Fikrlash jarayonida so‘zlarni ketma-ket mantiqan hamda til qoidasiga rioya qilgan holda bog‘lanib kelishi assotsiatsiya deyiladi (associatio — lotincha so‘z bo‘­lib— birlashtirmoq degan maъnoni bildiradi).

Assotsiatsiya — bu fikrlash faoliyatining asosiy qonuniyatlaridan biri hisoblanadi. Uni fiziologik nuqtai nazardan olganda tubida reflekslar jarayoni yotadi. Shartli refleks asosida (vremennaya svyaz) tashqi muhitdagi voqea va hodisalarning maъlum bir qismi shartsiz refleksning qo‘zg‘algan vaqtiga to‘g‘ri kelishi natijasida paydo bo‘ladigan jarayondir.

Fikrlash jarayoni kishilar ruhining ajralmas, o‘ta murakkab va juda zarur qismi bo‘lib, uning buzilishi tufayli turli-tuman holatlar paydo bo‘ladi. Ularning jadval tarzida ifodasini quyida keltiramiz (4-jadval).



Jadvalda keltirilganidek, fikrlash qobiliyatining buzilishidan kelib chiqadigan alomatlar shartli ravishda to‘rt guruhga bo‘linadi:

1.Tezligi bo‘yicha (po tempu).

2.Xususiyatlari (sifatlari) bo‘yicha (po strukture).

3.Mantiq bo‘yicha (po logike).

4.Alohida o‘rin olgan shilqim g‘oyalar (holatlar).

O‘z navbatida fikrlash jarayoni tezlashishining sifati buzilganda tafakkurning tezlashishi va aksincha, uning sekinlashishi hamda mentizm bilan fikrning uzluksizligi to‘xtab qolishi mumkin.

Fikrlash qobiliyatining tezlashishida assotsiatsiya jarayonining kechishi osonlashadi. Ularning maъlum vaqt ichidagi soni ortib boradi. Hosil bo‘lgan mulohazalar, xulosalar sayozlanadi hamda ular hodisa va voqealarning tasodifiy xususiyatlari bog‘langan holda kechadi. Mulohazalarning mantiqiy bog‘lanishi yuzaki kechadi. Mazmunli tushunchalarning o‘rinlari yuzaki tasavvurlar bilan almashinadi. Baъzan assotsiatsiya jarayonlari kechishi haddan tashqari tezlashib ketadi va bunday holat «fikrning sakrashi» (skachki idey) deyi­ladi.

Fikrlash buzilishi shu guruhining ichida bunga qarama-qarshi holat ham uchraydi, uni assotsiatsiya jara­yonining sekinlashishi deb yuritiladi. Fikrlash qobi­liyati ham sekinlashadi, ham qiyinlashadi. Tasavvur va mulohazalarning hayolga kelishi qiyinlashadi. Urinishlariga qaramasdan, ular yangi tushunchalar bilan o‘rin almashinmaydi. Fikr va hayollar yurishmasdan joyida turib qolgandek tuyuladi. Bunday hol bemorlar bilan muloqotni qiyinlashtiradi, ular kam gap, katta-katta savollarga bir-ikki gap bilan chegaralanib qolishadi, Ko‘pincha umumiy holatning yomonligiga va es-hushi va xotiraning sustligiga shikoyat qilishadi.

Assotsiatsiya tezlashishi maniakal holatda, sekinlashishi esa depressiv holatlarda kuzatiladi. Ikkala sindrom ham endogen (shizofreniya, MDP) kasalliklarda va keng ko‘lamda uchraydigan ekzogen va or­ganik kasalliklarning hamma turlarida uchraydi.

Mentizm — katta tezlik bilan hamda ixtiyorsiz har xil fikr-mulohazalar, o‘ylarning majburiy ravishda hayolga kelishi hamda ularni boshqarish qobiliyatining yo‘qolishi (Kandinskiy — Klerambo sindromiga qarang).

Fikrlashning to‘xtashisrerrung so‘zidan olinib, nemischa tiqin (zakuporka, obriv) degan maъnoni bildiradi. Kutilmaganda, birdan assotsiatsiya jarayoni yo‘qoladi, to‘xtaydi, qandaydir qarshilik paydo bo‘ladi. Mavzuni o‘zgartirishga uringanda ham fikrlash qobiliyati qaytmaydi yoki uzilish kuzatiladi. Bunday belgi hushyorlik (ong, es-hush butunligi) davrida kuzatiladi va shu bi­lan absans qisqa muddatli hush yo‘qligi belgisi bilan farqlanadi. SHu belgi asosan shizofreniyaning nisbatan tez boshlanib o‘tkir alomatlari bilan kechadigan turlarida uchraydi.

Fikrlash jarayonining ikkinchi turida ko‘riladigan sifatlari bo‘yicha buzilishlarga perseveratsiya, maxmadonalik (rezonerlik), o‘ta (patologik) ezmalik, fikrning uzuq-yuluqligi (razorvannost), inkogerensiya va paralogik fikrlash degan nom bilan ataluvchi belgilar kiradi.

Qaytalanish (perseveratsiya)da assotsia- siyaning kechish jarayoni sekinlashishi, fikrlash qobiliyati qiyinlashishi bilan birga bir tasavvur yoki o‘y maъlum vaqtga ustunlik qiladi. Birinchi savolga mantiqan to‘g‘ri olingan javob, keyingi, mazmun jihatdan o‘zgartirilgan boshqa savollarga ham javob sifatida o‘sha fikr qaytarilaveradi. Fikr buzilishining bu turi ko‘proq shi­zofreniyaning davriy xurujlari vaqtida va shunga o‘xshash boshqa kasalliklarda uchraydigan o‘tkir holatlar­da ham kuzatilishi mumkin.

Mahmadonalik (rezonerstvo) turi — mulohaza, xulosalar, fikrlarning umumlashishi, xodisalar, voqealarning muhim xislat-xususiyatlariga emas, ikkinchi darajali, uncha ahamiyati bo‘lmagan alomat — belgilariga asoslangan bo‘ladi. SHuning uchun bunday xulosalar ko‘­pincha bir tomonlama, yuzaki bo‘ladi, obъektiv reallik ustidagi umumlashgan fikrlar ularning to‘liq mazmunini ifoda eta olmaydi.

O‘ta ezmalik turida assotsiativ bog‘lanish jarayonlari sekinlashadi va muhim maъnoli mulohazalarni ikkinchi darajali fikrlardan ajrata bilish qobiliyati pasayib, yo‘qola boshlaydi. Bemorlar maъno jihatdan ahamiyatli bo‘lmagan narsalar ustida ko‘p to‘xtaladilar, mayda-chuyda, asosiy mavzuga bog‘liq bo‘lmagan hodisalar va voqealar ustida ko‘proq gap yuritadilar. Bu xil buzilishni asosan epilepsiya xastaligida va baъzan organik kasalliklarda uchratish mumkin.

Fikrlashdagi uzuq-yuluqlik belgisi (razorvan­nost) — tashqaridan fikrlash buzi-lishiniig mantiqsiz deb nomlangan turini eslatadi. Ammo inkogerensiya kasalliklarning o‘tkir holatlarida va ko‘pincha ong buzilish sindromlarining psixotik turlariga oid, fikrlashning uzuq-yuluqligi esa surunkali kechadigan kasal­liklarning oxirgi davrida uchraydi (shizofreniyada). Bemorlarning nutqidagi so‘zlarida, mulohazalarida va gaplarida mantiqiy bog‘lanish yo‘qligiga qaramasdan grammatik qoidalar saqlanib qoladi.

Inkogerensiyada tasavvur va tushunchalarning bir-biriga bog‘lanish qobiliyatining yo‘qolishi, tashqi muhitdan olingan taassurotlar va maъlumotlarni tahlil etish va umumlashtirish jarayonining yo‘qolishi bilan birga mulohazalarning bog‘lanishida chalkashliklar kuzatiladi. Nutqda ham mantiqiy, ham grammatik bog‘lanishlar yo‘qoladi. Bemorning nutqida ham grammatik, ham mantiqiy qoidalarga amal qilinmagani uchun gapida maъno yo‘qoladi. Fikrlash buzilishiniig bu turi kasalliklarning o‘tkir psixoz holatlarida va ong bu­zilishiniig psixotik turlarida namoyon bo‘ladilar.

Fikrlashning paralogik turi — bir-biriga qarama-qarshi tasavvurlar yoki mantiqan to‘g‘ri kelmaydigan hayollar yoki mulohazalarning birlashgan holatda nutq­da yuzaga kelishi, yoki fikr-mulohazalar asosiy maqsaddan kutilmaganda izidan sakrab, chetga chiqib ketishi.

Fikrlash jarayonining mantiq bo‘yicha buzilishiga vasvasalar va o‘ta qimmat g‘oyalar kiradi. Undan tashqari, vasvasalarning o‘zi birlamchi (sistematik, interpretativ, paranoyyal, aqliy) vasvasalarga hamda ikkilamchi (hissiyotli, ehtirosli, tasavvur, obrazli) vasva­salarga bo‘linadi.

Vasvasa, o‘ta qimmat g‘oyalar va shilqim holatlar haqidagi maъlumotlar quyida alohida keltirilgan.


4-jadval

FIKRLASH JARAYONINING BUZILISHI NATIJASIDA KUZATILADIGAN BELGI-ALOMATLAR VA HOLATLAR
Fikrlash jarayonining buzilishi

Fikrlash jarayonining tezligi bo‘yicha (po tempu)

Fikrlash jarayonining sifati bo‘yicha

(po strukture)

Fikrlash jarayonining mantig‘i bo‘yicha (po logike)

buzilishi

SHilqim g‘oyalar va holatlar

Fikrlash jarayonining tezlashishi

Perseveratsiya-fikrlash jarayonining qiyinlashishi.

Vasvasalar

Tafakkur darajasida

Fikrlash jarayonining sekinlashishi

Rezonerlik-fikrlash jarayonining bir yoqlamaligi

Birlamchi (sistematik, paranoyyal) vasvasalar

Ikkilamchi (hissiyot, obrazli) vasvasalar

Tasavvur,

his-harakat

va mayl darajasida

Mentizm

O‘ta ezmalik (obstoyatelnost)

O‘ta qimmat g‘oyalar




Fikrlash jarayonining to‘xtab qolishi

Inkogerensiya- mantiqsizlik (bessvyazannost)








Parologik fikrlash


VASVASA
Bu so‘z ruschada «bred» degan maъnoni anglatadi. Hozircha, to tibbiyot fanining, jumladan psixiatriyaga oid so‘zlar, atamalarning ilmiy jihatlari yaxshilab asoslanmaguncha baъzi bir atama va so‘zlarning o‘zini vaqtincha bo‘lsa ham o‘zbek tilida ishlatib turishni maqsadga muvofiq topdik.

Vasvasa — jiddiy ruhiy kasallik (psixoz, telbalik)larning muhim belgilaridan biri. Lekin bu alomat murakkab bo‘lgani uchun ko‘pincha alohida holat — sindrom sifatida ham qo‘llanilaveradi. SHu maъnoda baъzan mutaxassislar vaziyatga va oldida turgan masalaning echimiga qarab vasvasani kasallikning alohida mustaqil belgisi yoki keng maъnoda sindrom tariqasida qo‘llashlari mumkin.

Ilgarilari vasvasa ikki turga ajratilar edi: bir­lamchi va ikkilamchi turlari. Bemorda kasallik boshlanishi bilan boshqa belgi-holatlar yuzaga kelgunicha paydo bo‘ladigan vasvasa birlamchi turi hisoblangan. Xastalikning boshidan boshqa alomatlar — affektiv buzilishlar, gallyusinatsiyalar yoki yana bir boshqa ruhiy o‘zgarishlardan so‘ng namoyon bo‘ladigan vasvasa esa ikkilamchi deb hisoblangan. Katotim yoki golotim deb nomlangan turlari tuyg‘u-hissiyotning buzilishi bi­lan bog‘lik deb taxmin qilinardi. Aniqrog‘i, depressiyada bo‘ladigan vasvasani golotim vasvasasi deb atashgan. Kayfiyati pasayib, parishonxotir kishilar o‘z o‘tmishidan kamchilik qidirib, o‘zini-o‘zi ayblaydi va shu tufayli qattiq iztirobga tushadi.

V. A. Gilyarovskiyning taxmini buyicha ichki kasalliklarning og‘ir turida ichki aъzolardan bosh miyaga borgan maъlumotlar natijasida paydo bo‘ladigan vasvasani katestezik turi deb atagan.

Bu fikr-mulohazalar psixiatriyaning baъzi bir qonun-qoidalari o‘tmishda funksional psixologiya asoslarida rivojlantirilgani uchun kelib chiqqan. Vasvasaning turlari ularning psixologik maъnosiga qarab ajratilavergan. Ilgarigi darslik va qo‘llanmalarda, ayniqsa nisbatan yaqinda (1965 y.) nashr etilgan V.S. Guskovning izohli lug‘atida 60 dan ortiq vasvasalarning turlari keltirilgai: taъsir etuvchi, yomon munosabatda bo‘luvchi, o‘zini-o‘zi gunohkor deb biluvchi, ayblanuvchi, tuzumni yangilovchi, suyukli va boshqa turlardir.

YUqorida aytilganidek, vasvasa — bu telbalik yoki jinnilikning asosiy belgisidir. Ular ongning buzilishida, affektiv o‘zgarishlarda, hatto o‘ta aqliy zaiflik holatlarida uchrashi mumkin.

Xato fikr — mulohazalar, soxta g‘oyalar hamda mantiqsiz xulosalarga ishonilsa va ular kasallarning ongini, diqqat-eъtiborini o‘ziga jalb etib, ularning yashash tarziga bevosita bog‘lansa, bunday holatni vasvasa deb atash mumkin. SHuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, hayot va jamiyatda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fikr-mulohazalar, ruhan sog‘lom kishilarda ham uchrab turadi. Hatto g‘oyalar baъzan izchillik bilan va qattiq ishonch bilan kishilar tomonidan asoslangandek ko‘rinsa, u nosog‘, mantiq qoidalariga sig‘maydigan xulosalar vasvasa qatoriga kiritilmaydi. Vasvasa deb atalishi uchun fikr-mulohazalar faqat haqiqat mantig‘iga qarshi bo‘lmasdan, balki ularning zaminida kasallik mexanizmi yotishi kerak. Xatolikka yo‘l qo‘ygan ruhan sog‘lom kishi hayotning boshqa hamma masalalariga to‘g‘ri mantiq bilan qaray oladi va ularni tahlil etib to‘g‘ri xulosalar chiqaradi. Vasvasa bilan kasallangan bemorning xulosasi esa uning ilgarigi, sog‘lom vaqtida ustun va mantiqli bo‘lgan dunyoqarashlariga zid keladi. SHunday qilib, xato xulosalar va mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan g‘oyalarning tagida soxta fikr va mulohazalar (krivaya logika) yotadi. Vasvasaning birlamchisi namoyon bo‘lganida bemorlarda soxta g‘oyalardan tashqari, ularning ruhida maъlum darajada o‘zgarishlar ham paydo bo‘ladi. Ularning kishilar bi­lan muomalasida, dunyoqarashida, hatto falsafasida ham maъlum bir «yangi qarashlar» paydo bo‘ladi. Fikr yuritishda ham ezmalik, bir tomonlamalik belgilari kuzatiladi.

Vasvasaning namoyon bo‘lishi arafasida bemorlar o‘zlarini besaramjon, xuddi ular birorta xavfli xodisa sodir bo‘lganidek, atrof-muhitda qandaydir vahimali o‘zgarishlar bo‘ladigandek tuyuladi. Vahima va bezovtalik ortib boradi va shu bilan birga birdan qandaydir g‘oya o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib, bemor o‘zini birmuncha engil his eta boshlaydi «Kristallizatsiya bre­da» (I. M. Balinskiy. Leksii po psixiatrii. M. Medgiz, 1958, 215 bet). Klinik nuqtai nazardan qaraganda ham vasvasaning ikki xil turi borligi tan olinadi. Birlamchi — aqliy intellektual, sistematik, tizimlashgan, interpretativ turi hamda ikkilamchi — hissiyotli (obrazli), tizimlashmagan turi.

Birlamchi vasvasa har xil maъlumotlar, tashqi voqealar yoki ichki sezgilar asosida kelib chiqadi. Kasallikning boshlang‘ich davri o‘z-o‘zidan sababsiz paydo bo‘lib, bemor ruhiy holatini yolg‘iz o‘zi namoyon etadi. Bosh miyaning kasalligi natijasida kelib chiqadigan belgidir (Griesinger, 1872 y.).

Ilgarilari psixiatriya rivojlanib kelayotgan davrda kasalliklarning alohida belgilarini va holatlarini mustaqil nozologik shakl sifatida qaralgan kezlarda vasvasaning bu turi intellektual monomaniya deb yuritilgan.

Birlamchi vasvasada asosan borliqni, tabiat, jamiyatning asosiy qoidalarini, voqea va hodisalarning mohiyatini kishilarga tushuntira oladigan qobiliyat tafakkur — mantiq (ratsional- logik) jarayoni buziladi. Atrof-muhitni bilishda hissiy idrok va hissiy aql qobiliyatlari bunda deyarli o‘zgarmaydi. Bo‘­lib o‘tayotgan hodisalar, boshidan kechirilayotgan hamma voqealarni bemorlar bevosita qabul qilaveradilar va o‘zlarini shu vaziyatga qarab to‘g‘ri va mos olib boradilar. Kasallik natijasida kelib chiqqan soxta mulohaza bemorni shu mavzuga biryoqlama qarashga asoslangan birmuncha isbot-dalillar keltiriladi. O‘zining xato fikrini tasdiqlash uchun o‘tmishda bo‘lib o‘tgan xodisalarni yoritishda ham soxta isbot-dalillar keltirib, yuzaki va bir tomonlama xulosalar chiqaradi. Vasvasali mulohazaga zid keladigan yoki qarama-qarshi keladigan voqealarni, dalillarni «bular dushmanning maъlumotlari va ularning hammasi asossizdir», deb daъvo qilishadi.

Aqliy vasvasa o‘zining turg‘unligi va asta-sekin rivojlanib, o‘sib borishi bilan ham farqlanadi va be­mor ruhining asosiy qismiga, uning dunyoqarashiga, xatto yashash tarziga aylanib qoladi. SHu bilan birga bu bemorlar baъzan uzoq vaqt davomida o‘zlarining ish qobiliyatini yuqotmaydilar va tashqaridan qaraganda ularning yaqin kishilari va ular bilan muomalada bo‘lgan odamlarda ularning ruhiy holatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri fikr tug‘ilishi mumkin. YAъni ularni ko‘pchilik ruhan sog‘lom kishilar qatorida ko‘rishadi. Birlamchi vasvasaning tarkibi xilma-xil bo‘ladi.

Baъzi bir bemorlar aniq fanlardan to‘liq maъlumotga ega bo‘lmasalar ham uchadigan yoki erda yuradigan transportning takomillashgan turini ixtiro qildim deb daъvo qiladilar. Butun kuch-g‘ayratlarini shu masalaga bag‘ishlaydilar. SHu yo‘lda xalaqit beradigan kuchlar, sabablarga qarshilik ko‘rsatadilar va h.k. Vasvasaning bu turi ixtiro vasvasasi deyiladi. Boshqalari bizning tuzumdan kamchilik topadilar, misol uchun ayollarning huquqi erkaklarnikiga qaraganda ustun bo‘lgani uchun har xil «ilmiy» asoslangan yo‘l-yo‘riqlar topishadi va shu g‘oyani amalga oshirishga harakat qilishadi. Vasvasaning bu xili isloh qilish (reformatorlik) vasvasasi deb ataladi. Boshqalarida bo‘lsa xotin eridan yoki eri xotinidan shubha qila boshlaydi, ularda boshqalar bilan o‘ynashganligi to‘g‘risida to‘la ishonch hosil bo‘ladi. Bir-birini qizg‘anadi, uyga bir oz kechikib kelsa shubha ortadi, xizmat joylariga borib surishtiradilar, bir-birining nopokligiga ishonch ortib boradi, uyda o‘rin-boshda, ichki kiyimlarda begona kishilarning «izlarini», «qoldiqlarini», «hidlarini» topishga harakat qiladilar (rashk vasvasasi).

YAna boshqalari meni bir obro‘liroq kishi sevib qolgan deb surbetlarcha u bilan uchrashishga va muhabbat izhor etishga harakat qiladi (muhabbat vasvasasi). Undan boshqasi huquqim kamsitildi degan g‘oya bilan har xil pastu-baland idoralarga arizalar va shikoyatlar yoza boshlaydilar. To‘g‘ri va asoslangan og‘zaki va yozma javoblarga qanoatlanmasdan yuqori idora­larga yozishda davom etaveradilar. Rad javobini dushmanlik deb noto‘g‘ri tushunadilar — daъvo qilish, arizabozlik vasvasasi (sutyajnыy, kverulyantskiy bred). O‘zlarini rak kasalligiga yoki yana boshqa og‘ir xastalikka uchraganman, degan fikrga ishongan vasvasa ham buladi. To‘xtamasdan har xil tibbiyot muassasalariga murojaat qiladilar, tekshiruvlar, kuzatuvlar, yuqori malakali xodimlarning ko‘rishini talab qiladilar va tekshiruv uchun yangi-yangi shifoxona-yu, ilmiy tekshirish institutlariga murojaat etaverishadi (ipoxondriya vasvasasi).

SHu urinda Griesinger (1872—1886)ning vasvasa­ning mazmuni to‘g‘risidagi bir fikrini keltirishni lozim topdik. Kasallar har xil davrda yashab, har xil millat va dinga mansub bo‘lganlariga qaramay ularning vasvasalarida uchraydigan, mazmun va g‘oyalarning bir xilligi kishini hayratda qoldiradi. Huddi ularning hammasi go‘yoki bir vaqtda yashab, u g‘oyalarni bir-birlariga yuqtirgandek ko‘rinadi.

Hissiyot (tasvir)li vasvasa — vasvasaning aqliy turidan farqi shuki, kasallikning boshlanishidan murakkab sindromlar tarkibida uchraydi (gallyusinatsiyalar, affektiv buzilishlar va h. k.). SHuning uchun ham uni ikkilamchi vasvasa deyiladi. Bu erda mulohazadan, fikrlashdan tuyg‘u, hisssiyot va tasavvur kuchli bo‘ladi, ularning isboti va dalillari bo‘lmaydi. Ularning tasavvurlari, hayollarida uzuq-yuluq va noaniqlik ustunlik qiladi. Baъzan tasavvurlar va hayollar tez-tez o‘zgarib turadi. Besaramjonlik, bezovtalik kuzatiladi va kutilmaganda birdan beixtiyor har xil xavfli harakatlarni sodir etishlari mumkin. Bemorlarda xaddan tashqari qo‘rquv bo‘ladi, ular doimiy qattiq vahimani his etishadi. Uyda bo‘lganlarida ham kimdir ularni qidirib kelishidan qo‘rqishadi, ko‘chada ularni kuzatayotganga o‘xshaydi, xizmatda tanishlar boshqacha, xo‘mrayib qarayotgandek yoki uning ustidan kulib, g‘iybatini qilgandek tuyuladi. Vahima baъzan zo‘rayib ketadi, shunday vaqtlarda ular uyga bormasdan rasmiy idoralarga yordam so‘rab borishadi, u erda o‘sha zahoti ularni qidirib yurgan sheriklari topiladi, kimdir o‘qrayib qaragandek tuyuladi va shu erning o‘zida qamoqqa olib ketishlari mumkinligini tushunadi. Baъzan u erdan ham qochib qutulishlikning chorasini ko‘rmokchi bo‘lishadi.

Vasvasaning bu turi mazmuniga qarab ikki xil bulishini esda tutish lozim. Birinchisida qo‘rquv, his-tuyg‘u, tasavvur, hayollar hamda ichki kechinmalar haqiqatdan voqelikka yaqin bo‘ladi, ikkinchisida iztirobi, ichki kechinmalari fantaziyaga yaqinlashgan bo‘­ladi, voqelikdan uzoqroq va unga o‘xshamagan bo‘ladi.

Fantastik vasvasaning tarkibidagi kechinmalar juda ham keng miqyosda sodir etiladi. Kurashlar ikki kuch o‘rtasida, yaxshi bilan yomonlik yoki yorug‘lik bilan korong‘ulik o‘rtasida, katta kenglikda, er kurrasida yoki fazoda kechadi. Bemor shu bo‘layotgan katta fantastik kurashlarning markazida turadi va bevosita ishtirok etadi. Adolatning, ezgulikning g‘alabasi bemorning kuchiga va g‘ayratiga bog‘lik bo‘ladi. Boshqa tomondagi kuchlar unga qarshi xujum qiladilar va uni yo‘q qilmokchi bo‘lishadi. Atrof-muhitdagi kishilardan bemorga yordam beruvchilar ham topiladi. Voqealar kasalning hayolida katta tezlik bilan o‘zgaradi va o‘rin almashadi. SHunga qarab, hayoliy voqealarning kechayotgan makoni, atrof-muhiti va kishilar bemorning tasavvurida har xil bo‘lib tuyuladilar. Ka­sallar bunday holatda besaramjonlik bilan ikki xil holatda — yo o‘ta qo‘rquv-dahshatda yoki o‘ta hursand (ekstaz) xolatda bulishadi.

Boshqa kasalliklarda bemorlar o‘zlarini qudratli, buyuk yoki jismonan kuchli his etadilar. Alloma, olim, katta arbob, jaxonda maъlum shaxs, xalqlarning baxti uchun kurashayotgan kimsa, sanъatda yoki ilmda va tabiatda katta va ahamiyatli qonunlarni ochgan dono shaxs deb hisoblaydilar. Ular o‘lmas va ko‘p yashaydigan kishilardir (ekspansiv vasvasa). Baъzan sodir etilayotgan hodisa-voqealar bemorlar uchun tushunarsiz yoki kinoda bo‘layotgandek kuzatiladi va xuddi maxsus reja bilan tuzilgandek havfli tuyuladi (inssenirovkali vasvasa). Makon, manzil, atrof-muhit va odamlar doimiy o‘zgarib turishlari mumkin (metabolik vasvasasi). YAqin kishilar, ota-onalari, aka-singillari boshqacha, begona bo‘lib ko‘rinadilar yoki, aksincha, butunlay begona kishilarni yaqin odamlaridek katta ishonch bilan tasavvur etishadi — ijobiy yoki salbiy o‘xshashlik vasvasasi (simptom polojitelnogo i otritsatelnogo dvoynika).

Hissiyot vasvasasining yana boshqa bir turida odam­lar ichidan qora ko‘ylak kiygan bo‘lsa yoki tez yordam mashinasi tasodifan o‘tib qolsa, bemor men bilan bir yomon voqea sodir bo‘lishi mumkin degan mulohazaga kelib, qo‘rquv va qattiq havotirga tushadi (ramziy vasvasa, simvolicheskiy bred).

Hissiyotli (hayoliy) vasvasalarning turiga yana me­tamorfoza deb nomlangan vasvasa ham kiradi. Bunda bemorlar o‘zini boshqa bir kishiga, jondorga, maxluqqa yoki hatto jonsiz bir jismga aylanib qolgandek his etishadi. Bu turlanish (butunlay boshqa qiyofaga kirish) vasvasasi deyiladi. YAna bir boshqa turida be­morlar ichimda qurbaka, ilon yoki yana bir boshqa, narsa bor deb ishonadilar. Bu esa giriftorlik vasvasasi (bred oderjimosti) hisoblanadi.

YUqorida qayd etilganidek, vasvasaning turlari xilma-xil bo‘lsa ham, ularda uchraydigan mavzular turli-tuman bo‘lishidan katъi nazar, ular asosan ikki turkumga bo‘linadi:

1.Birlamchi (aqliy, paranoyyal, sistematik) vasvasalar;

2.Ikkilamchi (hissiyotli, tasavvuriy, nosistematik va hayoliy) vasvasalar. Ularning mavzuiga qarab sabablarini aniqlash mumkin emas, faqatgina ular turkumlari bo‘yicha o‘rganilganda bilim jarayonlarining aqliy yoki tuyg‘u-tasavvur qismlari faoliyatining buzilishlarini anglash mumkin.

A.V.Snejnevskiyning adolatli fikriga yondoshadigan bo‘lsak, vasvasaning mavzulari davrga, madaniyat darajasiga, muhitga, maъrifatga va jamiyatning rivoji bilan kasbga qarab o‘zgarib boradi. Ilgarilari ularning mazmunida dinga oid masalalar, iblis, jin, shaytonlar bo‘lsa, keyingi yillarda ko‘proq fazoga tegishli voqealar, biotoklar, atom energiyasi bilan ekstrasenslarga bog‘liq fikr-mulohazalar ustunlik qilmokda. N. Mandsleu (1871) taъbiri bilan aytganda, telba kishilarning gap-so‘zlarida va fikr-mulohazalarida ozmi-ko‘pmi davr, vaqt o‘z ifodasini topadi.



Bu xil vasvasaga qo‘shimcha qilgan holda, ikki xil turining borligini aytib o‘tmoqchimiz, birinchisi qoldiq vasvasasi, ikkinchisi yuqumli vasvasa. Qoldik vas­vasasi o‘tkir va murakkab ruhiy holatdan tuzalib chiqqandan so‘ng yolg‘iz bir belgi sifatida soxta mulohaza ishonch bilan aytilaveradi. Misol uchun, bemor deliriy holatidan chiqqandan so‘ng ham qattiq ishonch bilan vrachga shu shifoxonada kasallarning ustida har xil zaharli moddalar berib tajriba o‘tkazganlarini tasdiqlaydilar. Maъlum vaqt o‘tgandan so‘ng bunday soxta mulohaza o‘z-o‘zidan yo‘qoladi va unga nisbatan to‘liq tanqid hosil bo‘ladi.

YUqumli vasvasa asosan bemorning yaqinlarida paydo bo‘ladi. Ular asosan aqli chegaralangan, g‘alati tabiatli kishilar bo‘lib, kasal aytgan soxta mulohazalar taъsirida xuddi o‘sha noto‘g‘ri fikrlarga ularda komil ishonch paydo bo‘ladi. Ularda tanqid bo‘lmaydi va aksincha, bemorning taъsirida bo‘ladilar.

Umumiy psixopatologiyaning mazkur bo‘limi ustida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish uchun hamda bu kerakli tushunchani uzoq ongimizda bemorlar bilan suhbat va ulardagi patologiyani tahlil etib, har xil xastaliklarda uchraydigan holatlarini bir-biridan ajratib, asosiy diagnoz qo‘yilishida zarur bo‘lgani uchun bu o‘rinda biz tez va ko‘p uchraydigan va ularning uchrashi tafakkurning buzilishidan kelib chiqadigan sindromlar ustida to‘xtalmoqchimiz. Bular qatoriga paranoyyal, gallyusinator-paranoid (Kandinskiy—Klerambo), affektiv vasvasali, depressiv paranoid va parafren sindromlar kiradi.



Paranoyyal sindromida bir mavzuli aql vasvasasi mavjud bo‘ladi, ammo gallyusinatsiya, affektiv buzilishlar yoki boshqa psixopatologik bel­gi — holatlar bo‘lmaydi. Bu holatning o‘tkir va surunkali kechuvchi turlari mavjud. Ular shizofreniya xastaligida, bosh miyaning organik kasalliklari natijasida bosh miya xujayralarining bevosita o‘zgarishida uchraydi.

Kandinskiy—Klerambo sindromi haqida idrok qilishning buzilishlari mavzusida batafsil taъrif berildi. Bu va boshqa hamma ko‘rsatilgan sindromlar (paranoyyaldan tashqari) murakkab sindromlar qatoriga kiradi.

Depressiv-paranoid holatida depressiya bilan bemorni taъqib qiluvchi va ayblovchi hissiy, hayoliy (obrazli) vasvasalar qo‘shilib keladi. Xastalikning rivojlanishi bilan yana oneyroid va katatoniya belgilari, gallyusinatsiya, psevdogallyusinatsiya, ruhiy avtomatizm alomatlari paydo buladi.

Affektiv vasvasa sindromi tarkibida maniakal yoki depressiv yoki aralash affektlar bilan har xil turdagi vasvasalar qo‘shilib keladi. Affektlarning depressiv yoki maniakal turlari mavjud bo‘lib, baъzan ular aralash bo‘lishi mumkin. Vasvasalar ham turlicha bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha ehtirosli turlari kuzatiladi, kamdan-kam tizimli (sistemli) xillari uchraydi. SHuning uchun, ularni maniakal vasvasali va depressiv vasvasali holatlar deb yuritiladi, chunki bu sindromning murakkabligi depressiv-paranoid holatgacha etib bormaydi va faqat yuqorida ko‘rsatilgan simptomlar bilan chegaralanib qoladi. Agar affektiv buzilish aralashib kelsa, unda ham affektiv vasvasa sindromi deb atalaveradi. Depressiv-paranoid bilan affektiv vasvasa­li sindromlar shizofreniyada, simptomatik, intoksikatsion psixozlarda va bosh miyaning organik kasalliklarida uchraydi.

Parafren holati juda ham murakkab va katta sin­dromlar qatorida ko‘riladi. Kasallikning kechishiga qarab, parafreniya sindromi ikki turga ajratiladi: o‘tkir va surunkali o‘tadigan turi. Keyingi xili shizofreniyaning uzluksiz kechadigan turi — gallyusinator-paranoid sindromlaridan so‘ng paydo bo‘ladi. Bun­da o‘zini buyuk deb his qilishdan tashqari, meni kuzatyapti, menga qandaydir kuch bilan taъsir etyapti degan mulohazalarni aytishadi. Affektiv o‘zgarish bilan birga Kandinskiy sindromiga xos hamma belgilari va haqiqiy gallyusinatsiyalar hamda mo­notematik vasvasa ham bo‘lishi mumkin.

Parafreniya sindromining o‘tkir kechadigan turi ham ko‘pincha shizofreniyaning shu bilan kechadigan turining tarkibida uchraydi. Uning simptomlari maniakal affekt hamda o‘zining buyukligini izhor qiladigan va ehtirosli vasvasalarda namoyon bo‘ladi.



O‘ta qimmatli g‘oyalar (fikrlar) rus ilmiy adabiyotida sverxsennыe idei deb yuritiladi. Maъlum bir bahona va sabablarga bog‘lanib yuzaga chiqqan fikr-mulohazalar bora-bora bemorlarning ongida asosiy joy olib, uning muhim va ajralmas qismiga aylanadi.

Ular kuchli tuyg‘u va hislarga bo‘yalib, katta kuchga aylanadi va amalga oshirishga kuch-g‘ayrat sarflaydilar. Fan, texnika yoki tabobat sohasidagi «yangilik» yoki «ixtiro»ga haddan tashqari «ahamiyatli» deb ishonch paydo bo‘lgandan so‘ng uni izchillik bilan o‘sha va boshqa qo‘shni sohalarda ham tezlik bilan hayotga amalda tatbiq etilishini talab qiladilar. Bemorlarning fikricha, unga mutasaddi kishilar bu masalaga sovuqqonlik bilan qaragandek tuyuladi. Bunday «adolatsizlikka» chidamasdan kerakli «kishilarga» va undan ham qanoatlanmasdan yuqori idoralarga shikoyatlar yozib, ixtironi amalga oshirmaganlari uchun ularni jazolanishini, o‘zlarini esa mukofotlanishlarini talab qiladlar.

O‘ta qimmatli g‘oyalarning aqliy vasvasadan farqi shundaki, bu g‘oyalarning kelib chiqishida odamlarning hayotida qandaydir voqealar va hodisalar bo‘lishi muqarrar, vasvasaning asosida esa kasallik bilan bog‘langan soxta fikr-mulohazalar yotadi. Undan tashqari, qimmatli g‘oyalar vaqt o‘tishi bilai ularning egalari uchun ahamiyati yo‘qolib boradi, vasvasa esa rivojlanib murakkab sindromlarga aylanadi. Baъzan bu holat vasvasaga ham o‘tishi mumkin.

O‘ta qimmatli g‘oyalar ko‘pincha depressiya sindromida uchraydi. O‘tmishda sodir bo‘lgan baъzi bir nojo‘ya hatti-harakatlarni eslab, ularni jinoyat darajasiga chiqaradilar va shu qilingan «gunohlar» uchun o‘zlarini katta aybdor deb his qiladilar. O‘ta qimmatli g‘oyalarni psixopatiyada, involyusion melanxoliyada ko‘rish mumkin va ular boshqa organik kasalliklarda ham kuzatilishi mumkin.



Ixtiyorsiz, xira (shilqim, yopishqoq) holatlar. Fikr-mulohazalar, his-tuyg‘u va qo‘rkuv, o‘tmishdagi voqea-xotiralar, baъzi bir tasvir-tasavvurlar, mayllar va xatti-harakatlar kishilar ongida ixtiyorsiz, xohlamasalar ham paydo bo‘laveradi. SHunday dardga yuliqqan bemorlar bu holatga tanqid ko‘z bilan qarashadi. Xastalik natijasida yuzaga kelganini anglaydilar, ularga qarshi kurashib ruhan charchaydilar, ammo kuchlari etmaydi, shuning uchun ham ular doimiy iztirobda yuradilar.

SHilqim holatlar o‘z ko‘rinishlari bo‘yicha ruhiy av­tomatizm bilan vasvasalar namoyon bo‘lishiga o‘xshaydi. Egasining ixtiyorisiz ularning ongidan joy olishi ruhiy avtomatizmlarga yaqinlashtiradi, ammo keyingi belgilarda bemorlar nazarida qandaydir qo‘shimcha kuch taъsiri yoki zo‘rlik sodir bo‘ladi. Vasvasalardan farqi shuki, ixtiyorsiz holatlarga nisbatan bemorda tanqid bo‘ladi, u kasallik natijasida kelib chiqqanini yaxshi fahmlaydi. Vasvasalarga nisbatan bemorlarda tanqid bo‘lmaydi va uning g‘oyalarining tubida kasallik natijasida yuzaga chiqqan soxta fikr-mulohazalar yotadi.

SHilqim holatlar ikki turga bo‘linadi:

1. affektsiz

2. affektiv

Birinchi xilini aqliy (ruhiy) «kavshanish» (ruschada boleznennoe mudrstvovanie yoki «umstvennaya jevach­ka») deb atash mumkin. Bunday bemorlarning ongida, hayolida doimiy fikrlash jarayoni davom etadi, ular har xil mavzu va masalalar to‘g‘risida o‘ylashga majbur bo‘ladilar. Bemorlarning yashash sharoitlariga va vaqtlariga to‘g‘ri kelmaydigan fikr-mulohazalar, umumiy, unga hech aloqasi bo‘lmagan hayollar ularning miyasiga to‘xtovsiz kelaveradi, bemorlar esa ularni idora etib tartibga solishga ojizlik qilishadi. Ularning ongiga bog‘lik bo‘lmagan holda nima uchun er kurrasi dumaloq shaklga ega, boshqacha bo‘lganda erda kishilarning hayoti qanday bo‘lishi mumkin edi deb o‘ylaydilar. Majburiy ravishda bemorlar raqamlarni ixtiyorsiz yodlab hisoblashlari ham mumkin. Karra jadvalining baъzi bir raqamlarini, zinadan chiqa turib uning znapoyasini, kishilarning paltolaridagi tugmalarini, ko‘chada ketayotib imoratlardagi derazalarni o‘zlarining xohishlariga qarshi bo‘lishiga qaramasdan sanashlari zarur bo‘ladi.

Ikkinchi xili — affektiv shilqim belgilar ular qay turda bo‘lmasin alam-iztirob va tajanglik bilan qo‘shilib keladi. SHilqim holatlarning ikkinchi turiga turli belgilar kiradi: hissiyot bilan bog‘langan alomatlar, tasavvurlar darajasida uchraydigan hol­lar, hatti-harakatlar va mayllar darajasida uchray­digan xillari mavjud.

SHilqim shubhalar bemorlarning hamma qilgan hatti-harakatlariga, ishlariga nisbatan shubha paydo bo‘ladi. Ishga otlanib ko‘chaga chiqqandan so‘ng gaz plitasini o‘chirganligi va eshikni qulflaganligi to‘g‘risi­da shubha hosil bo‘ladi. Xizmatda mahfiy hujjatlarni temir qutiga qo‘yganligi to‘g‘risidagi ishonchsizlik uyga kelganda bezovta qiladi. Ular o‘zlarining qilgan ishlarini bir necha marotaba o‘zlarini tekshiruvdan o‘tkazishadi, aqlan o‘sha qilingan ish to‘g‘riligini tushunishadi, ammo unga nisbatan ishonch to‘la hosil bo‘lmaydi va baribir kuchli shubhalar ostida iztirobdan qutula olmaydi.

SHilqim yodnomalar. O‘tmishda sodir bo‘lgan baъzi bir ko‘ngilsiz xotiralar yoki kishini uyaltiradigan va xijolatga soladigan voqealar ixtiyorsiz (xohlamasa ham) bemorlar esiga kelaveradi va ular yana boshqatdan iztirobga tushayotgandek, ular xuddi hozir bo‘lib o‘tayotgandek tuyuladi.

SHilqim tasavvurlar — sodir bo‘lgan tasavvurlar ko‘pincha yoqimsiz bo‘lib, ular xuddi bo‘lib o‘tgandek tuyu­ladi va shunga ishonch hosil bo‘ladi. Misol uchun xastalanib o‘lgan va mozorga ko‘milgan bolasi haqida onada u o‘lmagandek ishonch paydo bo‘ladi va ona og‘ir iztirob­ga tushadi.

Baъzan qisqa muddatga bemorda bu belgilarga tanqid yo‘qolishi ham mumkin va bunday hollarda kasal­larda ularga ishonch paydo bo‘ladi va o‘z ishonchlarining noto‘g‘ri bo‘lishiga qaramasdan amalga oshirishlari mumkin.

Maъlum bir vaqtda qo‘rquv harakat bilan birgalashib keladi. Uni odatiy harakatlar (rituallar) deyiladi va ko‘pincha bebaxtlik yoki «o‘lim vahimasi»dan bemorlar o‘zini himoya qilish uchun maъlum bir harakatni bajarishlari shart. Uydan ko‘chaga chiqishdan oldin albatta orqaga bir qarash lozim bo‘ladi, ko‘chada daraxt ko‘rinsa uni ham chetlab o‘tishi zarur va h. k. YOki biror-bir yuqumli kasallik bilan og‘rib qolishdan qo‘rkib qo‘llarini va ko‘ylaklarini doimiy ravishda yuvish bilan ovora bo‘lishadi. U harakatlarning bajarilmasligi uchun bemorlar o‘zini doim nazorat etishlari kerak va bu hol ular uchun qiyin tuyuladi. Agar harakatlar atrofdagi kishilar uchun sezilarli bo‘lib ko‘zga tashlanib tursa, bemorlarning kayfiyati yana ham tushib ketadi.

Manfur (dushman)lik tuyg‘usi (va qoralovchi yoki qarama-qarshi qutbli hislar yoki tasavvurlar) ham shilqimlik tarzida kelishi mumkin: bemorda sababsiz eng yaqin kishisiga dushmanlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Oila aъzolariga yoki begona kishilarga nisbatan uyat va qarama-qarshi tasavvurlar, dindor odamlarda joynamozning ustida dindor kishilarning ulug‘lariga xaqoratlaydigan o‘ylar o‘z-o‘zidan kelaveradi.

SHilqimlik holatining xavfsiraydigan turi xam mavjud. Xavfsirash tuyg‘usi biror bir odat bo‘lgan harakat yoki vazifaning bajarilmay qolishi mumkinligidan kelib chiqadi. Ko‘pchilikning huzurida nutq so‘zlay olmaslik, kechasi uyqusi qochib ketishlik yoki biror bir kishi bilan jiddiy muloqotda behosdan qizarib ketishdan xavfsirashlik hislari yuzaga keladi.



SHilqim vahima (fobiya)lar kuchli, bartaraf qilib bo‘lmaydigan va bemorlarning butun ongini egallagan qo‘rquv. Bemorlar o‘zlari bu tuyg‘uning bemaъniligini bilishadi, tanqid bilan unga qarashadi, qarshi kurashishga va uni idora qilishga zaiflik qiladilar. Vahima bemorlarning ko‘pchiligida va tez-tez uchraydi. Uning xillari turli-tumandir (350 dan ortiq). Baъzi birlari kuchli qo‘rquv natijasida uydan ko‘chaga chiqib, ko‘chani kesib o‘tib narigi tomonga o‘ta olmaydilar (agarofobiya), boshqalari eshigi yopiq xonalardan yoki liftdan qo‘rqishadi (klaustrofobiya). Boshqa birovlarda kishilar yig‘ilgan, odamlar gavjum joylarda kuchli qo‘rquv keladi, nafas olishlari qiyinlashadi (antropofobiya). SHunday qo‘rquv ham bo‘ladiki, ular xuddi o‘lib qolayotgandyok tuyuladi (tanatofobiya). Ilgarilari zahm, rak yoki yana bir necha og‘ir kasalliklarga uchrab kolish xavfi bo‘lar edi. Hozir esa SPID kasaliga nisbatan qo‘rquv yuzaga kelyapti (sifilisofobiya, konserofobiya, nozofobiya, spidofobiya). Ifloslanishdan qo‘rquv (mizofobiya) va qo‘rquvning o‘zi kelib qolishidan xavfsirash tuyg‘ulari (fobofobiya) ham uchrab turadi.

SHilqim maylliklar — o‘z kuchiga, ixtiyoriga, fahm-farosatiga qarshi nojuya, bemaъni va xavfli harakat yoki ishga xohish paydo bo‘lishi. YAqin kishilarini haqoratlash, uyat so‘zlar bilan kishilarning oldida so‘kinish, teatrda tomosha ketayotgan vaqtda baqirib yuborish yoki qo‘lidagi binokl bilan oldida o‘tirgan tomoshabinning boshiga tushirish va boshqa xavfli ishlarni sodir etishga xohish tuyg‘ulari bo‘lishi mumkin. Bu mayllar asosan amalga oshirilmaydi va shu hislatlari bilan ular impulsiv (g‘ayriixtiyoriy, yaъni beixtiyor tez va xavfli) harakatlardan ajralib turadi.

SHilqim g‘oyalar — shu nomli sindromning tarkibida mustaqil holat sifatida uchraydi. Undan tashqari, ularning alohida belgi — nishonlari boshqa sindromlarda va kasalliklarda ham namoyon bo‘ladi. Bular psixopatiyaning psixoastenik turida, nevroz kasalligida, shizofreniyada va miyaning organik xastaliklarida ham kuzatiladi.
Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling