Fitosenozlarning shakllanishi


Download 24.83 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi24.83 Kb.
#1348487
Bog'liq
Fitosenozlarning shakllanishi.


Fitosenozlarning shakllanishi.
Yer yuzida ekotopda o’simliklarning paydo bo’lishi va ko’payishi ular individlarining yaqinlashuviga, o’zaro ta’sirning kelib chiqishiga, maydon va oziq moddalar uchun kurashning paydo bo’lishiga olib kelgan. Turli maydonlardagi ekologik omillar majmuasining turli xilda bo’lishi shu maydonlarda turli xil o’simliklar majmuasi uyushmalarining paydo bo’lishiga olib kelgan. Bu jarayonning tarixda qanday o’tganligini hozirgi vaqtda ham ilgari o’simlik o’smagan maydonlarda o’simlik qoplamining shakllanishi misolida kuzatish mumkin. Ekilmay qolgan shudgor, muzlikdan ochilgan maydon, qurib qolgan ko’lning tubida o’simlilarning o’sishi va boshqalar shunga misol bo’la oladi.
Yer maydonining ma’lum qismidagi nisbatan bir xil abiotik, ekologik omillar majmuasiga ekotop deb aytiladi.
O’simlik va hayvonlardan xole bo’lgan ekotop o’zi joylashgan iqlimga, substratning fizikaviy va ximiyaviy xususiyatlariga bog’liq bo’lgan muhitga bog’liq. O’simlik o’smagan ekotop birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin. Birlamchi ekotop deganda Yer shari tarixida umuman o’simlik o’smagan maydonlar tushuniladi. Muzliklarning erishi natijasida ochilgan joylar, sovib qotgan lava oqimlari, vulqon otilgandan to’plangan kul qatlamlari, tog’ yon bag’ridagi tosh oqimlari, ochilgan daryo o’zani va boshqalar bunga misol bo’la oladi. Bu xil maydonlarda o’simlik qoplamining shakllanishida. Yer yuzida dastlabki quruqlik o’simliklar qoplamining paydo bo’lishidagidek jarayonlar sodir bo’ladi. Ikkilamchi ekotop mavjud o’simliklar qoplamining biror sababga ko’ra yo’qolishi natijasida paydo bo’ladi. Yonib ketgan o’rmon, ekilmay qolgan shudgor va boshqalar bunga misol bo’la oladi. Bunday ekotopda avvalgi mavjud o’simliklarning ildizlari, urug’’lari, mikroorganizmlar mavjud bo’ladi va shular hisobiga yotarli sharoit mavjud bo’lganda dastlabki o’simlik qoplami qayta tiklana oladi. Birlamchi ekotopda fitosenozning shakllanishi uchun o’simlik boshlang’ichlari - spora, urug’’, ildiz bo’laklari albatta chetdan kelib tushishi shart.
Ekotop asta - sekinlik bilan muhit sharoiti yotarli bo’lsa albatta o’simlik bilan band bo’lishi shart. Abadiy muzlik va qor qoplami bo’lgan joylarda, doimo otilib turadigan vulqonlar atrofidagina bu jarayon sodir bo’lmaydi. O’simliklar doimo ko’payishi va Yer yuzining yangidan - yangi qismlarini band etishini V.I.Vernadskiy "Xayotning Yer yuzida yoyilishi" deb ta’riflagan.
Birlamchi ekotopda o’simliklarning o’sa boshlashi, maydonda ayrim turlar yakka-yakka individlarining paydo bo’lishidan boshlanadi. Birinchi bo’lib qaysi turlarning kelib o’rnasha boshlashi bir qancha sabablarga bog’liq. Bulardan joydagi abiotik faktorlar kompleksining harakteri, yondosh maydonlarning flora tarkibi va floralarning tarkibi eng muhimlaridir. Uchinchi shart geologik tarix, begona o’tlarning mavjudligi, introduksiyalangan o’simliklarning mavjudligini o’z ichiga oladi.
Qoya toshlarda o’simliklar qoplamining paydo bo’lishi bakteriyalar, suvo’tlar, tuban zamburug’lar va lishayniklardan boshlanadi. Ma’lum vaqt o’tgach, qisman bo’lsada tuproq hosil bo’lgach, dastlabki yuksak o’simliklar (yo’sinlar) o’sa boshlaydi. Daryo o’zanlarining o’simlik bilan qoplanishida atrofdagi mahalliy o’simlik turlari qatnashadi, qumli cho’llardan esa, o’ziga xos o’simliklar guruhi shakllanadi-selin, juzg’un, iloq, qo’ng’irbosh, saksovul, shuvoq va boshqalar. Ko’llarning o’simlik bilan qoplanishida turlar suvning chuqurligi, ximiyaviy tarkibi, to’lqinlanish darajasiga bog’liq holda bo’ladi. O’simlik qoplamining qayta tiklanishi turli geografik mintaqalarda iqlimning xususiyatlariga bog’liq holda turlicha bo’lib o’tadi. Birinchi bo’lib o’rnashgan o’simlik turlarining soni janubiy rayonlarda ko’proq, shimoli esa, kamroqdir. Ekotopga atrof muhitdan juda ko’p o’simliklarning urug’lari, mevalari, vegetativ ko’payish boshlangichlari tushishi kuzatiladi. Ammo ularning ayrimlarigina maydonda o’rnashib qoladi, qolganlari esa, nobud bo’ladi. Bu xil tanlanish ekotopik tanlanish deyiladi. Ekotop o’simlik turlarini tanlaydi. Ba’zan o’simlik turlari maxalliy floradangina migrasiya qilinmasdan, balki uzoq geografik rayonlardan o’zga materiklardan ham turli yo’llar bilan kelib qolishi mumkin. Bunday usul bilan bo’lgan migrasiyani temir yo’llar atrofida, suv yo’llari qirg’oqlarida, port shaharlar atroflarida maxalliy florada uchramaydigan turlarni paydo bo’lishi va ko’payib ketishi misolida kuzatiladi. O’rta Osiyoning cho’llarida o’sadigan efemer yaltirbosh (Bromus tectorum) shu yo’l bilan qola yarim oroligacha, dasht zonasida o’sadigan buymodar (Achillea nobilius), sherolgin (Artyemisia dracunculus) Arxangelsk oblastigacha tarqalgan. Beda urug’i bilan aralashgan yantoq esa, shimoliy Amerikaga tarqalgan. Ekilmay qolgan shudgorlarning o’simliklar bilan qoplanishida ko’pincha ilgari shu yerda usgan begona o’tlar dastlabki turlar bo’lishi mumkin. Ekotopda o’sa boshlagan dastlabki o’simliklar orasida bir yillik yorug’sevar turlar ancha ko’p bo’ladi va ular keyinchalik ko’pyillik o’simliklar bilan almashinadi. Fitosenoz shakllanishining dastlabki bosqichlarida ekotopik tanlanish u qadar qat’iy bo’lmaydi. Chunki bu bosqichda maydonda o’simlik turlari ancha kam, individlar siyrak joylashgan va ular orasida xayotiy omillar uchun raqobat deyarli yuk. Individlarning zich joylasha boshlashi bilan raqobat kuchayadi. Turlardan qaysilari tez ko’paya olish va tarqalishiga moslashganroq bo’lsa, ular boshqa turlardan ustun bo’la boshlaydi va shunday qilib tabiiy tanlanish turlar orasida ma’lum miqdoriy nisbatlarni o’rnatadi. Ekotopik tanlanish jarayonida turlar urug’dorligining yuqori bo’lishi, meva va urug’larning tez va ko’proq usul bilan tarqala olishi, vegetativ ko’paya olish tezligi, urug’larining unuvchanligi yuqori bo’lishi, ildiz sistemasining kuchli rivojlanganligi va nihoyat zararkunanda va kasalliklarga berilmaslik hamda ko’pgina boshqa xususiyatlari muhim rol uynaydi. Ushbu jarayonda ekotopda turlar yerosti qismlarining yaqinlashuvi, zichlashuvi sodir bo’ladi.
Natijada birlamchi ekotopning muhiti o’zgaradi va ikkilamchi hosilaviy muhit paydo bo’ladi, uni fitomuhit yeki fitogen muhit deyiladi. Shunday qilib ekotop o’simliklar ta’sirida asta - sekin biotopga aylanadi, ya’ni yashash muhiti paydo bo’ladi. O’sib turgan har bir o’simlik turi va tupi bilan muhit o’rtasida bog’liqlik yuzaga keladi. O’simliklar qanchalik siyrak joylashmasin atrof muhitni qisman o’zgartiradi-soya soladi, ildiz sistemasi orqali juda ko’p moddalarni ajratadi va hokazo. Ularning himoyasida boshqa tur o’simliklar o’sa boshlaydi va turlar zichroq joylashgan o’simliklar uyushmasi shakllanadi.
Nisbatan zichroq joylashgan o’simliklar turlari orasida o’zaro ta’sir vujudga keladi - chunki har birining yashashi uchun zarur bo’lgan muhit omillari kamayadi va raqobat boshlanadi. Yonma-yon o’sayotgan o’simliklar orasida o’zaro ta’sirning vujudga kelishi fitosenozning eng muhim va eng o’ziga xos belgisidir.
Shunday qilib,fitosenozning va unga xos biotopning shakllanishi bir vaqtda sodir bo’ladi. har fitosenoz o’zining biotopida mavjuddir, u biotopga yaxshi moslashsa tez ko’payadi va tarqaladi, xukmron bo’ladi. Aksincha, moslasha olmaganlari fitosenozdan "chikib ketadi", nobud bo’ladi.
Biotop va fitosenozning shakllanishi bilan, ekotopik tanlanishning o’rnini biotopik yeki fitosenotik tanlanish egallaydi. Bu xil tanlanish avvalgisiga nisbatan ancha qat’iyroq va shafkatsizroqdir. Ekotopda ancha yaxshi o’sadigan ba’zi turlar biotopda yaxshi o’sa olmaydi va sikib chiqariladi. Masalan ekotopda birinchi bo’lib usgan bir yillik o’tlar keyinchalik ko’p yillik o’simliklar tomonidan sikib chiqariladi. Daryolar sohilining qumli maydonlaridagi o’tchil o’simliklar o’rtasida tollar tez o’rnashadi va vaqt o’tishi bilan soyaga chidamsiz o’tlarni siqib chiqaradi va aksincha ularning o’rniga soyasevar boshqa turlar o’sa boshlaydi. Demak, fitosenotik tanlanishda faqat ayrim turlar fitosenozdan sikib chiqarilmasdan, balki o’zgargan muhitga ko’proq moslasha oladigan boshqa turlarning o’sa boshlashiga ham qulaylik yaratadi. O’simliklar orasida o’zaro ta’sir etish jarayoni boshlanmasdan turib o’simlik ekotopga ta’sir etadi va uni qisman o’zgartiradi. Ammo fitosenoz shakllanishining asosiy belgisi o’simlik tur va individlari orasida o’zaro ta’sir jarayonining boshlanishidir. Shu belgining paydo bo’lishi bilan fitosenoz shakllanadi deb hisoblash mumkin va fitosenotik tanlanishning ham boshlanishidir. Unga qadargi o’simliklar tuplamini tur va individlarning oddiy guruhlari - ekotopik guruhlar deb atash mumkin, xolos. Ba’zi ilmiy adabiyotlarda ularni aggregasiyalar deb ham yuritiladi.
Fitosenotik tanlanish kuchsizroq bo’lib, fitosenozga chetdan turlar kelib o’rnasha olsa, bunday fitonsenozlar ochik fitosenozlar deyiladi. Keyinchalik ularda individlar ancha tig’iz joylashadi va fitomuhit ancha kuchayadi, murakkablashadi, natijada fitosenoz yepik fitosenozga aylanadi. Shundan so’ng fitosenozga boshqa turlarning qo’shilishi va o’rnashuvi deyarli sodir bo’lmaydi. Ammo tabiatda, ayniqsa cho’l o’simliklarida aggregasiyalarni fitosenozlardan farq qilib bo’lmaydi, chunki o’simliklar shu qadar siyrak joylashadiki, ularning o’zaro ta’sirini kuzatish mumkin bo’lmaydi, kuz ilg’amaydi. Bunday hollarda o’simliklar yerusti qismlarining o’zaro holati hisobga olinadi. ko’pchilik hollarda siyrak joylashgan o’simliklarning ildiz sistemalari yaqinlashgan, chalkashib ketgan bo’ladi va ular yerosti qismlari bilan o’zaro ta’sir etishadi. Qumli cho’llardagi juzgun (Calligonum), saksovul (Holoxylon) zorlarda, selin (Aristida) o’sgan joylarda bu holatni yaqqol ko’rish mumkin. Ba’zan adirda poychakirkar (Nulthemia persisa Bornm) ildizlarining beklaruti (Echinophora sibtorphiana)ning seret yumshoq ildizlariga spiral holda o’ralgan xolatlari kuzatilgan. Bunda poychakirkarning ingichka kamsuv ildizlari beklaruti ildizidan qisman bo’lsada suvni shimib olsa kerak.
Ekotopik guruhlar - aggregasiyalar kelgusida shaklllanadigan fitosenozning boshlang’ichi hisoblanadi.
Amerikalik geobotanik olim Klements fitosenozlar shakllanishida asosan 4 ta bosqichning bo’lishini ta’kidlaydi:
1) Erkin substratga o’simliklar boshlangichlari (urug’lari, mevalari, ildiz bo’laklari) ning migrasiyasi,
2) Esezis yeki o’simliklar boshlangichlarining shu joyda o’rnashib qolishi urug’ining unishi,maysaning ildiz otishi,
3)Aggregasiya, ya’ni migrantlarning ko’payishi va kichik individlar guruxlarining hosil bo’lishi,
4)invaziya, ya’ni bir migrant guruxi individlarining ikkinchi migrant individlari bilan aralashuv ya’ni diffuziyalanishi. Bu bosqichlarning barchasi muhitning, o’simliklarga, o’simliklarning esa muhitga ta’siri aggregasiya va invaziya bosqichlarida esa, o’simliklarning o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladi. Fitosenoz shakllanishi turli bosqichlari, qisman fitosenzda tur va tur individlarining gorizontal joylashuvi bosqichlarga mos keladi. Chunki har bir bosqichning o’tishida fitomuhit anikroq, sezilarliroq shakllana boshlaydi, dominant va subdominant turlar kuzga tashlanadi va ular maydonda ma’lum tartibda tarqaladi.
Yuqorida ta’riflangan fitosenozning shakllanish bosqichlarida tuproq mikroorganizmlari - bakteriyalar, zamburug’lar hamda hayvonlarning ishtiroq xisobga olingan emas. Umuman fitosenoz biogeosenozning markaziy komponenti bo’lganligidan, fitosenoz shakllanishi bilan bir vaqtda ham zoosenoz, ham biogeosenozning shakllanishi yuz berdi. Shunday qilib, fitosenozning shakllanishi juda uzoq davom etadigaan murakkab jarayondir. Uning sodir bo’lishi esa, quyidagi omillar bilan bevosita bog’liq va ularning ta’sirida o’tadi.
1) o’simliklarlarning ko’payishi va maydonda joylashuvi xususiyatlari;
2) joyning geologik va madaniy tarixi;
3) joydagi mahalliy va o’zga rayonlar floralaridan kelib o’rnashgan o’simlik turlarining tarkibiga;
4) ushbu floralar o’simliklarining biologik xususiyatlari va ekologik extiyojlari;
5) o’simlik bilan qoplanayotgan maydonning ekologik jixatdan o’ziga xosligi;
6) ekotopik tanlanishining keskinligi;
7) o’simliklarining ekotopga ta’sir etish usullari va darajasi;
8) hosil bo’ladigan ikkilamchi biogen muhitning - fitomuhitning ekologik o’ziga xosligi (spesifikasi);
9) biosenotik tanlashning keskinligi.
10) hosil bo’lgan fitomuhitga tushib yashab qoladigan va ko’paya oladigan yangi migrantlarning bo’lishi;
11) dastlabki migrantlarning fitomuhitga moslasha olmasdan nobud bo’lishi va xayotchanroq turlar uchun joy bushatib berish tezligi;
12) fitosenoz shakllanishida, o’simliklarga hamrox bo’lgan zoo va fitomikroorganizmlar hamda boshqa yirikroq hayvonlarning bo’lishi;
Ushbu faktorlar majmuasi ekotopning barcha maydonlarida bir xil darajada tekis ta’sir etadigan bo’lsa, maydonning katta-kichikligidan qat’iy nazar uning barcha qismlarida o’xshash fitosenozlar hosil bo’ladi. Agar ulardan bittasi farklanadigan bo’lsa, yeki yotishmasa, ko’proq ta’sir etadigan bo’lsa hatto yonma-yon maydonlarda ham turli fitosenozlar shakllanadi.
Fitosenozni uzoq evolyusion tarixiy jarayonda tashkil topgan, o’zaro ichki va tashki muhit faktorlari bilan uzviy alokada bo’lgan o’simlik turlarining muayyan guruxlari deb tushunmok lozim. Ayrim olimlar fitosenozni tirik organizmga tenglashtirishadi; bu notugri, albatta.
Ularning bir butunligi butunlay boshqacha tabiatga ega. Fitosenoz tirik organizm emas, u o’simliklar turlarining ma’lum, o’ziga xos konuniyatlar asosida birgalashib usib tashkil etgan tabiiy uyushmasidir.
Yuqorida qurib o’tilgan faktorlar majmuasi fitosenozning keyingi tarixida ham ta’sir etadi, o’simliklar qoplamining rivojlanishi, yangi fitosenozlarning shakllanishi, yangi turlarning paydo bo’lishini ta’minlaydi. O’simliklar qoplamini o’rganish, uni o’zgartirish, yaxshilash ishlarini o’tkazishda ushbu faktorlarning ta’sirini albatta hisobga olmoq lozim.
Download 24.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling