Finlyandiya geologiya xizmati delegatsiyasi universitetga tashrif buyurdi


Download 14.15 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.15 Kb.
#1562754
Bog'liq
Финландия Геология


Finlyandiya geologiya xizmati delegatsiyasi universitetga tashrif buyurdi
Xalqaro munosabatlar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan Finlyandiya geologiya xizmati o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasida milliy farovonlikni oshirish maqsadida tabiiy resurslarni o‘zlashtirish samaradorligini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha imzolangan memorandum doirasida yurtimizga tashrif buyurgan Finlyandiya geologiya xizmati bosh direktori Kimmo Tilikainen, Tezkor bo‘linmalar direktori Olli Breilin, Loyiha rahbari Jaana Lohvalar Geologiya fanlari universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitet rektori M.Isoqov, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mas’ul xodimi O. Qodirov, prorektorlar hamda ilmiy tadqiqot institutlari direktorlari samimiy kutib olishdi.
Delegatsiya a’zolari, universitet kampusi – zamonaviy axborot texnologiyalar bilan jihozlangan Axborot resurs markazi, o‘quv binolari, talabalar turar joy bilan yaqindan tanishtirildi.
Universitet kampusi, unda yaratilgan sharoitlar – o‘quv dasturlari, talabalarga yaratilgan keng imkoniyatlar mehmonlarda katta ta’sirot qoldirdi.
Download 14.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling