25 -maktabning rus tili fani o`qituvchisi Yuldasheva Gulandomning 7 -sinfda adabiyot fanidan “А,С, Пушкин “ mavzusidagi 1soatlik ochiq
dars tahlili
BAYONNOMASI
Yangibozor tumani 09.09.2022
Yig‘ilish raisi : S.Saparniyozova
Kotibi : M.Matkurbanova
Tahlilda ishtirok etdilar: S.Saparniyozova , D.Eltazarova , B.Karimov
Ko‘rilgan masala: 7 -sinfda adabiyot fanidan “А,С, Пушкин “ mavzusida o‘tkazilgan ochiq dars tahlili.
Eshitildi:
Masala yuzasidan maktabning O‘IBDO‘: S.Saparniyozova so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi.U o‘qituvchining quyidagi yutuqlari va kamchiliklarini e‘tirof etdi:
Yutuqlari; Darsda o‘quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko‘rgazmali qurollardan foydalanildi, texnika vositalari o‘quvchilarda darsga qiziqish uyg‘otdi, vaqtdan unumli foydalanildi.
Maslahat: Kartochka yoki boshqa usullardan foydalanib ko‘proq o‘quvchilarni baholash mumkin edi, past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan individual shug‘ullanish kerak. S.Saparniyozova darsga umumiy holda yaxshi baho berishni taklif qildi.
Yig‘ilishda D.Eltazarova , B.Karimov ham dars to‘g‘risidagi o‘z fikrlarini aytdilar.
Jumladan , D.Eltazarova o‘z so‘zida dars davomida ba‘zi o‘quvchilar o‘qituvchi nazaridan biroz chetda qolganligi, buning natijasida o‘quvchilarda darsda berilishi kerak bo‘lgan BKM elementlari o‘zlashtirilmay qolganligi ta‘kidlab o‘tildi. U darsda erishilgan yutuqlar hususida to‘xtalib zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko‘p ekanligini aytib o‘tdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko‘pgina afzalliklarga ega.B.Karimov dars haqidagi fikrlarida quyidagilarni aytib o‘tdi: zamonaviy o‘qitishning interfaol uslub metodlardan foydalanilishi jarayonida darsning qiziqarli va boshqa fanlar bilan aloqadorligining yanada oshishini, bu darsning tushunarli bo‘lishiga ko‘mak berishini ta‘kidlab o‘tdi. O‘qituvchilar ham darsga O‘IBDO‘: S.Saparniyozova tomonidan qo‘yilgan bahoni qo‘llab quvvatlashlarini aytdilar.
Ko‘rilgan masala yuzasidan yig‘ilish qaror qabul qildi:
QAROR
Rus tili fani o‘qituvchisi Yuldasheva Gulandom tomonidan o‘tkazilgan dars ““yaxshi”” baho bilan baholansin
Darsda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uslub birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin.
Yig‘lish raisi : S.Saparniyozova
Kotibi: M.Matkurbanova
Do'stlaringiz bilan baham: |