Fizik adreslarni ip adresda aks ettirish. Reja


Download 1.29 Mb.
bet1/5
Sana16.06.2022
Hajmi1.29 Mb.
#759054
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6-Maruza. Fizik adreslarni IP adresda aks ettirish
1-laboratoriya ishi Ixtiyot, Иш-режаси Маънавият, Maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik (nafosat) tar, Axborotnoma 2021 (2), 500 gap, Yo\'riqnoma, 48-tema praktika 81-bet, 10 -TEMA, 4-TEMA. BILIW TEORIYASI. , 1-TEMA. FILOSOFIYANIŃ ILIM HÁM DÚNYAǴA KÓZ-QARASQA TIYISLI MAZMUNI, Презентация1, Gulimbetova G( 3 ), Tema Gurin, Joldasbaev Xasilbek 2A-Jol injenerligi, Paint dasturi haqida. (1)

Fizik adreslarni IP adresda aks ettirish.
Reja.

  1. IPv4 adreslashi

  2. IP adres sinflarini toppish

  3. Turli sinfli IP-adreslarning strukturasi

  4. Masshtablanadigan adreslash sxemasi

  5. IP-adreslar kategoriyalari



Internet tarmoqlarida adreslashning asosiy mohiyati
IP-adres - tarmoqdagi TCP/IP protokoldan foydalanuvchi xostni aniqlovchi unikal identifikator.
Tugun (node) yoki xost (host) - tarmoqqa ulangan va boshqa qurilmalar bilan o‘zaro aloqada ishlay oladigan qurilma.
Tarmoq raqami va tarmoqdagi xost raqamidan iborat bo‘lgan tarmoq adresi yirik tarmoqdagi har bir xostni unikal tarzda identifikatsiya qilish imkonini beradi. TCP/IP texnologiyasida tarmoq adresi IP-adres deyiladi.



  1. IPv4 adreslashi

IPv4 adresi uzunligi 4 baytdan iborat va odatda to’rtta raqam ko’rinishida yoziladi. Bunda har bir baytning qiymati o’nli formatda va nuqta bilan ajratilgan, misol uchun: 128.10.2.30 adresning an’anaviy o’nlik formatda aks ettirilishi. 10000000 00001010 00000010 00011110 — yuqoridagi adresning ikkilik koddagi ko’rinishi. IPv4 adres - 32 razryadli ikkilik son. Qulaylik uchun maxsus formatda yoziladi - o‘nlik ko‘rinishda nuqtalar bilan (dotted decimal).
W.X.Y.Z - nuqtalar bilan ajratilgan o‘nlik raqamlar.
181.252.30.115
Internet tarmog‘ida har bir kompyuter unikal IP-adresga ega. U 4 raqamdan iborat bo‘lib, har bir raqam 0 dan 255 gacha diapazon chegarasida bo‘ladi. B utun adres tarmoq identifikatori va xost identifikatoridan tashkil topadi. IP-adreslarning sinflari mavjud bo‘lib, ular tarmoq nomeri va xost nomeridagi bitlar soni bilan farqlanadi.
IP adres har bir qurilmaga internet tarmog‘iga ulanish uchun beriladigan maxsus 0 va 1 ketma-ketligidagi manzil. IP adreslar oktetlardan tashkil topadi. IP adreslarning uzunligi uning turiga qarab 32 bit yoki 64 bit bo‘lishi mumkin. 12.1- rasmda IPv4 adresining strukturasi ko’rsatilgan.
IPv4 adresi strukturasi:

  • IPv4 adres 4 ta qismdan tashkil topgan;

  • Har bir qism 8 bit uzunlikka ega (demak uning umumiy uzunligi 32 bit ekan);

  • Har bir qism 0-255 diapazonda bo‘ladi;

  • Masalan,128.35.0.72







Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling