Fizika ” fanidan tayyorlagan


Download 0.75 Mb.
bet1/2
Sana05.10.2022
Hajmi0.75 Mb.
#831131
  1   2
Bog'liq
Esanov A. 1-Mustaqil ish (Fizika AX-11-22)
200 тестов Стратегия развития Узбекистана Гражданское общество 2 курс - копия 3 курс, Mintaqaviy iqtisodiyot, 1-chorak топшириклари, 3-sinf uchun matematikadan I-IV chorak test savollari. Boshlang'ich ta'limni rivojlantirish, Тарбия фани, Тарбия фани, Тарбия фани, Ta\'limda axborot texnologiyalari111, Xoshimjonov O RAQAMLI TA\'LIMDA O\'QITUVCHINING O\'RNI, Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xor, KT-MI (2), 4, 2, Муртозақулов Ҳабибулло Мультимедиа воситалари

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI

KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
AX 11-22-GURUH TALABASINING
FIZIKA
FANIDAN TAYYORLAGAN

1-MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Esanov Asliddin
Qabul qildi: To’rayev Sirojiddin


QARSHI-2022
Mavzu: Giroskoplar
REJA:

  1. Giroskoplar tarixi

  2. Girroskoplar turlari

  3. Giroskopik qurilmalar


Giroskop (qadimgi yunoncha: γῦρος —„xalqa“, qadimgi yunoncha: σκοπός — „kuzataman“), deb impuls momenti prinsiplariga asosan moʻljal olish uchun xizmat qiluvchi qurilmaga aytiladi.[2] Mexanik jihatdan, giroskop oʻqi erkin harakatlanuvchi aylanuvchi gʻildirak yoki diskdan iborat. Ushbu moʻljal oʻzgarmas boʻlmasa-da, u katta aylanish tezligi va inersiya momenti tufayli tashqi kuch momenti taʼsiridan deyarli oʻzgarmaydi. Tashqi kuch momentini yanada kamaytirish uchun giroskop muvozanat xalqasiga oʻrnatiladi, natijada unga oʻzi joylashgan platforma harakati taʼsir qilmaydi.
Boshqacha prinsiplarga asoslangan giroskoplar ham mavjud, masalan, elektron giroskop, lazerli giroskop, optik tolali giroskop, va oʻta sezgir kvant giroskopi.
Giroskoplar inersiyali navigatsiyada, ayniqsa kompas ishlamaydigan sohalarda qoʻllaniladi. Bularga qitʼalararo ballistik raketalar, fazoviy kemalar parvozlari, yerosti tunnel kavlash va boshqalar kiradi.
Giroskopik qurilmalar, giroskopik asboblar —giroskoplar oʻrnatilgan elektr-mexanik qurilmalar; shu qurilmalar oʻrnatilgan obʼyektning vaziyatini ifodalaydigan parametrlarni aniqlaydi, obʼyektni barqarorlashtiradi. Texnikada ishlatiladigan G. q. giroskopning turi, sezgir giroskopik elementlar yasashning fizikaviy prinsiplari, kardanli osma turi vazifasi bilan tavsiflanadi.
G. q. obʼyektning burchak ogʻishlarini aniqlaydigan (turli astatik va pozitsion giroskoplar); obʼyektning burchak tezliklari va tezlanishlarini aniqlaydigan (differensiyalovchi giroskoplar); kattaliklar boʻyicha integrallarni aniqlaydigan (integrallovchi giroskoplar); obʼyektni yoki alohida asbob va qurilmalarni barqarorlaydigan, shuningdek, obʼyektning burchak ogʻishlarini aniqlaydigan (girostabilizatorlar); navigatsiya masalalarini hal qiladigan (girokompaslar, kompaslar) va b. xillarga boʻlinadi. G. q. dengiz flotida, aviatsiyada, raketa va kosmik texnikada, harakatlanuvchi obʼyekt larning navigatsiya va boshqarish masalalarini hal qilish uchun xalq xoʻjaligida, baʼzi maxsus ishlarni (geodezik, topografik va b.) oʻtkazishda ishlatiladi.


MAVZU: O'zgaruvchan massali jismning harakati


REJA:

  1. Nyuton mexanikasi

  2. O'zgaruvchan massali moddiy nuqta dinamikasining asosiy tenglamasi

  3. Vektor kattalik

Nyuton mexanikasida jismning massasi uning tezligiga bog'liq emas deb hisoblanadi. Ammo bu hamma joyda jism harakati o'zgarmasligini belgilamaydi. U tashqi muhit bilan jism orasida modda almashinuvi ya'ni harakatlanayotgan jism tarkibining o'zgarishi hisobiga o'zgarishi mumkin.


Masalan aylanayotgan g'altak massasi kabelni o'rayotgan yoki undan bòshatib olinayotganligiga mos ravishda ortadi yoki kamayadi.
Raketada zaxiraga olingan yoqilg'i maxsuloti yonib bo'lgandan keyin dvigatelning soplosi orqali tashlab yuboriladi va raketa massasi asta sekin kamayib boradi.
MV=mv (1)
Raketa parvoz davomida masalan avtomatik tarzda bazibir qismarini tashlab yuboradi va shu tarzda ham raketa massasi kamayib borishiga sabab bòladi.

O'zgaruvchan massali jism dinamikasining asosiy tenglamasi (shuningdek jismning ilgarilanma harakat tenglamasini ) birinchi bo'lib I.V.Mesherskiy 1897-yilda kashf etgan. Sistemaning "P" impulsini kichik dt vaqtdagi o'zgarishini o'zgaruvchan massali ilgarilanma harakatlanayotgan jism va shu vaqt ichida undan ajralayotgan (yoki unga birlashayotgan) zarracha uchun quyidagicha yozamiz:


dP=(m+dm)(v-dv)-mv-mv¹d (2)
Bu yerda m va v t vaqt oralig'idagi massa va tazliklaridir; dm va dv ularning dt vaqt oralig'idagi o'zgarishlaridir. V¹ ajraluvchi zarraning ajralgandan keyingi (ularninv umumiy massai - dm0) yoki birlashuvchi zarraning birlashguncha ( ularninv umumiy massasi dm<0) tezligi. Almashtirishlarni bajarib va boshqalariga nisbatan yuqori tartibli kichik bo'lgan dmdv hadni tadhlab yuborib:
dP=mdv+(v-v¹)dm (3) yoki
dP=mdv-udm (4) ifodani olamiz.
F=U(dm/dt) (5)

Kuch birligiga ega bo'lib, uni reaktiv kuch deyiladi. U jismdan ajraluvchi yoki unga birlashuvchi zarrachalarning mexanik ta'sirlarini xarakterlaydi.


Reaktiv kuchdan foydalanib uchish aparatlarini yaratish g'oyasini aytilganiga ancha bòldi. Shunday qilib ,1881-yilda revolyutsioner narodnik N.M.Kibalchich shoh aleksandr òldirishda ayblanib ,uni qatl etishdan oldinroq u tyurmada bo'lganda reaktiv uchuvchi aparatlarini loyixasini tuzdi. Ammo bu loyixaga tyurma arxivida yòqolib ketdi va birinchi bòlib faqat 1918-yida chop etildi. Atoqli olim va kashfiyotchi K.E.Tsiolovskiy butunlay hayotini raketa texnikasi va raketani planetlararo aloqalarda qòllash masalalariga baģishladi. 1903-yildayoq u òzining chio etigan maqolasida raketa harakat nazariyasini asoslari va suyuq yoqilģi reaktiv dvigateli tòģrisida chuqur fikrlar aytgan. Havo reaktiv dvigateli nazariyasini birinchi bòlib B.S.Stechkin ishlab chiqdi va chop etdi.
MAVZU: REAKTIV HARAKAT
REJA:



  1. Reaktiv harakat

  2. Raketa haqida ma'lumot va yaralish tarixi

  3. Kosmonavtika

Reaktiv harakat-harakatlanayotgan jism (reaktiv dvigatel, snaryad va boshqalar) dan chikayotgan gaz, bugʻ va boshqa ish jismlari taʼsirida vujudga keladigan harakat. Reaktiv harakatni reaktiv tortish kuchi hosil qiladi. Reaktiv tortish kuchi — ish jismi (yonilgʻi yonishidan hosil boʻladigan gazsimon moddalar)ning dvigatelning ish sirtiga koʻrsatadigan bosimiga teng taʼsir etuvchi kuch. Reaktiv harakat reaktiv dvigatellarda yuz beradi. Reaktiv harakat impulsning saqalanish qonuniga asoslanadi. Reaktiv harakat deganda raketalar va reaktiv samolyotlarning harakatini tushunamiz.Shuni ham aytish kerakki qayiq, kema, parrakli samolyot kabi naqliyot vositalarining harakati ham mohiyati jihatdan reaktiv harakatdir chunki qayiq va kemalarda eshkak va parraklar yordamida suv bir tomonga biror (𝒗_𝟏 ) ⃗ tezlik bilan harakatga keltirilsa, qayiq va kema qarama-qarshi tomonga (𝒗_𝟐 ) ⃗ tezlik bilan harakatlanadi. Parrakli samolyotlarda ham shu hodisa kuzatiladi. Ammo “reaktiv harakat” tushunchasi odatda ancha tor ma’noda qo’llanilib, bunda raketa va reaktiv samolyotlarning harakatigina ko’zda tutiladi.

Raketa (italyancha: rocchetta yoki niderlandcha: raket — pirpirak) — maxsus raketa yonilgʻisi (ish jismi) yonganda paydo boʻladigan kuch taʼsirida harakatlanadigan uchuvchi apparat. Raketa yonilgʻisi turiga koʻra, qattiq yoqilgili va suyuq yonilgʻili xillarga boʻlinadi. Boshqariladigan va boshqarilmaydigan xillari bor. Boshqariladigani uchib ketayotganda oʻz yoʻnalishini (trayektoriyasini) oʻzgartirishi mumkin. Bir bosqichli va koʻp bosqichli Raketalar bor.Raketa maxsus uchirish qurilmalaridan uchiriladi. Raketa harbiy maqsadlarda, kosmosda, i.t. ishlarida, xoʻjalik ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Kosmik Raketalarning yaratilishi rus olimlari K.E.Siolkovskiy, N.I.Kibalchich, FL.Sander, V.P.Ptushko, S.P.Korolyov, chet el olimlari R.Goddard, G.Obert va boshqa nomi bilan bogʻliq.



Bayqonur kosmodromida raketa uchirilishi. (Soyuz TMA-9)
Kosmonavtika - (kosmos va yun. nautike — kemani boshqarish sanʼati) — kosmik fazoga parvoz qilish; turli xildagi kosmik apparatlardan foydalangan holda kosmosni va Yerdan tashqaridagi kosmik obʼyektlarni oʻrganishni taʼminlaydigan fan va texnika soxalari majmui. Quyidagi muammolar bilan shugʻullanadi: kosmik uchishlar nazariyasi — trayektoriyalarni hisoblash; ilmiy-texnikaviy kosmik raketalar, boshqarish bort tizimi, uchirish joyi qurilmalari, boshqariluvchi kemalar va stansiyalar, ilmiy labaratoriya jihozlari hamda yerdagi uchirishni boshqarish tizimini yaratish, trayektoriyani oʻlchash xizmati, telemetriya, orbital stansiyalarni jihozlash va boshqarish; tibbiy-biologik hayotni taʼminlash bort tizimini yaratish; ortiqcha zoʻriqish, vaznsizlik, radiatsiya kabi masalalar bilan bogʻliq ravishda inson organizmida kechadigan noxush hodisalarni bartaraf qilish; kosmik fazo va sayyoralardan foydalanishning huquqiy, xalqaro huquq meʼyorlari boʻyicha boshqarish masalalari va boshqa.
1933-yilda S. P. Korolyov boshchiligida birinchi marta suyuq yonilgʻili raketalar uchirildi. 1933-yil oxirida Moskvada Reaktiv ilmiy tadqiqot instituta ishga tushdi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling